ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
BADIIY MATNLAR ORQALI ONA TILI VA CHET TILINI
O‘RGATISHDA O‘QISH TEXNIKASINING AHAMIYATI
Muminova Surayyo Haitmaxmatovna
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 20-umumta‘lim
maktabining ona tili va adabiyot fani oliy toifali o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15854502
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari til ta’limida o‘qish
texnikasining shakllanishi va uning ona tili hamda chet tilini egallashdagi o‘rni
tahlil etilgan. Ayniqsa, badiiy matnlar orqali til o‘rganishni integratsiyalashgan
tarzda yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarni estetik did, so‘z boyligi va nutqiy faoliyatga
yo‘naltirish muhimligi yoritilgan. Maqolada nazariy asoslar bilan bir qatorda
metodik tavsiyalar ham keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘qish texnikasi, badiiy matn, boshlang‘ich ta’lim, ona tili, chet
tili, integratsiyalashgan yondashuv.
Аннотация
В данной статье рассмотрено формирование техники чтения у
учащихся начальных классов и её роль в овладении родным и
иностранным языками. Особое внимание уделено интегрированному
подходу к обучению языкам посредством художественных текстов,
значению развития эстетического вкуса, словарного запаса и речевой
активности учащихся. В статье представлены как теоретические основы,
так и методические рекомендации по данной теме.
Ключевые слова:
техника чтения, художественный текст, начальное
образование, родной язык, иностранный язык, интегрированный подход.
Abstract
This article examines the development of reading techniques among
primary school students and its significance in mastering both the native and
foreign languages. Special attention is given to the integrated approach to
language instruction through literary texts, emphasizing the importance of
developing students’ aesthetic taste, vocabulary, and speech activity. The article
provides both theoretical foundations and methodological recommendations on
the subject.
Keywords:
reading technique, literary text, primary education, native
language, foreign language, integrated approach.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va sifatini oshirish
borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim
bosqichida o‘quvchilarning o‘qish texnikasini shakllantirish, ona tili va chet tilini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
119
o‘zlashtirish jarayoniga badiiy matnlarni samarali tatbiq etish muhim metodik
yondashuvlardan biri sifatida qaralmoqda. So‘nggi yillarda bu borada bir qator
muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Avvalo, 2020-yil 6-noyabrdagi PF–
6108-sonli Prezident farmoniga asosan, o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi va
boshlang‘ich ta’limda “Ona tili” va “O‘qish” fanlari birlashtirilib, yagona “Ona tili
va o‘qish savodxonligi” fani joriy etildi. Bu o‘zgarishlar natijasida o‘quvchilar
matn bilan ishlash, ravon va tushunib o‘qish, badiiy adabiyot orqali tilni his
qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek,
2021-yil 19-mayda qabul qilingan PQ–5117-sonli qaror “Xorijiy tillarni
o‘rganishni ommalashtirish”ga qaratilgan bo‘lib, maktablarda chet tillarini
o‘rgatish sifatini oshirish, shu jumladan, badiiy matnlar asosida kontekstual
o‘rganishni rivojlantirishni nazarda tutadi. Qarorga muvofiq, yangi darsliklar,
metodik qo‘llanmalar yaratildi hamda o‘qituvchilarning malakasi oshirilmoqda.
Chet tili ta’limi sohasida yana bir muhim hujjat – PF–79-sonli Prezident farmoni
(2023-yil 26-may) bo‘lib, unda yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish, badiiy,
ilmiy-ommabop va informativ matnlarni dars jarayonlariga keng joriy qilish
ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘quvchilarning o‘qish texnikasi, matnni tahlil qilish,
fikrni izchil ifodalash kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2020-yil
20-oktabrda qabul qilingan PF–6084-sonli farmon asosida “O‘zbek tilini 2020–
2030 yillarda rivojlantirish va davlat tili sifatida maqomini mustahkamlash”
konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu hujjatda ona tilida ta’lim sifatini oshirish,
o‘qitish metodikalarini yangilash, darsliklarni badiiy va ma’naviy mazmun bilan
boyitish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Bundan tashqari, Xorijiy tillar
telekanalining tashkil etilishi (2021-yil) ham farmonlarga asoslanib amalga
oshirildi. Mazkur kanal orqali yosh avlod uchun badiiy matnlar asosida
interaktiv va qiziqarli darslar namoyish etilmoqda. Bu esa chet tilini darsdan
tashqari vaqtda ham o‘rganishga imkon yaratmoqda.
Yuqoridagi
farmon
va
qarorlar
natijasida
ta’lim
jarayoniga
integratsiyalashgan yondashuvlar joriy etildi. Badiiy matnlar orqali o‘qish,
tinglab tushunish, fikr bildirish va izohlash kabi ko‘nikmalar ikki tilda ham
birgalikda shakllantirilmoqda. Natijada, o‘quvchilar tilni faqat grammatik
qoidalar asosida emas, balki matn asosida kontekstda o‘rganishga o‘rganmoqda.
XXI asrda raqobatbardosh shaxsni shakllantirishda til kompetensiyasi hal
qiluvchi o‘ringa ega. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tilga oid
bilimlar tizimli va ongli ravishda berilishi kerak. Ona tilini puxta o‘zlashtirish
bilan bir qatorda, chet tilini o‘rgatish bugungi ta’lim siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, o‘qish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
120
texnikasi hamda badiiy matnlar vositasida til o‘rgatish bu nafaqat o‘quvchilarda
til bilimlarini shakllantirish, balki ular tafakkuri, tasavvuri va estetik didini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi kuchli vositadir.
Bu borada o‘qish texnikasi tushunchasi va uning asosiy komponentlariga
to‘xtalib o‘tsak, o‘qish texnikasi – bu matnni to‘g‘ri, ravon, tez va mazmunli
o‘qish ko‘nikmasidir. Bu ko‘nikma quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Texnik daraja (o‘qish tezligi, aniqligi);
Fonetik va intonatsion ifodalilik;
So‘z boyligining faolligi;
O‘qilgan matnni tushunish va tahlil qilish.
O‘qish texnikasi erta bosqichdanoq shakllanishi kerak, chunki bu ko‘nikma
ona tilini o‘zlashtirishda poydevor vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga, chet tilini
o‘rganish uchun ham bu ko‘nikma asosiy omil hisoblanadi, chunki o‘qish orqali
tilni idrok qilish, eshitish va talaffuz jarayonlari shakllanadi. Badiiy adabiyot esa
bu tilni o‘rgatish va rivojlantirishdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Chunki matn obrazli, jonli va tushunarli bo‘lib, o‘quvchini o‘ziga jalb etadi; har
bir qahramon, voqea va tasvir orqali o‘quvchi hayotiy muloqotni anglaydi; badiiy
matnlar o‘quvchida hissiy-estetik munosabatni shakllantiradi hamda so‘z boyligi
va ifoda uslubi ortadi. Badiiy matnlar orqali o‘quvchilar o‘qish texnikasini, so‘z
tushunishini va matnga tahliliy yondashishni o‘zlashtiradilar. Bu ayniqsa, chet
tilini o‘rgatishda juda foydalidir, chunki kontekstual o‘rganish orqali yangi
so‘zlar tezroq yodda qoladi. Bugungi ta’lim amaliyotida ona tili va chet tilini
integratsiyalashgan tarzda o‘rgatish samarali natijalar bermoqda. Masalan,
o‘zbekcha ertak (“Zumrad va Qimmat”) bilan inglizcha ertak (“The Gingerbread
Man”)ni tematik jihatdan solishtirish, ularning qahramonlari, mavzusi, xulosa va
saboqlari orqali tahlil qilish orqali o‘quvchi ikkala tilda ham faol fikrlashga
o‘rganadi. Bu usul orqali tarjima va so‘z boyligini oshiradi, o‘quvchilarda
taqqoslash asosida fikr yuritish ko‘nikmasini shakllantiradi va har ikkala tilda
ifoda qilish malakasini rivojlantiradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda badiiy matnlar orqali ona tili va chet tilini
o‘rgatishda o‘qish texnikasini shakllantirish va rivojlantirish borasida muhim
islohotlar amalga oshirilmoqda. Qabul qilingan farmon va qarorlar asosida
yaratilayotgan yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar va
innovatsion platformalar orqali o‘quvchilarda ikki va undan ortiq tilda erkin
o‘qish, tushunish va fikr bildirish ko‘nikmalari rivojlanmoqda. Bu esa ularni
zamonaviy bilimli, fikrlovchi, tafakkuri keng shaxs sifatida shakllanishiga xizmat
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
121
qilmoqda. O‘qish texnikasi va badiiy matnlar orqali til o‘rgatish bugungi
boshlang‘ich ta’limda muhim metodik vosita hisoblanadi. Ona tilida shakllangan
o‘qish texnikasi o‘quvchining chet tilini ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirishiga
xizmat qiladi. Badiiy matnlar esa til o‘rganishni qiziqarli, mazmunli va tabiiy
jarayonga aylantiradi. Ular orqali nafaqat tilda, balki tafakkur, axloq va nutqda
ham yuksalish kuzatiladi. Shu bois, zamonaviy ta’limda bu ikki yo‘nalishni
birlashtirgan darslar ko‘proq joriy qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim konsepsiyasi. – Toshkent: 2019.
2.
G‘afurov M. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishda o‘qish
texnikasi.” – Toshkent: TDPU, 2020.
3.
Nation, P. (2009). Teaching ESL/EFL Reading and Writing. Routledge.
4.
Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society. Harvard University Press.
5.
Cummins, J. (2000). Language, Power and Pedagogy. Multilingual Matters.