Авторы

  • Umida Choriyeva
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura tinglovchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.108849

Ключевые слова:

Аdvokat maqomi аdvokatlik faoliyati maqomni toʼxtatib turish malaka komissiyasi litsenziyani toʼxtatib turish.

Аннотация

Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasi va qator xorijiy davlatlar — jumladan Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus, Moldova, Gruziya hamda Armaniston qonunchiligida advokatlik maqomini to‘xtatib turish asoslari qiyosiy-huquqiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida bu masala “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning 13- va 15-moddalari bilan tartibga solinadi. Tahlil davomida xorij tajribasida mazkur institutning turli yondashuvlari, xususan, shaxsiy ariza, davlat xizmatiga o‘tish, harbiy xizmat, sog‘liq holati, axloq kodeksi buzilishi, to‘lovlarni amalga oshirmaslik kabi asoslar mavjudligi aniqlangan. Har bir davlat qonunchiligidagi farqlar va umumiyliklar tahlil qilinib, ushbu institutni milliy qonunchilikda takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

116

ADVOKAT MAQOMINI TO‘XTATIB TURISHGA OID AYRIM XORIJIY

DAVLATLAR TAJRIBASI.

Choriyeva Umida Qorjov qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

magistratura tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15699369

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasi va qator xorijiy

davlatlar — jumladan Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus,
Moldova, Gruziya hamda Armaniston qonunchiligida advokatlik maqomini
to‘xtatib turish asoslari qiyosiy-huquqiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida bu masala “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning 13-
va 15-moddalari bilan tartibga solinadi. Tahlil davomida xorij tajribasida
mazkur institutning turli yondashuvlari, xususan, shaxsiy ariza, davlat xizmatiga
o‘tish, harbiy xizmat, sog‘liq holati, axloq kodeksi buzilishi, to‘lovlarni amalga
oshirmaslik kabi asoslar mavjudligi aniqlangan. Har bir davlat qonunchiligidagi
farqlar va umumiyliklar tahlil qilinib, ushbu institutni milliy qonunchilikda
takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan

Kalit so’zlari:

Аdvokat maqomi, аdvokatlik faoliyati, maqomni toʼxtatib

turish, malaka komissiyasi, litsenziyani toʼxtatib turish.

Аннотация: В данной научной работе проведен сравнительно-

правовой анализ оснований для

приостановления статуса адвоката

в

законодательстве Республики Узбекистан и ряда зарубежных стран,
включая Россию, Украину, Кыргызстан, Казахстан, Беларусь, Молдову,
Грузию и Армению. В Узбекистане регулирование осуществляется в
соответствии со статьями 13 и 15 Закона «Об адвокатуре». Анализ
показывает, что в зарубежной практике основаниями приостановления
могут быть личное заявление, переход на государственную службу,
военная

служба,

состояние

здоровья,

нарушение

кодекса

профессиональной этики, неуплата взносов и другие причины.
Рассмотрены как различия, так и сходства в правовом регулировании, а
также даны рекомендации по совершенствованию национального
законодательства в данной сфере.

Ключевые слова: Статус адвоката, адвокатская деятельность,

приостановление статуса адвоката, квалификационная комиссия,
приостановление действия лицензии.

Abstract:

This academic work presents a comparative legal analysis of the

grounds for suspension of lawyer status as regulated in the legislation of the
Republic of Uzbekistan and several foreign countries, including Russia, Ukraine,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

117

Kyrgyzstan, Kazakhstan, Belarus, Moldova, Georgia, and Armenia. In Uzbekistan,
this issue is governed by Articles 13 and 15 of the Law “On the Bar”. The analysis
reveals various grounds for suspension in foreign practice, such as personal
application, transition to public service, military duty, health conditions,
violations of the code of ethics, and non-payment of membership fees. The study
identifies key differences and commonalities across jurisdictions and proposes
recommendations for improving national legislation in this area.

Key words: Status of a Lawyer, Legal Activity of a Lawyer, Suspension of

Status, Qualification Commission, Suspension of License.

Advokatlik maqomini to‘xtatib turish haqida xorij davlatlari tajribasi

o‘rganishdan oldin o‘zimizning milliy qonunchiligimizni ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq. O‘zbeksiton Respublikasida “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun
advokatlik faoliyati

bilan

shug‘ullanayotgan

shaxslarni

huquq

va

majburiyatlarini, faoliyatini va kafolatlarni belgilab beradi. O‘zbekiston
Respublikasi hududida “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatning ijtimoiy
himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunda esa advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
shaxslarning kafolatlari belgilab o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil
27-dekabrdagi “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-1-sonli Qonuni 1997-yil 9-
yanvarda qonuniy kuchga kirgan bo‘lib, u 17 ta moddadan iborat hisoblanadi.
Aynan ushbu Qonunning 13

1

-moddada “advokat maqomini to‘xtatib turish”

asoslari belgilab o‘tilgan. Shuningdek, mazkur Qonunning 15-moddasi
advokatlik litsenziyasini amal qilishini to‘xtatib turish deb nomlanadi va bunda
advokatlik litsenziyasini to‘xtatilishi advokatlik maqomini to‘xtatilishga olib
kelishi belgilangan.

Mazkur masalani yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, advokatlik

maqomini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari xorij davlatlarining qaysi
Qonunchiligiga asosan tatibga solinishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

Rossiya Federatsiyasi

da advokatlarning faoliyatlari, vakolatlari va

kompetensiyalari federal Qonun bilan, yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak
“Rossiya Federatsiyasida advokatlik faoliyati va advokatura to‘g‘risida”gi Qonun
bilan belgilanadi. Mazkur Qonun 2002-yil 31-mayda N63 F3-son bilan oxirgi
tahrirda qabul qilingan

1

. Mazkur Qonun 5 ta bob va 45 ta moddadan iborat.

Aynan bizning masala, yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak advokatlik
maqomini to‘xtatib turish 3-bobning (advokatlik maqomi) 16-moddasida,
yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak advokatlik maqomini to‘xtatib turish deb


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

nomlangan moddada advokatlik maqomini to‘xtatib turishning 5 ta asoslari
belgilab o‘tilgan.

Ukraina Respublikasining

2012-yil 5-iyuldagi “Advokatlik faoliyati va

advokatura to‘g‘risida”gi №5076-VI raqamli Qonun Ukraina Respublikasi
hududida advokatlarni faoliyatini tartibga soluvchi Qonun hisoblanadi. Mazkur
Qonun 10 ta bo‘lim va 61 moddadan iborat. Ushbu Qonunda 5-bo‘limining 31-
moddasida advokatlik maqomini to‘xtatib turish asoslari ko‘rsatilgan

2

. Ukraina

Respublikasida advokatlik maqomini to‘xtatib turishning yuqoridagi moddaga
asosan 4 ta asosi hamda advokatlik faoliyatini to‘xtatib turish tarzidagi intizomiy
jazolar ham mavjud

3

.

Qirg‘iz Respublikasi

da advokatlik faoliyati Qirg‘iz Respublikasining

2014-yil 14-iyuldagi “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi 135-sonli
Qonuni bilan tartibga solinadi. Mazkur Qonun 4 ta bob va 32 moddadan iborat.
Ushbu Qonun 2-bobining 22-moddasida Advokatlik maqomini to‘xtatib
turishning 5 ta asosi belgilab o‘tilgan.

Qozog‘iston

Respublikasi

da

advokatlik

faoliyati

Qozog‘iston

Respublikasining 2021-yil 1-iyuldagi “Advokatura va yuridik xizmat
to‘g‘risida”gi 176-sonli Qonun bilan tartibga solinadi. Mazkur Qonun 4 ta bo‘lim,
7 ta bob va 98 ta moddan iborat. Ushbu Qonun 3-bo‘lim 3-bobining 43-moddasi
advokatlik litsenziyasini to‘xtatib turish deb nomlanadi va mazkur moddada
advokatlik maqomini to‘xtatib turishning 4 ta asosi bayon etilgan

4

.

Belarus Respublikasi

da advokatlik faoliyatini Belarus Respublikasining

2012-yil 30-dekabrdagi “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘rsida”gi
334-3 sonli Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonun 8 ta bob va 55 ta
moddadn iborat. Mazkur Qonunning 12-moddasi advokatlik maqomini to‘xtatib
turish deb nomlanadi va advokatlik maqomini to‘xtatib turishning 5 ta asosi
belgilab o‘tilgan.

Moldova Respublikasi

da advokatlik faoliyati Moldova Respublikasining

2002-yil 19-iyuldagi “Advokatura to‘g‘risida”gi LP1260/2002-sonli Qonun bilan
tartibga solinadi. Ushbu Qonun 12 ta bob va 69 ta moddadan iborat. Mazkur
Qonun 13-moddasi advokatlik maqomini to‘xtatib turish deb nomlanadi va unda
advokatlik maqomini to‘xtatib turishning 6 ta asosi belgilab o‘tilgan.

Gruziya

da advokatlik faoliyati Gruziya Respublikasining 2004-yil

29-sentyabrdagi “Advokatura faoliyati to‘g‘risida”gi 970-sonli Qonuni bilan
tartibga solinadi. Ushbu Qonun 10 ta bo‘lim va 46 ta moddadan iborat. Mazkur




background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

Qonuning 21-moddasi Advokatlik kollegiyasida a’zolikni to‘xtatib turish deb
nomlanadi va unda advokatlik maqomini to‘xtatib turishning 3 ta asosi
ko‘rsatilgan.

Armaniston

Respublikasi

da

advokatlik

faoliyati

Armaniston

Respublikasining

2004-yil 14-dekabrdagi “Advokatlik to‘g‘risida”gi Qonuni bilan

tartibga solinadi. Ushbu Qonun 8 ta bo‘lim va 49 ta moddadan iborat. Mazkur
Qonunning asosi 5 bo‘limning 38 moddasi advokatlik litsenziyasini to‘xtatib
turish deb nomlanadi va unda advokatlik litsenziyasini to‘xtatib turishning 6 ta
asosi ko‘rsatilgan

5

.

Keyingi masala Advokatlik maqomini to‘xtatib turish asoslarini qiyosiy-

huquqiy tahlil qilish hisoblanadi. Masalan,

Rossiya Federatsiyasi

da advokatlik

faoliyati to‘xtatilishining quyidagi asoslari mavjud:

advokatni davlat organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi

lavozimiga saylanganda yoki tayinlanganda;

advokatning o‘z kasbiy vazifalarini olti oydan ortiq bajara olmasligi

natijasida;

advokatni harbiy xizmatga chaqirilishi oqibatida;

advokat federal qonun bilan belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan

deb topilganda;

advokat advokatlik maqomini shaxsiy sabablarga ko‘ra to‘xtatib turish

to‘g‘risidagi ariza bilan advokatlar kollegiyasi kengashiga murojaat qilgan
hollarda advokat maqomi to‘xtatilishi mumkin. Shuningdek agar sud advokatga
nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul
qilsa, sud ushbu advokatning maqomini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masalani
ko‘rib chiqishi mumkin. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, maqomi tegishli tartibda
to‘xtatilgan advokatga nisbatan Advokatlarning kasbiy axloq kodeksi amal qilish
kuchini saqlab qolinadi.

Ukraina Respublikasi

da

esa Ukraina Respublikasining 2012-yil 5-iyuldagi

“Advokatlik faoliyati va advokatura to‘g‘risida”gi №5076-VI raqamli Qonunining
31-moddasiga ko‘ra:

advokat advokatlik faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat

qilganda;

advokatga nisbatan jinoiy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sudning

ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganida, ushbu Qonunning 32-moddasi birinchi
qismi 6-bandida (advokatga nisbatan og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyat, shuningdek
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

etganligi uchun sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan) nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno;

advokatga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini to‘xtatish

yo‘li bilan intizomiy jazo qo‘llanilganda, ya’ni bir yil davomida takroran
intizomiy huquqbuzarlik sodir etganda yoki huquqiy etika qoidalarini
muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda yoxud huquqiy etika
qoidalarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda;

advokat sudning qarori bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala

layoqati cheklangan deb topilgan hollarda advokat maqomi to‘xtatilishi mumkin.

Qirg‘iz Respublikasi

da

esa

2014-yil 14-iyuldagi “Advokatura va advokatlik

faoliyati to‘g‘risida”gi 135-sonli Qonunning

22-moddasida advokatlik maqomini

to‘xtatib turishning 5 ta asosi belgilab o‘tilgan bo‘lib ular qatoriga quyidagilar
kiradi:

agar advokat davlat yoki kommunal xizmatga kirsa (mahalliy

kengashlar deputatlari bundan mustasno);

agar advokat muddatli harbiy xizmatga ketsa;

advokatning arizasiga binoan;

advokat tomonidan Advokatlarning kasbiy axloq kodeksi normalari

buzgan taqdirda;

advokatlar hay’ati ustavida belgilangan muddatlarda a’zolik badallari

to‘lamagan hollarda advokat maqomi to‘xtatilishi mumkin.

Qozog‘iston Respublikasi

da

esa

advokatlik faoliyati

2021-yil 1-iyuldagi

“Advokatura va yuridik xizmat to‘g‘risida”gi 176-sonli Qonunining 43-moddasi
advokatlik litsenziyasini to‘xtatib turishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda advokatlik
litsenziyasini to‘xtalishga olib keladigan 4 ta asosi bayon etilgan:

– advokat davlat xizmatida bo‘lsa;
– o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi, byudjet mablag‘lari

hisobidan to‘lanadigan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti deputati,
mas'uliyati cheklangan jamiyati deputati vakolatlarini amalga oshirganda;

– advokat majburiy harbiy xizmatni ketganda;
– advokatning advokatlar kollegiyasiga bergan arizasiga asosan o‘z

faoliyatini to‘xtatib turgan hollarda advokat maqomi to‘xtatilishi mumkin.
Shuningdek mazkur moddaning 3-qismida ma'lum advokat maqomi ma’lum bir
muddatga to‘xtatilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ular:

– advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasidan mahrum qilish

to‘g‘risidagi ish yuritishni qo‘zg‘atilganda - qaror qabul qilingunga qadar;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

– advokat jinoyat-prosessual qonuniga muvofiq jinoyat sodir etishda

ayblanuvchi deb topilganda - hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar;

– uzrsiz sabablarga ko‘ra malaka oshirishni tamomlash muddatining o‘ttiz

kalendar kunidan ko‘proq davom etgan buzganda yoki undan o‘tishni rad
etganda – buzilish bartaraf etilgunga qadar, lekin uch oydan ortiq bo‘lmagan
muddatda;

– advokat tomonidan davlat tomonidan kafolatlangan yuridik yordam

ko‘rsatish sifati mezonlariga javob bermaydigan harakat qilinganda (ketma-ket
o‘n ikki kalendar oy ichida uch yoki undan ortiq marta) — olti oy muddatga;

– advokatlik faoliyati bilan bir qatorda kasbiy, tadbirkorlik yoki boshqa haq

to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanganda, tijorat tashkilotining kuzatuv
kengashiga a’zo bo‘lganda - olti oy muddatga , nizoni hal qilish uchun tegishli
hakamlik sudining hakamlik sudyasini saylash yoki tayinlash va pedagogik, ilmiy
yoki boshqa ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish hollari bundan mustasno.

– “Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga (legallashtirish) va

terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qozog‘iston
Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan talablarni muntazam ravishda (ketma-
ket o‘n ikki kalendar oy ichida uch yoki undan ortiq marta) buzganda - olti oy
muddatga advokat maqomi ma’lum bir muddatga to‘xtatilishi lozim.

Belarus Respublikasi

da esa advokatlik faoliyati tartibga soluvchi

“Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida
advokatlik maqomini to‘xtatib turishning 5 ta asosi belgilangan bo‘lib, ular
quyidagilardir:

davlat organiga yoki boshqa tashkilotga doimiy asosda ishlash

muddatiga advokat saylanganda;

advokatni harbiy xizmatga chaqirilganda;

uch yoshga to‘lmagan bolaga g‘amxo‘rlik qilinganda;

advokatni muqobil xizmatga yuborilganda.

Moldova Respublikasi

da esa “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 13-

moddasida advokatlik maqomi to‘xtatib turishga sabab bo‘ladigan asoslar
ko‘rsatilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:

1) advokatning yozma arizasi asosida – litsenziyaning asl nusxasi va

advokatlik guvoxnomasi taqdim etilgan paytdan boshlab, bu haqda uch ish
kunida advokatlar ro‘yxatida advokatlik maqomini olgandan boshlab;

2) nomuvofiq bo‘lgan taqdirda – bunday shart mavjud bo‘lgan davr uchun;
3) sud qaroriga binoan faoliyatini taqiqlash muddatiga intizomiy jazo

qo‘llnganda – sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab qaror yoki


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

122

intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror Advokatlar ittifoqining rasmiy veb-
sahifasida e’lon qilingan kundan boshlab;

4) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

muddatga;

5) agar advokat Advokatlar ittifoqi byudjetiga badallarni kiritmasa

qarzdorlikni to‘lash muddati belgilangandan keyin olti oy muddat ichida to‘lov
amalga oshirilgunga qadar;

6) 57-moddaning 1-qism s) bandida nazarda tutilgan ( 1000 dan 3000

leygacha jarima solinadi, va u Advokatlar Ittifoq byudjetiga o‘tkaziladi. Jarima
to‘lash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun ichida amalga
oshiriladi ) jarima shaklida intizomiy jazo qo‘llash muddat tugashi bilan to‘lov
amalga oshirilgunga qadar advokat maqomi ma’lum bir muddatga to‘xtatilishi
mumkin.

Gruziya

da esa “Advokatura faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 21-

moddasida advokatlik maqomini to‘xtalishga olib keladigan asoslar mavjud
bo‘lib, ular quyidagilardir:

shaxsiy arizasi asosida;

ushbu Qonun 34-moddasi 1-bandining “b” kichik bandida (6 oydan 3

yilgacha advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinganda)
nazarda tutilgan holda;

ushbu Qonun 10-moddasining 3-bandida (Advokat bir vaqtning o‘zida

“Davlat xizmatidagi manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya to‘g‘risida”gi Gruziya
Qonunining 2-moddasida nazarda tutilgan, Qonunga muvofiq advokatlik
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan mansabdor shaxs bo‘lishi
mumkin emas) nazarda tutilgan hollarda advokat maqomi to‘xtatilishi mumkin.

Armaniston Respublikasi

da esa “Advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi qabul

qilingan Qonunning 38-moddasida advokatlik maqomini to‘xtatib turishning 6 ta
asosi ko‘rsatilgan bo‘lib, ular qo‘yidagilar:

– o‘z vakolatlari muddatiga saylangan davlat organlariga, shahar hokimiyati

yoki oqsoqollar kengashi rahbari lavozimiga saylanganda;

– xizmat muddati tugagunga qadar majburiy harbiy xizmatga chaqirilganda;
– sog‘lig‘i holatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarga ega bo‘lsa, sog‘lig‘i sababli

o‘z kasbiy vazifalarini bir yildan ortiq bajara olmaganda, lekin 5 yildan ortiq
bo‘lmagan muddatga;

– davlat xizmatiga kirganda – davlat xizmati, jamoat ishlari, lekin 5 yildan

ortiq bo‘lmagan muddatga ishga kirganda;

– qonun hujjatlariga muvofiq bedarak yo‘qolgan deb topilganda;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

123

– shuningdek agar sud advokatga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov

choralarini qo‘llasa, advokat litsenziyasi to‘xtatib turilishi mumkin.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak yuqoridagi oʼrgnagan xorijiy

davlatlarimizda xar xil asoslar mavjud yanada aniqroq qilib aytadigan boʼlsak
qonunchiligida turlicha va ayrim holatlarda kengaytirilgan tarzda belgilangan
boʼlib, ularning barchasi advokatlik faoliyatining shaffofligi va kasbiy
masʼuliyatini taʼminlashga qaratilgan.Oʼzbekiston Respublikasining mazkur
sohadagi qonunchiligini takomillashtirishda xorijiy mamlakatlarning ushbu
sohadagi tajribasini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bu esa advokatlik
maqomining toʼxtatilishiga oid huquqiy asoslarni yanada aniqlashtirish hamda
advokatlarning kasbiy va ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.