Mazkur maqolada o‘zbek va turk tillaridagi qarindoshlik terminlarining leksik-semantik va strukturaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Terminlar bir komponentli, ikki komponentli va undan ko‘p komponentli shakllarda tahlil etilib, ularning morfemik va fonetik tuzilmalari, shuningdek, ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘rni ochib beriladi. Semantik tahlil integral va differensial semalar asosida amalga oshiriladi, strukturaviy yondashuv esa terminlarning shakliy tizimini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari qarindoshlik terminlarining turkiy tillar leksik fondidagi umumiylik va farqlarga asoslangan murakkab tizim ekanligini ko‘rsatadi.