ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
HARBIY STANDARTLAR
To’lqinov Orifjon Rustamovich
Samarqand Iqtisodiyot va Servis institute talabasi
e-mail: orifjontulkinov04@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15747333
Annotatsiya;
Ushbu maqola harbiy standartlarining ahamiyatini va
ularning armiya faoliyatidagi rolini tushuntiradi
.
. Shuningdek, turli davlatlar
o'rtasida hamkorlikni osonlashtirish uchun bunday standartlarning ahamiyati
ta'kidlanadi. Maqola shuningdek, harbiy standartlarning zamonaviy
texnologiyalar va xavf-xatarlarni hisobga olish uchun doimiy ravishda
yangilanishi zarurligini tushuntiradi
.
Hozirgi kunda harbiy soha faqat urush olib borish yoki qurol ishlatish bilan
cheklanib qolmayapti. Endi bu soha texnika, boshqaruv, ta’minot va hatto
strategik rejalashtirish bilan ham juda bog‘liq. Har qanday armiya kuchli bo‘lishi
uchun uning ichki tartibi, texnikasi, kiyim-kechagi va boshqa jihatlari aniq
qoidalarga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu qoidalar harbiy standartlar deb
ataladi.Oddiy qilib aytganda, harbiy standartlar armiyada hamma narsa qanday
bo‘lishi kerakligini belgilab beradi. Ular harbiylarning xavfsiz ishlashi,
texnikaning ishonchli bo‘lishi va butun tizimning tartibli ishlashi uchun juda
muhim.Misol uchun, tankning detali ham, harbiy askarning kiyimiga
ishlatiladigan materiali ham, hatto favqulodda holatdagi harakatlar rejasi ham
belgilangan standart asosida ishlab chiqiladi. Shunda turli harbiy qismlar bir-
biriga mos keladi, texnikalar almashtirilganda hech qanday muammo bo‘lmaydi,
va hamma bir xil tizimda harakat qiladi.
Savol tug’iladi, Harbiy standartla o’zi nima uchun kerk?
Harbiy standartlar shunchaki qog’ozdagi qoidalar emas.Bunday qoidalar
armiyaning xavfsiz,tartibli va samarali ishlashi uchun juda muhum
hisoblanadi.Agar harbiy sohada standartlar bo’lmasa, har kim o’z bilganicha ish
ko’radi, tartib buziladi va bu katta muammolarga olib kelishi mumkin. Harbiy
standartlar orqali harbiy texnika, harbiy jihozlar yoki vositalar belgilangan
me’yor asosida tayyorlanadi. Bu ularning ishonchli ishlashini ta’minlaydi va
harbiylar hayotini himoya qiladi.Bundan tashqari harbiy vazifalar tez va aniq
bajariladi.
Harbiy standartlar albatta oddiy standartlardan farq qiladi, Oddiy
standartlar, masalan, qurilish, oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki xizmat ko‘rsatish
sohalarida bo‘ladi.Ular asosan mijozni mijoz talabini qoniqtirish, mahsulot
sifatini ta’minlash yoki xavfsizlikni ta’minlash uchun yaratiladi.Harbiy
standartlar esa boshqacharoq ya’ni bu standartlar har doim yuqori aniqlikda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
ishlab chiqiladi.Harbiy standartlar ko’pincha maxfiy tarzda ishlab chiqiladi
chunki bunday standartlar milliy xavfsizlik bilan bog’liq bo’ladi.Misol qilib
keltiraman oddiy avtomobil ishlab chiqarish standartida avtomobilning ichki
qulayligi muhim bo’lsa, harbiy standartlarda bo’lsa o’q o’tkazmasligi, loyli
joylardan tez chiqishi yoki tez portlamasligi muhim bo’ladi.
Harbiy sohada yo’nalishlar ko’p bo’lganligi uchun,harbiy standartlar bir
nechta turga bo’linadi.Misol uchn, texnik standartlar.Bu standart turida barcha
harbiy texnik vositalarga standartlar mavjud bo’ladi.Misol uchun tanklarning
o’lchami qanaqa bo’lishi keral yoki avtomatlar qanday materialdan tayyorlanishi
kerak va xatto aloqa vositalari ya’ni ratsiyalarning signal uchlashigacha
standartlar mavjud bo’ladi.Bundan tashqari tashkiliy standartlar ham mavjud.Bu
standartda harbiy mashg‘ulotlar qanday o‘tkazilishi yoki harbiylar qanday kiyim
kiyishiga oid standartlar mavjud bo’ladi. Bunday standartlar armiyada tartib va
intizom bo’lishini ta’minlaydi.Hozirgi XXI asrda Tehnika-tehnologiya rivojlangan
davrda axborot xavsizligi standartlarini ham ishlab chiqish muhum
hisoblaniladi.O’tagan 5-10 yil davomida juda ham ko’plab harbiy tizimlarga
axborot hujumi uyushtirildi.Misol uchun 2015-yilda AQSHning Office of
Personnel Management tizimi buzib kiriladi,Bu tizimda ko’plab harbiylarning
shaxsiy ma’lumotlari saqlanardi.Ba’zi manbalarga ko’ra bu hujum ortida
Xitoyning xakerlarini turibdi deb taxmin qilindi.Mana shunday noxush holatlarni
oldini olish uchun axborot xavfsizligi standartlari ham ishlab chiqilmoqda.
Shunday standartlardan biri AQSH hukumati tomonidan ishlab chiqilgan NIST
SP 800-53 standartidir.Bu standartda kimga qaysi ma’lumotga kirishga ruxsat
borligini belgilaydi,har qanday urinish avtomatik tarzda saqlanadi.Axborot
yo’qolib qolmasligi uchun qo’shimcha nusxalar ham saqlanadi.
Ba’zi paytlarda bir davlat harbiylari boshqa davlat harbiylari bilan ishlashga
to’g’ri keladi.Ya’ni turli armiaylar bitta bo’lib ishlasjga to’g’ri keladi.Masalan, har
xil tinchlikparvarlik missiyalari yoki bo’lmasam kaolitatsion urushlar (ikkichi
jahon urushi).Harbiy standartlar tufayli turli davlat harbiylari bir-birini
tushunadi.Misol NATOga a’zo bo’lgan davlatlar birgalikda harbiy mashg’ulot olib
borsa Stanag standarti asosida olib boradi.Bu standartda NATOga azo bo’lgan
davlatlar birga mashg’ulot o’tkazishi yoki texnikalari bir xil bo’lishi ya’ni bir-
biriga mos bo’lishi ta’minlangan.Harbiy standartlarni ishlab chiqish uchun bir
necha oy, bir necha yil vaqt ketishi mumkin.Bunday standartlardavlatning
maxsus tashkilotlari tomonidan,tajribali mutaxasislar bilan birga ishlab
chiqiladi.Har bir davlatda harbiy standartlar bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar
bo’ladi.Masalan, Mudofaa Vazirligi,bu harbiy standartlarni belgilovchi tashkilot
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
bo’lsa, harbiy-ilmiy tadqiqot institutlari bo’lsa,yangi tehnologiyalar asosida
standartlar ishlab chiqadi.Bunday jarayonlardan Davlat standartlashtirish
agentlillari ham ishtirok etishi mumkin.Lekin bunga bevosita aralashmaydi,ya’ni
misol uchun yangi harbiy forma ishlab chiqarilsa, uning mustahkamligi,
yong’inga qanchalik chidamliligi kabi standartlarini aniqlashda yordam
beradi.Lekin maxsus bo’lgan harbiy standartlar masalan avtomat yoki pistoletlar
va shunga o’xshash maxsus xolatlarda Mudofaa Vazirligi va unga qarashli
harbiy-ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Harbiy standartlarni ishlab chiqish uchun bir necha oy, bir necha yil vaqt
ketishi
mumkin.Bunday
standartlardavlatning
maxsus
tashkilotlari
tomonidan,tajribali mutaxasislar bilan birga ishlab chiqiladi.Har bir davlatda
harbiy standartlar bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bo’ladi.Masalan, Mudofaa
Vazirligi,bu harbiy standartlarni belgilovchi tashkilot bo’lsa, harbiy-ilmiy
tadqiqot institutlari bo’lsa,yangi tehnologiyalar asosida standartlar ishlab
chiqadi.Bunday jarayonlardan Davlat standartlashtirish agentlillari ham ishtirok
etishi mumkin.Lekin bunga bevosita aralashmaydi,ya’ni misol uchun yangi
harbiy forma ishlab chiqarilsa, uning mustahkamligi, yong’inga qanchalik
chidamliligi kabi standartlarini aniqlashda yordam beradi.Lekin maxsus bo’lgan
harbiy standartlar masalan avtomat yoki pistoletlar va shunga o’xshash maxsus
xolatlarda Mudofaa Vazirligi va unga qarashli harbiy-ilmiy tadqiqot institutlari
tomonidan ishlab chiqiladi.
Harbiy standartlarda rivojlngan davlatlarning standartlari alohida o’rin
tutadi.Misol uchun, Amerika Qo’shma Shtatlarining harbiy standarlari doirasida
ko’rib chiqsak, Bilamizki, bu davlat armiyasi bo’yicha duniyoda 1-o’rinni
egallaydi.Shuning uchun bu davlatda harbiy standartlar ishlab chiqish ancha
rivojlangan.Bu davlatni o’ziga xos standart tizimi bor. Bu MIL-STD (Military
Standard) deb nomlanadi.Bu tizimda har bir qurol, texnika, hatto kiyim uchun
ham aniq raqamli standartlar mavjud. Misol: uchun, MIL-STD-810 — harbiy
texnikaning ekstremal sharoitlarda (issiq, sovuq, chang, suv) qanday ishlashi
kerakligini belgilaydi.Boshqa davlat misolida ko’rib chiqsak, jahonda armiyasi
bo’yicha 2-o’rinda turuvchi Rossiyada ham bu turdagi standartlar ancha
rivojlangan. Bu yerda har bir qurol, texnika va jihozlar uchun maxsus indekslar
mavjud bo‘lib, ular orqali aniq tasnif qilinadi. Rossiyada harbiy mahsulotlarga
GRAU (Главное ракетно-артиллерийское управление) indeksi beriladi.
Masalan, har bir tank, raketa, yoki avtomat qurol o‘ziga xos raqam bilan
belgilanadi.Endi sinov va sertifikat qanday olib boriladi, bunda yangi texnika
ishlab chiqilgach, maxsus sinovlardan o’tkaziladi.Ya’ni harbiy sharoitlarga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
chiday oladimi, issiq va sovuq ob-havolarda sinab ko’riladi.Shu talablardan
o’tsagina unga sertitifikat beriladi va armiya balansiga kiritiladi.Misol
uchun,Rossiya sharoiti sovuq bo’lganligi uchun, bu yerda tanklar -50°C darajada
ham ishlashi kerak.Shuning uchun bunday tanklarga maxsus standarlar ishlab
chiqiladi.Harbiy standarlatrning ham albatta yomon tomonlari bor.Bukardan
birinchi yomon tomoni rehnologiyalar o’zgarishiga qaramasdan,harbiy
standartlar eski talablar bo’yicha qoladi.Misol uchun hozirda harbiy ishlarda
dronlardan foydalanish keng qollanilmoqda.Ammo bunday tehnologiyalar
uchun yetarlicha standartlar ishlab chiqilmagan.Agar standartlar vaqtida
yangilanmasa, ular zamonaviy tehnologiyalarga to’g’ri kelmay qoladi.Ikkinchi
muammo esa, harbiy texnika ishlab chiqarishda har bir davlat o’z standartlariga
amal qiladi.Bir davlatda ishlab chiqarilgan qurol yoki aloqa tizimi boshqa davlat
armiyasiga mos kelmasligi mumkin.Misol uchun, Rossiyada ishlab chiqarilgan
Kalashnikov (AK-470 avtomatida duniyoda eng ko’p ishlatilgan qurollardan biri
bo’lsada, NATO davlatlarining ba’zilari uni to’g’ridan-to’g’ri o’z armiyasiga olib
kira olmaydi.Masalan,bu avtomatning o’q turi NATO standartlaridan ancha farq
qiladi. AK-47 avtomati uchun 7.62×39 mm, NATO uchun esa ko‘proq 5.56×45
mm ishlatiladi.Bu degani, hatto mashxur bo’lgan qurol ham standartga to’g’ri
kelmasligi mumkin.
Xulosa
Umuman olganda, harbiy standartlar — bu armiyaning ishlashini
ta'minlovchi eng muhim qoidalar. Ular har bir texnika, qurol, kiyim yoki hatto
harakat rejalarining qanday bo‘lishi kerakligini aniq belgilab beradi. Bu narsa
armiyaning xavfsiz va samarali ishlashini, shuningdek, bir tizimda harakat
qilishini ta’minlaydi. Harbiy soha juda murakkab va tez o‘zgaruvchan tizimni
tashkil etadi, shuning uchun aniq va qat’iy standartlarga amal qilish kerak. Aks
holda, harbiy bo‘linmalar orasida tartibsizlik va muammolar yuzaga kelishi
mumkin, bu esa jiddiy oqibatlarga olib keladi.Agar harbiy sohada standartlar
bo‘lmasa, har bir bo‘linma o‘zicha ish tutadi, bu esa umumiy tizimning
samaradorligini pasaytiradi. Shuningdek, standartlar bo‘lmagan holda, harbiy
texnika, qurollar va jihozlarning mosligi bo‘yicha muammolar paydo bo‘lishi
mumkin. Misol uchun, bir davlat armiyasining qurollari yoki texnikasi boshqa
bir davlat tizimiga mos kelmasligi mumkin, bu esa jiddiy xavf tug‘diradi va
samarasiz operatsiyalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, harbiy standartlar
nafaqat texnik hujjatlar, balki armiyaning ishonchli, kuchli va muvozanatli
bo‘lishining garovi hisoblanadi. Harbiy standartlar orqali, armiyaning barcha
qismlari bir tizimda ishlaydi, bu esa operatsiyalarni tez va samarali bajarishga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
yordam beradi. Texnik va tashkiliy masalalar, xavfsizlik va axborot xavfsizligi
kabi sohalarda harbiy standartlar orqali to‘liq nazorat va muvofiqlik o‘rnatiladi.
Shunday qilib, harbiy standartlar nafaqat armiyaning samarali ishlashini
ta'minlaydi, balki xalqaro miqyosda ham bir-biriga ishonch hosil qilish va
birgalikda ishlashni osonlashtiradi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, harbiy
standartlar doimiy ravishda yangilanib, zamonaviy texnologiyalar va xavf-
xatarlarni hisobga olish zarur. Texnologiyalar va qurollarning rivojlanishi,
shuningdek, yangi xavf-xatarlar va kiberhujumlar harbiy sohada yangi
standartlar ishlab chiqishni talab qiladi. Shu bilan birga, ekologik barqarorlik va
energiya tejash kabi masalalar ham bugungi kunda harbiy standartlarning
ajralmas qismiga aylangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Stanag (Standardization Agreement) (2017). NATO a'zo davlatlarining
harbiy standartlari bo‘yicha qo‘llanma. NATO Yig‘ilishlari jurnali
2.
GRAU (Главное ракетно-артиллерийское управление) (2015). Rossiya
harbiy standartlarining tizimi; https://pulsepen.ru/chto-takoe-grau/
3.
MIL-STD-810-https://netlinetech.com/what-is-mil-std-and-why-is-it-
important/
4.
"Defence and Security Analysis" Jurnali