ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
86
HUDUDIY URBANIZATSIYA: TIZIMLI BOSHQARUV VA BARQAROR
RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA
Ochilov Rahimjon Zafar o‘g‘li
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar
instituti bosh mutaxassisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15847640
Bugungi kunda urbanizatsiya jarayonlari dunyo miqyosida global
demografik va iqtisodiy o‘zgarishlarning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan.
O‘zbekiston singari rivojlanayotgan davlatlarda urbanizatsiyaning jadallashuvi
aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga
erishish, infratuzilmani rivojlantirish kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Shu bilan birga, bu jarayonlar hududiy tafovutlar, infratuzilmaning
nomutanosibligi, migratsion bosim va atrof-muhitga salbiy ta’sir kabi
muammolarni ham yuzaga keltirmoqda.
Masalan, Qashqadaryo viloyatida 2015-yilda aholining umumiy soni
2 958,9 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil 1-yanvarga kelib bu
ko‘rsatkich 3 639,3 ming kishiga yetgan bu 20,3 % lik o‘sishni anglatadi.
Viloyatda tabiiy o‘sish yuqori bo‘lib, 2022-yilda 98,3 mingta tug‘ilish va
17 mingta o‘lim qayd etilgan. Natijada, aholining yillik o‘sish sur’ati 2,2 % ni
tashkil etgan.
Hududlarda urbanizatsiya jarayonlarini samarali boshqarish nafaqat
infratuzilmani modernizatsiya qilish, balki ijtimoiy barqarorlik, mehnat
resurslaridan oqilona foydalanish va aholi turmush darajasini oshirishning ham
muhim omilidir. Bu borada davlat siyosati, mahalliy boshqaruv organlari
faoliyati, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda barqaror
rivojlanish tamoyillariga amal qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Urbanizatsiya bu aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘chishi, ishlab
chiqarish kuchlarining shahar markazlarida to‘planishi va xizmat ko‘rsatish
tarmoqlarining kengayishi bilan bog‘liq kompleks jarayondir. Qashqadaryo
viloyatida urbanizatsiya darajasi 1997-yildagi 24 % dan 2024-yilga kelib
42,7 % ga yetgan.
O‘zbekiston sharoitida urbanizatsiya ko‘proq tabiiy o‘sish, ichki migratsiya
va ma’muriy-huquqiy omillar orqali shakllanmoqda. Ayni paytda,
urbanizatsiyaning hududiy tafovutlari ham yaqqol namoyon bo‘lib, yirik sanoat
markazlari atrofida aholi zichligi ortib borayotgan bir paytda, chekka
tumanlarda bunday sur’atlar pastligicha qolmoqda. Bu holat urbanizatsiya
jarayonlarini markazlashgan va tizimli ravishda boshqarishni talab etadi. 2025-
yil holatiga ko‘ra, shaharliklar ulushi 1 555,8 ming kishi (42,7 %), qishloq aholisi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
87
esa 2 083,5 ming kishi (57,3 %) ni tashkil qilgan. Shunga qaramasdan,
demografik bosim asosan Qarshi (300,8 ming kishi), Koson (319,4 ming) va
Qamashi (299,8 ming) tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa aholining 25 % dan
ortiq qismi uchta hududda to‘planganini ko‘rsatadi.
Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning yirik iqtisodiy va demografik
salohiyatga ega hududlaridan biri bo‘lib, urbanizatsiya jarayonlari bu yerda
murakkab va ziddiyatli tus olgan. So‘nggi yillarda viloyatda aholining tabiiy
o‘sishi, ichki migratsiya, yirik ishlab chiqarish korxonalari va infratuzilma
rivojlanishi hisobiga shahar aholisi soni ortib bormoqda. Shu bilan birga,
viloyatning ayrim tumanlarida, ayniqsa Dehqonobod, G‘uzor va Mirishkor kabi
hududlarda urbanizatsiya sust kechmoqda. (1-rasm)
1-rasm 2023-2025 yillarda shaharlarda yashovchi aholi soninig o‘zgarishi (ming
kishi)
Hududda urbanizatsiya jarayonlarini boshqarishda muvofiqlashtirilgan
rejalashtirish, infratuzilmaviy investitsiyalarni hududiy ehtiyojlarga mos
taqsimlash, migratsiya oqimlarini nazorat qilish mexanizmlarining sustligi
sezilmoqda. Aholining ko‘chib kelishi ortidan yuzaga kelayotgan turar-joy
muammolari, ekologik bosim, ijtimoiy xizmatlar taqchilligi kabi omillar
urbanizatsiyani tizimli boshqarish zaruratini kuchaytirmoqda. Ayrim
tumanlarda urbanizatsiya ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga xizmat
qilayotgan bo‘lsa, boshqalarida esa mavjud resurslarning haddan tashqari
yuklanishiga olib kelmoqda.
Urbanizatsiyani boshqarish faqat qurilish va infratuzilma rivojiga emas,
balki aholi zichligini optimal taqsimlash, mehnat resurslarini joylashtirish,
ekologik muvozanatni saqlash kabi ko‘p qirrali vazifalarni o‘z ichiga oladi. Shu
sababli quyidagi yondashuvlar dolzarb hisoblanadi:
Birinchidan, hududiy rejalashtirishni raqamlashtirish zarur. GIS
texnologiyalari va urbanistik tahlil asosida shahar va tumanlarda demografik,
0
50
100
150
200
250
300
350
2023
2024
2025
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
ekologik va iqtisodiy ma’lumotlar asosida rejalashtirish mexanizmlari joriy
etilishi kerak.
Ikkinchidan, uy-joy siyosatini isloh qilish zarur. Yangi aholi punktlari
tashkil qilish, ko‘p qavatli arzon uy-joy qurilishini qo‘llab-quvvatlash
urbanizatsiya bosimini kamaytirishga xizmat qiladi.
Uchinchidan, transport va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish lozim. Aholi
zich yashaydigan hududlarda transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi xizmatlarni
bosqichma-bosqich kengaytirish urbanizatsiyaning salbiy oqibatlarini
kamaytiradi.
To‘rtinchidan, barqaror urbanizatsiya modeliga o‘tish zarur. Bu ekologik
xavfsizlikni ta’minlash, yashil infratuzilma (parklar, biozonalar) tashkil etish
orqali amalga oshiriladi.
Beshinchidan, mahalliy boshqaruvni kuchaytirish lozim. Tuman va shahar
hokimliklariga urbanizatsiya siyosatini mustaqil ishlab chiqish va joriy etish
vakolati berilishi bu jarayonni tezlashtiradi.
Shuningdek, urbanizatsiyani sektoral darajada emas, balki kompleks va
integratsiyalashgan yondashuv asosida boshqarish muhimdir. Bu esa nafaqat
turmush darajasini yaxshilash, balki ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy
samaradorlikka ham xizmat qiladi.
Urbanizatsiya to‘xtatib bo‘lmaydigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. Uni boshqarish
esa zamonaviy davlat siyosatining ajralmas qismidir. O‘zbekiston hududlarida,
xususan, Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya muayyan ijobiy o‘zgarishlarga
olib kelayotgan bo‘lsa-da, uni boshqarishda tizimlilik va strategik yondashuv
yetishmasligi muammolarga sabab bo‘lmoqda. Mavjud resurslardan oqilona
foydalanish, raqamli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan rejalashtirish,
infratuzilmaviy investitsiyalarni maqsadli yo‘naltirish orqali urbanizatsiyani
ijtimoiy va ekologik barqaror rivojlanish omiliga aylantirish mumkin. Shu bois
urbanizatsiyani boshqarish masalasi davlat va mahalliy darajadagi siyosat
yuritishda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Гидденс Э. Социология. - Тошкент: Шарқ. 2002.
2.
Дюркгейм Э. Социология. Ее предмет, метод, предназначение. -
Москва: Терра, 2008.
3.
Вебер М. Город. - Москва: Стрелка Пресс, 2017.
4.
Лефевр А. Право на город // Экономическая социология. - 2023. - Т.
24. - №1. - С. 55-71.
5.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
6.
Qurbanov P.R. O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishining
asosiy bosqichlari // FarDU ilmiy xabarlari. - 2023. - №3. - B. 150.
7.
Saidov Q.B. Shahar urbanizatsiyasi va uning ijtimoiy-madaniy
rivojlanishga ta’siri. - Buxoro, 2023.
8.
Shodmanova S.B. O‘zbekiston shaharlarida transformatsiya jarayonlari
(1917–1941). - Toshkent, 2015.
9.
Xalqaro urbanizatsiya statistikasi. - BMT Habitat hisobotlari, 2020-2024.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi
11.
“2022-2026 yillarda urbanizatsiyani jadallashtirish konsepsiyasi”
to‘g‘risidagi farmoni..