ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
172
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA FONETIK- FONEMATIK
NUTQ BUZULISHLARINING O‘ZIGA XOSLIGI
Usmanxodjayeva Nargiza Adilbekovna
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Logopediya yo‘nalishi MSPD-2U talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15879521
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalarda nutqning fonetik-fonematik
rivojlanishidagi nuqsonlar, ularning sabablari, namoyon bo‘lish shakllari va
ta’sir doiralari atroflicha yoritilgan. Ayniqsa, fonematik eshituv va idrokning
yetarli shakllanmaganligi natijasida yuzaga keluvchi talaffuz xatolari,
tovushlarni almashtirish, tushirib yuborish kabi muammolar tahlil qilingan.
Mazkur nuqsonlarning o‘qish va yozuvdagi salbiy ta’siri, shuningdek, logopedik
yordamning ahamiyati, metodlari va korreksion ishlarining asosiy yo‘nalishlari
bayon etilgan. Maqola maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar
bilan ishlovchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
fonetik-fonematik rivojlanish, nutq buzilishlari, fonematik
eshituv, talaffuz nuqsonlari, logopedik yordam, tovushlarni idrok qilish, o‘qish
va yozuv muammolari, maktabgacha ta’lim
Аннотация:
В данной статье подробно рассматриваются дефекты
фонетико-фонематического развития речи у детей, их причины, формы
проявления и влияние на учебную деятельность. Особое внимание
уделяется недостаточному развитию фонематического слуха и
восприятия, что приводит к нарушениям произношения, замене и
выпадению звуков. Также освещается влияние данных нарушений на
навыки чтения и письма. Описаны направления логопедической
коррекции, методы и особенности оказания помощи. Статья представляет
практическую ценность для специалистов, работающих с детьми
дошкольного и младшего школьного возраста.
Ключевые слова:
фонетико-фонематическое развитие, речевые
нарушения,
фонематический
слух,
дефекты
произношения,
логопедическая помощь, восприятие звуков, проблемы чтения и письма,
дошкольное образование
Abstract:
This article provides a comprehensive analysis of phonetic-
phonemic speech development disorders in children, exploring their causes,
manifestations, and impact on learning abilities. Special focus is given to the
underdevelopment of phonemic hearing and perception, leading to
pronunciation errors, sound substitutions, and omissions. The article also
examines how such speech issues affect reading and writing skills. Key areas and
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
173
methods of speech therapy intervention are presented. The content is practically
valuable for professionals working with preschool and early school-age children.
Keywords:
phonetic-phonemic development, speech disorders, phonemic
hearing, pronunciation defects, speech therapy support, sound perception,
reading and writing difficulties, preschool education
Nutqning fonetik-fonematik tamondan rivojlanganligi bu tovushlarni
talaffuz etish va idrok qilish jarayonidagi kamchiliklar natijasida bolalarda ona
tilidagi tovushlarni talaffuz qilish shakillarining buzulishidir. Bunday nutq
kamchiligiga nutqning idrok va talaffuz qilish nuqsonlariga asoslangan fonetik-
fonematik tamoning buzulishi birinchi o‘rinda turadi. shu bilan birga bazi
bolalarda leksik-gramatik taraqiyotida yaqol ifodalanmagan orqada qolish
hollari ham kuzatilishi mumkun. Bu toifadagi bolalarga xos xususiyat
artekulyatson yoki akustik belgilarga ko‘ra farq qiladigon tovushlarning
shakillanish jarayoninig tugallanmagan bo‘lishidir. Bu holda bola nutqida
deferentsiyalanmagan tovushlar bo‘lishi tovushlarni almashtirish, nutqda ularni
qo‘llamaslig, ko‘plab tovushlarni buzib talaffuz qilish, shuningdek tovushlarni
eshitishga ko‘ra yetarli farqlamaslik kuzatiladi.
Eng avvalo fonema, fonematik eshituv, fonematik idrok, haqidagi
tushunchalarni aniqlashtirib olish zarur. Fonematik eshituv nutq faoliyatining
bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bola psixologik faoliyatining boshqa turlarini ham
taminlaydi.
Fonematik eshituv
- bu nozik tizimlashtirilgan eshituv bo‘lib u ona tilidagi
fonemalarni tanish va farqlashga imkon beradi. U fizologik eshituvni bir qismi
bo‘lib ularni eshitilayotgan tovush etalonlarini qarshi qo‘yishga va
moslashtirishga yo‘naltirilgan.
Fonemati idrok
- bu fonemalarni farqlash va ajratishga ko‘ra, so‘z
tarkibidagi tovushlarni aniqlash bo‘yicha aqliy faoliyatdir.
Fonematik eshituv
- tanafussiz bo‘ginlar qatorini nazorat qilishni amalga
oshiradi.
Fonetik buzilish
— tovushlarni fiziologik jihatdan noto‘g‘ri talaffuz qilish.
Masalan: “r” harfini “l” deb aytish, yoki undoshlarni tushirib yuborish. Tovushlar
farqini eshitishda yoki tushunishda muammo bo‘lishi, ya’ni o‘xshash tovushlarni
farqlay olmaslik. Masalan: "suv" o‘rniga "shuv" deyish.
Nutqiy eshituv
- fonetik va fonematik eshituvni xamkorlikdagi faoliyati
bo‘lib u nafaqat o‘zgalarni nutqini qabul qiladi va shu bilan birga baxolaydi,
balki o‘z nutqini ham nazorat qiladi. Nutqiy eshituv tallaffuzni shakillanishi
assos
hisoblanadi.
Ko‘pgina
olimlarning
malumotiga
ko‘ra
idrok
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
174
shakillanmaganligi nutqiy kamchiliklar sabalari ichida birinchilardan deb
hisoblanadi. Bolalarda birinchi fonematik eshituv nutq normal rivojlangan xolda
juda erta rivojlanar ekan. Fonemagacha bolgan davrda bola kattalar nutqi
intonatsiyasiga, uning ritmiga, so‘zlarning umumiy tovush tizimiga reaksiya
ko‘rsatadi. Bolada muloqotning nutqiy shakllariga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Bu davrga kelib bola tovushlarni idrok qila boshlaydi, so‘zlardan fikrni ifodalash
maqsadida foydalanadi. Bir yoshdan ikki yoshgacha nutqni idrok qilish
shakllanadi, ikki yoshning oxiriga borganda esa to‘liq nutqni egallash asosi
bolgan birlamchi fonematik eshitish rovojlanadi va bola nutqdagi barcha
tovushlarni idrok eta boshlaydi. Ohangdor nutqni bola tomonidan o‘zlashtirib
olinishi, boshqa tovush tasurotlaridan tovushli nutqni tez ajratishi, eshitish
tasawurlari uning shaxsiy talaffuzida fonematik elementlarni ishlab chiquvchi
regulator hisoblanadi. Nutqiy eshituv nutqiy qobiliyatning tarkibiy qismlaridan
biri hisoblanadi va har bir qobiliyat singari u ham nutq madaniyatining bir
butunligi va tilning fonologik vositalarini o‘zlashtirish asosida rivojlanadi,
ta’minlanadi va takomillashadi. Fonematik idrok hamda tovushlar talaffuzidagi
kamchiliklar namoyon bollishiga ko‘ra xilma-xildir. Ba’zi bir bolalarda tovushlar
talaffuzidagi kamchiliklar artikulatsion apparat tuzilishi va harakatidagi
kamchiliklar natijasida kelib chiqadi. Bunda juda ko‘p tovushlarni umuman
talaffuz eta olmaslik, artikulatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan yoki
artikulatsion jihatdan bir-biriga o‘xshash tovushlarga almashtirish hamda
tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish hollari kuzatiladi. Ba’zi bolalarda
kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulatsion apparat
harakatidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lmay, balki tovushlarni noaniq idrok
qilish natijasida kelib chiqadi. Bola nutqining talaffuz tomoni qanchalik
buzilgan bo‘lsa, u so‘zlarda tovushlarni analiz qilishga shunchalik qiynaladi. Bu
esa o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradi degan
xulosaga keldi.
Bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar;
— tovushning nutqda bo‘lmasligi uni talaffuz qila olmaslik, artikulatsiya va
talaffuz jihatdan bir-biriga yaqin tovushlarni almashtirish;
— tovushlarni almashtirish tovush alohida to‘g‘ri talaffuz qilinadi, lekin
so‘z va gaplarda bir guruhdagi tovushlar bilan almashtiriladi;
— tovushlar nutqda bo‘ladi, lekin artikulatsion jihatdan aniq talaffuz
qilinmaydi. [
1
]
Shunday muommolar maktab yoshidagi bolalarda fonetiko-fonematik
1
Logopediya:
darslik/ M.Y. Ayupova; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi. — Т.: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2007. —560 b
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
175
nutqni rivojlanishidagi buzulishlarni koplab kuzatishimiz mumkun.
Talaffuz buzilishlari (fonemalarning aralashib ketishi va almashishi)
fonematik qabul qilishdagi yetishmovchilik bilan birga kechadigan bolalar
logopedik mashg‘ulotlarga yuboriladigan bolalarning umumiy sonining 20–25
foizini tashkil qiladi. Shu sababli, ular so‘zning tovushiy tahlili va sintezini
o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladi va natijada — yozuv bo‘yicha
o‘zlashtira olmaydilar.
Talaffuz va fonematik eshitishdagi buzilishlarga bog‘liq xatolar xarakteri
turlicha bo‘ladi: undosh va unli tovushlarning almashib ketishi yoki tushirib
qoldirilishi, bo‘g‘inlar va so‘z qismlarining tushirib qoldirilishi, tovushlarning
joyi almashtirilishi, ortiqcha tovushlar qo‘shilishi, so‘z qismlarining alohida
yozilishi. Talaffuz, yozuv va o‘qishdagi buzilishlar o‘rtasida har doim to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liqlik kuzatilmaydi. Ba’zi hollarda bir xil darajadagi talaffuz buzilishi
o‘qish va yozishdagi turlicha og‘irlikdagi buzilishlar bilan birga kechadi, yoki
холат aksincha kuzatiladi. Boshqa hollarda esa talaffuzdagi unchalik
sezilmaydigan, yumshatilgan buzilishlar fonida yozuv va o‘qishdagi kamchiliklar
yaqqol namoyon bo‘ladi. Aksincha, ayrim bolalarda esa fonetik nuqsonlar ko‘p
bo‘lsada, yozuv va o‘qishdagi kamchiliklar minimal bo‘ladi. Bunday farqlilik
(variativlik) sababli talaffuz, o‘qish va yozuvdagi buzilishlar o‘zaro turlicha
munosabatda bo‘ladi. Buning sabablari quyidagilardir:
a) talaffuz, o‘qish va yozuv jarayonlaridagi buzilishlarning kelib chiqish
sabablari (etiologiyasi);
b) o‘quvchilarning kompensator imkoniyatlari (ya'ni, yo‘qotilgan funksiyalarni
boshqa yo‘l bilan qoplash qobiliyati);
v)individual shaxsiy sifatlari;
g) oldingi ta’lim va tarbiyaning aniq sharoitlari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish va
ularni qabul qilishdagi buzilishlarni faqat savod o‘rganish bosqichigacha, ya’ni
tayyorlov sinfi yoki 1-sinfning 1-yarim yilligigacha fonetiko-fonematik
rivojlanishning yetarli emasligi sifatida baholash to‘g‘ri hisoblanadi. Keyinchalik
esa bu nutqdagi yetishmovchilik yozuv va o‘qishdagi buzilishlar, ya’ni fonetiko-
fonematik rivojlanishdagi nuqson bilan bog‘liq bo‘lgan muammo sifatida
baholanadi. Maktab logopedik punktida fonetiko-fonematik rivojlanishidagi
nuqsonlarga ega bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ta’lim tizimi quyidagi
asosiy yo‘nalishlarning yaxlitligini ko‘zda tutadi:
yetishmayotgan yoki noto‘g‘ri talaffuz qilinayotgan tovushlarni to‘g‘ri
talaffuzga keltirish;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
176
ushbu tovushlarni nutqqa faol kiritish;
so‘zning tovush tarkibini tahlil qilish va sintez qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish
(N. A. Nikashina, A. V. Yastrebova).
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuzga keltirish logopediya sohasida umumiy qabul
qilingan metodlar asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda artikulatsiyani ongli
tarzda mustahkamlashga katta ahamiyat beriladi, chunki bu o‘quvchilarda
analitik-sintetik faoliyatni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maktab yoshidagi
bolalarda fonetik-fonematik nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘pincha
bolalarda ko‘p tovushli buzilishlar yani (polimorf buzilishlar) buzib talfuz
qilishlari, bola bir vaqtning o‘zida bir nechta tovushni noto‘g‘ri talaffuz qiladi
mumkun (masalan: “sh”,“r”, “l”, “z”). Bazida esa tovushlar o‘rnini almashtiradi
yoki tushirib yuboradi: "suv" o‘rniga "tuv", "kitob" o‘rniga “tob”. Fonematik
eshituvning pastligi natijasida bola o‘xshash tovushlarni farqlay olmaydi: “b” va
“p”, “s” va “sh”. Bu yozuvda ham xatolarga olib keladi: “bor” so‘zi o‘rniga “por”
deb yozishi mumkin. Yozuv va o‘qishdagi muammolar, harflarni chalkashtirish
(fonematik disleksiya yoki disgrafiya): “dom” o‘rniga “tom”, “ko‘k” o‘rniga “go‘k”
deb yozish. So‘z tarkibini noto‘g‘ri tahlil qilish: bo‘g‘inlarni joyidan almashtirish,
tushirib qoldirish.
2
So‘z va gap tuzishda xatolik, gapda grammatik xatolar: ot va
fe’l mos kelmasligi ("sen ketdi"). So‘z boyligining pastligi, gaplar qisqa va oddiy
bo‘ladi. Aqliy rivojlanishdan orqada qolmagan bo‘lsa ham, o‘quvda qiyinchiliklar
bo‘ladi. Aksariyat fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar
intellektual jihatdan norma doirasida bo‘ladi, ammo aynan til bilan bog‘liq
fanlarda (ona tili, o‘qish, yozuv) qiyinchiliklarga duch keladi. Fonetik-fonematik
buzilishlar vaqtida aniqlanmasa, bola keyinchalik darslarni o‘zlashtirishda ortda
qoladi. Bu esa o‘ziga ishonchsizlik, ijtimoiy faollikning kamayishi, maktabdan
sovish kabi muammolarga olib kelishi mumkin.
Logopedik yordam qanday ko‘rsatiladi?
Tovushlar ustida ishlash (qo‘yish, avtomatizatsiya qilish)
Fonematik eshituvni rivojlantirish (maxsus mashqlar orqali)
So‘z va gap tuzish malakasini oshirish
Yozuv-o‘qish ko‘nikmalarini mustahkamlash
Ota-onalar bilan hamkorlikda uy sharoitida mashg‘ulotlar o‘tkazish
Shunday qilib, fonetiko-fonematik rivojlanishdagi nuqsoni bor bolalarni
erta aniqlash va ularga maxsus tashkil etilgan sharoitda logopedik yordam
2
Логопедия: Учеб. для студ. дефектол. фак. пед. высш. учеб. Л69 заведений / Под ред. Л.С. Волковой, С.Н.
Шаховской. — 3-е изд., перераб. и доп. — М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2003. — 680 с. —
(Коррекционная педагогика).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
177
ko‘rsatish, maktabgacha va kichik maktab yoshdagi bolalarda nutq
funksiyalarini to‘g‘rilash va umumta’lim maktabi o‘quvchilarida o‘zlashtira
olmaslikning oldini olishga yordam beradi.
Xulosa
Fonetik-fonematik rivojlanishdagi nuqsonlar bolaning nutqiy faoliyatida
chuqur psixofiziologik va lingvistik omillar bilan bog‘liq murakkab
muammolarni keltirib chiqaradi. Nutqning fonetik-fonematik tomondan
rivojlanmaganligi — asosan tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni farqlay olish
va nutq jarayonida faol qo‘llashdagi nuqsonlar bilan tavsiflanadi. Bunday
buzilishlar bola nutqining shakllanishiga, uning eshituv faoliyatiga va fonematik
idrokining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, maktab yoshidagi bolalarda
bu muammolar o‘qish va yozuv kabi o‘quv faoliyatining asosi bo‘lgan
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda sezilarli qiyinchiliklarga olib keladi. Tadqiqot
davomida aniqlanishicha, talaffuz va fonematik eshitishdagi buzilishlar nafaqat
nutqiy faoliyatda, balki yozuv va o‘qishda ham xatolarga sabab bo‘ladi. Bu
xatolar tovushlarni almashtirish, tushirib yuborish, joyini o‘zgartirish va
ortiqcha tovushlar qo‘shilishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu kabi muammolar
bolaning o‘ziga ishonchini pasaytirib, maktabga bo‘lgan munosabatini salbiy
tomonga o‘zgartirishi, shuningdek, ijtimoiy moslashuvga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli fonetik-fonematik rivojlanishidagi nuqsonlarni
erta aniqlash, bola bilan tizimli logopedik mashg‘ulotlar olib borish va uning
nutqiy, eshituv, yozuv-o‘qish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks
yondashuv zarurdir. Logopedik yordamni maktabgacha va boshlang‘ich maktab
davridayoq tashkil etish — nutqiy rivojlanishdagi orqada qolishning oldini olish,
bolalarning to‘laqonli o‘quv faoliyatiga tayyorlash va ularning umumiy
intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Logopediya: darslik/ M.Y. Ayupova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta
maxsus t a ’lim vazirligi. — Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,
2007. —560 b
2.
Логопедия: Учеб. для студ. дефектол. фак. пед. высш. учеб. Л69
заведений / Под ред. Л.С. Волковой, С.Н. Шаховской. — 3-е изд., перераб. и
доп. — М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2003. — 680 с. — (Коррекционная
педагогика).
3.
V. S. Raxmanova. O‘zR Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: «Niso Poligraf». – 168 b.
4.
Абдуллаева, А.А. Развитие фонетических навыков у младших
школьников: ключевые этапы и подходы / А. А. Абдуллаева. — Текст :
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
178
непосредственный // Молодой ученый. — 2024. — № 32 (531). — С. 114-
116. — URL: https://moluch.ru/archive/531/117049/ (дата обращения:
19.04.2025).
5.
Левина Р. Е. Недостатки чтения и письма у детей. М, 1940,
6.
Логопедия: Учеб. для студ. дефектол. фак. пед. высш. учеб. Л69
заведений / Под ред. Л.С. Волковой, С.Н. Шаховской. — 3-еизд., перераб. и
доп. — М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2003. — 680 с. — (Коррекционная
педагогика).
7.
Архипова Е.Ф. «Стертая дизартрия у детей» Учебное пособие для
студентов вузов, Москва-2006г
8.
https://nsportal.ru/nachalnaya-shkola/russkii-
yazyk/2022/11/10/metodicheskie-podhody-k-izucheniyu-zvukovoy-sistemy
«Методические подходы к изучению звуковой системы русского языка в
начальной школе»
9.
Левина Р.Е.. Никашина Н.А, Характеристика общего недоразвития
речи у детей / основы теории и практики логопедии. Влодос 2002