Авторы

  • Eldor Abduraimov
    O‘zbekiston-Finlandiyapedagogika instituti assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.80929

Ключевые слова:

Internet axborot ma’naviy dunyo zamonaviy texnologiyalar ta’lim tarbiya jamiyat davlat taraqqiyot.

Аннотация

Bugungi kunda ilg’or kommunikatsiya vositalari sharoitida mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish tezkor va shiddatli tus olib, turli soha va yo‘nalishlar doirasida xilma-xil shakllarda namoyon boMmoqda. Ayniqsa yoshlar turli obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida mafkuraviy tahdidlarning asosiy obyektiga aylanmoqda. Natijada, yoshlarda mafkuraviy immunitetni yuksaltirish masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOSHLAR MA‘NAVIYATINI

SHAKLLANTIRISH VA YUKSALTIRISH MUAMMOLARI

Abduraimov Eldor Qurbonboy o‘g‘li

O‘zbekiston-Finlandiyapedagogika instituti assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15282227

Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan bos blab, 30 yoshgacha

bo‘lgan davrda uni bar to monlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda
munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim
yaratiladi.

Shavkat MIRZIYOYEV

Annotatsiya:

Bugungi kunda ilg’or kommunikatsiya vositalari sharoitida

mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish tezkor va shiddatli tus olib, turli soha va yo‘nalishlar
doirasida xilma-xil shakllarda namoyon boMmoqda. Ayniqsa yoshlar turli
obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida mafkuraviy tahdidlarning asosiy
obyektiga aylanmoqda. Natijada, yoshlarda mafkuraviy immunitetni yuksaltirish
masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda.

Аннотация:

Сегодня в условиях передовьгх средств коммуникации

идеологическое воздействие приобретает стремительньш и интенсивньш
характер, проявляясь в многообразньгх формах в рамках различньгх сфер
и направлений. Молодежь, в частности, под влиянием различньгх
объективньгх и субъективньгх факторов становится главньш объектом
идеологических угроз. В результате вопрос повьшения идеологического
иммунитета у молодежи становится как никогда актуальньш.

Abstract:

Today, in the conditions of advanced means of communication,

ideological influence acquires a rapid and intense character, manifesting itself in
various forms within various spheres and directions. Youth, in particular, under
the influence of various objective and subjective factors, becomes the main
object of ideological threats. As a result, the issue of increasing ideological
immunity among young people is becoming more relevant than ever.

Tayanch so'zlar:

Internet, axborot, ma’naviy dunyo, axborot, zamonaviy

texnologiyalar, ta’lim, tarbiya, jamiyat, davlat, taraqqiyot.

Ключевме слова:

Интернет, информация, духовньш мир, средства

массовой

информации,

современнью

технологии,

образование,

воспитание, обгцество, государство, прогресс.

Keywords:

Internet, Information, spiritual world, media, modern,

technology, education, Education, Society, State, Development.

XXI asrni globallashuvi, chegaralaming barham topishi, axborot-


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

kommunikatsiya texnologiyalari va internet asriga aylanib borayotganini
isbotlashga hojat boTmasa kerak. Zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining imkoniyatlari cheksiz boTib, u shiddat bilan rivojlanmoqda.
MaTumki, yangilanish va islohatlar jarayoni hech vaqt birdaniga amalga
oshmagan, negaki, bu inson ongi, tafakkuri va dunyoqarashi bilan bogTiq
jarayon.

Inson ongi asta sekinlik bilan shakllanib borar ekan, uning faoliyati bilan

bog‘liq bo‘lgan yangilanish va islohatlar jarayoni ham muhim ahamiyat kasb
etadi.

Axborot asrida yashar ekanmiz, inson va jamiyat hayotida axborot oddiy

ehtiyoj me‘yoridan chiqib siyosiy va mafkuraviy vosita, bunyodkorlik yoki
vayronkorlik kuchiga aylanayotganiga guvohmiz. Insoniyat xalqaro ekstremizm
va terrorizm doirasidagi yovuz kuchlaming xurujlaridan sezilarli aziyat
chekmoqda. Bundan tashqari, bu intilishlar ayniqsa, mustaqil taraqqiyot yodiga
chiqqan yangi davlatlarning hayotida o‘ziga xos hoi da aks etmoqda. “Mana
shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan
hayotiy-milliy qadriyatlarga, sogdom negizda shakllangan dunyoqarash va
mustahkam irodaga ega bodmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ulaming goh
oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amri mahol” -degan
edi I. Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida.

Bugungi kunda ilg‘or kommunikatsiya vositalari sharoitida mafkuraviy

ta’sir ko‘rsatish tezkor va shiddatli tus olib, turli soha va yo‘nalishlar doirasida
xilma-xil shakllarda namoyon bodmoqda. Bu mafkuraviy tahdidlaming tarixan
yangi sifat bosqichiga kirganini ko‘rsatadi. Ayniqsa yoshlar turli obyektiv va
subyektiv omillar ta’sirida mafkuraviy tahdidlaming asosiy obyektiga
aylanmoqda. Natijada, yoshlarda mafkuraviy immunitetni yuksaltirish masalasi
har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Buning uchun jamiyatimiz
yoshlarining hayotiy modjal va maqsadlarini, orzu-istaklarini bilish, ma’naviy-
ahloqiy hayotidagi ustuvor tendensiyalarni aniqlash zarur. Bu mafkuraviy
tahdidlaming oldini olishda asosiy vazifalardan birini hal qilishga zamin
yaratgan bodar edi.

Odish davrida axborot-mafkuraviy idrok etish bilan bogdiq vaziyatning

murakkabligini, ya’ni davlat, jamiyat va shaxsda mafkuraviy raqobat borasida
yetarlicha demokratik tajriba yo‘qligida ham dir. Bugungi kunda demokratik
taraqqiyot, moderinizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga
erishishda eng muhim qadriyat hamda hal qiluvchi kuch bodgan bilimli va
intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarbdir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

68

0‘zbekistonda “ushbu dastur ...unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida
demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bodib, qisqacha
aytganda, bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qatdy grajdanlik
pozitsiyasiga ega bodgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni
shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi” .


Ammo bugungi kundagi yoshlarimiz qanday tarbiya topayapdilar? Ulaqaysi

axborotlar, qaysi muhit ta’siri doirasida shaxs sifatida shakllanmoqdalar?
To‘g’risini aytish kerakki, bugungi kunda ko‘pchilik ota- onalar turmush
tashvishiga berilib ketib bola tarbiyasi masalasiga kamroq e’tibor
qaratishmoqda. Ammo, odgan asrning boshida yashab odgan ma’rifatparvar
adib Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida “Tarbiya, -bizlar
uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat
masalasidir degan fikr-mulohazalari bugungi kunda ham o‘z mazmun mohiyatini
yo‘qotgan emasligini yodga olsak foydadan xoli bodmaydi. Albatta, ota-onalar
imkon qadar o‘z farzandlarini hech kimdan kam bodmasligi uchun zamonaviy
texnologiyalardan, jumladan kompyuterdan foydalanish, Internet tarmogdga
kirish imkoniyatlarini yaratib berishmoqda.

Muammoning yechimini izlashda inson huquqlarini buzmaslikka e’tibor

qaratilishi lozim. Bunda ta’qiqlash usulidan foydalanishdan qochish kerak.
Madumki, Internetdan turli millat va elat vakillari foydalanishadi. Tabiiyki, bin
uchun oddiy boMgan axborot ikkinchisining madaniy, an’analariga to‘g’ri
kelmaydi. Hukumat qancha harakat qilmasin, muammoni bir o‘zi yoki qonunlar
qabul qilish yo‘li bilan hal qilishi qiyin. Yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir
qiluvchi axborot oqimining illatlarini yo‘qotish, to‘g’rirog’i kamaytirishning
yagona usuli ota-ona va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bilan birga ularda
ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat tuyg’ularini ham shaullantirishimiz zarur.
Ota- onalar yoshlami uyda va Internet kafelarda Internetdan qanday
ma’lumotlar olayotganini bilib turishlari kerak.

Har qanday axborot oqimining yoshlar ma’naviyatiga ta’siri xususida so‘z

yuritganimizda avvalo bu masala zamirida jamiyatimizning, davlatimizning
milliy xavfsizligi yotganini nazarda tutishimiz lozim. Suu ma’noda avvalo ikki
masala mavzuning dolzarb nuqtasiga aylanadi: birinchisi - axborot oqimi-
mafkuraviy tahdid;

ikkinchisi - yoshlar ma’naviyati-ya’ni turli xildagi axborotga nisbatan

yoshlarimizda shakllanishi lozim boMgan immunitet masalalari.

Buyuk mutafakkirimiz Abu Nasr Forobiy yovuzlikni inson baxtiga va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

jamiyat saodatiga erishish yoMidagi eng katta to‘siq deb hisoblagan. Uning
fikricha, ta’lim va tarbiya barkamollikka erishishning muhim vositasidir.
CHunonchi, ta’lim nazariy hikmat, ezguliklarga o‘rgatadi, tarbiya esa, pokiza
ahloqiy fazilatlarni shakllantiradi. Ezgulik va baxt mohiyatdan bitta
tushunchadir. Baxt - mutloq ezgulik, zero haqiqiy baxtni faqat yaxshilik, ezgulik
ro‘yobga chiqaradi, yovuzlik esa, bunga to‘sqinlik qiladi .

Darhaqiqat, bunday ezgu g’oyalami rivojlantirgan faqat milliy va

umumbashariy qadriyatlar uyg’unligini terang anglaydigan, zamonaviy
bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg’or texnologiyalarni egallagan insonlargina
o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin
ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz” - degan edilar.

"Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb

ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala
haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda", Yurtboshimizning
bu fikrlari hozirda sodir boMayotgan voqea-hodisalami to‘la aks ettiradi desak
mubolag’a boMmaydi.

Ko‘pgina mutaxassislar kiberterrorizmning xavfi haqida bot-bot

gapirishsada, terroristlar tomonidan internetdan beriladigan ma’lumotlarini
nazardan chetda qoldirar ekanlar. Yoshlarimizni, jamiyatimizni kiberterrorizm
va Intemetdagi terroristik harakatlardan himoya qilish bilan birga, qator anti
terroristik harakatlar majmuini ishlab chiqish talab etilmoqda. Bugungi
yoshlaming 90% asosiy axborot manbai sifatida intemetga murojaat qilishadi.
Lekin ularda axborot immuniteti shakllanishi sust bolganligi sababli, mish-
mishlar dunyosi bolmish

“Internet” yoshlarimiz ma’naviyatiga salbiy ta’sir etmoqda.
Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz turli xil g’arb seriallari ta’siriga tushib

qolmoqdalar. Milliy qahramonlarimiz jasoratidan bexabar o‘sayotgan
yoshlarimiz ma’naviyatiga qaytadan chuqur e’tibor qaratmas ekanmiz, ularning
o‘tkir zehni, dunyo bilimlarini egallagan boMishlariga qaramasdan Vatan
manfaati yoMida xizmat qilishlariga, begona g’oyalarga berilmasligiga kafolat
ham berolmaymiz. Ularni eng avvalo Vatanga e’tiqod, urf-odat va
qadriyatlarimizga sadoqatli qilib tarbiyalasakkina, istalgan buzg’unchi
g’oyalarga nisbatan o‘z axborot immunitetlari shakllanadi.

Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud

boMgan g’oyalar ta’sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g’oyalarni o‘z
e’tiqodiga singdiradi va o‘z navbatida yangi g’oyalar yaratadi va targ’ib etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

Shu ma’noda bugungi avlod umummilliy ma’naviyatni va g’oyaviy muhitni
kelajak avlodlar uchun asrashga mas’uliyatlidir.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoyev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan

birga quramiz. -
2.

Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017y

3.

Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard

maqsadimiz. - T.: 2000. -
4.

B.466.

5.

Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka

ishonshidir. «Fidokor»
6.

gazetasi muhbiri savollariga javoblar. -T.: 0‘zbekiston. 2000.

7.

Усмонов К. Узбекистоннинг жахон хамжамиятига интеграциялашуви.

- Тошкент: Молия,
8.

2003.

9.

Узбекистон муста^иллик йилларида. - Тошкент: Узбекистон, 1996.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -

Toshkent: “O'zbekiston” NMIU, 2017y

Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. - T.: 2000. -

B.466.

Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonshidir. «Fidokor»

gazetasi muhbiri savollariga javoblar. -T.: 0‘zbekiston. 2000.

Усмонов К. Узбекистоннинг жахон хамжамиятига интеграциялашуви. - Тошкент: Молия, 2003.

Узбекистон муста^иллик йилларида. - Тошкент: Узбекистон, 1996.