Авторы

  • Shaxobiddin Abduzoirov
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.115470

Аннотация

Ushbu maqolada axborot-kutubxona, arxiv va muzey muassasalarida raqamli to‘plamlarni shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish masalalari tahlil qilingan. Raqamli to‘plamlar zamonaviy axborot-kutubxona xizmatining ajralmas qismi bo‘lib, foydalanuvchilarga noyob hujjatlar, xaritalar, suratlar va madaniy meros obyektlariga masofadan kirish imkonini yaratadi. Maqolada raqamli to‘plamlarni yaratishdagi asosiy omillar, ularning turlari va sohaga oid xalqaro tajribalar (Chikago universiteti kutubxonasi, AQSH Kongress kutubxonasi, Luvr muzeyi va Rossiya davlat arxivi misolida) ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Omeka platformasi misolida raqamli to‘plamlarni boshqarish tizimlarining afzalliklari va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yoritilgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

175

RAQAMLI KOLLEKSIYALARNI SHAKLLANTIRISH, ULARNING

AHAMIYATI, SHAKLLANTIRISH USULLARI VA DASTURIY

VOSITALAR.

Abduzoirov Shaxobiddin Najmiddinovich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari

universiteti katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15754182

Annotatsiya

Ushbu maqolada axborot-kutubxona, arxiv va muzey muassasalarida

raqamli to‘plamlarni shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish
masalalari tahlil qilingan. Raqamli to‘plamlar zamonaviy axborot-kutubxona
xizmatining ajralmas qismi bo‘lib, foydalanuvchilarga noyob hujjatlar, xaritalar,
suratlar va madaniy meros obyektlariga masofadan kirish imkonini yaratadi.
Maqolada raqamli to‘plamlarni yaratishdagi asosiy omillar, ularning turlari va
sohaga oid xalqaro tajribalar (Chikago universiteti kutubxonasi, AQSH Kongress
kutubxonasi, Luvr muzeyi va Rossiya davlat arxivi misolida) ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Omeka platformasi misolida raqamli to‘plamlarni boshqarish
tizimlarining afzalliklari va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari yoritilgan.

Abstact

This article explores the formation and presentation of digital collections in

information-library, archival, and museum institutions. Digital collections are an
integral part of modern information-library services, providing users with
remote access to unique documents, maps, photographs, and cultural heritage
objects. The article analyzes key factors in creating digital collections, their
types, and international practices, with examples from the University of Chicago
Library, the Library of Congress, the Louvre Museum, and the Russian State
Archive. Furthermore, it highlights the advantages of using digital collection
management systems, particularly the Omeka platform, and the practical
opportunities for implementation.

Barchamizga ma’lumki hozirda axborot – kutubxona muassasalarining

asosiy vazifalaridan biri o‘z foydalanuvchilariga imkoni boricha raqamli axborot
– kutubxona xizmatini ko‘rsatishdan iboratdir. Bu xizmatlar asosan veb-sayt,
avtomatlashtirlgan, kutubxona, elektron kutubxona va yoki raqamli repozitoriy
kabi vositalar orqali taqdim etilmoqda. Bugun yana bir xizmat, ya’ni raqamli
to‘plamlar (digital collections) ni shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim
etish rivojlanib bormoqdaki bu haqda fikr yuritish dolzarb hisoblanadi.

Raqamli to‘plam – raqamli kutubxonaning tarkibiy qismi bo‘lib, raqamli

to‘plam - bu raqamli ravishda saqlangan va Internet yoki dasturiy ta’minot


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

176

orqali foydalanish mumkin bo‘lgan fayllar to‘plamidir. Raqamli to‘plamlarni
barcha turdagi axborot – kutubxona muassasalari, muzeylar va arxivlarda
shakllantirish mumkin bo‘lib, o‘z fondlarida saqlanayotgan ilmiy-ommabop
hujjatlarni keng foydalanuvchilar ommasiga taqdim etishning noyob vositasi
bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Raqamli to‘plamlar ma’lum soha, mavzularga oid
bo‘lib, ma’lum geografik, mashxur voqelikka yoki maqsadlariga qarab turli
ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.

Raqamli to‘plamini tanlash bir qator omillar bilan belgilanadi, bu omillarni

faqat aniq vazifani aniq sharoitlarda ko‘rib chiqishda hisobga olish mumkin.
Potensial raqamli to‘plamni belgilashda universal parametrlar quyidagilarni o‘z
ichiga oladi [2]:

-

nashrning ilmiy va badiiy qiymati;

-

nashrning noyobligi;

-

nashrning nusxalarining mavjudligi va saqlanish darajasi;

-

to‘plam mazmunining kutubxonaning profili bilan mosligi;

-

to‘plamni yaratish uchun zarur kuch va vositalarning mavjudligi;

-

yaratilgan to‘plamni to‘liq matnli ma’lumotlar bazalariga keyinchalik

sotish imkoniyati.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki raqamli to‘plamlar foydalanuvchilarni

axborotlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladigan muhim vosita
hisoblanadi, barcha turdagi muassasalar, ular ommaviy yoki akademik
kutubxonalar, muzey yoki arxiv muassasalari hatto nodavlat tashkilotlar ham
o‘zlarining to‘plamlarini shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqdalar, aytib
o‘tish mumkinki raqamli to‘lamlarni shakllantirish tijoriy maqsadlari ham keng
uchrashi mumkin. Quyida ba’zi misollarni kelturib o‘tishimiz mumkin.

-

Jahon reytingida TOP 10 dan o‘rin olgan Chikago universitetining

kutubxonasining 100 dan ortiq raqamli to‘plamlari mavjud bo‘lib, ular
tomonidan shakllantirilgan “19-asr Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy
Osiyo

xaritalari”

(

https://www.lib.uchicago.edu/e/collections/maps/middleeast19/

)

to‘plamidan XIX asrga tegishli noyob haritalar suratlari joy olgan [2].

-

AQSH Kongres kutubxonasida 17 mavzuga oid 1079 ta to‘plam mavjud

bo‘lib, ularda 170 mln dan ortiq resurslar mavjud, shulardan raqamli to‘plamlari
554

tani

tashkil

etib,

misol

sifatida

“Abdul

Hamid

II”

(

https://www.loc.gov/collections/abdul-hamid-ii/about-this-collection/

)

to‘plamda Usmonli Imperiyasinining so‘ngi sultonlaridan biri Abdulhamidxon


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

177

tarixi va faoliyatiga (1880-1893 yillar) oid 1819 fotosuratlar va 51 ta katta
formatli albomdan iborat [3].

-

Parijdagi Luvr muzeyi veb-sahifasida 23 ta to‘plam mavjud bo‘lib,

ularda 500 mingdan ortiq raqamli eksponatlar taqdim etilgan, masalan
Kitoblardagi

san’at

(

https://collections.louvre.fr/en/recherche?typology%5B0%5D=11

)

to‘plamida 2176 ta eksponat raqamli shaklda foydalanuvchilarga taqdim etilgan
[4].

-

Rossiya davlat arxivi taqdim etgan “Romanovlar uyi tarixi hujjatlari”

to‘plamidan Rossiua imperiyasining ohirgi imperatori oilasiga tegishli tarixiy
hujjatlar va foto suratlarning keng namunalari foydadalnuvchilar e’tiboriga
havola etilgan.

Raqamli to‘plamlarni taqdim etish ko‘p hollarda veb-sahifa orqali taqdim

etilsada, buning muayyan axborot – kutubxona tizimlat ishlab chiqilgan. Ulardan
eng ommaviylaridan biri Omeka ochiq tizimidir. Omeka jamoasi tizimning uch
xil shaklini taqdim etadi, bular Omeka Classic va Omeka S tizimlari va Omeka.net
xizmatlari bo‘lib, axborot – kutubxona muassasalari uchuk ko‘plab
imkoniyatlarni taqdim etadi, bular:

-

Omeka Classic - raqamli to‘plamlarni tarqatish va mediaga boy onlayn

ko‘rgazmalar yaratish uchun mo‘ljallangan veb-nashr platformasi;

-

Omeka S - raqamli madaniy meros to‘plamlarini onlayn resurslar bilan

bog‘lashni xohlaydigan muassasalar uchun yangi avlod veb-nashr platformasi;

-

Omeka.net - raqamli to‘plamlarni tarqatish va mediaga boy onlayn

ko‘rgazmalar yaratish uchun mo‘ljallangan veb-nashr platformasining hosting
xizmat.

Omeka tizimini o‘rnatish va boshqarish oddiy loyihalashgan bo‘lib,

kutubxona mataxassislardan yuqori malakali IT mutaxassislarni jalb etishni
talab etmaydi va ko‘plab taqdim etislgan

pluginlar

orqali muassasalar tizimning

funksiyalarini yanada rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi [2], masalan:

-

Dublin Core Extended

– elementlarni tavsiflash uchun qo‘shimcha

maydonlarni (metadata elementlari) taqdim etish;

-

Geolocation

– ob’ektlar uchun geolokatsiya ma’lumotlarini qo‘shish;

-

COins

– har bir element uchun iqtibos metamaʼlumotlarini

joylashtiradi, shunda foydalanuvchilar Zotero kabi iqtibos vositalariga
metamaʼlumotlar qoʻshishlari mumkin.

-

Commenting

foydalanuvchilarga

saytga

fikr

bildirish

va

administratorlarga sharhlarni moderatsiya qilish imkonini beradi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

178

-

SimplePages

- Omeka saytiga veb-sahifalarni qo‘shish;

-

Contribution

– to‘plamga qo‘shish uchun ommadan hikoyalar, suratlar

yoki boshqa fayllarni to‘plash.

Raqamli to‘plamlarni shakllantirish va taqdim etish axborot – kutubxona,

muzey va arxiv muassasalari uchun o‘z foydalanuvchilari sonini oshirishga,
fondida saqlanib kelinayotgan ko‘plab noyob resurslarini keng jamoatchilikka
taqdim etish jamiyatda axborot istemolining hajm va sifat jihatidan yuksalishiga
kam bo‘lmagan darajada hissasini qo’shishi aniqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Степанов В. К. Формирование цифровых коллекций в традиционных

библиотеках/ “Библиотеки и информационные ресурсы в современном
мире науки, культуры, образования и бизнеса” Тринадцатая
международная Конференция. Крым. 2006
2.

https://omeka.org/classic/plugins/

Библиографические ссылки

Степанов В. К. Формирование цифровых коллекций в традиционных библиотеках/ “Библиотеки и информационные ресурсы в современном мире науки, культуры, образования и бизнеса” Тринадцатая международная Конференция. Крым. 2006