ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
DOIMIY MAGNITLI SINXRON MASHINALARNING TAHLILI
Abduxalilov Abdumannop G‘ayratjon o‘g‘li
Abdurasulov Mavlonbek Abduhoshim o‘g‘li
TDTU Olmaliq filiali (O‘zbekiston),
TDTU Olmaliq filiali (O‘zbekiston).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15697421
DMSM yoki doimiy magnitli sinxron mashina - rotorning qo‘zg‘atish
chulg‘amlari bo‘lmagan sinxron mashinalarning bir turi bo‘lib, bu vazifani
doimiy magnitlar bajaradi. Barcha sinxron elektr mashinalardagi kabi, ularning
rotorining burchak tezligi harakatlanuvchi va harakatsiz qismlar orasidagi
bo‘shliqda aylanuvchi magnit maydon chastotasiga teng.
DMSM yoki doimiy magnitli sinxron mashina - rotorning qo‘zg‘atish
chulg‘amlari bo‘lmagan sinxron mashinalarning bir turi bo‘lib, bu vazifani
doimiy magnitlar bajaradi(1-rasm). Barcha sinxron elektr mashinalardagi kabi,
ularning rotorining burchak tezligi harakatlanuvchi va harakatsiz qismlar
orasidagi bo‘shliqda aylanuvchi magnit maydon chastotasiga teng.
Bu turdagi elektr mashinalar o‘zgarmas tok mashinalarini boshqarishning
barcha imkoniyatlariga ega bo‘lish bilan birga, o‘zgaruvchan tok mashinalarining
afzalliklarini ham o‘zida mujassam etgan[1].
1-rasm. Doimiy magnitli sinxron
mashinaning umumiy ko‘rinishi.
2-rasm.
DMSMning
asosiy
qismlari.
FIK yuqoriroq bo‘ladi. Foydali ish koeffitsiyentining oshishi qo‘zg‘atishdagi
yo‘qotishlarning yo‘qligi va past aylanishlarda mexanik xususiyatlarning
yumshatilishini kamaytirish hisobiga erishiladi.
Yaxshilangan massa va o‘lcham xususiyatlariga ega. Asinxron mashina
xuddi shunday quvvat va energiya samaradorligiga ega bo‘lgan doimiy magnitli
sinxron mashinalarga nisbatan ancha katta va og‘irroq hisoblanadi.
Oddiyroq tuzilishga ega. DMSM rotor chulg‘amlari va aylanuvchi qismga
o‘zgarmas tokni uzatish uchun kontakt qismlariga ega emas.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
Aniqroq boshqarish imkoniyatiga ega. Doimiy magnitli sinxron mashinalar
past aylanishlar chastotasida xususiyatlarining barqarorligi, inersiyasining
kamligi va sirpanishning yo‘qligi bilan ajralib turadi [1].
Elektr mashinalar ikki asosiy qismdan tashkil topadi: aylanuvchi qism
(rotor) va qo‘zg‘almas qism (stator)(2-rasm).
DMSM rotorlarining tuzilishi magnitlarni o‘rnatish usuli bilan ham
farqlanadi. Ular rotor sirtiga o‘rnatiladi yoki rotor ichiga joylashtiriladi(3-rasm)
[2].
3-rasm. DMSMning rotorlariga doimiy magnitlarni o‘rnatish usullari.
Mashinaning qo‘zg‘almas qismi chulg‘amlari bo‘lgan elektrotexnik po‘latdan
yasalgan korpus va o‘zakdan iborat. Oxirgilari taqsimlangan (chapda) va
to‘plangan (o‘ngda) bo‘ladi(4-rasm).
4-rasm. Mashinaning qo‘zg‘almas qismi chulg‘amlari.
Odatda,
taqsimlangan o‘ramli
DMSM (sinxron doimiy magnitli mashina)
sinusoidal
teskari EYKga ega bo‘ladi
, to‘plangan o‘ramli
esa
trapetsiya
shaklidagi
EYK hosil qiladi. EYK egri chizig‘ining shakliga rotorning
konstruktsiyasi ham ta’sir qiladi. Aniq ko‘rinadigan qutblarga ega bo‘lgan
aylanuvchi qism
trapetsiya shaklidagi
EYKni hosil qiladi. Uni
sinusoidal
shaklga
yaqinlashtirish uchun qutb uchlari qiya qilib ishlab chiqariladi[3].
Loyihalashtirishda sinxron generator kollektor tipidagi rotor tanlansa, u
neodim-temir-bor (NdFeB) asosidagi prizmatik magnitlar bilan jihozlanadi va
tangensial yo‘nalishda magnitlanadi. (5-rasm). Ushbu turdagi rotor magnit oqimi
tufayli qavatlangan qutblarni ishlab chiqarishga imkon beradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
5-rasm. Magnit eskizi.
6-rasm. Kollektor turidagi yig‘ma
rotorning konstruksiyasi.
Kollektor turidagi rotor (induktor) (1.2-rasm) quyidagilardan iborat:
magnitli yumshoq qutblar (1) segmentlar ko‘rinishida bo‘lib tangensial
yo‘nalishda magnitlangan prizmatik magnitlar (2). Magnitlar ichki toretslari
bilan nomagnit vtulka (3) ga o‘rnatiladi shunday qilib, bir qutbga qaragan
doimiy magnitlarning qutbliligi bir xil edi. Tashqi mexanik mustahkamlikni
ta’minlash uchun qutb qismlarida mahkamlash elementlari (4) bajarilgan.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
О.Д. Гольдберг, Я.С. Гурин, И.С. Свириденко. Проектирование
электрических машин. Издание второе, переработанное. Москва «Высшая
школа». 2001
2.
Неисчерпаемая энергия.кн. 2. Ветроэлектрогенераторы/ В.С.
Кривцов, А.М. Олейников, А.И. Яковлев. Учебник-Харьков. Нац. аэрокосм.
ин-т «Харьковский авиастр. ин-т», Севастополь 2004.–519
3.
https://drives.ru/