ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
149
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KOGNITIV
FAOLLIGINI RIVOJLANTIRUVCHI SAMARALI METODLAR
Ismailova Nozima Umaraliyevna
NamDU tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15867331
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kognitiv faollik tushunchasi, uning mohiyati
hamda boshlang’ich ta’lim tizimida fanlarni o’qitishda o‘quvchilarning kognitiv
faolligini rivojlantiruvchi samarali metodlar tahlili berilgan.
Kalit so’zlar:
“Muammo asosida o‘qitish”, “Insert”, “Savol-javob zanjiri”,
“Fikrlar xaritasi” (Mind-map), “Juftlikda gap tuzish”, “3-2-1” refleksiya, “Rolli
o‘yin”
Аннотация:
В статье представлен анализ понятия познавательной
активности,
ее
сущности
и
эффективных
методов
развития
познавательной активности учащихся при обучении предметам в системе
начального образования.
Ключевые слова:
«Проблемное обучение», «Вставка», «Вопросно-
ответная цепочка», «Mind-map», «Составление предложений в парах», «3-2-
1» рефлексия, «Ролевая игра»
Abstract:
This article presents an analysis of the concept of cognitive
activity, its essence, and effective methods for developing students' cognitive
activity in teaching subjects in the primary education system.
Keywords:
"Problem-based teaching", "Insert", "Question-answer chain",
"Mind-map", "Sentence composition in pairs", "3-2-1" reflection, "Role playing"
“Kognitiv faollik” deganda o‘quvchining bilishga intilishi orqali namoyon
bo‘ladigan, yangilikka doimiy qiziqish, izlanishga tayyorlik, tashabbuskorlik va
mustaqillik kabi sifatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi integrativ shaxsiy
xususiyat tushuniladi. Ushbu sifat o‘z aksini shaxsning ijobiy emotsional holati,
bilishga nisbatan ichki rag‘batlantirilgan munosabati va refleksiv o‘zini boshqara
olish qobiliyatida topadi. Bilish faolligi shaxsning o‘quv-bilish faoliyatidagi ongli,
ijobiy-emotsional, doimiy va barqaror ishtirokini ta’minlovchi asosiy
mexanizmdir.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish tamoyillari bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, ular umumiy didaktik yondashuvlar tizimini tashkil etadi.
Muammoli yondashuv, amaliy yo‘naltirilganlik, shaxsga yo‘naltirilganlik,
hamkorlikda o‘qitish, motivatsiyaga tayanish va refleksivlik kabi tamoyillarni
uyg‘un holda qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish,
ijodiy yondashuv va hayotiy bilimlarni egallash qobiliyatlarini shakllantiradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
150
O‘quv jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish muammosini hal
qilishning asosiy muammosi o‘quvchilarning bilim olishini faollashtirishdir.
Uning alohida ahamiyati shundaki, o‘qitish aks ettiruvchi o‘zgartiruvchi faoliyat
bo‘lib, nafaqat o‘quv materialini idrok etishga, balki o‘quvchining kognitiv
faoliyatning o‘ziga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga qaratilgan.
Faoliyatning o‘zgaruvchan xarakteri doimo subyektning faoliyati bilan bog‘liq.
O‘quv jarayoni samaradorligini oshirish muammosini hal qilish o‘quvchilarda
kognitiv tizimni faollashtirishning amaliyotda sinab ko‘rilgan sharoitlari va
vositalarini ilmiy tushunishni talab qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining shaxs sifatida psixologik rivojlanishi — bu
ichki va tashqi omillar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lishi, tashqi
omilning ichki omilga aylanishi, o‘z-o‘zini harakatlantirish va o‘z ustida ongli
ishlash orqali yuzaga keladigan murakkab dialektik jarayondir. Mazkur
rivojlanish faqat yutuqlardan iborat bo‘lib qolmay, balki muammolar,
ziddiyatlar, o‘zgarishlar va yangilanishlar zaminida shakllanadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kognitiv faolligini
muvaffaqiyatli faollashtirish uchun maxsus pedagogik shart-sharoitlarni
yaratish muhim hisoblanadi. Bu jarayon faqat bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki ularni ongli va faol o‘zlashtirish,
mustaqil fikrlash hamda izlanishga tayyorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi
kerak.
4-sinf o’quvchilari uchun Flipped Classroom texnologiyasi asosida
o‘quvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirishda quyidagi metodlar tanlab
olindi.
№ Metod nomi
Maqsadi
Amaliy qo‘llanishi
1
“Muammo
asosida o‘qitish”
(PBL)
O‘quvchining
fikrlash faoliyatini
faollashtirish
“Nega ayrim so‘zlarga qarama-
qarshi ma’no beriladi?” –
savolni o‘quvchining o‘zi hal
qilishga harakat qiladi
2
“Insert”
usuli
(axborotni
belgilab
o‘rganish)
O‘quvchi mustaqil
axborot
ustida
ishlaydi, anglaganini
ajratadi
Videodarsni ko‘rayotganda:
☑
bilganim, yangilik,
✖
❓
tushunmagan joy deb
belgilaydi
3
“Savol-javob
zanjiri”
Mavzu
bo‘yicha
mantiqiy fikrlashni
O‘quvchi 1 ta so‘z aytadi
(“katta”), juftlik unga zid so‘z
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
151
rivojlantirish
aytadi (“kichik”) va u bilan gap
tuzadi
4
“Fikrlar xaritasi”
(Mind-map)
So‘zlar va ularning
o‘zaro bog‘liqligini
ko‘rsatish
Markazda “zid so‘zlar” yoziladi,
atrofida 4–5 juftlik chiziqlar
orqali joylashtiriladi
5
“Juftlikda
gap
tuzish”
Amalda
qo‘llash,
ijodkorlikni
rivojlantirish
O‘quvchilar birgalikda “ochiq —
yopiq” kabi juftliklardan 2 ta
gap tuzadi
6
“Teskari matn”
yaratish
Zidlik
asosida
matnni tahlil qilish
O‘qituvchi matnda biror so‘zni
teskari ma’noga almashtiradi,
o‘quvchi buni topib tuzatadi
7
“3-2-1”
refleksiya
O‘z fikrini anglash
va mustahkamlash
3 ta o‘rgangan zid so‘z, 2 ta qiziq
savol, 1 ta qiyin joy haqida
yozish
8 “Rolli o‘yin”
Nutq
va
tushunchani
jonlantirish
“Issiq” va “sovuq” so‘zlarini
ifodalovchi 2 o‘quvchi qisqa
dialog
quradi
(mimikada
ifodalaydi)
1. Muammo asosida o‘qitish metodi.
O‘quvchini oldindan rejalashtirilgan
muammoli vaziyat bilan to‘qnash keltirib, u orqali bilim olishga va mustaqil
izlanishga yo‘naltiruvchi metoddir. Bu usul o‘quvchining fikrlash faoliyatini
kuchaytiradi, sabab-oqibat bog‘liqlikni anglashga yordam beradi.
Muammoli savol: “Nega odamlar doimo har bir so‘zga zidini ishlatishga
ehtiyoj sezadi?”
Jarayon: O‘quvchilar bu savol ustida erkin fikr yuritadilar: “Agar hamma
faqat yaxshi degan bo‘lsa, yomon nima bo‘ladi?”, “Nega “kichik” bo‘lmasa,
“katta”ni tushunish qiyin?”
Kognitiv natija: Kategoriyalash, tahlil qilish, sabab-oqibatni tushunish.
2. Juftlikda gap tuzish metodi.
Ikki o‘quvchining o‘zaro hamkorlikda
muammo yechish, savollarga javob izlash yoki kichik topshiriqni bajarishi orqali
faol ishtirokini ta’minlaydi.
Tayyorlik: Uyda o‘quvchi “katta — kichik” kabi so‘zlarni yozib kelgan.
Sinfda: Juftlikda bir-biriga “Katta kitob...” / “Kichik daftar...” kabi 2 ta zid gap
tuzadilar.
Yakun: Har bir juftlik bir gapni doskaga yozadi va og‘zaki ifodalaydi.
Kognitiv natija: Bilimni gap qurishda qo‘llash, mantiqiy fikrlash.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
152
3. Insert usuli (bilimni belgilash).
O‘quvchi yangi axborotni o‘z bilim
darajasiga solishtirib, belgilar orqali baholaydi:
☑
– Bilganim,
✖
– Yangilik,
❓
– Tushunmagan joy
Uyda videodars ko‘rayotganda o‘quvchi daftarda quyidagicha belgilaydi:
Katta — kichik
☑
Sokin — shovqinli
✖
G‘am — shodlik
❓
Kognitiv ta’siri: bilimni ongli tahlil qilish, yangi axborotni qadrlash,
mustaqil kuzatish.
4. Fikrlar xaritasi (Mind Map).
Asosiy tushuncha atrofida bog‘liq fikrlar,
so‘zlar yoki obrazlarni grafik tarzda joylashtirish orqali bilimni vizual shaklda
umumlashtiradigan usul.
Atrofga:
tez — sekin
Markazga: “Zid ma’noli so‘zlar” yorug‘ — qorong‘i
keng — tor
shirin — achchiq
Kognitiv ta’siri: kategoriyalash, umumlashtirish, vizual idrokni
faollashtirish.
5. Savol-javob zanjiri.
Bu usulda o‘quvchilar bir-biriga mantiqan bog‘liq
savollar va javoblar ketma-ketligini yaratadi. Fikrlash tezligi, bog‘liqlikni
anglashni kuchaytiradi.
Darsga tatbiq (namuna):
1-o‘quvchi: “Katta” — 2-o‘quvchi: “Zidi nima?” — “Kichik”
Keyingi o‘quvchi: “Gap tuzing” — “Mening uyim katta, singlimniki kichik.”
Zanjir davom etadi.
Kognitiv ta’siri: Fikr bog‘lash, izchillikda ifodalash, tahliliy tafakkur.
6. Teskari matn usuli.
Bu metod o‘quvchini noto‘g‘ri (yoki zidlik buzilgan)
matn bilan to‘qnash keltiradi va uni tahlil qilib, to‘g‘rilashga undaydi.
Darsga tatbiq (namuna): “Sovuq yoz kunida bolalar qor o‘ynadi.”
O‘quvchi: “Sovuq yoz bo‘lmaydi. Qor o‘yin ham qishda bo‘ladi.”
Kognitiv ta’siri: Tahlil, matnni mantiqiy tekshirish, fikrni asoslash.
7. 3-2-1 Refleksiya
metodi
. O‘quvchi darsda o‘rganganini oddiy reflektiv
formatda ifodalaydi: 3 ta yangi bilim, 2 ta savol, 1 ta murakkab jihat.
Darsga tatbiq (namuna):
3 ta o‘rgangan so‘z: “issiq — sovuq”, “katta — kichik”, “do‘st — dushman”
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
153
2 ta savol: “Qanday so‘zlar zid bo‘la olmaydi?”, “Nega ‘shirin’ga ‘achchiq’ zid
emas?”
1 qiyinchilik: “Teskari gap tuzish.”
Kognitiv ta’siri: O‘z bilimini tahlil qilish, xulosa chiqarish, shaxsiy tafakkur.
8. Rolli o‘yin metodi
. O‘quvchilar real yoki tasavvuriy vaziyatga kiradi. Bu
orqali mavzuga emotsional, obrazli yondashadi va chuqur anglaydi.
Darsga tatbiq (namuna):
2 o‘quvchi rollarni o‘ynaydi: “Issiq” rolidagi o‘quvchi quyoshda, issiqda
yuradi.
“Sovuq” rolidagi o‘quvchi qattiq sovuqda titraydi.
Sinf ular harakatidan qaysi so‘z ekanini topadi.
Kognitiv ta’siri: Obrazli tafakkur, kontekst orqali so‘z anglash, ijodiy ifoda.
Har bir metod o‘quvchining kognitiv faolligini turli jihatdan rivojlantiradi:
1)
Insert — mustaqil axborotni ajratish,
2)
Fikrlar xaritasi — mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rish,
3)
Rolli o‘yin — emotsional va estetik idrokni rivojlantirish,
4)
Teskari matn — tanqidiy fikrlash,
5)
Juftlik va guruhli ishlar — muloqotda bilimni shakllantirish.
Ushbu metodlarning kombinatsiyalangan qo‘llanishi Flipped Classroom
texnologiyasi sharoitida kognitiv faollikni bosqichma-bosqich rivojlantirishga
xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность.- М.: Смысл; Изд.
центр Академия, 2004 с.153.
2.
Лисина М.И. Формирование личности ребенка в общении: СПб.:
Питер, 2009, 320с.
3.
Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания. – СПб.; Питер, 2001.с.25.
4.
Социологический
энциклопедический
словарь
/
Редактор-
координатор Г.В. Осипов. - М.: Изд-во НОРМА, 2000. – 488 с.
5.
Коджаспирова Г.М., Коджаспиров А.Ю. Словарь по педагогике. –
Москва: ИКЦ «МарТ»; Ростов н/Д: Издательский центр «МарТ», 2005.- 448
с.
6.
Мусурмонова О. ва бошқ. Мактабгача ва бошланғич таълим
атамаларининг изоҳли луғати/ Тошкент: Bekinmachoq-Plyus, 2011. – 119 б.
(260).
7.
Султонов Т. Проблеми рaзвития интеллектуaльного потенциaлa
незaвисимой Республики Узбекистaн (нa примере рaзвития нaучно-
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
154
педaгогических кaдров высшей школи): дис. ... кaнд. филос. нaук. –
Тaшкент, 1995. – С. 27.
8.
Қодиров Б.Р., Қодиров К.Б. Мaктaбгaчa ёшдaги болaлaрнинг
психофизиологик тaрaққиётидa реaкция тезлигининг ўрни. Болa шaхсини
ривожлaнтиришнинг долзaрб муaммолaри: II Хaлқaро илмий-aмaлий
aнжумaнининг тезислaр тўплaми. –Т.: 2008. – 271-277 б.
9.
Очиловa Б.М. Янги Ўзбекистон тaълим тизими. Journal of advanced
research and stability (JARS) Volume: 01 Issue: 06/2021. – Б. 408-413.
10.
Қодиров Б.Р., Қодиров К.Б. Мaктaбгaчa ёшдaги болaлaрнинг
психофизиологик тaрaққиётидa реaкция тезлигининг ўрни. Болa шaхсини
ривожлaнтиришнинг долзaрб муaммолaри: II Хaлқaро илмий-aмaлий
aнжумaнининг тезислaр тўплaми. –Т.: 2008. – 271-277 б..