Авторы

  • Sharaf Azbergenov
    TDSHU tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.122837

Ключевые слова:

Xalqaro Munosabatlar Realizm Liberalizm Konstruktivizm Marksizm Feminizm Ekologik Yondashuv.

Аннотация

Ushbu Maqolada Xalqaro Munosabatlarni Tahlil Qilishda Qoʻllaniladigan Asosiy Nazariy Yondashuvlar – Realizm, Liberalizm, Marksizm, Konstruktivizm, Feminist Va Ekologik Qarashlar – Tahlil Qilingan. Har Bir Nazariyaning Asosiy Tamoyillari, Namoyandalari Va Amaldagi Ahamiyati Alohida Koʻrib Chiqilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

162

XALQARO MUNOSABATLAR NAZARIYASI ORQALI ZAMONAVIY

XALQARO MUNOSABATLARNI TAHLIL QILISH IMKONIYATLARI

Azbergenov Sharaf

TDSHU tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15879448

Annotatsiya

Ushbu Maqolada Xalqaro Munosabatlarni Tahlil Qilishda Qoʻllaniladigan

Asosiy Nazariy Yondashuvlar – Realizm, Liberalizm, Marksizm, Konstruktivizm,
Feminist Va Ekologik Qarashlar – Tahlil Qilingan. Har Bir Nazariyaning Asosiy
Tamoyillari, Namoyandalari Va Amaldagi Ahamiyati Alohida Koʻrib Chiqilgan.

Kalit Soʻzlar:

Xalqaro Munosabatlar, Realizm, Liberalizm, Konstruktivizm,

Marksizm, Feminizm, Ekologik Yondashuv.

Аннотация

В Статье Рассматриваются Основные Теоретические Подходы К

Изучению Международных Отношений — Реализм, Либерализм,
Марксизм, Конструктивизм, Феминизм И Экологическая Теория.
Освещены Ключевые Принципы, Представители И Практическое Значение
Каждой Из Концепций.

Ключевые

Слова:

Международные

Отношения,

Реализм,

Либерализм, Конструктивизм, Марксизм, Феминизм, Экологический
Подход.

Annotation

This Article Analyzes The Main Theoretical Approaches Used In The Study

Of International Relations — Realism, Liberalism, Marxism, Constructivism,
Feminism, And Ecological Theory. Each Theoryʻs Key Principles, Major
Representatives, And Practical Relevance Are Individually Discussed.

Keywords:

International Relations, Realism, Liberalism, Constructivism,

Marxism, Feminism, Ecological Approach.

Xalqaro Munosabatlar — Bu Davlatlar, Millatlararo Tashkilotlar, Nodavlat

Tuzilmalar, Korporatsiyalar Va Boshqa Xalqaro Aktorlar Oʻrtasidagi Siyosiy,
Iqtisodiy, Huquqiy, Madaniy Va Harbiy Sohalardagi Oʻzaro Aloqalar Tizimidir.
Jahon Miqyosida Yuz Berayotgan Geosiyosiy, Iqtisodiy Va Xavfsizlik Muammolari
Xalqaro Munosabatlar Tahlilining Ahamiyatini Yanada Oshirmoqda. Mustaqil
Davlatlar Uchun Tashqi Siyosatni Samarali Yuritishda Va Xalqaro Maydonda Oʻz
Manfaatlarini Himoya Qilishda Bu Fanning Nazariy Asoslarini Yaxshi Bilish Hal
Qiluvchi Ahamiyat Kasb Etadi.

Xalqaro Munosabatlar Nazariyalari Aynan Shu Munosabatlarni Tushunish,

Modellash Va Bashorat Qilishda Xizmat Qiladi. Ular Orqali Tadqiqotchilar Turli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

163

Voqealarga Turlicha Izoh Berishadi Va Xalqaro Tizimdagi Dinamik Oʻzgarishlarni
Tahlil Qila Oladi. Bugungi Globallashuv Sharoitida Anʼanaviy Yondashuvlar Bilan
Bir Qatorda Yangi Nazariy Paradigmalar Ham Shakllanmoqda. Shu Sababli,
Nazariy Yondashuvlarni Tizimli Oʻrganish Nafaqat Akademik, Balki Amaliyotchi
Diplomatlar Va Siyosiy Tahlilchilar Uchun Ham Muhim Ahamiyatga Ega.

Ushbu Maqolada Xalqaro Munosabatlarni Oʻrganishda Qoʻllaniladigan

Asosiy Nazariy Yondashuvlar — Realizm, Liberalizm, Marksizm, Konstruktivizm
Va Boshqa Zamonaviy Modellar Tahlil Qilinadi. Har Bir Nazariyaning Ilmiy
Asoslari Va Zamonaviy Xalqaro Jarayonlarga Nisbatan Tahliliy Imkoniyatlari
Yoritiladi. Shuningdek, Nazariyalar Oʻrtasidagi Farqlar Va Umumiy Jihatlar Ham
Koʻrib Chiqiladi.

Muhokama Va Natijalar

Xalqaro Munosabatlar Nazariyasi — Bu Xalqaro Maydondagi Voqelikni

Tushuntirish Va Tahlil Qilishga Qaratilgan Ilmiy Modellar Majmuidir. Ushbu
Nazariy Yondashuvlar Muayyan Gipotezalarga, Taʼriflarga Va Ilmiy
Metodologiyaga Asoslanadi. Xalqaro Munosabatlar Fani Xx Asr Boshlarida
Mustaqil Akademik Yoʻnalish Sifatida Shakllangan Boʻlib, Birinchi Va Ikkinchi
Jahon Urushlari, Sovuq Urush Davri Va Globallashuv Jarayonlari Uning Nazariy
Asoslariga Katta Taʼsir Koʻrsatgan.

Ushbu Fanning Ilk Rivojlanishida Realizm Va Liberalizm Kabi Qarama-

Qarshi Nazariy Oqimlar Ustuvor Boʻldi. Ular Xalqaro Tizimning Tabiati,
Davlatlarning Harakati Va Xavfsizlik Muammolariga Nisbatan Oʻzaro Zid
Fikrlarini Ilgari Surishdi. Keyinchalik, Marksist, Konstruktivist, Feminist,
Ekologik Va Madaniy Yondashuvlar Ham Shakllanib, Nazariy Xilma-Xillikni
Yuzaga Chiqardi. Bu Esa Fanning Kompleks Va Koʻp Paradigmali Xususiyatini
Mustahkamladi.

Nazariyalar Faqat Akademik Bilim Emas, Balki Siyosiy Amaliyot Uchun

Ham Muhimdir. Chunki Davlatlar Tashqi Siyosatda Koʻpincha Muayyan Nazariy
Qarashlarga Asoslangan Strategik Qarorlar Qabul Qilishadi. Masalan, Xavfsizlik
Tahdidlarini Baholashda Realist Yondashuv, Inson Huquqlariga Oid Siyosatda
Esa Liberal Qarashlar Ustuvor Boʻlishi Mumkin.

Realizm

Xalqaro Munosabatlarni Oʻrganishdagi Eng Qadimiy Nazariy

Yondashuvlardan Biridir. Uning Ildizlari Qadimgi Yunon Mutafakkirlari,
Xususan, Fukididning “Peloponnes Urushi Tarixi” Asarigacha Borib Taqaladi.
Zamonaviy Realizm Esa Birinchi Jahon Urushi Va Uning Oqibatlarini Tahlil Qilish
Zarurati Tufayli Xx Asr Boshlarida Shakllangan. Realizmga Koʻra, Xalqaro Tizim
Anarxik Tabiatga Ega Boʻlib, Davlatlar — Uning Asosiy Aktyorlaridir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

164

Realistlar Xalqaro Munosabatlar Muhitini Muttasil Raqobat Va Ziddiyat

Maydoni Sifatida Koʻrishadi. Ularga Koʻra, Har Bir Davlat Oʻz Manfaatini
Taʼminlash Va Xavfsizligini Saqlash Uchun Kurashadi. Davlatlar Mustaqil Va Aqlli
Aktyor Sifatida Qaraladi Hamda Ular Tashqi Siyosatda Birinchi Navbatda Kuch,
Harbiy Salohiyat Va Milliy Manfaatlarning Ustuvorligini Koʻzlaydilar. Realizmda
Axloqiy Yoki Gumanitar Qadriyatlar Ikkinchi Darajali Hisoblanadi.

Realizm Bir Nechta Yoʻnalishlarga Boʻlinadi. Klassik Realizm (Gans

Morgentau) Inson Tabiatining Xudbinligi Va Kuchga Intilishiga Eʼtibor Qaratadi.
Neorealizm Yoki Strukturaviy Realizm (Kennet Uolts) Esa Xalqaro Tizimning
Anarxik Strukturasi Va Davlatlar Oʻrtasidagi Kuch Muvozanatiga Asoslanadi.
Qisqacha Aytganda, Realizm Xalqaro Munosabatlarning Ziddiyatli Va Xavfli
Mohiyatini Yoritib, Davlatlar Oʻrtasidagi Kuchlar Muvozanati Va Strategik
Raqobatni Tushunishda Muhim Nazariy Asos Boʻlib Xizmat Qiladi.

Liberalizm

Xalqaro Munosabatlar Nazariyasida Realizmga Muqobil

Boʻlgan Eng Muhim Yondashuvlardan Hisoblanadi. Uning Asoslari Xviii–Xix
Asrlardagi Mutafakkirlar — Immanuil Kant, Jon Lokk Va Adam Smit Gʻoyalariga
Borib Tayanadi. Liberalizm Inson Tabiati Va Jamiyatning Ijobiy Taraqqiyotga
Moyilligini Eʼtirof Etadi. Shu Sababli, Liberalizm Xalqaro Munosabatlar Faqat
Raqobat Va Ziddiyat Emas, Balki Hamkorlik Va Institutlar Orqali Barqarorlik Sari
Harakat Sifatida Talqin Qilinadi.

Liberalizmga Koʻra, Xalqaro Tizimda Faqat Davlatlar Emas, Balki Xalqaro

Tashkilotlar, Nodavlat Va Transmilliy Kompaniyalar Ham Muhim Rol Oʻynaydi.
Bu Nazariya Xalqaro Huquq, Demokratik Boshqaruv, Iqtisodiy Oʻzaro Bogʻliqlik
Va Inson Huquqlarini Tashqi Siyosatdagi Asosiy Omillar Deb Biladi. Liberalistlar
Fikriga Koʻra, Davlatlar Oʻrtasidagi Integratsiya Va Oʻzaro Manfaatli
Munosabatlar Urush Va Raqobat Ehtimolini Kamaytiradi.

Xx Asrda Liberalizm Bir Necha Yoʻnalishlarda Rivojlandi. Neoliberal

Institutsionalizm (Robert Keoxeyn Va Jozef Nay) Xalqaro Institutlarning
Hamkorlikni Taʼminlashdagi Rolini Taʼkidlaydi. Demokratik Tinchlik Nazariyasi
Esa Demokratiyalar Oʻzaro Urushmaydi, Degan Gipotezani Ilgari Suradi.
Liberalizm Xalqaro Munosabatlarda Hamjihatlikka Tayangan Yondashuv
Sifatida, Diplomatiya, Savdo, Madaniy Almashinuv Va Global Boshqaruvni
Markaziy Oʻringa Qoʻyadi.

Marksist

Yondashuv Xalqaro Munosabatlarni Iqtisodiy Tuzumlar, Sinfiy

Kurash Va Kapitalistik Dunyo Tizimining Tahlillari Asosida Anglashga Harakat
Qiladi. Bu Nazariya Karl Marksning Gʻoyalariga Tayanadi Va Xalqaro
Munosabatlarni Tuzumli (Strukturaviy) Zulm Va Mustamlakachilik Doirasida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

165

Koʻradi. Marksizmga Koʻra, Xalqaro Munosabatlardagi Asosiy Ziddiyat —
Kapitalistik Davlatlar Va Mehnatdan Mustasno Qilingan Xalqlar, Mamlakatlar
Oʻrtasidagi Iqtisodiy Asimmetriyadan Kelib Chiqadi.

Marksist Nazariya Xalqaro Tizimni Imperializm Va Neokolonializm

Ramzida Talqin Qiladi. Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar — Birinchi Navbatda,
Boy Va Kambagʻal Davlatlar Oʻrtasidagi Manfaatlar Muvozanatsizligi Natijasi
Sifatida Koʻriladi. Xx Asrda Marksizm Bir Necha Akademik Yoʻnalishlarga Ajraldi.
Ularning Eng Mashhurlaridan Biri —

Mamlakatlar Boʻyicha Dunyo Tizimi

Nazariyasi (World-Systems Theory)

Boʻlib, Uni Imanuel Vallerstayn Ishlab

Chiqqan. Bu Nazariyaga Koʻra, Dunyo “Yadro”, “Yarim Periferiya” Va “Periferiya”
Deb Nomlangan Iqtisodiy Darajalarga Boʻlingan Boʻlib, Markaziy (Badavlat)
Davlatlar Periferiya (Kambagʻal) Davlatlarning Resurslari Va Mehnati Orqali
Boyib Boradi.

Marksist Yondashuv Xalqaro Munosabatlarning Real Va Tahdidli

Asimmetriyalarini Koʻrsatib Berishi Bilan Ahamiyatli. Ammo U Baʼzan Davlat
Subyektligini Inkor Etishi Va Inson Erkinligini Ikkinchi Oʻringa Qoʻyishi Bilan
Tanqid Qilinadi. Shu Bilan Birga, Xxi Asrdagi Global Neoliberalizm, Ijtimoiy
Tengsizlik Va Resurslar Uchun Kurashni Tahlil Qilishda Marksizm Hali Ham
Dolzarb Ahamiyatga Ega.

Konstruktivizm

— Xalqaro Munosabatlarni Tushuntiruvchi Nisbatan

Yangi Va Dinamik Nazariy Yondashuv Hisoblanadi. U 1990-Yillardan Boshlab
Shakllandi Va Realizm Hamda Liberalizmdan Farqli Oʻlaroq, Xalqaro
Munosabatlar Faqat Moddiy Manfaatlar Va Kuchga Emas, Balki

Ijtimoiy

Konstruksiyalar, Gʻoyalar, Madaniyat Va Identichliklarga

Ham Asoslanishini

Ilgari Suradi.

Konstruktivistlar Fikriga Koʻra, Davlatlar Oʻz Xatti-Harakatlarini Muayyan

“Ijtimoiy Reallik” Asosida Amalga Oshiradilar. Bu Reallik Esa Ijtimoiy Oʻzaro
Taʼsir, Maʼnolar Va Tarixi Shakllangan Identichliklar Orqali Quriladi. Masalan, Bir
Davlat Boshqa Davlatni Doʻst Yoki Dushman Sifatida Qabul Qilishi – Real Harbiy
Tahdidga Emas, Balki Ijtimoiy Fikr Va Tarixiy Munosabatlarga Bogʻliq.

Konstruktivizmda Asosiy Oʻrinda “Normativ Kuch”, Yaʼni Qadriyatlar,

Meʼyorlar Va Gʻoyalar Turadi. Davlatlar Oʻz Tashqi Siyosatini Nafaqat Manfaat,
Balki Oʻzini Kim Sifatida Koʻrishi (Identichlik) Asosida Ham Belgilaydi. Shuning
Uchun Konstruktivistlar Xalqaro Tizim Oʻzgarmas Struktura Emas, Balki Ijtimoiy
Jarayon, Deb Hisoblaydi.

Ushbu Yondashuvning Yetuk Namoyandalari Qatorida Aleksandr Vendtni

Taʼkidlash Lozim. Uning “Anarchy Is What States Make Of It” (Anarxiya Davlatlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

166

Uni Qanday Qurishsa, Shundaydir) Maqolasi Konstruktivizmning Asosiy Shioriga
Aylangan. Konstruktivizm Real Siyosiy Voqelikni Faqat Kuch Emas, Balki Maʼno
Va Tafakkur Mahsuloti Sifatida Talqin Qilgani Uchun Globallashuv, Diplomatiya
Va Madaniy Muloqotni Tahlil Etishda Muhim Oʻrin Tutadi.

Feminist

Yondashuv Xalqaro Munosabatlar Nazariyasida Xx Asrning

Oxirida Paydo Boʻlib, Ayollar Tajribasi Va Gender Muvozanatining Xalqaro
Siyosatdagi Ahamiyatini Ilgari Suradi. Bu Nazariya Realizm Va Liberalizm Singari
Anʼanaviy Yondashuvlar Davlat, Kuch Va Harbiylik Kabi “Erkaklarcha”
Tushunchalarni Ustun Qoʻyganini Tanqid Qiladi. Feministlar Xalqaro
Munosabatlarda Ayollarning Ovozi Koʻrinmas Boʻlib Kelganini Taʼkidlab,
Tinchlik Jarayonlari, Inson Xavfsizligi Va Ijtimoiy Adolat Masalalariga Koʻproq
Eʼtibor Qaratish Kerakligini Taʼkidlaydilar.

Feminist Nazariya Davlat Va Jangdagi Zoʻravonlik, Ijtimoiy Notenglik,

Zoʻravonlik Qurbonlari, Migratsiya Va Qochqinlar Muammolari Kabi Masalalarni
Gender Nuqtayi Nazaridan Tahlil Etadi. Ular Xalqaro Siyosatda Koʻrinadigan
Qaror Qabul Qiluvchi Elita — Asosan Erkaklardan Iborat Ekanini Va Buning
Siyosiy Qarorlarga Qanday Taʼsir Qilishini Koʻrsatadi. Shu Bilan Birga,
Feministlar Global Iqtisodiy Jarayonlar Va Kapitalistik Munosabatlarning
Ayollarga Qanday Taʼsir Qilishini Tahlil Qilishga Ham Eʼtibor Qaratadilar.

Ekologik Yondashuv

Esa Xxi Asrda Muhim Ahamiyat Kasb Etayotgan

Ekologik Xavflar, Iqlim Oʻzgarishi, Tabiiy Resurslar Uchun Kurash Va Ekologik
Adolat Masalalarini Markazga Qoʻyadi. U Anʼanaviy Davlat-Markazli
Yondashuvlardan Farqli Ravishda, Insoniyat Va Tabiat Oʻrtasidagi
Munosabatlarni Global Xavfsizlik Doirasida Koʻradi. Ekologik Yondashuvga
Koʻra, Xalqaro Siyosat Faqat Davlatlar Oʻrtasidagi Kurash Emas, Balki Insonning
Tabiat Bilan Munosabati Ham Siyosiy Jarayon Hisoblanadi.

Bu Nazariya Iqlim Inqirozlari, Suv Yetishmovchiligi, Bioxilma-Xillikning

Yoʻqolishi Va Texnogen Falokatlar Kabi Muammolarni Transmilliy Xavf Sifatida
Koʻradi. Ekologik Yondashuv Global Muammolarni Faqat Davlatlar Emas, Balki
Xalqaro Tashkilotlar, Ekologik Nntlar Va Faol Jamoalar Orqali Hal Etish
Mumkinligini Taʼkidlaydi. Shuning Uchun U “Global Boshqaruv”, “Ekologik
Adolat” Va “Davlatdan Tashqari Aktyorlar” Rolini Kengroq Oʻrganishga
Chorlaydi.

Xulosa

Xalqaro Munosabatlarni Oʻrganishda Nazariy Yondashuvlar Turli Nuqtayi

Nazarlarni Taqdim Etib, Real Dunyodagi Siyosiy Jarayonlarni Chuqurroq
Anglash Imkonini Beradi. Har Bir Nazariya — Realizm, Liberalizm, Marksizm,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

167

Konstruktivizm, Feminizm Va Ekologik Yondashuvlar — Xalqaro Siyosiy
Muhitning Muayyan Jihatlarini Yoritishda Oʻz Oʻrniga Ega.

Realizm

Xalqaro Munosabatlarni Davlatlar Oʻrtasidagi Kuch Va Manfaatlar

Kurashi Deb Qarasa,

Liberalizm

Hamkorlik Va Institutlar Orqali Tinchlik Va

Barqarorlikka Erishish Imkoniyatini Koʻrsatadi.

Marksizm

Iqtisodiy Tartib Va

Imperializmning Taʼsirini Ochib Beradi,

Konstruktivizm

Esa Gʻoyalar,

Identichlik Va Ijtimoiy Maʼnolarning Rolini Taʼkidlaydi.

Feminist Yondashuv

Xalqaro Siyosatda Gender Va Ijtimoiy Adolat Masalalarini Koʻtarsa,

Ekologik

Yondashuv

Global Muammolarning Transmilliy, Ekologik Va Insoniy Talablarini

Koʻrsatadi.

Muhimi Shundaki, Bu Nazariyalar Raqobatchi Emas, Balki Bir-Birini

Toʻldiruvchi Xususiyatga Ega. Shu Sababli, Xalqaro Munosabatlar Sohasidagi
Tadqiqotlar Turli Nazariy Yechimlarga Tayanish Orqali Yanada Keng Qamrovli
Va Mukammal Boʻladi. Ilmiy Tahlilda Turli Yondashuvlarni Qiyosiy Tahlil Qilish,
Ularning Kuchli Va Kuchsiz Tomonlarini Oʻrganish – Sohadagi Tadqiqotchi Va
Siyosatshunoslar Uchun Asosiy Vazifalardan Hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Василенко, И. А. (2014). Теория международных отношений. Москва:

Аспект Пресс.
2.

Хутыз, М. В. (2010). Реализм и либерализм в международных

отношениях. Международная жизнь, №5.
3.

https://interaffairs.ru

4.

Хачатурян, Н. С. (2017). Экологические вызовы в мировой политике.

Международные процессы, №4.
5.

Wendt, A. (1992). Anarchy is What States Make of It: The Social

Construction of Power Politics. International Organization, 46(2), 391–425.
6.

Enloe, C. (2000). Bananas, Beaches and Bases: Making Feminist Sense of

International Politics. University of California Press.
7.

Eckersley, R. (2004). The Green State: Rethinking Democracy and

Sovereignty. MIT Press.
8.

Wallerstein, I. (2004). World-Systems Analysis: An Introduction. Duke

University Press.
9.

Hopf, T. (2002). Social Construction of International Politics: Identities and

Foreign Policies, Moscow, 1955 and 1999. Cornell University Press.
10.

Stanford Encyclopedia of Philosophy. Realism in International Relations.

https://plato.stanford.edu/entries/realism-intl-relations
11.

Council on Foreign Relations (CFR) – https://www.cfr.org

12.

Carnegie Moscow Center – https://carnegie.ru


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

13.

Google Scholar – https://scholar.google.com

Библиографические ссылки

Василенко, И. А. (2014). Теория международных отношений. Москва: Аспект Пресс.

Хутыз, М. В. (2010). Реализм и либерализм в международных отношениях. Международная жизнь, №5.

Хачатурян, Н. С. (2017). Экологические вызовы в мировой политике. Международные процессы, №4.

Wendt, A. (1992). Anarchy is What States Make of It: The Social Construction of Power Politics. International Organization, 46(2), 391–425.

Enloe, C. (2000). Bananas, Beaches and Bases: Making Feminist Sense of International Politics. University of California Press.

Eckersley, R. (2004). The Green State: Rethinking Democracy and Sovereignty. MIT Press.

Wallerstein, I. (2004). World-Systems Analysis: An Introduction. Duke University Press.

Hopf, T. (2002). Social Construction of International Politics: Identities and Foreign Policies, Moscow, 1955 and 1999. Cornell University Press.

Stanford Encyclopedia of Philosophy. Realism in International Relations. https://plato.stanford.edu/entries/realism-intl-relations

Council on Foreign Relations (CFR) – https://www.cfr.org

Carnegie Moscow Center – https://carnegie.ru

Google Scholar – https://scholar.google.com