ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
187
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – JADID HARAKATINING AXLOQIY VA
IJTIMOIY YO‘LBOSHCHISI
Abduraimov Eldor Qurbonboy o’g’li
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15729212
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik
harakatidagi ijtimoiy va axloqiy qarashlari tahlil etiladi. Behbudiyning
zamonaviy islohotlar, ma'rifat, ta'lim-tarbiya va axloqiy uyg‘onish borasidagi
faoliyati yoritiladi. Shuningdek, uning matbuotdagi chiqishlari, dramalari va
ommani uyg‘otishga qaratilgan tashabbuslari orqali millat taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Maqolada jadidchilik harakatining ijtimoiy-
ma’naviy ildizlari ham tahlil qilinib, Behbudiyning o‘ziga xos g‘oyalari va
ularning dolzarbligi ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik harakati, ijtimoiy islohot,
axloqiy g‘oyalar, ma’rifatparvarlik, Turkiston jadidlari, o‘zbek matbuoti, milliy
uyg‘onish, islohotparvarlik, tarbiya va ma’naviyat.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati
shakllanib, u asosan islom dini, ta’lim tizimi va jamiyatni yangilashga
yo‘naltirilgan edi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi xalq o‘rtasida savodsizlikni
bartaraf etish, milliy ongni kuchaytirish hamda jamiyatni taraqqiyot yo‘liga
yo‘naltirish edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy esa bu jarayonda ta’lim, matbuot va
ijtimoiy sohalardagi faoliyati bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jadidlar va boshqa marifatparvar ziyolilar
merosidan yosh avlod tarbiyasida samarali foydalanish zarurligini ta’kidlagan.
1
Ichki qarama-qarshiliklar va mahalliy urug‘chilik nizolari millatning kuchini
so‘ndirgan edi. Buni o‘z foydasiga ishlatgan Rossiya esa, Markaziy Osiyoni
turg‘un holatda ushlab turish uchun harakat qilardi. Ana shunday murakkab
vaziyatda Turkistonning butunlay yo‘q bo‘lish tahdididan saqlanishi, kelajak
avlodlarni erkinlik, mustaqillik va ozodlik ruhida tarbiyalash, shuningdek
ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidan boshlash vazifasi, Behbudiy boshchiligidagi
jadidlar va ularning fidoyi tarafdorlariga yuklandi.
2
Behbudiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarida ta’limga alohida e’tibor qaratadi. U
ta’lim tizimini isloh qilishni millatning taraqqiyotida eng muhim omil sifatida
ko‘radi. Uning fikricha, jamiyatni rivojlantirish uchun avvalo ma’rifatni keng
Mirziyoyev Sh.M. “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy g’oyamizning poydevoridir”.-Toshkent.: “Tasvir”.
2021
2
“Ma’naviyat yulduzlari”. –Toshkent.: Abdulla Kodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1999
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
188
targ‘ib qilish zarur. Behbudiy “Maorifsiz millat – kelajaksiz millat” degan so‘zlari
bilan zamonaviy bilimlar va milliy an’analarni uyg‘unlashtirish zarurligini
ta’kidlaydi.
U o‘z maqolalari va nutqlarida yoshlarga zamonaviy fanlarni o‘rgatish,
maktablar va madrasalarni yangi usulda tashkil etish g‘oyasini ilgari surgan.
Behbudiyning “Rus maktablari va madrasalari”ga oid qarashlari uning jamiyatni
yangilashga bo‘lgan intilishini yaqqol ko‘rsatadi. U diniy va dunyoviy ta’lim
o‘rtasida muvozanatni ta’minlashni taklif qilgan.
XX asr boshi Turkiston uchun juda murakkab va muhim davr bo‘lib, bu
davrda mahalliy ijtimoiy-siyosiy hayotda yangi harakatlar — jadidchilik paydo
bo‘ldi. Shu harakatning eng yirik yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy
edi. U nafaqat Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, balki mustaqil
o‘zbek milliy davlatini qurish orzusining faol targ‘ibotchisi bo‘lib xizmat qildi.
Behbudiy o‘z faoliyati davomida yangi maktab tizimining nazariyotchisi va
amaliyotchisi sifatida tanildi, shuningdek, o‘zbek dramaturgiyasining asoschisi,
teatr san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan dramaturg, noshir va
jurnalist sifatida ham keng e’tirof etildi.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning faoliyati ayniqsa “Usuli jadid” va “Usuli savtiya”
nomi bilan tanilgan yangi maktablar tizimini yaratish va rivojlantirishda
namoyon bo‘ldi. Bu maktablar milliy ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy
bilimlarni joriy etishga qaratilgan edi. Jadidlar o‘z mablag‘lari hisobidan ko‘plab
maktablar ochib, yosh avlodni mustaqillikka, milliy o‘zligini anglashga va
ma’rifatga tayyorlashga katta e’tibor berdilar. Shuningdek, ular she’rlar,
maqolalar va sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirish, milliy g‘urur va
iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga intildilar.
Rossiya imperiyasi hukumatining siyosiy chegaralari va cheklovlariga
qaramay, jadidlar Turkiston musulmonlarining sha’nu shavkatini, diniy va milliy
qadriyatlarini himoya qilishga harakat qildilar. Inqilobiy harakatlar davrida esa
ular mustaqillik g‘oyasini faol targ‘ib qilib, milliy o‘zlikni saqlab qolish uchun
kurashdilar. Shu nuqtai nazardan, Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat jadidchilik
harakatining rahbari, balki milliy uyg‘onish va mustaqillik harakatining ilg‘or
yo‘lboshchisi sifatida tarixda alohida o‘rin egallaydi.
Behbudiy ijodi va faoliyati o‘zbek milliy madaniyatining shakllanishida,
yangi ta’lim tizimini yaratishda hamda milliy o‘zlikni asrab-avaylashda beqiyos
ahamiyat kasb etgan bo‘lib, u zamonaviy O‘zbekistonning ma’rifiy ildizlaridan
biri sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
189
Mahmudxo‘ja Behbudiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarida adolat va axloqiy
yangilanish g‘oyasi markaziy ahamiyatga ega. Uning ijtimoiy islohotlar falsafasi
inson huquqlarini himoya qilish, jamiyatda tenglikni ta’minlash va ma’naviy
kamolotni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Behbudiy jamiyatning taraqqiyoti va
milliy uyg‘onishi uchun axloqiy qadriyatlarning muhimligini alohida ta’kidlagan,
har bir insonning ma’naviy kamolotiga, axloqiy barkamollikka erishishini
jamiyat taraqqiyotining asosiy sharti deb bilgan.
Behbudiy qarashlariga ko‘ra, millat o‘zining siyosiy mustaqilligini qo‘lga
kiritmagunicha, ijtimoiy adolat va haqiqatni to‘la tiklab bo‘lmaydi. U bu fikrini
“Vaqt” gazetasida chop etilgan maqolalarida aniq ifoda etgan. Misol uchun, u bir
maqolasida shunday yozadi:
“Bir madrasada yigirma talaba uchun bir noahol mudarris saylanadi. Bir
volostda qirq nafar el boshlaridan yigirma bir nafari ovozi bilan johil qozi
saylanadi, va u Rossiya ma’murlariga ma’qul keladi. Minglab faqirlarning arzlari
inobatga olinmaydi va ularning so‘zlari eshitilmaydi. Turkiston shaharlaridagi
hozirgi qozi, mufti va mudarrislarning yuzdan saksoni, shuningdek,
qishloqlardagi o‘ndan to‘qqiz qismi salbiy shaxslar hisoblanadi.”
3
Bu so‘zlar orqali Behbudiy nafaqat siyosiy ta’sirning cheklanganligini, balki
ijtimoiy adolatsizlik va ma’muriy korruptsiya mavjudligini ham keskin tanqid
qiladi. Uning fikricha, bu holat millat taraqqiyotining yo‘lida jiddiy to‘siqdir.
Shuningdek, Behbudiy “Vaqt” gazetasining 1906-yil 4-noyabr sonida chop
etilgan “Duma va Turkiston musulmonlari” nomli maqolasida Rossiya
imperiyasining siyosiy taqsimoti va musulmonlarga ajratilgan deputatlar
sonining kamaytirilishini qattiq tanqid qilgan. U o‘lkadagi musulmon aholining
yetarli siyosiy vakillikka ega emasligini, bu esa milliy manfaatlarning sust
himoyasiga olib kelishini ko‘rsatadi.
Biroq, mustaqillik haqida fikr yuritar ekan, Behbudiy zo‘ravonlik va kuch
ishlatishni qat’iyan rad etgan. Uning ta’kidlashicha, zo‘ravonlik insoniylik va
axloqiy qadriyatlar bilan mutlaqo ziddir. Shu nuqtai nazardan, u mustaqillikni
erishishning adolatli, tinch va ma’naviy asoslangan yo‘llarini qo‘llab-
quvvatlagan.
Jadidlar harakatining boshqa yetakchilari bilan birga, Behbudiy milliy
mustaqillikka erishishda uch xil yo‘l mavjudligini ko‘rsatgan:
birinchidan
, zo‘ravonlik va qurolli kurash yo‘li – bu yo‘l ba’zilar tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, Behbudiy bunga qarshi chiqadi.
3
Mahmudxoʻja Behbudiy Tanlangan asarlar Toshkent «Ma’naviyat» 2006
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
190
Ikkinchidan
, diplomatik yo‘l va siyosiy muzokaralar – imperiya hukumati
bilan kelishuv orqali ma’lum huquqlarni qo‘lga kiritish harakati.
Uchinchidan,
Ma’rifatparvarlik va ma’naviy uyg‘onish – milliy ongni
oshirish, ta’lim va axloqiy islohotlar orqali xalqni tayyorlash.
Behbudiy aynan uchinchisini afzal ko‘rib, ta’lim va ma’rifatni millat
taraqqiyotining poydevori deb bilgan. Uning fikricha, kuch va zo‘ravonlik emas,
balki bilim va axloqiy yangilanish xalqning haqiqiy ozodligiga olib boradi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilik harakatida milliy qadriyatlar va
zamonaviylik g‘oyalarini uyg‘unlashtirishga intilgan noyob yetakchi sifatida
ajralib turadi. Uning ijodi va faoliyati milliy o‘zlikni tiklash, ma’naviyatni
mustahkamlash hamda millatni madaniy jihatdan uyg‘otishga qaratilgan edi.
Behbudiy tomonidan yozilgan asarlar va olib borilgan targ‘ibot ishlari milliy
uyg‘onish jarayonida katta ahamiyat kasb etdi, ular xalqning ma’rifat va milliy
g‘ururini oshirishga xizmat qildi.
Behbudiy har doim xalq bilan birga bo‘lib, ularning dardini o‘zining asosiy
mas’uliyati deb hisoblagan. 1917-yil 16–23 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan
va Turkiston musulmonlarining 150 vakili qatnashgan oʻlka qurultoyida u
hayajonli nutq so‘zlab, millatni ichki ixtiloflardan voz kechishga chaqirdi. U
buyuk maqsad yo‘lida birlik va hamjihatlikka chaqirgan, ixtiloflar tufayli
mustamlakachilar tomonidan boshqarilayotganligini ochiq tanqid qilgan.
Behbudiy to‘g‘ri qayd etganki, mustamlakachilar Turkistonni “50 yil ilm-
ma’rifatdan chetda saqlab kelgan” (Kuropatkin so‘zlari) sharoitda osonlik bilan
qo‘ldan chiqarmas edilar.
1917-yil bahorida Buxoroda yuz bergan voqealar ham shu davr siyosiy
muhitining murakkabligini namoyish etdi. Amir fevral inqilobi natijalarini
hisobga olib, rus elchixonasining maslahatiga binoan islohot e’lon qilishga qaror
qildi. Ushbu islohot farmonini rus elchixonasining rahbari janob Miller
tayyorlagan edi. Ixtilof va tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, sobiq
general-gubernator va hozirgi Rusiya Muvaqqat hukumatining Turkiston
komissari Kuropatkinning topshirig‘iga binoan, Samarqand Ijroiya qo‘mitasi
Buxoroga bir necha kishilik delegatsiya yubordi. Bu delegatsiya tarkibida
Mahmudxo‘ja Behbudiy ham mavjud edi.
Biroq, 7-aprel kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan islohot farmoni tantanali
marosimga aylanmay, aksincha, jiddiy mojaro va fojiaga sabab bo‘ldi. Amir va
yoshlar, mullalar va jadidlar o‘rtasida chuqur bo‘linish yuzaga keldi. Ushbu
mojaroning sabablari va oqibatlari hali ham tarixiy tahlil va munozaralarning
markazida turibdi. Rossiya elchixonasi rahbari Miller bu voqealar uchun
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
191
mas’uliyatni boshqalar ustiga yuklashga urinib, o‘z siyosiy manfaatlarini himoya
qilishga harakat qildi.
Behbudiy bu murakkab siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda millatning birlik va
ma’rifat yo‘lidan voz kechmasligi tarafdori bo‘ldi. U, ayniqsa, milliy uyg‘onish,
ma’naviy yangilanish va siyosiy mustaqillikka erishishda tinchlik va hamjihatlik
tamoyillariga asoslangan yondashuvlarni ilgari surdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z zamonasining murakkab ijtimoiy-siyosiy
muhitida milliy uyg‘onish va ijtimoiy adolat g‘oyalarining yorqin namoyandasi
bo‘lib xizmat qilgan. U jadidchilik harakatida milliy qadriyatlar bilan
zamonaviylik tamoyillarini uyg‘unlashtirishga intilib, millatning ma’naviy va
madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Behbudiy nafaqat ta’lim va ma’rifat
sohasida, balki ijtimoiy axloq va adolat masalalarida ham ilg‘or qarashlarni ilgari
surdi, millatni tenglik va huquqiy davlat tamoyillari asosida barqaror
taraqqiyotga undadi.
Uning faoliyati milliy uyg‘onish davrining ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlari,
ayniqsa mustamlakachilik sharoitida millatning o‘zligini tiklashga qaratilgan
keng ko‘lamli harakatning muhim qismi bo‘ldi. Behbudiy o‘zining targ‘ibot va
yozma asarlari orqali milliy birdamlikni, birlikni va ichki ixtiloflardan voz
kechishni ko‘p marotaba ta’kidladi. 1917-yildagi Turkiston musulmonlari
qurultoyida bildirgan fikrlari, shuningdek, Buxorodagi islohotlar jarayonida faol
ishtiroki uning millat farovonligi yo‘lida hal qiluvchi shaxs ekanligini yana bir
bor isbotladi.
Behbudiy kurashining eng asosiy jihatlaridan biri – zo‘ravonlikka qarshi
qat’iy pozitsiyasi va ma’naviy yangilanishga urg‘u berishidir. U mustaqillikka
erishishda faqat bilim, ma’rifat va axloqiy qadriyatlarning mustahkam poydevori
orqali amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u milliy
birdamlik va o‘zaro tushunish orqali kuchli, mustaqil va adolatli jamiyat
qurilishiga ishonch bildirdi.
Natijada, Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat jadidchilik harakatining fidoyi
yetakchisi, balki o‘z davrining eng muhim ma’naviy va siyosiy reformatorlaridan
biri sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. Uning g‘oyalari va faoliyati hozirgi zamon
milliy ongining shakllanishida, ta’lim va ma’rifat tizimining rivojlanishida o‘z
davomi va ahamiyatini saqlab qolmoqda. Shunday ekan, Behbudiy merosini
o‘rganish va uning tamoyillarini bugungi jamiyat hayotiga tatbiq etish milliy
taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlik uchun dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy
g’oyamizning poydevoridir”.-Toshkent.: “Tasvir”. 2021
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
192
2. “Ma’naviyat yulduzlari”. –Toshkent.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti. 1999
3. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar / Nashrga tayyorlovchi, to‘plovchi,
so‘z boshi va izohlar muallifi – B. Qosimov. – T.: Ma’naviyat, 1997. – 232 b.
4. Alimova D., A’zamxo‘jaev S. Turkiston jadidchiligi taqdiri G‘G‘ O‘zbekiston
ovozi. – 1995. – 27 avg.; Tashkulov J. U. Pravovoe gosudarstvo – nezavisimost,
natsiya, ekonomika, ideologiya, politika. Tom IV. - S. 232.; Shamsutdinov R.
Jadidchilik: haqiqat va uydirma // Muloqot. – 1991. – № 11. – B. 56 – 63.;
Sharipov R. Turkiston jadidchilik harakati tarixidan. – 176 b.
5.
Azizov
N.P.
Yurisprudentsiyani
o‘rganishda
huquqqa
bo‘lgan
yondashuvlarning ahamiyati // Huquq Pravo Law. Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi ilmiy- nazariy yuridik jurnali, 2004. Maxsus son, – B. 60.
6. Mahmudxoʻja Behbudiy Tanlangan asarlar Toshkent «Ma’naviyat» 2006