Авторы

  • Mavludbek Ismoilov
    Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.115713

Аннотация

XXI asr insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan ekologik inqiroz davri sifatida xarakterlanmoqda. Global iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning keskin kamayishi, okeanlarning ifloslanishi va o‘rmonlarning yo‘q qilinishi kabi muammolar an’anaviy huquqiy mexanizmlarning cheklovlarini ochiq namoyon qilmoqda. Aynan shu sharoitda ekotsid konseptsiyasi zamonaviy xalqaro huquqning eng muhim innovatsiyalaridan biri sifatida paydo bo‘ldi va rivojlanmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

EKOTSID — XXI ASRNING GLOBAL EKOLOGIK INQIROZIGA

HUQUQIY JAVOB SIFATIDA

Ismoilov Mavludbek Mukimjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi

ismoilovmavludbek@gmail.com

https://orcid.org/0009-0000-0442-1898

https://doi.org/10.5281/zenodo.15805963

XXI asr insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan ekologik inqiroz davri sifatida

xarakterlanmoqda. Global iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning keskin
kamayishi, okeanlarning ifloslanishi va o‘rmonlarning yo‘q qilinishi kabi
muammolar an’anaviy huquqiy mexanizmlarning cheklovlarini ochiq namoyon
qilmoqda. Aynan shu sharoitda ekotsid konseptsiyasi zamonaviy xalqaro
huquqning eng muhim innovatsiyalaridan biri sifatida paydo bo‘ldi va
rivojlanmoqda.

Ekotsid tushunchasi ekologik inqirozga huquqiy javob berish zaruratidan

kelib chiqqan holda, atrof-muhitga eng jiddiy zarar yetkazuvchi harakatlarni
jinoyatlashtirish g‘oyasini ilgari suradi. Bu konseptsiya nafaqat huquqiy, balki
axloqiy va falsafiy o‘lchovlarga ega bo‘lib, inson va tabiat o‘rtasidagi
munosabatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Zamonaviy sharoitda
ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish masalasi ko‘plab davlatlar, xalqaro
tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan faol muhokama
qilinmoqda.

XXI asrning boshlarida insoniyat o‘z tarixidagi eng jiddiy ekologik

tahdidlarga duch kelmoqda. Iqlim o‘zgarishi tufayli global haroratning
ko‘tarilishi, qutb muzliklarining erishi va dengiz sathining ko‘tarilishi millionlab
odamlarning hayotiga bevosita tahdid solmoqda [1]. BMT ma’lumotlariga ko‘ra,
har yili 20 milliondan ortiq odam iqlim o‘zgarishi oqibatlari tufayli o‘z uylarini
tark etishga majbur bo‘lmoqda [2].

Biologik xilma-xillikning yo‘qolishi yana bir global muammo hisoblanadi.

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda 40
mingdan ortiq tur yo‘qolib ketish xavfi ostida [3].

Okeanlarning plastik chiqindilar bilan ifloslanishi ham jiddiy ekologik

muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Har yili 8 million tonnadan ortiq plastik
chiqindilar okeanlarga tashlanmoqda [4]. Bu holat dengiz ekotizimlari va inson
salomatligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Mikroplastiklar oziq-ovqat zanjiriga
kirib, oxir-oqibat inson organizmiga yetib bormoqda.

O‘rmonlarning yo‘q qilinishi, ayniqsa tropik o‘rmonlarning kesilishi, global

ekologik muvozanatga putur yetkazmoqda. Amazon o‘rmonlari har yili o‘n


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

129

minglab kvadrat kilometr maydonni yo‘qotmoqda [5]. Bu nafaqat biologik xilma-
xillikka, balki global iqlim tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, chunki
o‘rmonlar karbonat angidridni yutuvchi asosiy tabiiy mexanizm hisoblanadi.

An’anaviy huquqiy mexanizmlar bu muammolarga yetarli javob bera

olmayapti. Milliy ekologik qonunchilik ko‘pincha zaif ijro etiladi yoki iqtisodiy
manfaatlar oldida orqaga suriladi [6]. Xalqaro ekologik shartnomalar esa
ko‘pincha majburiy kuchga ega emas va ularning buzilishi uchun samarali
sanksiyalar mavjud emas [7]. Aynan shu holatda ekotsid konseptsiyasi muhim
alternativ sifatida paydo bo‘ldi.

BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili o‘rtacha 15 milliard

daraxt kesilmoqda va o‘rmonlar maydoni keskin qisqarmoqda [8]. Nature
jurnalida chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Yer yuzida daraxtlar soni
sivilizatsiyaning boshlanishidan buyon 46 foizga kamaygan [9]. Jumladan,
BMTning Atrof-muhit dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun insoniyat 1,6 ta Yer
sayyorasidagi resurslarni iste’mol qilishi natijasida ekotizimlar inson talablarini
qondira olmayapti [10].

Zamonaviy talqinda ekotsid nafaqat urush davridagi, balki tinchlik

davridagi harakatlarni ham qamrab oladi. Bu keng ko‘lamli o‘rmon kesish,
okeanlarni zaharli chiqindilar bilan ifloslantirish, yirik neft to‘kilishlari va
boshqa ekologik fojialarga sabab bo‘luvchi harakatlarni o‘z ichiga oladi. Muhimi,
ekotsid konseptsiyasi individual jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, ya’ni
korporativ rahbarlar va hukumat amaldorlari shaxsan javobgarlikka tortilishi
mumkin.

Ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish uchun bir qator mustahkam

huquqiy asoslar mavjud.

Birinchidan,

xalqaro ekologik huquqning umumiy tamoyillari atrof-

muhitga jiddiy zarar yetkazishni taqiqlaydi. 1972-yildagi Stokgolm
deklaratsiyasining
21-printsipi davlatlarning o‘z hududi chegaralaridan tashqarida atrof-muhitga
zarar yetkazmaslik majburiyatini belgilaydi [11]. Bu prinsip keyinchalik ko‘plab
xalqaro hujjatlarda tasdiqlangan va xalqaro odatiy huquq normasi maqomiga
erishgan.

Ikkinchidan,

xalqaro sud amaliyoti atrof-muhitni muhofaza qilish

majburiyatining fundamental xarakterini tan olgan. Xalqaro Sud 1997-yilda
Gabchikovo-Nagymaros loyihasi bo‘yicha qarorida ekologik mulohazalarning
xalqaro huquqdagi ahamiyatini ta’kidlagan. Sud atrof-muhitni muhofaza qilish
nafaqat davlatlarning ixtiyori, balki ularning majburiyati ekanligini qayd etgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

130

Uchinchidan,

“erga omnes” majburiyatlar doktrinasi ekotsidni

jinoyatlashtirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu doktrinaga ko‘ra,
ba’zi majburiyatlar butun xalqaro hamjamiyat oldida bajarilishi kerak. Global
ekologik tizimlarni muhofaza qilish aynan shunday majburiyatlar qatoriga
kiradi, chunki ekologik buzilishlar butun insoniyatga ta’sir qiladi.

To‘rtinchidan,

xalqaro jinoyat huquqining rivojlanish tendensiyalari

ekotsidni tan olish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Rim Statuti allaqachon
to‘rtta eng jiddiy jinoyatni tan olgan. Statutning 5-moddasi kelajakda boshqa
jinoyatlarni qo‘shish imkoniyatini nazarda tutadi, bu esa ekotsidni kiritish uchun
huquqiy mexanizm mavjudligini ko‘rsatadi.

Beshinchidan,

milliy qonunchilik tajribasi xalqaro darajada ekotsidni

jinoyatlashtirish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Rossiya, Qozog‘iston, Belarus,
Ukraina, Moldova, Armeniya, Gruziya va Vetnam o‘z jinoyat kodekslarida
ekotsidni alohida jinoyat turi sifatida belgilagan. Bu tajriba ekotsid
konsepsiyasining amaliy qo‘llanilishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish uchun turli mexanizmlar mavjud.

Ular ichida eng samarali yo‘l Rim Statutiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishdir.
Statutning 121-moddasi tuzatishlar kiritish tartibini belgilaydi [12]. Bu jarayon
murakkab bo‘lsa-da, a’zo davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan qo‘llab-
quvvatlansa amalga oshirilishi mumkin.

Boshqa variant sifatida alohida xalqaro shartnoma qabul qilish mumkin. Bu

yondashuv ko‘proq moslashuvchanlikni ta’minlaydi, ammo universal qamrovga
erishish qiyinroq bo‘ladi. Shuningdek, regional darajada, masalan, Yevropa
Ittifoqi yoki Afrika Ittifoqi doirasida ekotsidni jinoyatlashtirish ham mumkin.

Amaliy tatbiq etishda bir qator qiyinchiliklar mavjud.

Birinchidan,

ekotsidning aniq ta’rifini ishlab chiqish va barcha davlatlar tomonidan qabul
qilinadigan mezonlarni belgilash murakkab vazifa [13]. “Jiddiy zarar”, “keng
ko‘lamli” va “uzoq muddatli” kabi tushunchalar turli huquq tizimlarida turlicha
talqin qilinishi mumkin.

Ikkinchidan,

yurisdiksiya masalalari murakkablik tug‘diradi. Ekotsid

ko‘pincha transchegaraviy xarakterga ega bo‘lib, bir necha davlat hududiga ta’sir
qilishi mumkin. Qaysi davlat yoki qaysi sud yurisdiktsiyaga ega bo‘lishi, ayniqsa
jinoyat bir davlatda sodir etilgan, ammo zarar boshqa davlatlarda namoyon
bo‘lgan hollarda aniqlash murakkablashishi mumkin.

Uchinchidan,

isbotlash muammolari mavjud. Ekologik zararning to‘liq

hajmini aniqlash ko‘pincha uzoq vaqt talab qiladi va ilmiy noaniqliklar mavjud


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

131

bo‘lishi mumkin. Sababiy bog‘liqlikni isbotlash, ayniqsa zarar uzoq vaqt
o‘tgandan keyin namoyon bo‘lganda, qiyin bo‘lishi mumkin.

To‘rtinchidan,

korporativ javobgarlik masalasi alohida e’tibor talab qiladi.

Ko‘pchilik ekotsid holatlari korporativ faoliyat natijasida yuz beradi, ammo Rim
Statuti faqat jismoniy shaxslarning javobgarligini nazarda tutadi. Korporativ
tuzilmalar ichida individual javobgarlikni aniqlash murakkab vazifa bo‘lishi
mumkin.

Ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish global ekologik boshqaruv

tizimini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Bu qadam xalqaro ekologik huquqning
majburiy kuchini sezilarli darajada oshiradi. Hozirgi vaqtda ko‘plab ekologik
shartnomalar “yumshoq huquq” xarakteriga ega va ularning buzilishi uchun
samarali sanksiyalar mavjud emas. Ekotsidni jinoyatlashtirish orqali eng jiddiy
ekologik qoidabuzarliklar uchun real jinoiy javobgarlik o‘rnatiladi.

Shu jumladan, oldini olish effekti muhim ahamiyatga ega. Potentsial jinoiy

javobgarlik tahdidi korporativ rahbarlar va hukumat amaldorlarini ekologik
jihatdan xavfli qarorlar qabul qilishdan to‘xtatishi mumkin. Bu profilaktik ta’sir
ekologik fojialarga yo‘l qo‘ymaslikda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Boshqa tomondan olib qarasak, ekotsid konsepsiyasi korporativ mas’uliyat

madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi. Kompaniyalar o‘z faoliyatining
ekologik oqibatlarini jiddiyroq baholashga, risk-menejment tizimlarini
takomillashtirishga va barqaror rivojlanish tamoyillarini chuqurroq integratsiya
qilishga majbur bo‘ladi.

Jumladan, xalqaro hamkorlik kuchayadi. Ekotsid jinoyatlarini tergov qilish

va jinoiy ta’qib qilish uchun davlatlar o‘rtasida texnik ekspertiza, ma’lumot
almashinuvi va huquqiy yordam bo‘yicha hamkorlik zarur bo‘ladi. Bu esa
ekologik masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikning umumiy darajasini oshiradi.

Eng muhim jihatlardan biri jamoatchilik ongi va ishtirokini oshirishda

muhim rol o‘ynaydi. Ekotsid konsepsiyasi ekologik muammolarning jiddiyligini
ta’kidlaydi va fuqarolik jamiyatini faolroq bo‘lishga undaydi. Bu esa ekologik
demokratiyaning rivojlanishiga yordam beradi.

Yuqoridagi holatlarni o‘rgangan holda xulosa qiladigan bo‘lsak,

Ekotsid

konseptsiyasi XXI asrning global ekologik inqiroziga huquqiy javob sifatida
alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijasida quyidagi asosiy xulosalarga
kelish mumkin.

Birinchidan,

zamonaviy ekologik inqirozning miqyosi va jiddiyligi

an’anaviy huquqiy mexanizmlarning yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Iqlim
o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va boshqa global ekologik


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

132

muammolar yangi, kuchliroq huquqiy vositalarni talab qiladi. Ekotsid
konseptsiyasi aynan shunday vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.

Ikkinchidan,

ekotsidning tarixiy evolyutsiyasi va zamonaviy talqini uning

xalqaro jinoyat sifatida tan olinishi uchun yetarli konseptual asos mavjudligini
ko‘rsatadi. 2021-yilda ishlab chiqilgan ta’rif huquqiy aniqlik va amaliy
qo‘llanilish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.

Uchinchidan,

ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish uchun mustahkam

huquqiy asoslar mavjud. Xalqaro ekologik huquqning tamoyillari, xalqaro sud
amaliyoti, “erga omnes” majburiyatlar doktrinasi va milliy qonunchilik tajribasi
bu jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi.

To‘rtinchidan,

amaliy tatbiq etishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lsa-da, ular

yengib o‘tilmaydigan to‘siqlar emas. Ta’rifni aniqlashtirish, yurisdiksiya
masalalarini hal qilish, isbotlash mexanizmlarini takomillashtirish va korporativ
javobgarlik muammolarini hal qilish orqali ekotsidni samarali jinoyatlashtirish
mumkin.

Beshinchidan,

ekotsidni tan olish global ekologik boshqaruvni tubdan

o‘zgartirishi mumkin. Bu nafaqat huquqiy, balki madaniy va siyosiy
o‘zgarishlarga olib keladi, ekologik mas’uliyatni oshiradi va barqaror
rivojlanishga yordam beradi.

Nihoyat, ekotsid konseptsiyasi insoniyatning XXI asr tahdidlariga javob

berish qobiliyatini namoyish etadi. Global ekologik inqiroz oldida xalqaro
hamjamiyat yangi huquqiy vositalar yaratish orqali kelajak avlodlar oldidagi
mas’uliyatini tan olmoqda. Ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish bu yo‘ldagi
muhim qadam bo‘lib, u inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi va
yanada mas’uliyatli asosda qurishga yordam beradi.

References:

1.

IPCC. Climate Change 2021: The Physical Science Basis. Cambridge:

Cambridge University Press, 2021, 234-278 bet.
2.

The official website: UNHCR, Global Trends: Forced Displacement in 2020.

2021. Available at: https://www.unhcr.org/flagship-reports/globaltrends/
[accessed on: 01.07.2025].
3.

The official website: IUCN, The IUCN Red List of Threatened Species. 2024.

Available at: https://www.iucnredlist.org [accessed on: 01.07.2025].
4.

Jambeck, Jenna et al. Plastic Waste Inputs from Land into the Ocean.

Science 2015, 347(6223): 768-771.
5.

The official website: INPE, Amazon Deforestation Monitoring Program.

2024. Available at: http://www.obt.inpe.br/prodes [accessed on: 01.07.2025].


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

133

6.

Boyd, David. The Environmental Rights Revolution. Vancouver: UBC Press,

2012, 156-189 bet.
7.

Bodansky, Daniel. The Art and Craft of International Environmental Law.

Cambridge: Harvard University Press, 2010, 234-267 bet.
8.

National Geographic Society. “The Global Impacts of Habitat Destruction”

2023. // available at: https://news.nationalgeographic.org/the-global-impacts-
of-habitat-destruction/ [accessed on: 01.07.2025]
9.

Crowther, T., Glick, H., Covey, K. et al. Mapping tree density at a global

scale. Nature 525, 201–205 (2015). https://doi.org/10.1038/nature14967
10.

BMT Atrof-muhit dasturi. Becoming Generation Restoration. UNEP. 2021.

// available at: https://wedocs.unep.org/bitstream/handle/
11.

20.500.11822/36251/ERPNC.pdf [accessed on: 26.04.2025]

12.

The official website: United Nations, Stockholm Declaration on the Human

Environment. 1972. Available at: https://www.un.org/en/
13.

conferences/environment/stockholm1972 [accessed on: 01.07.2025].

14.

Rome Statute of the International Criminal Court. The Hague: ICC, 1998,

Article 121.
15.

Heller, Kevin Jon. Skeptical Thoughts on the Proposed Crime of Ecocide.

Opinio Juris 2021. Available at: http://opiniojuris.org/2021/06/23/skeptical
16.

-thoughts-on-the-proposed-crime-of-ecocide-that-isnt/

[accessed

on:

01.07.2025].

Библиографические ссылки

IPCC. Climate Change 2021: The Physical Science Basis. Cambridge: Cambridge University Press, 2021, 234-278 bet.

The official website: UNHCR, Global Trends: Forced Displacement in 2020. 2021. Available at: https://www.unhcr.org/flagship-reports/globaltrends/ [accessed on: 01.07.2025].

The official website: IUCN, The IUCN Red List of Threatened Species. 2024. Available at: https://www.iucnredlist.org [accessed on: 01.07.2025].

Jambeck, Jenna et al. Plastic Waste Inputs from Land into the Ocean. Science 2015, 347(6223): 768-771.

The official website: INPE, Amazon Deforestation Monitoring Program. 2024. Available at: http://www.obt.inpe.br/prodes [accessed on: 01.07.2025].

Boyd, David. The Environmental Rights Revolution. Vancouver: UBC Press, 2012, 156-189 bet.

Bodansky, Daniel. The Art and Craft of International Environmental Law. Cambridge: Harvard University Press, 2010, 234-267 bet.

National Geographic Society. “The Global Impacts of Habitat Destruction” 2023. // available at: https://news.nationalgeographic.org/the-global-impacts-of-habitat-destruction/ [accessed on: 01.07.2025]

Crowther, T., Glick, H., Covey, K. et al. Mapping tree density at a global scale. Nature 525, 201–205 (2015). https://doi.org/10.1038/nature14967

BMT Atrof-muhit dasturi. Becoming Generation Restoration. UNEP. 2021. // available at: https://wedocs.unep.org/bitstream/handle/

500.11822/36251/ERPNC.pdf [accessed on: 26.04.2025]

The official website: United Nations, Stockholm Declaration on the Human Environment. 1972. Available at: https://www.un.org/en/

conferences/environment/stockholm1972 [accessed on: 01.07.2025].

Rome Statute of the International Criminal Court. The Hague: ICC, 1998, Article 121.

Heller, Kevin Jon. Skeptical Thoughts on the Proposed Crime of Ecocide. Opinio Juris 2021. Available at: http://opiniojuris.org/2021/06/23/skeptical

-thoughts-on-the-proposed-crime-of-ecocide-that-isnt/ [accessed on: 01.07.2025].