Авторы

  • Sharifaxon Ganiyeva
    Toshkent xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi katta muharriri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.113090

Ключевые слова:

diniy bag‘rikenglik millatlararo totuvlik matbuot ta’lim tarbiya maktab.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘tgan asr davomida mamlkataimizda diniy-ma’rifiy sohaning matbuot olamida yoritilishi va ularning o‘zaro qiyosiy jihatlari yoritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

SOVET DAVRI MATBUOTIDA DINIY TA’LIM-TARBIYA

“ZARARLI UNSUR” SIFATIDA

Ganiyeva Sharifaxon Erkinjonovna

Toshkent xalqaro islomshunoslik

akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media

markazi katta muharriri

https://doi.org/10.5281/zenodo.15747266

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘tgan asr davomida mamlkataimizda diniy-

ma’rifiy sohaning matbuot olamida yoritilishi va ularning o‘zaro qiyosiy jihatlari
yoritilgan.

Аннотация.

В статье рассматривается освещение в СМИ религиозно-

образовательной сферы в нашей стране за последнее столетие и их
сравнительные аспекты.

Annotation.

This article examines the media coverage of the religious and

educational sphere in our country over the past century and their comparative
aspects.

Kalit so‘zlar

: diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, matbuot, ta’lim,

tarbiya, maktab.

Ключевые слова:

религиозная толерантность, межнациональное

согласие, пресса, образование, воспитание, школа.

Keywords:

religious tolerance, interethnic harmony, media, education,

upbringing, school.

Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan donishmandlik an’analari bugungi kunda

yangi mazmun va ma’no kasb etmoqda. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston yangi
davrga, taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu o‘zgarishlar
nafaqat siyosiy yo‘nalishda, balki iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va ma’naviy
sohalarda ham o‘z ifodasini topmoqda.

Mamlkatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalar qatori diniy-ma’rifiy sohada

islohotlar jadal rivojlanmoqda. Ushbu sohani takokmillashtirish maqsadida
O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi
kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni
yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PF-68-son Farmoni

asosida diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari belgilandi

1

. Mazkur Farmon asosida jamiyatda vijdon erkinligini

kafolatlash, diniy bag‘rikenglik, fuqarolararo totuvlik hamda ijtimoiy-ma’naviy

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni (https://lex.uz/docs/7486257)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida “Bag‘rikeng jamiyat — barqaror
davlat” tamoyili ilgari surildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi asosida qabul qilingan

“O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”

2

mamlakatimizda ulkan yangilanishlar

poydevorini yaratdi. Bu jarayon xalq bilan hamjihatlikda, fuqarolar
manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilayotgani tufayli, uning ijobiy
samaralari hayotimizning barcha jabhalarida sezilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, mazkur amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz va

jahon hamjamiyatiga OAV va internet tarmoqlari orqali yetkazilayotganligi
ma’lum. Ushbu sohadagi islohotlarni xalqimizning, jahon hamjamiyatiga
yetkazilishida ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyosdir. Ushbu
islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri yetkazish, insonlarning
diniy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini shakllantirish ahamiyatli hisoblanidi.

Diniy-ma’rifiy sohada mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo

totuvlik munosabatlarni saqlashga imkon beradigan o‘ziga xos model
yaratilganligi hammamizga ma’lum.

Ma’lumki, diniy-ma’rifiy sohadagi ma’lumotlar va bilimlar, adabiyotlar

to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘tgan asr davomida Sovet davrida zarali unsur sifatida
tushuntirilgan va targ‘ibot qilingan.

Sovet davrida diniy-ma’rifiy soha, ta’lim muassasalari xalqimiz ongiga turli

darajada samaradorsiz va salbiy omil sifatida bayon etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining hududi tarixdan tom ma’noda islomiy ilmlar

rivojlangan yurt, allomalar voyaga yetgan zamin hisoblanadi. Diniy ta’lim
muassasalari haqida so‘z ketganda, aholining talab darajasiga ko‘ra, hamisha
madrasa va diniy muassasalarga ehtiyoj bo‘lgan. Shu boisdan ham, yurtimiz
hududida diniy ta’lim tizimining rivojlanishi va taraqqiyoti ko‘p asrlik tarixga
ega. “Madrasa” so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, “dars o‘qitiladigan joy, darsxona”
ma’nosini anglatadi. Islomda o‘rta va oliy maxsus diniy o‘quv yurti bo‘lib,
ulamolar, maktab va madrasa mudarrislari, din arboblarini tayyorlagan. Bu
ta’lim maskanlarida diniy bilimlar bilan bir qatorda, dunyoviy fanlarga ham
alohida e’tibor qaratilgan.

Musulmon mamlakatlaridagi madrasalar haqidagi ilk ma’lumotlar IX-X

asrlarga oid bo‘lib, bu madrasalar Xuroson va Movarounnahrda joylashgan edi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Termizdan Abu Iso Termiziy va Muhammad Hakim
Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqishida IX asr boshlarida Balxda 1
848 ta masjid, 900 ta maktab va 400 ta madrasa bo‘lgani muhim rol o‘ynagan.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni

(https://lex.uz/ru/docs/6600413)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

XI asrdan boshlab madrasalar yetakchi o‘quv yurtiga aylangan bo‘lib,

bungacha ta’lim masjidlarda va xususiy uylarda, shuningdek, mehmonxona,
kutubxona va kasalxonalarda olib borilgan. Madrasalar vaqf hisobiga ta’sis
etilgan. U yerda mudarrislar va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya,
o‘quv jihozlari (daftar, kitob, qalam va b.) hamda turar joy bilan ta’minlanganlar.
XI-XII asrlarda O‘rta Osiyoning barcha yirik shaharlarida bir qancha madrasalar
mavjud bo‘lgan. Madrasaga maktabni tugatgan o‘spirinlar qabul qilingan.

2001-yil topilgan Behbudiy tomonidan 1907-yil noyabr oyida Dumaga

yuborilgan “Turkiston madaniy muxtoriyati” loyihasida maktab va madrasalar
haqida eslab o‘tiladi. Unda 25 modda mavjud bo‘lib, 18-moddada: “Turkiston
maktab va madrasalari hukumat nazoratidan ozod bo‘lsun” degan band
keltirilgan

3

.

Behbudiy bu loyihada Turkiston haqida so‘zlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki,

Turkistondagi maktab va madrasa masalalarida Chor Rossiyasi Dumasidan
siyosiy muxtoriyatlar talab qilingani aniqlanadi.

Milliy Uyg‘onish pedagogikasining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy

ta’kidlab o‘tganidek: “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatni,
yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni oq bilan qorani ajratadigan qilib
yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bo‘lur.
Qush uyasida ko‘rganini qilar”

4

.

Yurtboshimiz

ta’kidlab

o‘tganlaridek,

mamlakatimizda

“Uchinchi

Renessansni yigirmanchi asrdama’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga
oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun
umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan
olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etganlar va shu yo‘lda o‘zlarining aziz jonlarini ham
qurbon qildilar. Ular “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan
hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar”.

XIX asr boshlariga kelib, O‘rta Osiyoda iqtisodiy rivojlanish boshlangani

tufayli ta’lim sohasida ham ayrim o‘zgarishlar yuz bera boshlagan. Maktab va
madrasalar qurish avj olib, ayniqsa, Qo‘qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda
ularning soni tez ko‘paygan.

Misol uchun, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan berilgan 1910-yil hisobotiga

ko‘ra, 1911-yilning 1-yanvariga qadar O‘rta Osiyoda mavjud maktab va

3

Тилда, фикрда, ишда бирлик! “Жадид газетаси кутубхонаси. “Жадид” газетаси таҳририяти, 2024-йил, 78-бет.

Мақола: “Мухторият лойиҳаси”. Темур Ҳўжаўғли.

4

Тилда, фикрда, ишда бирлик! “Жадид газетаси кутубхонаси. “Жадид” газетаси таҳририяти, 2024-йил, 92-бет.

Мақола: “Жадид педагогикаси”. Бегзод Хўжаев.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

122

madrasalar soni quyidagicha qayd qilingan: maktablar soni – 10 003 ta,
madrasalar soni esa – 1085 tani tashkil etgan

5

.

Biroq, sobiq sho‘rolar davrida hamisha diniy ta’lim muassasalari va

madrasalarga qarshi kurash olib borilgan. Buni 1925-yilda nashr etilib
tarqatilgan “Qizil O‘zbekiston” gazetasida chiqqan maqoladan ham bilib olish
mumkin.

«Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») 1924-yilning

5-dekabridan Toshkentda chiqa boshlagan. U 1930-yilgacha arab, 1931-yildan
lotin, 1941-yildan esa kirill yozuvlarida nashr etilgan

6

.

“Sadoi Farg‘ona” gazetasida aytilganidek: “Gazeta har millatning

tarjimonidurki, bilmag‘on narsalarini anga bildirur va ham ul millatning
muddaosini boshqalarga bildirur”

7

. Haqiqatan ham, hali kompyuter, telefon

ommalashmagan, internet kashf etilmagan mazkur davrning muhim
axborotchisi gazetalar hisoblangan. Ushbu ro‘znomalar orqali diniy ta’lim
borasidagi ma’lumotlar haqida yanada to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Eski o‘zbek yozuvida chop etilgan “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1925-yil

8-yanvar, 27 son, 3-betida chiqqan maqolada shunday so‘zlar keltirilgan:

“Qorixona va madrasalar tamom boshqachadir. Birinchidan ularning soni

oz. Ikkinchidan sho‘rolar ijtimoiyatini nazaridan qarag‘an vaqtda zararlikdir.
Bularni qancha sho‘rolashdirsak, burung‘i xolidan ko‘p o‘zgartira olmas edik.
Salomatlashig‘a umid bo‘lg‘on badanni emlash mumkin. Ammo bu umid
bo‘lmag‘on chirik badanni emlashdan hech bir foyda kelmaydir.

Bunday badang‘a tamom chirib yo‘qolishg‘a yo‘l qo‘yish kerak, ya’ni

qorixona va madrasalar to‘g‘risida ham ushbu keyingi yo‘l tutilsin. Ularni isloh
qilish umidsiz va zaharlik bir ish, ularni qancha burung‘i xolida qoldirsaq,
shuncha foyda, ya’ni taassub tarqatadurg‘on bular tabiiy o‘lim bilan shuncha tez
o‘larlar»

8

.

Biz so‘z yuritayotgan davrda gazeta jamiyatning asosiy axborot maydoni

hisoblangan. Shu jihatdan qaraganda, maqoladagi diniy ta’limga bo‘lgan nafrat
jamiyat ongiga singdirishga qattiq urinishlar bo‘lgan. Nafaqat diniy ta’lim, balki
dinni ham zararli unsur sifatida maqolalar berilgan.

Maqolada diniy ta’lim-tarbiyaga bildirilgan ochiq e’tirozlar, uni jamiyatning

zararli unsuri sifatida talqin etilganini ko‘rish mumkin. Bu – dinga berilgan katta

5

https://madrasa.uz/madrasa-darslik/482-uzbda-diniy-talim-tizimining.html

6

https://einfolib.uz/post/uzbekiston-millij-kutubhonasi-tarihidan-3

7

Ашурали Зоҳирий. Сўз боши // “Садои Фарғона” газетаси, 1914 йил 3 апрел

8

«Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1925 йил 8-январ, 27-сон, 3-бет


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

123

zarbalardan biri desak, xato bo‘lmaydi. Chunki, dinning asos va negizlaridan biri
– uning ilmini egallash, din to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lishdir.

Maqolada qorixona va madrasalar eski chirigan, kasallangan badanga

o‘xshatilib, ularning davosi yo‘q ekanligi ta’kidlanmoqda. Ularni qancha
tuzatishga harakat qilinsa, shunchalik kasallanib boraveradi, mazmunida
gapirilgan. Uni davolagandan ko‘ra, tamoman yo‘qotishga chaqirilgan. Ya’ni,

“Bunday badang‘a tamom chirib yo‘qolishg‘a yo‘l qo‘yish kerak, ya’ni qorixona

va madrasalar to‘g‘risida ham ushbu keyingi yo‘l tutilsin. Ularni isloh qilish
umidsiz va zaharlik bir ish, ularni qancha burung‘i xolida qoldirsaq, shuncha
foyda, ya’ni taassub tarqatadurg‘on bular tabiiy o‘lim bilan shuncha tez o‘larlar”,

deyilgan. Ya’ni, ularni tuzatish, isloh qilishdan ko‘ra, o‘z holiga tashlab qo‘yib
mana shunday maqolalar natijasida o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yish
kerakligi ta’kidlangan.

Aslida bunday diniy maktablar dinni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi, har

xil buzg‘unchi g‘oyalar kelib chiqishidan saqlaydi, lekin o‘sha davrda yuqorida
turgan ayrim «ilmli» shaxslar buni jamiyatni buzib turuvchi omillardan biri
sifatida qaraydilar. Diniy maktablarga qilingan bunday munosabatdan biz dinga
ham shunday munosabatda bo‘lishlarining guvohi bo‘lamiz.

Mavjud qonunchiligimizga nazar tashlasak, O‘zbekiston Respublikasining

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har
kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi, deb belgilab qo‘yilganini
ko‘ramiz. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-
moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har bir inson xohlagan
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga egaligi aniq
belgilangan

bo‘lib, diniy

qarashlarni

majburiy

singdirishga

yo‘l

qo‘yilmaydi, deyiladi. Bugungi kunda aholi uchun zarur bo‘lgan kundalik
hayotdagi diniy ta’lim olish imkoniyatlari diniy ta’lim muassasalari, jumladan,
rasmiy ijtimoiy sahifalar – O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-
sayti, jome’ masjidlar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq
sahifalari, telegram kanallarida ham diniy ta’lim olish imkoniyatlari mavjud:
tasdiqdan o‘tgan turkum video va audio

darslar, maqolalar, infografikalar va boshqa turdagi

axborot va ma’lumotlar ana shular jumlasidandir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

to‘g‘risida”gi Qonuni (https://lex.uz/docs/5491534)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

124

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.04.2025 yildagi

5.

PF-68-son (https://lex.uz/docs/7486257)

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi

7.

PF-158-son (https://lex.uz/ru/docs/6600413)

8.

Тилда, фикрда, ишда бирлик! “Жадид газетаси кутубхонаси. “Жадид”

газетаси таҳририяти, 2024-йил, 78-бет. Мақола: “Мухторият лойиҳаси”.
Темур Ҳўжаўғли.
9.

Ашурали Зоҳирий. Сўз боши // “Садои Фарғона” газетаси, 1914 йил 3

апрел
10.

“Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1925 йил 8-январ, 27-сон, 3-бет

11.

https://madrasa.uz/madrasa-darslik/482-uzbda-diniy-talim-

tizimining.html
12.

https://einfolib.uz/post/uzbekiston-millij-kutubhonasi-tarihidan-3

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (https://lex.uz/docs/5491534)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.04.2025 yildagi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi

Тилда, фикрда, ишда бирлик! “Жадид газетаси кутубхонаси. “Жадид” газетаси таҳририяти, 2024-йил, 78-бет. Мақола: “Мухторият лойиҳаси”. Темур Ҳўжаўғли.

Ашурали Зоҳирий. Сўз боши // “Садои Фарғона” газетаси, 1914 йил 3 апрел

“Қизил Ўзбекистон” газетаси, 1925 йил 8-январ, 27-сон, 3-бет