Авторы

  • Firuza Sharipova
    Navoiy davlat universiteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.115698

Ключевые слова:

Munosabat Sintagma Shakliy munosabat Mazmuniy munosabat Sintaktik aloqa Nutq Til tizimi Tobe munosabat Teng munosabat Paradigmatik munosabat Fikr ifodasi Lisoniy birliklar

Аннотация

Ushbu maqolada sintagmatik munosabat tushunchasi, uning til va nutqdagi ifodalanishi, asosiy turlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallif F. de Sossyur va boshqa tilshunoslarning fikrlariga tayanib, sintagma va sintagmatik munosabatlarning shakliy va mazmuniy jihatlarini hamda ularning gap va matn tuzilishidagi ahamiyatini yoritib beradi. Shuningdek, teng va tobe munosabatlar, sintaktik aloqa vositalari va sintagmatik munosabatlarning paradigmatik munosabatlardan farqlari misollar orqali izohlanadi. Maqolada sintagmatika asosida nutq birliklarining tartibli va mantiqiy bog‘lanishi kommunikativ jarayon samaradorligiga qanday ta’sir qilishi ko‘rsatib o‘tiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

SINTAGMATIK MUNOSABAT

Sharipova Firuza Mehriddinovna

Navoiy davlat universiteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15754878

Annotatsiya

Ushbu maqolada sintagmatik munosabat tushunchasi, uning til va nutqdagi

ifodalanishi, asosiy turlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallif F. de
Sossyur va boshqa tilshunoslarning fikrlariga tayanib, sintagma va sintagmatik
munosabatlarning shakliy va mazmuniy jihatlarini hamda ularning gap va matn
tuzilishidagi ahamiyatini yoritib beradi. Shuningdek, teng va tobe munosabatlar,
sintaktik aloqa vositalari va sintagmatik munosabatlarning paradigmatik
munosabatlardan farqlari misollar orqali izohlanadi. Maqolada sintagmatika
asosida nutq birliklarining tartibli va mantiqiy bog‘lanishi kommunikativ
jarayon samaradorligiga qanday ta’sir qilishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Kalit so’zlar:

Munosabat, Sintagma, Shakliy munosabat, Mazmuniy munosabat, Sintaktik

aloqa, Nutq, Til tizimi, Tobe munosabat, Teng munosabat, Paradigmatik
munosabat, Fikr ifodasi, Lisoniy birliklar

So‘zlar nutq jarayonida o‘zaro bog‘lanib, ketma-ketlik asosida munosabatga

kirishadi. Bu ketma-ketlik natijasida ikki element bir vaqtning o‘zida emas, balki
biridan keyin ikkinchisi talaffuz qilinadi. F. de Sossyur fikriga ko‘ra, bunday
ketma-ket joylashgan birliklarning bog‘lanishi

sintagma

deb ataladi. Sintagma

doimo kamida ikkita birlikning ketma-ket joylashuvi natijasida yuzaga keladi va
uning har bir a’zosi oldingi yoki keyingi birlikka nisbatan ma’lum qiymatga ega
bo‘ladi.

Sintagma ikki yoki undan ortiq birliklarning erkin bog‘lanishidan hosil

bo‘ladi. Ba’zi tilshunoslar sintagmatik munosabat faqat nutqqa xos deb
hisoblasalar, F. de Sossyur bu munosabatlar ham tilga, ham nutqqa taalluqli
ekanini ta’kidlaydi. Uning fikricha, sintagmaning tipik ko‘rinishi gap bo‘lsa ham,
uni faqat nutqqa xos deb cheklash to‘g‘ri emas.

Sintaktik birliklar

til tizimida yuqori darajadagi birlik sifatida shakl va

mazmunning birligidan tashkil topadi. Sintaktik birliklar o‘rtasidagi sintagmatik
munosabat ikki asosiy turga bo‘linadi:

1.

Shakliy sintagmatik munosabat

2.

Mazmuniy sintagmatik munosabat

Shakliy sintagmatik munosabat – bu sintaktik birliklarning shakl jihatidan

ketma-ket joylashuvi va bog‘lanishidir. An’anaviy tilshunoslikda “sintaktik
munosabat” (mazmuniy tomon) va “sintaktik aloqa” (shakliy tomon) atamalari


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

farqlanadi. Har bir shakliy sintagmatik munosabat ma’lum mazmuniy
sintagmatik munosabatni ham ifodalaydi, ya’ni ular shakl va mazmun
dialektikasini aks ettiradi. Masalan:

men keldim

sintaktik qurilmasi shakliy

jihatdan ega va kesim o‘rtasidagi bog‘lanish, mazmunan esa subyekt va predikat
munosabatini anglatadi.

Shakliy sintagmatik munosabat ikki xil bo‘ladi:

Teng munosabat (tenglanish):

O‘zaro teng maqomdagi birliklar bir xil

grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va ko‘pincha bir xil
so‘roqqa javob bo‘ladi. Masalan:

Salim, Karim, Halim keldi

.

Tobe munosabat (tobelanish):

Bir birlik ikkinchisiga tobe bo‘ladi. Tobe

birlik hokim birlikning “bo‘sh o‘rinlari”ni to‘ldiradi, uning shakliy va mazmuniy
valentliklarini amalga oshiradi. Masalan:

moviy osmon

.

Sintaktik aloqa vositalari sifatida quyidagilar ajratiladi:

kelishik va egalik shakllari;

yordamchi so‘zlar;

ayrim holatlarda mustaqil so‘zlar (asosan olmoshlar);

gap va matnda so‘zlarning tartibi;

ohang.

So‘zlarning o‘zgarish paradigmasidan to‘g‘ri shaklni tanlash mazmun

farqlashda muhim rol o‘ynaydi:

Masalan,

Akamga kitob oldim

(kitob kim uchun?) va

Akamdan kitob

oldim

(kitobni kimdan?).

Sintagmatika

til birliklarining nutq jarayonida o‘zaro bog‘lanib, muayyan

tartibda kelishiga alohida e’tibor beradi. Bu munosabatlar doimiy ketma-ketlik,
mantiqiy va grammatik tartib asosida yuzaga chiqadi. Masalan:

Men iste’dodli farzand sifatida Vatanimning gullab-yashnayotgan
farzandiman.

Bu yerda birliklar nutqda “yotiq chiziqqa” joylashib, sintagmatik munosabatlarni
hosil qiladi.

Sintagmatik va paradigmatik munosabatlar o‘rtasidagi farqga ham to‘xtalish

lozim. Paradigmatik munosabat birliklarning bir-biri o‘rniga kelishi imkoniyati
bilan bog‘liq bo‘lsa, sintagmatik munosabat birliklarning bir qatorda, muayyan
ketma-ketlikda joylashuvi bilan bog‘liqdir.

Xulosa qilib aytganda

, sintagmatik munosabat – bu til birliklarining

nutqdagi o‘zaro mantiqiy va zaruriy bog‘lanishi bo‘lib, fikrni ifodalash,
mazmunni aniq yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sintagmatik


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

munosabatlar reallashuvi natijasida gap va matn kabi nutq birliklari yuzaga
keladi va kommunikativ jarayon samaradorligini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akramov Sh.. O’zbek tilining gap qurilishida to’ldiruvchi va hol[WPm]
valentlik aspektida. NDA. T.1997-yil.
2. Hojiyev A. O‘zbek tilida forma yasalishi. –T., 1977. 105-b.; Rahmatullayev Sh.
Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., 2006. 77-b.
3. Ломтев Т. П. Структура предложения в современном русском языке. -
М., 1979, с. 49.
4. Ломтев Т. П. Структура предложения в современном русском языке. -
М., 1979, с. 51.

Библиографические ссылки

Akramov Sh.. O’zbek tilining gap qurilishida to’ldiruvchi va hol[WPm]

valentlik aspektida. NDA. T.1997-yil.

Hojiyev A. O‘zbek tilida forma yasalishi. –T., 1977. 105-b.; Rahmatullayev Sh.

Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., 2006. 77-b.

Ломтев Т. П. Структура предложения в современном русском языке. -

М., 1979, с. 49.

Ломтев Т. П. Структура предложения в современном русском языке. -

М., 1979, с. 51.