ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
26
IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI
OSHIRISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Xudoyberdiyev Shuhrat Ramazonovich
Xalqaro innovatsion universiteti
“Magistratura” bo‘limi boshlig‘i
Email: shuhratxudoyberdiyev76@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15826513
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash,
ularda intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish jarayonining psixologik
jihatlari yoritilgan.
Shuningdek, maqolada iqtidorli bolalarning iqtidor va iste’dodlarni erta
aniqlay olish yo‘llari, ular bilan ishlash samaradorligini oshirish mexanizmlari va
takomillashtirish masalalari bayon etilgan.
Аннотация
В статье рассматриваются психологические аспекты работы с
одаренными учащимися в образовательном процессе, развитие их
интеллектуального и творческого потенциала.
В статье также описываются способы раннего выявления талантов и
способностей одаренных детей, механизмы повышения эффективности
работы с ними, вопросы совершенствования.
Kalit so‘zlar:
iqtidor, intellekt, aqliy rivojlanishi, o‘zligini anglashi, iste’dod,
qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual ijodiy salohiyat, iqtidorli o‘quvchilar,
individual yondashuv, ta’lim sifati, motivatsiya o‘quv faolligi.
Ключевые слова:
талант, интеллект, умственное развитие,
самосознание, одаренность, проявление способностей, интеллектуальный
творческий потенциал, одаренные учащиеся, индивидуальный подход,
качество образования, мотивация, учебная деятельность.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez
sur’atda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarda ta’lim-tarbiya
sifatini mazmunan yangi bosqichga ko’tarishni talab etmoqda. Bu esa yoshlar
bilan olib borilayotgan ishlar ta’sirchanligini oshishiga xizmat qiladi.
O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli
o‘tkazish, muammolariga mas’uliyat bilan yondashish iqtidorli bolalar orqali
komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish bugungi kun talabiga aylanmoqda.
Hozigi kunda bolalar intellektini rivojlantirish muhim masalalardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan e’tibor va
iqtidorli, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari davlat siyosatining
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
asosiy omillaridan biridir. Mamlakat kelajagi bo‘lmish yosh avlodning tarbiyasini
eng asosiy vazifalarimiz ekanligini yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev aytganidek,
“Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan muhim masala – bu yoshlarimizning odob
axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun
zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq his
etadigan, kim – yoshlar. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan
da’vatning doimo aks sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga
nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va tarbiya hisobidan” deb
ta`kidlaydi [1].
Iqtidor
- bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi
sifati bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada
yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi. Ushbu
tavsifdan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtidor asosida
umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini belgilaydigan, tabiat
tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda (masalan, ta’lim, ijodiy,
kasbiy, ilmiy) muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar
yotadi.
Umumiy qobiliyat
egalari
yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lib,
muammoning yoki biron-bir masalaning yesimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy
yondashishi bilan ajralib turadi.
Maxsus qobiliyat egalari
esa - biron-bir aniq (masalan, matematika,
musiqa, rasm chizish, shaxmat o‘ynash, sport) faoliyat turiga qobiliyati bo‘lgan
va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radilar.
Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam
etgan bolalardir [2]. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib
turadilar:
- qiziquvchanligi;
- doimo turli savollarga javob ahtarishligi;
- nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;
-tafakkurning unumdorliligi;
Psixologik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrlarini
inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar - maktabgacha
va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida
ko‘rilishi va rivojlanishi mumkin. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay
darajada namoyon bo‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak. Shuning uchun biz
bolalardagi qobiliyatni, iqtidor va iste`dodlarni erta aniqlay olishimiz va bola
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
rivojlanishidagi ontogenetik va biologik o‘zgarish qonuniyatlarini bilishimiz
lozim.
Rivojlanish jarayonining har bir o’tish davri quyidagicha uch qonuniy
almashuvlar asosida kechadi:
Faoliyat olib borayotgan mazkur tipning o’z kuchini maksimal darajada
sarflashi va eng yuqori darajaga ko’tarilishi.
Faoliyatning to’yinishi va uning boshqa jihatlarining (ashyoviy va
kommunikativ) faollashuvi.
Har bir rivojlanishdagi davrdagi bolaga to‘gri tarbiya berish shaxsdagi
umumiy va maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Har qanday bolada ma`lum qobiliyat va iste`dod bo‘ladi. Kimdir og‘zaki
tushunish, kimdir ijodiy va kimdir hisob kitobda, kimdir kashfiyotchilik
qobiliyati va hokazo.
Iqtidorli yoshlar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin
egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Ular
maqsadga intilish, qat’iyatlilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari, hamda
ijodiy faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bilan ajralib turadi. Shunday ekan,
iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning qobiliyatini ro‘yobga
chiqarishda ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyosdir. Oʻzbekistonda taʻlim
sohasida iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash xususiyatlari
boʻyicha bir qancha pedagog olimlarimiz tomonidan tadqiqot ishlari olib
borilgan. Jumladan, Z. Narimbetova, iqtidorli bolalarni o`qitishda, asosan,
o`qituvchi mahoratiga e‘tibor qaratish asosiy omil ekanligi, shuningdek.
iste‘dodli bolalarning iqtidorini kashf etish uchun zamonga mos usul va
metodikalar zarurligi va bunga o`qituvchi shaxsi mas‘ul ekanligini
ta‘kidlaydi. O. Rajabov ta`lim jarayonida iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash
dasturlarining afzalliklarini tadqiq etgan. Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilar
uchun maxsus dasturlarning yaratilish tarixi, nazariyasi va tajribalari bayon
etilgan. Shuningdek, X. Beknazarova tadqiqotlarida iqtidorli yoshlar
ta‘limini differensial ta‘limning asosiy yo`nalishi sifatida o`rganilgan [3]. U
iqdidorli bolalar bilan ishlashda jahon tajribalari, dastur va loyihalarini
tadqiq etgan. Jumladan, AQSH, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarning
tashkilot va tadqiqotlarini tahlil qilib, afzal tomonlarini ko`rsatib bergan.
Iqtidorli bolalar bilan ishlashning pedagogik-psixologik usullari haqida esa
D. Isabayeva tadqiqot olib borgan. Bu ilmiy ishda iqtidorni erta yoshdan
aniqlash, bunga ota-ona, jamiyat, pedagoglar e‘tibor qaratishi lozimligi aytilgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
Iqtidorli bolalar bilan ishlashda psixologlar iqtidorning tuzilishini
belgilaydigan asosiy omillarni bilishlari lozim. Bular quyidagilar:
umumiy intellektual yoki aqliy qobiliyatlarning yuqori darajasi;
bilish motivining dominantligi - boshqa motiv turlaridan ustunligi;
yangi predmetlar, vazifalar, voqea-hodisalarga duch kelganda, muammoni
qo‘yilishi va yechimini topishda ijodiy faollikning namoyon bo‘lishi.
Talim muassalarida iqtidorli bolalar bilan ishlashda quyidagilarga e`tibor
beriladi:
Iqtidorli talabalarni aniqlab ular bilan uzluksiz ishlash;
Iqtidorli o‘quvchi shaxsini psixologik rivojlantirish;
Iqtidorli talabalarni ilmiy anjumanlarga jalb qilish.
Demak, davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan yoshlarning
intellektual potensiali bilan belgilanar ekan, yoshlarining ilmiy potensiali yuqori
darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi. Shuning
uchun mamlakatimiz rahbariyati ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta
e’tibor qaratayapti. Shunga ko‘ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat
siyosati darajasidaga ko‘tarilmoqda. Alohida iqtidorga ega yoshlarni aniqlab,
ularga ko‘plab imtiyozlar yaratib berilmoqda. Buni biz birgina oliy ta’lim
muassasalarida iqtidorli talabalarga beriladigan imtiyozlar misolida aytsak ham
bo‘ladi. Masalak, iqtidorli talabalarni rag’batlantirish universitetning
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi:
- stipendiyasiga qo’shimcha bitta oddiy stipendiya belgilanadi;
- universitet stipendiyasiga tavsiya qilinadilar;
- universitet kutubxonasi va internetdan imtiyozli ravishda foydalanishga
ruxsat beriladi;
- yozda universitet lageriga va profilaktoriyasiga yo’llanmalar beriladi.
Iqtidorli bolalarni o`qitishdagi tajribalar shuni ko`rsatadiki, iste‘dodlilarga
ta‘lim alohida yondashuv va usullarni talab qiladi. Jahon amaliyotida iqtidorni
ko`ra olish, iqtidorni erta aniqlash va to`g`ri yo`naltirish, ta‘lim imkoniyatlarini
talab darajasida oshirish orqali iqtidorni rivojlantirishga erishish masalalari
yoritilgan. Shu bilan birgalikda, boshlang`ich ta‘limdagi mavjud muammolar
o`rganilgan. Respublikamizdagi tajribalar esa, asosan, iqtidorli bolalar bilan
ishlash usullarini takomillashtirish, eng samarali ta‘lim texnologiyalarini tatbiq
etish zaruratini ilgari suradi. Demak, Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashda yagona, an’anaviy
yondashuvlar samarasiz bo‘lib, differensial, individual va shaxsga yo‘naltirilgan
pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etish muhim ahamiyat kasb
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
etadi. Iqtidorli o‘quvchilar uchun murakkab, ijodiy va tanqidiy fikrlashni
rivojlantiruvchi topshiriqlar, mustaqil loyihalar, izlanish ishlari zarur bo‘lsa,
bo‘sh o‘zlashtiruvchilar uchun bosqichma-bosqich tushuntirish, rag‘batlantirish,
ko‘rgazmali vositalardan foydalanish, sabrli va qo‘llab-quvvatlovchi muhit
yaratish muhim hisoblanadi [4]. Shuningdek, sinfda ta’lim sifatini oshirish uchun
o‘qituvchi yuqori darajadagi kasbiy kompetensiyaga, didaktik savodxonlikka,
zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, iqtidorli yoshlarni tarbiyalashda biz oila,
mahalla va talim muassasi o‘ratsida hamkorlik, yoshlarda maqsadli va ongli
bilim olishni shakllantirishga, ta`lim tarbiya jarayonida intellektual salohiyatini
rag‘batlantirishga e`tibor berishimiz maqsadga muvofiqdir
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston” – 2017. 157-158-betlar.
2. Narimbetova Z.A. Maktabda iqtidorli bolalar bilan ishlash xususiyatlari.
Экономика и социум, no. 4-2 (83), 2021, pp. 920-923.
3. Tursoatov A. E. O‘quvchi-yoshlarni sinfdan tashqarida o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish yo‘llari. TDPU xabarlari, 2020 yil
1(9), 121-123.
4. Sharipov Sh.S. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning pedagogik
sharoitlari (mehnat va kasb ta’limi fakulteti misolida).: Ped. fan. nom. ... diss. - T.:
2000.