ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
25
O‘QUV VAZIYATLARI ASOSIDA “XIX ASR OXIRI XX ASR
BOSHLARIDA TURKISTONDA MAORIF” MAVZUSINING O‘TILISHI
Vohidov Sardorbek Bahodir o‘g‘li
Andijon davlat pedagogika instituti stajyor – tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15957109
Annotatsiya:
Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
Turkistonda shakllangan maorif tizimi va uning tarixiy-evolyutsion rivojlanishi
o‘quv vaziyatlar asosida o‘rganish texnologiyasi nuqtayi nazaridan tahlil
qilingan. Tadqiqotda mazkur tarixiy davrda maktab, madrasa, jadidchilik
harakati va yangi usul maktablarining joriy etilishi, shuningdek, rus-tuzem
maktablarining paydo bo‘lishi kabi ijtimoiy-ma’rifiy jarayonlarni talabalarning
faol ishtirokini ta’minlovchi interaktiv metodlar asosida o‘rgatishning nazariy va
amaliy asoslari ko‘rsatib berilgan. O‘quv vaziyatlari asosida o‘rgatish
texnologiyasi orqali talabalarda tanqidiy va tarixiy fikrlash, sabab-oqibat
aloqalarini tahlil qilish, tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish va baholash kabi
kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqola mazmuni
tarix fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali
foydalanish, ayniqsa “Turkistonda maorif” kabi dolzarb tarixiy mavzularni
chuqur anglashda o‘quv vaziyatlarining didaktik ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so‘zlar
:Turkistonda maorif, jadid maktablari, rus-tuzem maktablari,
o‘quv
vaziyatlari,
tarixiy-pedagogik
jarayon,
interaktiv
metodlar,
kompetensiyaviy yondashuv, tanqidiy fikrlash, pedagogik texnologiyalar.
Аннотация:
В данной статье проанализирована система образования,
сформировавшаяся в Туркестане в конце XIX – начале XX века, с точки
зрения технологии обучения на основе учебных ситуаций. В исследовании
раскрыты теоретические и практические основы преподавания таких
социально-просветительских процессов, как деятельность традиционных
школ и медресе, движение джадидов, внедрение новых методов обучения,
а также появление русско-туземных школ, с применением интерактивных
методов, обеспечивающих активное участие студентов. Технология
обучения на основе учебных ситуаций позволяет формировать у
студентов компетенции критического и исторического мышления,
анализа причинно-следственных связей, самостоятельного изучения и
оценки исторических источников. Содержание статьи демонстрирует
дидактическую значимость учебных ситуаций в процессе преподавания
истории, особенно при глубоком осмыслении таких актуальных тем, как
«Образование в Туркестане».
Ключевые слова:
образование в Туркестане, джадидские школы,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
26
русско-туземные школы, учебные ситуации, историко-педагогический
процесс, интерактивные методы, компетентностный подход, критическое
мышление, педагогические технологии.
Annotation:
This article analyzes the education system that emerged in
Turkestan during the late 19th and early 20th centuries from the perspective of
instructional technology based on learning situations. The study explores the
theoretical and practical foundations of teaching key socio-educational
developments of the period—such as traditional schools and madrasahs, the
Jadid movement, the introduction of new-method schools, and the emergence of
Russian-native schools—using interactive methods that ensure active student
engagement. The learning situation-based approach facilitates the development
of student competencies such as critical and historical thinking, the analysis of
cause-and-effect relationships, and the independent study and evaluation of
historical sources. The content of the article reveals the didactic significance of
learning situations in teaching history, particularly in enabling a deeper
understanding of pressing historical topics such as “Education in Turkestan.”
Keywords:
Education in Turkestan, Jadid schools, Russian-native schools,
learning situations, historical-pedagogical process, interactive methods,
competency-based approach, critical thinking, pedagogical technologies.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida tarixiy bilimlarni samarali o‘rgatish,
ayniqsa, talabalarda tarixiy tafakkur va tahliliy yondashuvni shakllantirish
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Shu nuqtayi
nazardan, o‘quv vaziyatlari asosida dars tashkil etish - talabalarning bilishga
qiziqishini kuchaytirish, tarixiy hodisalarni chuqur anglash va ularni real hayotiy
holatlar bilan bog‘lash imkonini beradi. Yurtboshimiz takidlaganlaridek "Milliy
tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri
bo‘lmaydi."
1
ushbu fikrlardan ko’rishimiz mumkinki O’zbekiston tarixi darslarini
o’qitilishida milliy tarixiy tamoyilga asoslanishimiz zarur hisoblanadi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda yuz bergan ma’rifiy harakatlar,
xususan jadidchilik oqimi, yangi usul maktablarining ochilishi, rus-tuzem
maktablari faoliyati, diniy va dunyoviy ta’lim tizimlarining o‘zaro munosabati
mazkur davrning tarixiy-pedagogik mohiyatini belgilab bergan muhim
omillardir. Mazkur davrni o‘rganish nafaqat tarixiy bilimlarni egallash, balki
talabalarda tanqidiy fikrlash, ijtimoiy jarayonlarga faol munosabat bildirish
ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Aynan shu tarixiy davrni talabalarga o‘quv
1
Sh.Mirziyoyev. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi 19.01.2021-yil
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
vaziyatlar asosida o‘rgatish texnologiyasining samaradorligi, uning mazmuni,
bosqichlari va pedagogik afzalliklari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish
zarur sanaladi. Bundan tashqari tarix fanini o‘qitishda o’quv vaziyatlar orqali
talabalarning mustaqil fikrlash va tarixiy faktlarni baholashga oid
kompetensiyalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kerak.
Mavzuning dolzarbligi:
Tarixiy jarayonlarni chuqur o‘rganish bugungi kun talabi hisoblanadi.
Ayniqsa, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda yuz bergan ijtimoiy-
ma’naviy o‘zgarishlar, maorif sohasidagi yangilanishlar, jadidchilik harakati va
yangi turdagi maktablarning paydo bo‘lishi milliy uyg‘onish g‘oyalarining
shakllanishiga kuchli turtki bo‘lgan. Bu tarixiy bosqich nafaqat o‘z davrida balki
bugungi ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar uchun ham katta amaliy ahamiyatga ega.
Mazkur davrni chuqur o‘rganish orqali talabalar tarixiy tafakkur, ijtimoiy
mas’uliyat, madaniy merosga hurmat kabi qadriyatlarni anglaydi. Bu jarayonda
o‘quv vaziyatlar asosida o‘rgatish texnologiyasidan foydalanish — yosh
avlodning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, tarixiy hodisalarni
zamonaviy hayot bilan bog‘lash, mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirishda
muhim o‘rin tutadi.
Mavzu bo’yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha taxlili
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maorif tizimida yuz bergan
tub o‘zgarishlar, ayniqsa, jadidchilik harakatining ma’rifiy faoliyati, rus-tuzem
maktablari va yangi usul maktablarining paydo bo‘lishi ko‘plab tarixchi va
pedagog olimlarning ilmiy tadqiqotlarida keng yoritilgan.
O‘zbekistonda bu boradagi Z.Muxammadjonov
2
u o‘zining ilmiy
izlanishlarida jadidchilik harakatining tarixiy-pedagogik asoslarini yoritib
bergan va Turkiston musulmonlari o‘rtasida savodxonlik darajasining oshishida
bu harakatning o‘rnini tahlil qilgan. T. Toshmuhamedov
3
Turkiston o‘lkasida
rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi va ularning ijtimoiy-ma’rifiy ta’siri
haqida tarixiy faktlar va arxiv hujjatlari asosida tahliliy ma’lumotlar berganlar.
Bundan tashqari M.Abdullaeva
4
, S.B.Vohidov
5
, M.Yusupova
6
kabi olimlar ham bu
borada o’zlarinin fikrlarini bildirib o’tishgan.
Metodologiya
2
Muxammadjonov, Z.
O‘zbekiston maorifi tarixidan ma’lumotlar
. – T.: O‘qituvchi, 1993. – 208 b.
3
Toshmuhamedov, T.
Jadidchilik harakati va uning ijtimoiy-siyosiy asoslari
. – T.: Fan, 2000. – 250 b.
4
Abdullaeva, M. Sh.
Tarix darslarida interaktiv metodlardan foydalanish asoslari
. – T.: TDPU, 2019. – 122 b
5
Vohidov.S.B.
Talabalarning ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlar asosida rivojlantirishning Pedagogik zaruryati. Muammo
va yechimlar. ADPI Ilmiy xabarnomasi №2/2025. 277-280-b
6
Yusupova, M. O‘zbekiston tarixini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish //
Pedagogik mahorat
. – 2021. – №2.
– B. 42–45.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
Ushbu maqolaning metodologik asosini tarixiy-pedagogik tahlil, tizimli
yondashuv va kompetensiyaviy yondashuv tashkil etadi. Tadqiqotda
o‘rganilayotgan davr XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkiston maorifi
rivoji - tarixiy-huquqiy, madaniy va ijtimoiy-ma’rifiy omillar kontekstida tahlil
qilindi.
Natija va Mulohazalar:
O‘quv vaziyatlari asosida darsni tashkil qilish jarayoni talabalarning ilmiy
qobiliyatlarini oshirish, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayon zamonaviy metodik
ta’minot va o‘qitish usullari bilan qo‘llab-quvvatlanadi. XIX asr oxiri va XX asr
boshlarida Turkiston o‘lkasida ta’lim tizimi keskin ijtimoiy o‘zgarishlarga yuz
berdi. Bu davrda maorif sohasi uch asosiy yo‘nalishda rivojlandi:
An’anaviy madrasalar asosan diniy ilmlar va arab tilida tahsil berar edi.
Unda formallashgan, yodlashga asoslangan metod ustuvor edi. XIX asr oxirlariga
kelib, bu tizim jamiyat ehtiyojlariga javob bermay qola boshladi.
Jadidchilik harakati vakillari - Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori
Abdurashidxonov, Ismoil Gasprinskiy - yangi usul maktablar orqali dunyoviy
fanlarni o‘qitish, ona tilida dars yuritish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish g‘oyasini
ilgari surdi. Bu maktablarda yangi o‘qitish metodlari, darsliklar, o‘qituvchilar
tayyorlash tizimi shakllandi.
Rus-tuzem maktablari esa Rossiya imperiyasi tomonidan tashkil etilgan
bo‘lib, ular orqali mahalliy xalq orasida rus tilini o‘rgatish, Rossiya madaniyatini
singdirish maqsad qilingan. Bu maktablar ikki tilli, ikki madaniyatli muhit
yaratdi.
Yuqoridagi mavzusini o‘rganishda holatli (situatsion) o‘qitish formati aynan
shu davrning murakkab mafkuraviy-siyosiy sharoitlarini talabalarga
konstruktiv, faol ishtirok asosida yetkazish imkonini beradi. O‘quv vaziyati
formatining asosiy pedagogik yutug‘i – o‘rganilayotgan tarixiy voqealarni talaba
ongida “jonlantirish”, ya’ni uni shunchaki kuzatuvchi emas, balki ichki
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
ishtirokchi sifatida jalb qilish imkonidir. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida
Turkiston hududida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar taʼlim tizimining
shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Aynan shu davrda eskicha maktab va
madrasalar bilan bir qatorda yangi usul (usuli jadid) maktablari ham paydo bo‘la
boshladi. Jadidchilik harakati taʼsiri ostida maorif islohoti masalalari dolzarb
ahamiyat kasb etib, taʼlim-tarbiyaga zamonaviylik ruhi singdirildi. Bu esa
O‘zbekiston tarixining muhim boblaridan biri sifatida o‘quvchilarda mustaqil
fikrlash, tanqidiy yondashuv va tarixiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur davrda maktablar sonining ortishi, bosmaxonalarning ochilishi, matbuot
organlari orqali ilm-maʼrifatning keng yoyilishi, ayollar taʼlimining asta-sekin
yo‘lga qo‘yilishi, milliy ziyolilarning maʼrifatparvarlik faoliyati kabi masalalar
mavzuning dolzarbligini oshiradi. Ushbu tarixiy jarayonlarni o‘quvchilarga
o‘rgatish esa o‘qituvchidan zamonaviy yondashuv va metodologik yangiliklarni
talab qiladi.
Mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi o‘quv vaziyatlari tashkil etilishi mumkin:
1-o‘quv vaziyati: Jadidlar va ulamolar o‘rtasidagi ziddiyat
1900-yilda Buxoroda bir guruh jadid ziyolilar yangi usuldagi maktab
ochishni rejalashtirdi. Ular zamonaviy fanlarni (matematika, geografiya, tabiiy
fanlar) o‘rgatish zarur deb hisoblardi. Ammo diniy ulamolar bunga qarshi chiqdi
va bu maktablar diniy qadriyatlarga zid, deb hisobladilar.
Topshiriq:
Talabalar ikki guruhga bo‘linadi: biri jadidlar, biri esa konservativ ulamolar
rolini bajaradi. Bahs-munozara orqali har bir tomon o‘z pozitsiyasini tarixiy
dalillar bilan asoslaydi.
Metodik asos:
Bu o‘quv vaziyati orqali talabalar ijtimoiy-siyosiy tafakkurga
ega bo‘ladi, tarixiy pozitsiyalarni tahlil qilishni o‘rganadi. Shuningdek, tanqidiy
fikrlash va muloqot kompetensiyalari rivojlanadi.
2-o‘quv vaziyati: Rus-tuzem maktablarining ijobiy va salbiy jihatlari
Rossiya imperiyasi siyosati asosida Turkiston o‘lkasida rus-tuzem maktablari
ochildi. Bu maktablarda o‘zbek bolalari rus tilida o‘qitildi, Rossiya tarixi
o‘rgatildi. Bu orqali imperiya o‘z mafkurasini singdirmoqchi edi.
Topshiriq:
Talabalar ushbu siyosatning foydali va salbiy jihatlarini aniqlaydi. Venn
diagrammasi orqali bu maktablarning ijtimoiy va madaniy ta’siri tahlil qilinadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
Talabalar tarixiy jarayonlarga ko‘p tomonlama yondashadi, siyosiy anglash
kompetensiyalari rivojlanadi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda yuz bergan maorif sohasidagi
islohotlar, an’anaviy ta’lim shakllari bilan zamonaviy yondashuvlar o‘rtasidagi
ziddiyatlar tarixiy taraqqiyotning murakkab, ammo muhim bosqichini tashkil
etadi. Mazkur davrni o‘rganish nafaqat tarixiy faktlarni anglash, balki bu
voqealarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy oqibatlarini tahlil qilish orqali
zamonaviy pedagogik jarayonlarga asosli yondashuv shakllantirish imkonini
beradi. aniqlanishicha, o‘quv vaziyatlari asosida mazkur mavzuni o‘qitish
talabalarning mustaqil fikrlashi, tarixiy tafakkuri va tanqidiy yondashuvini
rivojlantirishda samarali metodik vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘quv vaziyatlari
orqali talabalarda tarixiy jarayonlarga nisbatan o‘z munosabatini shakllantirish,
tarixiy manbalarni tahlil qilish, muammoli holatlarda yechim topish
ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Bundan tashqari, o‘quv vaziyatlarining
interaktiv va kompetensiyaviy yondashuv bilan uyg‘unlashuvi, zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan boyitilishi o‘quv
jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
metodika tarix fani bo‘yicha nafaqat bilim, balki qadriyat, pozitsiya va ijtimoiy
ongni shakllantirish vositasi sifatida talqin etilishi mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.Mirziyoyev. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish,
bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish
masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi 19.01.2021-yil
2.
Muxammadjonov, Z. O‘zbekiston maorifi tarixidan ma’lumotlar. – T.:
O‘qituvchi, 1993. – 208 b.
3.
Toshmuhamedov, T. Jadidchilik harakati va uning ijtimoiy-siyosiy asoslari.
– T.: Fan, 2000. – 250 b.
4.
Abdullaeva, M. Sh. Tarix darslarida interaktiv metodlardan foydalanish
asoslari. – T.: TDPU, 2019. – 122 b
5.
Vohidov.S.B. Talabalarning ilmiy bilimlarini o‘quv vaziyatlar asosida
rivojlantirishning Pedagogik zaruryati. Muammo va yechimlar. ADPI Ilmiy
xabarnomasi №2/2025. 277-280-b
6.
История Узбекистана. Том III. – Ташкент: Шарқ, 2000.
7.
Yusupova, M. O‘zbekiston tarixini o‘qitishda interfaol metodlardan
foydalanish // Pedagogik mahorat. – 2021. – №2. – B. 42–45.