Авторы

  • Xumoyun Xaydarov
    Yunus Rajabiy nomidagi “O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti” katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.115721

Ключевые слова:

maqom Shashmaqom lad parda Darvish ali Changiy Alisher Navoiy kuy

Аннотация

Maqolada maqomlarning nazariy va tarixiy jixatlari “Rost” maqomi misolida tahlil qilingan. Bunda ushbu maqomning yuzaga kelishidagi turli qarashlar, allomalar hamda musiqashunos olimlar tomonidan qoldirilgan manbalar asosida fikrlar muxtasar qilingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

84

MAQOMLARNING NAZARIY VA TARIXIY JIHATLARI XUSUSIDA.

Xaydarov Xumoyun Samijonovich

Yunus Rajabiy nomidagi

“O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti”

katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15797660

Annotatsiya:

Maqolada maqomlarning nazariy va tarixiy jixatlari “Rost”

maqomi misolida tahlil qilingan. Bunda ushbu maqomning yuzaga kelishidagi
turli qarashlar, allomalar hamda musiqashunos olimlar tomonidan qoldirilgan
manbalar asosida fikrlar muxtasar qilingan.

Kalit so‘zlar

: maqom, Shashmaqom, lad, parda, Darvish ali Changiy, Alisher

Navoiy, kuy

Аннотация:

В статье анализируются теоретические и исторические

аспекты макомов на примере макома "Рост." Различные взгляды на
возникновение этого макома были обобщены на основе источников,
оставленных учеными и музыковедами.

Ключевые слова

: маком, Шашмаком, лад, лад, Дарвиш Али Чанги,

Алишер Навои, мелодия

Abstract

: The article analyzes the theoretical and historical aspects of

maqoms using the example of the "Rost" maqom. Various views on the
emergence of this maqom were summarized based on sources left by scholars
and musicologists.

Keywords:

maqom, Shashmaqom, mode, mode, Darvish Ali Changi, Alisher

Navoi, melody

Shashmaqom to‘g‘risida XVII asrgacha aniq ma’lumotlar berilmaganligi

haqida turli mulohazalar mavjud. Lekin bu maqom Shashmaqomdan oldin halq
orasida keng tarqalgan “Yetti maqom” va “O‘n ikki maqom” tizimlari tarkibida
ham mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari bu maqom to‘g‘risida alohida rivoyat va
afsonalar ham keltirib o‘tilgan

1

.

Rost (“to‘g‘ri yo‘l”,”haqiqatga eltuvchi kuy”, “haq”, “mos tushadigan”

ma’nolarida keladi) maqomi haqida ko‘plab asosli ma’lumotlar bilan birga turli
taxminiy fikrlar ham mavjuddir. Rost maqomini juda qadimdan paydo bo‘lib
tarixan shakllanish jarayonida turli soha vakillari tomonidan ham suyub
o‘rganilgan. Rost maqomining lad parda tuzilishi o‘ziga xos jihatlarga ega
bo‘lganligi sababli bu maqom lad asosida halq orasida ko‘plab ashulalar
kuylangan. O‘zbek halq musiqasi tarixiga nazar solsak bastakorlar tomonidan

1

Bu haqda I.Rajabov. 1992 yil nashr etilgan “maqom asoslari” kitobida Rost maomi haqida afsona shaklida ma’lumot

berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

ijod qilingan kuy va ashulalar halq tomonidan e’zozlanib tinglangani va ijro
etilganligi bu fikrni yanada mustahkamlaydi. Ushbu maqomni maqomlar onasi
ekanligi haqida turli fikr va mulohazalar paydo bo‘ladi. Quyida shunday fikrlarni
keltirib o‘tamiz. Dastlab maqomshunos alloma I.Rajabov fikrlariga e’tibor
qaratadigan bo‘lsak Rost maqomi haqida shunday ma’lumotlarni beradilar: “XVI
– XVII asr musiqa manbalarida ko‘rsatilishicha birinchi bor Rost maqomi
yaratilgan. Shu asrlarda ko‘pchilik kuy va ashulalar shu lad tovushqatorining
dastlabki pardasidan boshlanib, ularning ko‘pi shu ladga mos kelgani uchun ham
Rost nomini olgan. Shuning uchun musiqa kitoblari mualliflari Rost maqomini
“Ummul - advor”, ya’ni barcha maqomlar ja’m doiralarining “onasi” deb
hisoblaganlar”.

2

Maqomlarni samoviy jismlar bilan bog‘liqlik masalasi bo‘yicha Ozarbayjon

kompozitori Uzeir Hojibekov o‘ziga xos ilmiy izlanishlarni olib boradi. Olim
izlanishlari natijasida barcha maqomlarni (bu yerda yetti maqom tizimi haqida
fikr bildirilyapti) mavjud sayyoralar bilan bog‘laydi. Ushbu tasnifot bo‘yicha Rost
maqomi Venera (Zuxra) sayyorasiga to‘g‘ri keladi. Pardaning nomi sol tovushi
bilan bog‘liq.

3

Tarixan maqomlarning ijro etish vaqtlari mavjudligi ko‘rsatilib o‘tilgan.

“Yetti maqom” va “O‘n ikki maqom” tizimlari ijro vaqtlari orasida solishtirishlar
natijasida shunday fikrlar yuzaga kelgan: Rost maqomining vaqti yarim tundan
to tongga qadar davom etgan bo‘lishi kerak. Chunki shu vaqtga kelib Zuxro
yulduzi nurafshon tus oladi va yorqin ko‘rinadi. Rost maqomining yakuni
dastlabki maqom – Rohaviyning boshlanishi vaqtiga qadar davom
etgan

4

(maqomlarning ijro vaqtini aniqlashga oid ma’lumotlar Nizomiy

Ganjaviyning “Haft paykar”(Yetti go‘zal) dostoni va shu mavzuga ishlangan
miniatyura ranglari hamda U.Hojibekovning ma’lumotlariga tayangan holda
yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin).

I.Rajabov “Maqomlar” kitobida O‘n ikki maqom tizimida Rost maqomi tartib

bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda keladi. A.Fitratning “O‘zbek klassik musiqasi va uning
tarixi” kitobida keltirilgan “O‘n ikki maqom” tizimining tartib bo‘yicha dastlabki
maqomi Rostdir.

Ushbu kitobda keltirilgan “O‘n ikki maqom” tizimining tartib bo‘yicha

joylashishi quyidagicha bo‘lgan

5

:

2

I.Rajabov. “Maqomlar” T.2006 y. 92-95 betlar.

3

O.Ibrohimov. “Maqom san’ati o‘rta asr shahar madaniyati tizimida”qo‘lyozma T. 2005 y SITI kutubxonasi. Inv.

№1013 26- bet.

4

O.Ibrohimov. “Maqom san’ati o‘rta asr shahar madaniyati tizimida”qo‘lyozma T. 2005 y SITI kutubxonasi. Inv.

№1013 30-31 betlar.

5

A.Fitrat. “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” T. 1993 y. 6-bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

1-

Rost

2-

Isfahon

3-

Iroq

4-

Kuchak

5-

Buzrug

6-

Hijoz

7-

Buslik

8-

Ushshoq

9-

Husayniy

10-

Zangula

11-

Navo

12-

Rohaviy

Shu o‘rinda aytish mumkinki Xorazmda ilk bor notaga olingan maqom Rost

maqomi bo‘lgan. Komil Xorazmiy tomonidan notaga olingan bu maqomning nota
yo‘li tanburga moslangan. Xorazm maqomlarining tarkibida ham Rost maqomi
tartib bo‘yicha birinchi bo‘lib keladi

6

:

1-

Maqomi Rost

2-

Maqomi Navo

3-

Maqomi Segoh

4-

Maqomi Dugoh

5-

Maqomi Buzrug

6-

Maqomi Iroq

7-

Maqomi Panjgoh


Shashmaqom tarkibida Rost maqomi tartib bo‘yicha ikkinchi o‘rinda keladi.

Ushbu xolatda O‘n ikki maqom tarkibidagi Rost maqomining tovushqatori
Shashmaqom tarkibidagi Rost maqomidan biroz farqlanadi. O‘n ikki maqom
tizimida dastlabki tartibda kelgan Ushshoq maqomining tovushqatori
Shashmaqom tarkibidagi Rost maqomi bilan bir xil ko‘rinishga egadek ko‘rinadi,
lekin senrtlar hisobi bo‘yicha birozgina tafovut hosil qiladi. Bu farq inson qulog‘i
tomonidan ajrata olmas darajada bo‘lib, I.Rajabov “Maqomlar” kitobida keltirib
o‘tadi.

7

Ushbu maqom yo‘lini nafaqat musiqashunoslar asarlari balki

adabiyotimizning yetuk siymolari asarlarida ham uchratish mumkin bo‘ladi.
Mana shunday siymolardan biri bu Hazrat Navoiydir. Maqomlar masalasi

6

Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda “Xorazm musiqiy tarixchasi” kitobida keltirilgan olti

yarim maqom. T. 1998 y. 15- bet.

7

I.Rajabov. “Maqomlar” 145- bet


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

bo‘yicha so‘z borar ekan bu shaxsning asarlarini chetlab o‘tish mumkin emasdek.
Chunki bu insonning musiqaga bo‘lgan e’tibori, qarashlari mana shunday xulosa
xosil qiladi. Maqomshunos O.Ibrohimov o‘zining “Hazrat Navoiy va maqom”
maqolasida Navoiy nazmi va maqomga bo‘lgan qarashlarini g‘azallar sharhi
bo‘yicha keltirib o‘tadi. (Biz ushbu maqoladan Rost maqomiga oid bo‘lgan
qismini ishimizda ijodiy foydalanishga xarakat qildik)–“shu asnoda
maqomlarning nomlari bitilgan quyidagi baytlarga e’tibor beraylik:

Qaddi hajringda tortsang nola,

“Rost” Ohangi, ey Navoiy tuz.

(“Badoe’ ul - bidoya”dan)


Ushbu bayt mazmunin anglab olishda “Rost” atamasi va uning musiqada

ma’lum xususiyatlari muhim o‘rin tutadi. Mashhur O‘n ikki maqomlardan
birining nomi bo‘lgan bu atama tasavvufda tariqat yo‘li (rohi – rost) –ni ham
ramz etadi. Shundan kelib chiqqan holda bayt mazmunini quyidagicha sharhlash
mumkin: Ayriliqdan (hijrondan) ard chekuvchi (yoki Yor vasliga intiluvchi)
oshiq tariqat yo‘liga kirsin. Chunki bu yo‘l shu maqsadga yo‘llangandir.

Endi maqomlar kesimida “Rost” ni nazarda tutsak, ushbu baytdan quyidagi

xulosa kelib chiqadi: ey oshiq (Navoiy), agar sen hijron azobida bo‘lsang, “Rost”
maqomi (“Haqiqatga eltuvchi kuy ”) ohanglarini tuzgin. Chunki bu maqomda
sadolangan kuy – ohanglar oshiq qalbiga oromu – fayz yetkazadi va, balki,
ruhiyatni yuksalib, istalgan zavq holatiga ham erishishi mumkin. “Rost”
maqomining inson ruhiga bu kabi favqulodda kuchli hissiy ta’sir etishi sabablari
esa eng avvalo undagi mukammal pardalar uyushmasi va shu asnoda kuy –
ohanglarining muayyan rivojlanish uslubi bilan ham tavsiflanadi”

8

.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak Rost maqomining

pardalar uyushmasi bo‘yicha “Ummul - advor”, ya’ni barcha maqomlar ja’m
doiralarining “onasi” deb hissoblanishining yana bir guvohi bo‘lamiz.

Bundan tashqari Rost maqomi nomi keltirilagan ko‘plab shoirlar ijodiga

mansub she’r va g‘azallarni uchratishimiz mumkin bo‘ladi. Ularda ham Rost
maqomining ijro etish vaqti, uning ta’siri haqida fikrlar yuritiladi. Mana shunday
g‘azallardan biri Haydar Xorazmiyga qalamiga mansubdir:

“Rost” qil ohangi “Navo” u “Hijoz”,

Tuz yotug‘oni birla shuturg‘uni soz.

8

“Musiqa ijodiyoti masalalari” Maqolalar to‘plami II. O.Ibrohimov maqolasi. T. 2002 y. 54–55 betlar.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

Ushbu baytda nafaqat Rost maqomi balkim O‘n ikki maqom tarkibida

mavjud bo‘lgan maqomlarning ta’siri haqida o‘z yuritiladi.

Mana shunga o‘xshash maqomlar tilga olingan she’rlar Zaxiriddin

Muhammad Bobur ijodida ham uchrab turadi.

Bobur, ul gul ko‘yida bulbul kibi topting maqom,

Bir “Navo” i “Rost” qil mundog‘ maqoming borida.


Bir so‘z bilan aytganda maqomlar tarixi, negizi juda ham boyligi va ularning

ta’sir kuchining ahamiyati kuchliligi sabab necha asrlarda buyon halq orasida
keng tarqalish barobarida uning turmush tarzi, ruhiyati, kechinmalarini o‘zida
mujassamlashtira olganligi bilan ham ahamiyatlidir. Biz yuqorida imkon qadar
o‘rganishga xarakat qilganimiz Rost maqomi ham mana shunday xususiyatlarni
o‘zida mujassamlashtira olgan musiqiy merosimizdir

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Fitrat A. “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” Fan. T. 1993 y.

2.

Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muxammad Yusuf Devonzoda “Xorazm

musiqiy tarixchasi” Yozuvchi. 1998 y.
3.

Rajabov I. “Maqomlar” T.2006 y.

4.

Rajabov I. “Maqom asoslari” T. 1992 y.

5.

Ibrohimov O. “Maqom san’ati o‘rta asrlar shahar madaniyati tizimida”

qo‘lyozma T. 2005 y.
6.

Matyoqubov O. “Maqomot” musiqa nash. T 2004 y.

7.

Yunusov R.“Maqomlar xususida” Fan T.1992 y.

8.

Djumaev A. “Esteticheskie osnovы makomata” (Istoricheskiy aspekt)

qo‘lyozma. T. 1998 y.
9.

Xaydarov, X. (2024). Soʻzning ohangga taʼsiri xususida. образование и

наука в xxi веке, (57-4).
10.

Shashmaqom nashrining olti jildi. O‘zbek varianti. Yozib oluvchi

Yu.Rajabiy. T. 1966 – 1975 y.

Библиографические ссылки

Fitrat A. “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” Fan. T. 1993 y.

Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muxammad Yusuf Devonzoda “Xorazm musiqiy tarixchasi” Yozuvchi. 1998 y.

Rajabov I. “Maqomlar” T.2006 y.

Rajabov I. “Maqom asoslari” T. 1992 y.

Ibrohimov O. “Maqom san’ati o‘rta asrlar shahar madaniyati tizimida” qo‘lyozma T. 2005 y.

Matyoqubov O. “Maqomot” musiqa nash. T 2004 y.

Yunusov R.“Maqomlar xususida” Fan T.1992 y.

Djumaev A. “Esteticheskie osnovы makomata” (Istoricheskiy aspekt) qo‘lyozma. T. 1998 y.

Xaydarov, X. (2024). Soʻzning ohangga taʼsiri xususida. образование и наука в xxi веке, (57-4).

Shashmaqom nashrining olti jildi. O‘zbek varianti. Yozib oluvchi Yu.Rajabiy. T. 1966 – 1975 y.