Авторы

  • Avazbek Sobirov
    Andijon davlat pedagogika instituti Fizika va texnologik ta’lim kafedrasi Dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.115468

Ключевые слова:

STEAM ta’limi ijodkorlik innovatsion fikrlash pedagogik ta’lim tanqidiy fikrlash loyiha asosida o‘qitish dizayn fikrlash O‘zbekiston ta’lim tizimi.

Аннотация

STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) ta’limining pedagogik oliy ta’lim talabalarining ijodkorligi va innovatsion fikrlashini rivojlantirishdagi o‘rni va metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STEAM yondashuvi orqali o‘qitilgan talabalar an’anaviy ta’lim olgan talabalar bilan solishtirilganda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va amaliy bilimlarni qo‘llashda yuqori natijalarga erishgan. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAM yondashuvining joriy etilishi bo‘yicha tavsiyalar va istiqbolli takliflar berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

182

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA STEAM

TA’LIMINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Sobirov Avazbek Abidjonovich

Andijon davlat pedagogika instituti

Fizika va texnologik ta’lim kafedrasi

Dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15754225

Annotatsiya

STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) ta’limining

pedagogik oliy ta’lim talabalarining ijodkorligi va innovatsion fikrlashini
rivojlantirishdagi o‘rni va metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STEAM yondashuvi orqali o‘qitilgan talabalar
an’anaviy ta’lim olgan talabalar bilan solishtirilganda ijodkorlik, tanqidiy
fikrlash, hamkorlikda ishlash va amaliy bilimlarni qo‘llashda yuqori natijalarga
erishgan. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAM yondashuvining joriy
etilishi bo‘yicha tavsiyalar va istiqbolli takliflar berilgan.

Аннотация

В данной статье представлен научный анализ роли и

методологических основ STEAM-образования (Science, Technology,
Engineering, Arts, Mathematics) в развитии креативности и инновационного
мышления студентов педагогических высших учебных заведений.
Результаты исследования показывают, что студенты, обучающиеся по
STEAM-подходу, достигают значительно более высоких показателей в
креативности, критическом мышлении, работе в команде и применении
практических знаний по сравнению с традиционным обучением. В статье
также представлены рекомендации и перспективные предложения по
внедрению STEAM-подхода в образовательную систему Узбекистана.

Abstract

This article provides a scientific analysis of the role and methodological

foundations of STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics)
education in developing creativity and innovative thinking among students of
pedagogical higher education institutions. The study results show that students
trained under the STEAM approach achieved significantly higher levels of
creativity, critical thinking, collaboration, and application of practical knowledge
compared to students of traditional education. The article also offers
recommendations and future perspectives for the implementation of the STEAM
approach in the education system of Uzbekistan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

183

Kalit so‘zlar

: STEAM ta’limi, ijodkorlik, innovatsion fikrlash, pedagogik

ta’lim, tanqidiy fikrlash, loyiha asosida o‘qitish, dizayn fikrlash, O‘zbekiston
ta’lim tizimi.

Ключевые слова

: STEAM-образование, креативность, инновационное

мышление, педагогическое образование, критическое мышление,
обучение на основе проектов, дизайн-мышление, система образования
Узбекистана.

Keywords

: STEAM education, creativity, innovative thinking, pedagogical

education, critical thinking, project-based learning, design thinking, education
system of Uzbekistan.

Dunyodagi ta’lim tizimlarining xalqarolashuvi jarayonlari milliy ta’lim

tizimi oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, hozirgi kunda
maktablarning asosiy vazifalaridan biri talabalarda dunyoga yaxlit, o‘zaro
aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarash, uning global muammolari hamda bu
muammolar echimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta’lim
mazmunida talabalarda tayanch kompetentsiyalarni rivojlantirishda “inson-
jamiyat”, “inson-atrof-muhit”, “inson-global hayot” muammolari markaziy o‘rin
egllamoqda. Zero, har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning
hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib
borilishidan kelib chiqadi va bu davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy
qonuniyat hisoblanadi.

Pedagogik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan islohotlar globallashuv

jarayonlari ta’sirida tez o‘zgarib borayotgan jamiyatda siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy
hayotda faol ishtirok eta oladigan yosh avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilmoqda.
Bu esa o‘z navbatida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining faollik,
kreativ fikrlash, ijtimoiy mas’uliyatlilik, yuksak bilimga egalik, rivojlangan
intellekt, namuna ko‘rsatishlilikni talab etadi. STEAM ta’limi kontseptual
jihatdan keltirib o‘tilgan sifatlarni talabalarda rivojlantirishda pedagogik shart-
sharoit yaratib beradi.

Insoniyat

tarixi,

uning

rivojlanish

yo‘nalishi

ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotning birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ijtimoiy-iqtisodiy
qarashlar, g‘oyalar va ideallar jamiyatda mazkur qonuniyat hukm surganda fan,
san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga asosiy omil
bo‘lgan. Inson faoliyati “tabiat, jamiyat va insonning o‘zini o‘zgartirishga
qaratilgan, ongli maqsadga yo‘naltirilgan amaliyoti

1

” hisoblanadi. Zamonaviy

1

Муталипова М.Ж. Халқ педагогикаси. –Т.: Фан ва технология, 2015. -B.5.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

184

ta’limda kuzatilayotgan rivojlanish tendentsiyalari mazkur amaliyotni ta’lim
mazmuniga singdirish, ta’minlashga qaratimoqda. STEAM ta’limi o‘rganishning
samaradorligi va inson faoliyatiga bevosita zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni
rivojlantira olishi bilan tavsiflanadi.

STEAM innovatsion ta’limning eng yaqqol pedagogik yondashuvi sifatida

integrativlik tavsifi bilan global ta’lim muhitida alohida ahamiyat kasb etadi.
Globallashuv sharoitida yangilanish va yuksalishlar har bir sohada
integratsiyalashuv, innovatsion tafakkurni va ularga asoslangan jamoaviy
uyg‘unlashuv hamda innovatsion muhitni taqozo etadi. Pedagogik kadrlarni
tayyorlashda innovatsion ta’lim ustuvor hisoblanmoqda. Quyida an’anaviy va
innovatsion ta’lim muhitining qiyosiy tahlili kletirilgan.

2.2.1-jadval. An’anaviy va innovatsion ta’lim jarayoning qiyosiy tahlili


An’anaviy ta’lim

Innovatsion ta’lim

Reproduktiv fikrlash

Produktiv fikrlash

Standart tafakkurlash

Nostandart tafakkurlash

Konservativlikka intilish

Yangilikka intilish

Valyuativ jihat ustuvor (baholash)

Reaktiv,

amaliyotni

harakatga

keltiruvchi ong qismi rivojlangan

Noratsionallik jihatlari ko‘proq

Ratsional tafakkurlash ustuvor

An’anaviy fikrlash

Evristik, kreativ fikrlash


Bugungi kunda globallashiv va taraqqiyotning ta’siri natijasida nafaqat

ta’limning mazmuni, balki “ta’lim oluvchi” tushunchasining ma’nosi ham
o‘zgarmoqda. Hozirda talabalar maktab yoki oliy ta’limda olingan bilimning
yakuniy bilim emasligi, doimiy ravishda uzluksiz mustaqil o‘qish, o‘rganish
kasbiy-shaxsiy hayotda muvaffaqiyatni ta’minlashni yaxshi tushunadilar.
Globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan
ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratishi, ular oldiga tezkor qarorlar
qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni
oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek
hayotiy talablarni qo‘ymoqda.

Respublikamizda ta’lim tizimidagi islohotlarning natijasi va samaradorligi

global reytinglarda ham o‘z ifodasini topib bormoqda. Dunyo aholisining 98 foizi
istiqomat qiluvchi 174 ta mamlakat ishtirok etgan Inson kapitali indeksi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

185

reytingida 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi ilk marota ishtirok etdi. Mazkur
reytingda davlatlar reytingi indeks qiymati 0 dan 1 gacha interval baholanib,
O‘zbekiston Respublikasi 0,62 lik natija ko‘rsatgan. Inson kapitalini baholashda
sog‘liqni saqlash va ta’lim darajasi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda innovatsiya – bilimlarning tugal konsentratsiyalashgan

integratsiyalashuvida, muammoning teran anglanishi tufayli paydo bo‘lgan
g‘oyadan boshlanuvchi ilmiy-tadqiqot, soha ilmiy-texnik kadrlarining faol
hamkorligi mahsuli, yangilanishga asoslangan kundalik hayot, ijtimoiy va
iqtisodiy yuksalishlarni ta’minlovchi omil, ya’ni bozorda o‘z o‘rnini topgan ixtiro
ekanligini isbotladi.

Innovatsion jamiyat pedagogik amaliyotga keng qo‘llaniladigan “ta’lim”

tushunchasi mazmunini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Pedagog olim va ta’lim
bo‘yicha xalqaro ekspert A.Shlyaxer ta’lim tushunchasiga quyidagicha ta’rif
bergan: “Ta’lim nafaqat talabalarga biror narsani o‘rgatish, balki ularga tobora
murakkablashib va o‘zgarib borayotgan dunyoda, o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan
ildam harakatlanish uchun yordam beradigan zaruriy imkoniyatlar bilan
ta’minlash jarayonidir”.

2

Bundan kelib chiqqan holda umumta’lim maktablari,

pedagoglarining ham funktsional vazifasi ham shunga mos ravishda o‘zgarib
bormoqda.

Ta’lim tizimida islohotlarning samaradorligi umumta’lim fanlari mazmunni

sayqallashtirish bilan aloqador. Ta’lim tizimida “Nimani o‘qitish kerak?”,
“Qanday o‘qitish kerak?” va “Kim o‘qitadi?” degan savollar mazmunni tashkil
etadi. Dastlab “Nimani o‘qitish kerak?” degan savolga javob berishimiz kerak.
Uzoq yillardan buyon ushbu savol ochiq qolganligi, ta’lim turlariaro
integratsiyaning yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda ta’lim mazmuni uzviyligi bo‘yicha
chora-tadbirlar yetarlicha ishlab chiqilmaganligi hozirda ushbu muammoni
dolzarb jarayonga aylantirdi. Ta’limning mazmunini o‘quv dasturlari belgilar
ekan, ularning ta’lim turlari o‘rtasida bog‘liqlik, fanlararo, sinflar, kurslar
o‘rtasida uzviy bo‘lishi muhim.

Jahon ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng

foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror
rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omilidir.
Yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda
innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy
etish talabalarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini
baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan

2


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

186

qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

3

Pedagogik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, umumta’lim maktablarida

talabalar matematika fanini murakkab deb hisoblaydi va bu mazkur fan
mazmunini yetkazish bilan xarekterlanadi. STEAM ta’limining asosiy maqsadi
esa ta’lim oluvchilarga fan mazmunini qiziqarli, boshqa fanlar bilan uzviyligini
ta’minlagan holda yetkazishdan iborat. Fan, texnologiya, muhandislik, san'at va
matematikaga e'tibor qaratadigan mamlakatlar innovatsion texnologiyalar
rivojlangan davlatlardir. STEAM ta’limida uzviylik muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
tadqiqotchilar tomonidan quyidagi tarkibiy qismlar uzviyligi ta’minlanishi
lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan:

ta’lim oluvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimi uzviyligi

(hodisalar, tushunchalar, qoidalar, ta’riflar tizimi);

tanlangan ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy

ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi uzviyligi;

ta’lim oluvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatish uzviyligi,

faoliyat esa qayta xotirlash, qisman ijodiy va ilmiy-ijodiy darajada bo‘lishi
mumkin.

STEAM ta’limining eng mashhur namunasi - Massachusets Texnologiya

Instituti (MIT) bo‘lib, ta’limning mazmuni institutning korporativ imidjida ham
o‘z aksini topgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasining shiori “Mens et Manus” (Aql
va qo‘l)

4

deb belgilanishi ham STEAM ta’limining inkoniyatlari kengligini

isbotlaydi. Massachusets Texnologiya Instituti ta’lim oluvchiga STEAM
tushunchasini oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM
kurslarini ishlab chiqdi. Ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini
yaratdi. 2014-yilda Quddusda bo‘lib o‘tgan “STEAM forward” xalqaro
konferensiyasida STEAM ta’limini maktabgacha ta’lim muassasalaridan
boshlanishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi

5

. Bundan STEAM ta’limining ahamiyati

muhim degan xulosaga kelish mumkin bo‘ladi.

Xalqaro tajribalar asosida STEAM ta’limini joriy etilishi bugungi kunda

ta’lim tizimiga yondashuvni va ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali ilmiy
tadqiqotga doir bilimlarini, ijodkorligini, kreativligini rivojlantiradi va
kollaborativ kompetentsiyalarini rivojlantiradi. Bugungi barcha sohalardagi
rivojlanish davrida o‘quv va kasbiy fanlarni qisqartirish STEAM (Science,

3

Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную систему ХХI века? //Издательство

Национальное образование. ФИОКО Москва. 2019. – 24 с.

4


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

187

Technology, Engineering, Arts, Mathematics) tushunchasisiz mutaxassislarni
tayyorlashga yangicha qarash aniq texnologik, muhandislik ilmi va
matematikasiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ta’limiga va mehnat bozorida yangi

talablar qo‘yadi. Bred Smit, Microsoft korporatsiyasi vitse-prezidenti 2012 yilda
“Yuqori texnologiyali kompaniyalar uchun kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan
kadrlarning yetarli emasligi va bu haqiqiy mutaxassislar inqiroziga olib kelishi
mumkin” deb murojaat qildi. Royal Academy of Engineering Education and
Skillsning oxirgi hisobotida muxandislik yo‘nalishidagi mutaxassilarning sifat
darajasi yetarli emasligi ta’limda fizika, matematika fanlarining qoniqarli
o‘qitilishi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, STEAM ta’limiga
doir fanlarni past motivatsiyada o‘qitilishi va natijada muxandislik ta’lim
yo‘nalishlari boshqa yo‘nalishlarga nisbatan kamroq tanlanishi muammo sifatida
ko‘rsatildi

6.

STEAM ta’limi yuqorida keltirib o‘tilgandek, zamonaviy mehnat bozoridagi

malaka talablari uyg‘unligida rivojlanib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar
innavatsion iqtisodiyotning poydevori bo‘lib xizmat qiladi va barcha
mutaxassislarga bo‘lgan yangi talablarni qo‘yadi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan
qo‘yiladigan talablarni uchta qismga bo‘lish mumkin: mutaxassisning yangi
tipdagi muxandislik fikr yuritishi va ixtirochilik potentsiali talabi,
texnologiyalarni boshqarish rivojlantirishda kompetentsiyalar birligi talabi;
murakkab texnologik ob’ektlarda kvalifikatsiyaga ega mutaxassislarning amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lish talabi

7

.

Demak STEAM ta’limi umumiy intelektual salohiyatli va muammolarni ko‘ra

olish, barcha sohadagi kasbiy sohalar bo‘yicha (meditsinada, ekologiya,
psixologiya, innavatsion texnologiyalar, farmatsevtika, nanotexnologiya,
aviasozlik va boshqa sohalar) raqamli va ijtimoiy kompetentsiyalarga ega
mutaxassislarga qo‘yilgan talablarni qamrab oladi. Bu talablar dinamik
xususiyatga ega bo‘lib, pedagogik mutaxassislar tayyorlash mazmuniga yangicha
yondashuv orqali singdiriladi. Pedagog kadrlar tayyorlashda dunyoda mavjud
real muammolarni hal eta oladigan insonlarni tayyorlashda STEAM ta’limi hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, keng qamrovli didaktik imkoniyatlari bilan
tavsiflanadi.. Shuning uchun bo‘lajak o‘qituvchilar gibrid malakalarga ega
bo‘lishi bilan birgalikda, gumanitar va texnik malakalari yaxshi rivojlanganligiga

6

7

Якубова Ҳ.С. Умумий ўрта таълим мактабларида меҳнат таълими фанини ўқитишда технологик ёндашувни

тадбиқ этишнинг ўзига хосликлари// Innovations and modern pedagogical technologies in the education system,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

188

e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Shuningdek ularda kommunikativ, hamkorlik,
kreativlik, va tanqidiy fikrlay oladigan sifatlar alohida o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ўзбекистoн Республикaси Президентининг 2019 йил 8 oктябрдaги

“Ўзбекистoн Республикaси oлий тaълими тизимини 2030 йилгaчa
ривoжлaнтириш кoнцепциясини тaсдиқлaш тўғрисидa”ги ПФ-5847-сoн
Фaрмoни. // Қoнун ҳужжaтлaри мaълумoтлaри миллий бaзaси, 09.10.2019
й., 06/19/5847/3887-сoн.
2.

Муталипова М.Ж. Халқ педагогикаси. –Т.: Фан ва технология, 2015. -

B.5.
3.

Якубова Ҳ.С. Умумий ўрта таълим мактабларида меҳнат таълими

фанини ўқитишда технологик ёндашувни тадбиқ этишнинг ўзига
хосликлари// Innovations and modern pedagogical technologies in the
education system, 2016. -B. 26-34.
4.

Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную

систему ХХI века? //Издательство Национальное образование. ФИОКО
Москва. 2019. – 24 с.
5.

https://mitadmissions.org/help/faq/motto-mens-et-manus/

6.

https://raeng.org.uk/education-and-skills

7.

https://steamcommunity.com/sharedfiles/filedetails/?id=458481163.

8.

Yakubova M. Y. Umumta’lim maktab о‘quvchilarida kreativlik

kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Texnologiya”
fani misolida). Pedagogika fanlari falsafa doktori avtoreferati, Chirchiq, 2023.-
51b.

Библиографические ссылки

Ўзбекистoн Республикaси Президентининг 2019 йил 8 oктябрдaги “Ўзбекистoн Республикaси oлий тaълими тизимини 2030 йилгaчa ривoжлaнтириш кoнцепциясини тaсдиқлaш тўғрисидa”ги ПФ-5847-сoн Фaрмoни. // Қoнун ҳужжaтлaри мaълумoтлaри миллий бaзaси, 09.10.2019 й., 06/19/5847/3887-сoн.

Муталипова М.Ж. Халқ педагогикаси. –Т.: Фан ва технология, 2015. -B.5.

Якубова Ҳ.С. Умумий ўрта таълим мактабларида меҳнат таълими фанини ўқитишда технологик ёндашувни тадбиқ этишнинг ўзига хосликлари// Innovations and modern pedagogical technologies in the education system, 2016. -B. 26-34.

Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную систему ХХI века? //Издательство Национальное образование. ФИОКО Москва. 2019. – 24 с.

Yakubova M. Y. Umumta’lim maktab о‘quvchilarida kreativlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Texnologiya” fani misolida). Pedagogika fanlari falsafa doktori avtoreferati, Chirchiq, 2023.- 51b.