ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
TA’LIM JARAYONIDA INTERAKTIV METODLARDAN
FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI VA
ISTIQBOLLARI
Xomidova Mahliyo Akobir qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti, 7-TEX-24 guruh magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.15771004
Bugungi kunda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda interaktiv
metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Interaktiv metodlar
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, bilimga bo‘lgan qiziqishini oshiradi,
ijodkorlik va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Aqliy faoliyatni
faollashtirish, o‘ziga ishonishni rivojlantirish muammosi talabalarning
ijodkorligi dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda.
Ta‘limning kompetentsiyalarni shakllantirishga zamonaviy yo‘nalishi shaxsning
faoliyat va muloqotga tayyorligi va qobiliyati quyidagilarni nazarda tutadi talaba
qila oladigan pedagogik va psixologik sharoitlarni yaratish nafaqat intellektual
va kognitiv faoliyatni, balki shaxsiy ham namoyon bo‘ladi ijtimoiy mavqe, uning
individualligi, uni o‘rganish predmeti sifatida ifoda etishi mumkin.
Bunda ta‘lim beruvchilarning oldiga qo‘yilgan maqsad mustahkam fan
asoslarini o‘rganishdan tashqari ularni talabalarga etkazish yo‘llari, zamonaviy
pedagogik texnologiya bilan qurollanishi, o‘qitishda fanlarni bog‘lash orqali
tushuntirish zarur. Shu nuqtai nazardan turli fanlarning o‘qitish uslublarini
ishlab chiqish va ular bilan o‘qituvchilarni qurollantirish, boshqa fanlar haqida
to‘liq ma’lumotga ega bo’lish zarur omillardan biridir.
Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,
pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish, e’tibor kuchayib bormoqda. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda
talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy
texnologiyalar asosida ular egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishga,
mustaqil o‘rganib tahlil qilishga, xulosani o‘zlari chiqarishga undalmoqda. Bu
jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishi
uchun sharoit yaratiladi.
“Interaktiv”ning asosiy ta’riflari nimadan iborat? Tan olish kerakki,
interaktiv o‘qitish- bu idrok etish faoliyatini tashkil qilishning maxsus shaklidir.
U butunlay aniq va bashorat qilinadigan maqsadlarni nazarda tutadi. Bunday
maqsadlarning biri o‘qitishning shunday qulay sharoitlarini yaratishni, ularda
o‘quvchi o‘zining muvoffaqiyatliligi, o‘zini aqlli mustaqilligini his qiladi,
interaktiv o‘qitishning mohiyati shundan iboratki, unda o‘quv jarayoni shunday
tashkil qilinadiki, amalga barcha o‘quvchilar idrok etish jarayoniga jalb
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
qilinadilar,ular tushuninish va bilganlari va o‘ylaganlari bo‘yicha refleks hosil
qilish imkoniyatlariga egalar. O‘quv materialini idrok etish, o‘zlashtirish
jarayonidagi o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati shuni bildiradiki, ularda
har biri o‘z aloxida shaxsiy ulushini kiritadi, bilmlar, goyalar, faoliyat usullarini
almashtirish ketadi.
O‘qitishning interaktiv usullari o‘quvchilarning g‘oyatda katta ta’lim
saloxiyatini faollashtirish va foydalanishga, o‘quv jarayoniga ijodiylik
elementlarini kiritish va ijodiy faoliyat yurituvchi tizimlarga xos bo‘lgan
energiya xususiyatlaridan foydalanishga imkon beradi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni taxsil oluvchilarga
yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil
qilish, shuningdek, tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan
egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan
yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha
yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni,
har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan
kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar
yordamida tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik texnologiyalar:
pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini
oshirishni;
o‘qituvchi va tahsil oluvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror
toptirishni;
tahsil oluvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta
bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
tahsil oluvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirishni;
tahsil oluvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari
uchun zarur shartsharoitlarni yaratishni;
pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining
ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish
o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliy faoliyatga yo‘naltirishda muhim omil
hisoblanadi. Ushbu metodlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ikki tomonlama
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
samarali muloqotni ta’minlab, ta’lim mazmunini chuqurroq anglashga xizmat
qiladi. Interaktiv metodlarning didaktik imkoniyatlari, jumladan, darslarni
jonlantirish, mavzuni hayotiy misollar bilan boyitish, guruhiy va juftlikda ishlash
orqali hamkorlikda o‘rganishga erishish ta’lim samaradorligini oshiradi.
Kelajakda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida interaktiv
metodlarni yanada takomillashtirish, ta’lim tizimiga keng joriy etish orqali o‘quv
jarayonining sifatini tubdan oshirish mumkin. Shu bois, interaktiv yondashuvlar
nafaqat metodik yangilik sifatida, balki pedagogik taraqqiyotning muhim
yo‘nalishi sifatida o‘z dolzarbligini saqlab qoladi