ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
138
QANDAY SOʻZLARNI AGNONIM DEYA OLAMIZ?
Sh.Y.Yokubova
BuxDU oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15752591
Annotatsiya
: maqolada qaysi xususiyatiga koʻra soʻzlarni agnonimlarga
kiritish mumkinligi, agnonimlarning nutqimizning jozibador, ta’sirchan
qilishidagi roli haqida soʻz boradi. Shuningdek, maqolada agnonimlar qoʻllangan
badiiy asarlardan parchalar keltirilgan.
Аннотация:
В статье рассматривается, по каким признакам слова
можно отнести к агнонимам, а также роль агнонимов в придании речи
выразительности и привлекательности. Кроме того, в статье приведены
отрывки из художественных произведений, в которых использованы
агнонимы.
Annotation:
The article discusses the features by which words can be
classified as agnonyms and the role agnonyms play in making speech more
expressive and appealing. The article also includes excerpts from literary works
where agnonyms have been used.
Kalit soʻzlar:
agnonim, sheva, juft soʻzlar, atamalar, neologizmlar, folklor.
Ключевые слова:
агноним, диалект, парные слова, термины,
неологизмы, фольклор.
Keywords:
agnonym, dialect, paired words, terms, neologisms, folklore.
Atash ma’nosiga ega boʻlmagan yoki til egasi uchun ma’nosi u qadar ham
tushunarli boʻlmagan soʻzlar agnonimlar deya ataladi. Ba’zi manbalarda
agnonimlarni atash ma’nosiga ega boʻlmagan deya ta’riflashadi. Ammo til egasi
nutqida mavjud boʻlgan “non-pon” birligidagi “pon” (atash ma’nosiga ega
boʻlmagan) birliklardan tashqari til egasi uchun ma’nosi ma’lum boʻlmagan chet
tillardagi soʻzlar (komplayns, media) ham agnonim deb hisoblanadi. Agnonim til
egasining tasavvur chegarali doirasida uning butun bir xayoliy istaklarini yuzaga
chiqaruvchi, mavjud nutqiy imkoniyatlarini namoyon etuvchi vosita sanaladi.
Agnonimlar soʻzlovchi yoki asar muallifining tafakkur va tasavvur olamini idrok
etish qobiliyatidan kelib chiqqan holda turli ifoda shakllarida namoyon boʻlib
boraveradi.
Yolgʻiz farzandini kutaverib toqati tugayozgan ona buloq boshiga chiqsa,
qizidan dom-darak yoʻq.
Ertakdan olingan ushbu parchada keltirilgan “dom-darak” birligidagi darak
soʻzi Oʻzbek tilining izohli lugʻatida “biror yerdan, biror kimsa, narsa haqida
olingan xabar, ma’lumot” ma’nosini anglatishi keltirilgan. Ammo “dom”
qismining ma’nosi izohli lugʻatda “domi ham yoʻq, daragi ham yoʻq, dom-daragi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
139
yoʻq” shaklida keltirilgan. Berilgan izohdan til egasi “dom” soʻzi ma’nosini
anglayolmaydi. “Dom” birligi “darak” soʻzi bilan juft holda ishlatilsagina, “xabar”,
“ma’lumot” ma’nosini anglata oladi.
Agnonimlar xalq ogʻzaki ijodida ham keng qoʻllaniladi.
Hakalakam keling,
Dukalakam keling. Hakala!
Hakalakam uchta,
Dukalakam toʻrtta.
Uchtadan berish yoʻq,
Hech qaytib olish.Yoʻq!
Yuqoridagi parchada “hakalaka”, “dukalaka” soʻzlari atash ma’nosiga ega
emas. Konteksda boshqa soʻzlar qurshovida shaxs yoki narsa-predmet oti
ekanligi haqida tasavvur hosil qiladi. Ammo shaxs yoki narsa-predmet ekanligi,
aynan nimani nomlashi haqida ma’lumot yoʻq. Xuddi shunday ma’no
anglatmaydigan yoki til egasi uchun ma’nosi tushunarsiz, mavhum boʻlgan
soʻzlar agnonimlardir. Agnonimlar yuqoridagi she’riy parchada ohangdoshlikni
hosil qilish maqsadida qoʻllanilgan.
Juba, juba,
Ani tuba
Togʻda lola,
Bir qiz bola,
Koʻchaga chiqing,
Bir qiz kelyapti.
Sochi mayda,
Qoʻli belda.
Voy qoʻlim-ey, voy belim-ey.
Omonmisiz, esonmisiz,
Bugun bizga mehmonmisiz?
Yuqoridagi she’riy parchada ham agnonimlar koʻp qoʻllangan. “Juba”, “ani”,
“tuba” soʻzlari agnonimlardir. “Juba”, “ani”, “tuba” soʻzlari hech qanday ma’no
anglatmaydi. Soʻzlar she’riy parchada ohangdoshlikni ta’minlash uchungina
qoʻllanilgan.
Arra-marra,
Boʻyningizga bir marra.
Bir doʻppim bor – besh.
Orqasidan qaytish,
Orqasidan kim qaytmasa, bir chimchilab olish!
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
140
She’riy parchadagi “arra-marra” juft soʻzini tahlil qilsak. Juft soʻzning
birinchi “arra” qismi ma’nosi til egasi uchun ma’lum boʻlib, duradgorlik asbobi
hisoblanadi. Ammo juft soʻzning ikkinchi – “marra” qismi atash ma’nosiga ega
emas. “Oxirgi nuqta” ma’nosini anglatuvchi “marra” soʻzi bu satrda
qoʻllanilmaganligini inobatga olgan holda ikkinchi qismini agnonim deb atay
olamiz.
Aqqa oʻtdim, bilgingmi?
Baqqa oʻtdim, bildingmi?
Parchadagi “aqqa”, “baqqa” soʻzlari oʻzbek tilida soʻzlashuvchi insonlarning
barchasi uchun birday tushunarli emas. Sababi bu soʻzlar shevaga oid soʻzlar
boʻlib, “u yoqqa”, “bu yoqqa” degan ma’nolarni anglatadi. Xalq ogʻzaki ijodi
namunalarida oʻsha hudud aholisi uchungina tushunarli boʻlgan shevaga oid
soʻlarning uchrashi tabiiy holdir. Sababi folklor namunalarida oʻsha millat, elat
qadriyati, madaniyati, tili oʻz aksini topgan boʻladi. Ammo shu tilda soʻzlashuvchi
boshqa hududda yashovchi insonlar uchun bu soʻzning ma’nosi ma’lum emas.
Shuning uchun shevaga oid soʻzlar shu shevada soʻzlashuvchi insonlar uchun
agnonim hisoblanmaydi. Lekin boshqalar uchun u soʻz agnonim boʻlib
hisoblanadi.
“Ankilozga qarshi kurashib, qoʻl-oyoqlarimni hech boʻlmaganda bir necha
millimetrga choʻzishga harakat qilaman”.
Badiiy asardan olingan ushbu parchada “ankiloz” soʻzi boʻgʻimning
bukilmay yoki yozilmay qotib qolishi boʻlib, bu soʻzning ma’nosi barchaga ham
tushunarli emas. Tibbiyotga oid atama boʻlmish bu soʻz shu kasb egalari uchun
tushunarli boʻlib, boshqa soha vakillari uchun esa ma’nosi unchalik tushunarli
boʻlmasligi yoki butunlay noma’lum boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu soʻz
boshqa soha vakillari uchun agnonim boʻlib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, agnonimlar til egasi uchun ma’nosi noma’lum boʻlgan
soʻzlar hisoblanadi. Til egasidan ma’lum bir soʻzning izohi soʻralganda soʻzning
kontekstda boshqa soʻzlar qurshovida umumiy tarzda anglatadigan ma’nosini
ayta oladi, ammo soʻzning mohiyatini toʻliq yoritib berolmaydi. Bunday soʻzlar
ham agnonim hisoblanadi. Shuningdek, agnonimlarga shevaga oid soʻzlar, ba’zi
bir neologizmlar, atamalarni ham kirgizish mumkin. Bundan tashqari, xalq
ogʻzaki ijodida ohangdoshlikni ta’minlash uchun qoʻllanilgan, aslida ma’lum bir
semaga ega boʻlmagan soʻzlarni ham agnonimlar safiga kiritishimiz mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda agnonimlarni tilimizning
jozibadorligini ta’minlovchi bir vosita deya atashimiz mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Липнина Е.М. Антропоцентрическая сущность агнонимов. Психология,
социология и педагогика.н.ж. М.–2012.
2.Морковкин В.В., Морковкина А.В. Русские агнонимы: Слова, которые мы
не знаем. Понятие, состав и смысловое разнообразие. М. – 1997.