Авторы

  • Muqaddas Xislatova
    Toshkent shahar Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.127521

Ключевые слова:

Yurak-qon tomir tizimi ishemiya kasalligi arterial gipertoniya gipotoniya yurak yetishmovchiligi aritmiya ateroskleroz miokard infarkti kardiomiopatiya.

Аннотация

Ushbu maqolada yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining tasnifi, ularning asosiy shakllari, rivojlanish sabablari va epidemiologik ahamiyati, ularning davolanish xususiyatlari, ularni davolovchi dori preparatlari, hozirgi zamonda yurak-qon tomir kasalliklarini zamonaviy yo‘l bilan davolash yo‘llari yoritib berilgan. Ayniqsa, ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar va qon tomirlar aterosklerozining klinik va patofiziologik xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

YURAK-QON TOMIR KASALLIKLAR TASNIFI

Xislatova Muqaddas

Toshkent shahar Alfraganus Universiteti

Tibbiyot fakulteti Davolash yo‘nalishi

2-bosqich talabasi

Khislatova@gmail.com 998944614742

https://doi.org/10.5281/zenodo.16016980

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining

tasnifi, ularning asosiy shakllari, rivojlanish sabablari va epidemiologik
ahamiyati, ularning davolanish xususiyatlari, ularni davolovchi dori preparatlari,
hozirgi zamonda yurak-qon tomir kasalliklarini zamonaviy yo‘l bilan davolash
yo‘llari yoritib berilgan. Ayniqsa, ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya, yurak
yetishmovchiligi, aritmiyalar va qon tomirlar aterosklerozining klinik va
patofiziologik xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zi:

Yurak-qon tomir tizimi, ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya,

gipotoniya, yurak yetishmovchiligi, aritmiya, ateroskleroz, miokard infarkti,
kardiomiopatiya.

Yurak-qon tomir kasalliklari (yurak va qon aylanish kasalliklari deb ham

ataladi) yurak xuruji, ko'krak qafasidagi og'riqlar (stenokardiya) yoki insultga
olib kelishi mumkin bo'lgan tiqilib qolgan yoki bloklangan qon tomirlari bilan
bog'liq kasalliklar sinfini anglatadi. Yurak va qon tomir kasalliklari hozirgi kunda
eng ko‘p uchraydigan va xavfli hisoblangan kasalliklardan biridir. Bu turdagi
kasalliklar yurakning normal ishlashiga, qon aylanishiga va butun organizm
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, ishemiya kasalligi, arterial
gipertoniya, yurak yetishmovchiligi kabi holatlar ko‘p uchraydi va vaqtida
davolanmasa, og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, yurak
mushaklari, klapanlari yoki ritmiga ta'sir qiladigan ba'zi yurak kasalliklari ham
yurak kasalligi shakllari hisoblanadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti
ma'lumotlariga ko'ra, yurak-qon tomir kasalliklari dunyoda o'limning asosiy
sababidir.Bu

kasalliklar

nafaqat

rivojlangan

mamlakatlarda,

balki

rivojlanayotgan hududlarda ham yuqori uchrashuv tezligiga ega bo‘lib,
mehnatga layoqatli aholi salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi
kunda yurak-qon tomir kasalliklarining turlari ko‘p bo‘lib, ularni to‘g‘ri
tasniflash (ya’ni guruhlarga ajratish) shifokorlar uchun juda muhim hisoblanadi.
Bu nafaqat to‘g‘ri tashxis qo‘yishga, balki davolashda ham yordam beradi.

Asosiy:

Yurak-qon tomir tizimi inson organizmidagi eng muhim

tizimlardan biridir. Yurak qon haydaydi, qon tomirlar esa bu qonni butun tana
bo‘ylab yetkazib beradi. Bu tizim orqali kislorod, oziq moddalar, gormonlar va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

boshqa zaruriy moddalarning organ va to‘qimalarga yetkazilishi ta’minlanadi.
Agar bu tizimda biror buzilish yuz bersa, butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir
qiladi.

Yurak-qon

tomir

kasalliklarining

sabablari:

yurak-qon

tomir

kasalliklarining kelib chiqishiga bir qancha omillar sabab bo‘ladi. Eng ko‘p
uchraydigan sabablarga quyidagilar kiradi:

Noto‘g‘ri ovqatlanish (yog‘li, sho‘r, xolesterinli taomlar)
Kam harakatli hayot tarzi
Chekish va spirtli ichimliklar
Surunkali stress
Irsi moyillik
Qandli diabet
Yuqori qon bosimi (gipertoniya)
Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy turlari: yurak-qon tomir kasalliklari

turlicha bo‘ladi. Ularni turli belgilariga qarab tasniflash mumkin: kelib chiqish
sababi, klinik ko‘rinishi, og‘irlik darajasi va asoratlariga qarab. Quyida eng ko‘p
uchraydigan turlar keltirilgan:

Yurakning ishemik kasalligi — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan

kasalligi; miokard ishemiyasi qon aylanishining buzilishi bilan kechadi.
Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar tomir arteriyalari aterosklerozi
natijasida yurak muskullarida qon aylanishi va kislarod yetishmay qolishi
tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik
kasalligiga stenogkardiya, miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz,
aritmik tur va yurak yetishmovchiligi kiradi. Yurakning ishemik kasalligi
muntazam rivojlanib boruvchi ogʻir yurak xastaligi hisoblanadi. Yosh ulgʻaygan
sari kasallik uchrashi koʻpayadi. Yurak ishimik kasali klinik jihatdan bir xilda
kechmay, dam zoʻrayib, dam bosilib turadi. Koʻpincha Yurakning ishemik
kasalligi zimdan kechib, bemor oʻzining shunday xavfli kasallikka chalinganini
bilmay, shifokorga murojaat qilmay yuradi. Odatda, Yurakning ishemik
kasalligining dastlabki klinik belgilaridan biri — zoʻriqish stenokardiyasi xuruji
boʻlib, jismoniy ish bajarilganda roʻy beradi. Keyinchalik kasallik uzoq davom
etishi, hatto yillab choʻzilishi mumkin. Koʻpincha zoʻriqish stenokardiyasiga
birmuncha vaqtdan keyin tinch holatda ham kuzatiladigan tinch holat
stenokardiyasi hurujlari qoʻshilishi mumkin.

Yurak ishimik kasalligining kelib chiqishi va rivojlanishiga kishilarning

yoshi, kasallikka irsiy moyillik, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib
ketish, ichkilikka ruju qilish, kashandalik, kam harakat (gipodinamiya), jismoniy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

hamda ruhiy zoʻriqish va boshqalar sabab boʻladi. Kashandalar oʻrtasida
Yurakning ishemik kasalligik.ning nisbatan koʻp uchrashi kuzatilgan.

Gipertoniya – Arterial qon bosimining ko’tarilishin bilan namoyon bo’ladi,

jumladan sistolik qon bosim 140mm simob ustunidan, diastolik bosim 90 mm
simob ustunidan oshib ketadi. Gipertoniya asosan qandli diabet, ruhiy
qo’zg’alish, emotsianal zo’riqish, tez tez asabiylashish gipertoniyaga olib keladi.
Gipertoniya bilan kasallangan bemorlar asosan-bosh og’rig’I, bosh aylanishi,
ko’z oldi qorong’ulashishi, ko’ngil aynishi, qusish, quloq oldida shovqin, ko’rish
qobilyati pasayishi, yurakda sanchiq kabi holatlar bilan shikoyat qilishadi.

Bemorda yuz, yanoq sohalari qizargan, terisi issiq, yurak urishi va pulsi

tezlashgan bo’ladi.

Gipotoniya (yunoncha gipo va tonos – taranglik) – toʻqima, aʼzo va

sistemalarning boʻshashuvi, yaʼni tonusi (tarangligi)ning pasayishi. Yurak-tomir
sistemasining tonusi pasayganda qon bosimi past boʻladi. Gipotoniya koʻpincha
qon bosimining pasayganligini ifodalaydi (90/60 mm simob ustunidan past).
Qon bosimining normal holati yoshga, geografik mintaqaga qarab bir oz farq
qilishi mumkin. Sport (ayniqsa ogʻir atletika) bilan muntazam shugʻullanadigan
yigit-qizlarda, Gipotoniya yillab, baʼzan esa umrbod davom etishi mumkin. Bu
fiziologik Gipotoniya boʻlib, dori-darmonning hojati yoʻq. Patologik Gipotoniya
esa turli infeksion kasalliklar, zaharlanish, och yurish yoki yaxshi
ovqatlanmaslik, shuningdek, endokrin bezlar kasalligi natijasida yuzaga keladi.
Gipotoniya koʻpgina kasalliklarning boshlanish belgilaridan boʻlishi yoki
vegetativ nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqishi sababli mustaqil kasallik
sifatida avj olishi mumkin. Gipotoniyada bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu
buzilishi, jizzakilik, qon bosimining birday past turishi va b. kuzatiladi.
Gipotoniya odatda, surunkali kechib, vaqt-vaqti bilan, ayniqsa qish-bahorda,
shuningdek, ruhiy hayajon yoki noqulay tashqi omillar (ob-havo keskin
oʻzgarganda) taʼsirida qaytalanib turadi. Gipotoniyaning oldini olish uchun
mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirish, dam olish kunlari yaxshi hordiq
chiqarish, badan tarbiya bilan shugʻullanish, vitaminlarga boy taomlarni
kundalik ovqat ratsioniga kiritish kerak.

Yurak yetishmovchiligi – dekompensatsiyalangan miokard disfunksiyasi

natijasida kelib chiqadigan sindrom. Bu hujayralararo suyuqlik hajmining
oshishi, organlar va toʻqimalarning perfuziyasining pasayishi bilan namoyon
boʻladi. Ushbu sindromning patofiziologik asosi shundaki, yurak nasos
funksiyasi buzilganligi sababli tananing metabolik ehtiyojlarini taʼminlay
olmaydi yoki u buni qorinchalarda soʻnggi diastolik bosimni oshirish orqali


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

amalga oshiradi. Yurak yetishmovchiligi boʻlgan baʼzi bemorlarda nasos
funksiyasi buzilganda, klinik koʻrinishlari yurak kameralarini toʻldirish yoki
boʻshatishning buzilishi tufayli yuzaga keladi. Miokard disfunksiyasi (sistolik
yoki diastolik) dastlab asimptomatikdir va shundan keyingina yurak
yetishmovchiligi namoyon boʻlishni boshlaydi.
Yurak yetishmovchiligi ikki asosiy turga bo‘linadi:

1. Chap qorincha yetishmovchiligi

Chap qorincha orqali kislorodga boy qon butun tana bo‘ylab tarqatiladi.

Agar chap qorincha zaiflashsa:

O‘pka qon bilan to‘lib ketadi

Nafas qisishi, quruq yo‘tal, kechasi o‘pka. shishidan uyg‘onish kuzatiladi

2. O‘ng qorincha yetishmovchiligi

Bu holatda venoz qon yurakga qaytib kelolmaydi, ya’ni tana to‘qimalarida

suyuqlik yig‘iladi:

Oyoqlarda shish
Qorinda suyuqlik (assit)

Jigar kattalashadi
Ateroskleroz (yun.athera-bo’tqa va skleroz)-yog’simon modda (li-poid)lar

almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida to’planishi va biriktiruvchi
to’qima o’sib ketishi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik. Ateroskleroz
qon aylanishning umumiy va mahalliy buzilishi bilan birga kichadi. Arteriya
devori to’qimasi xujayralaridagi o’zgarishlar,ularda kechadigan bio-kimyoviy
jarayonlardagi buzilishlar. Ateroskleroz paydo bo’lishi va rivojlanishida muhim
ro’l o’ynaydi. Arteriyalar devorining ayrim sohalarida fibroz to’qima
rivojlanishi, shu sohada xolestrin va boshqa moddalar to’planadi.

Bu arterial qon bosimining ko’tarilishi yoki arterial gipertenziyaga bevosita

bog’liq. Ateroskleroz avj olib rivojlanishiga sabab bo’ladigan kasalliklardan biri
bu qandli diabet hisoblanadi.

Aritmiya — bu yurak qisqarishlarining ritmi, tezligi yoki ketma-ketligining

buzilishi. Oddiy qilib aytganda, yurak urishining tartibsiz yoki anormal yurak
ritmini anglatadi, bu erda yurak juda tez, juda sekin yoki tartibsiz uradi. Bu holat
yurakning qonni samarali pompalash qobiliyatiga ta’sir qilishi va to’g’ri
davolanmasa, sog’liq uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Aritmiyalar yaxshi va asemptomatikdan og’ir va hayot uchun xavfli bo’lishi
mumkin.

Yurakning ritmi yurak mushaklari orqali o’tadigan elektr signallari bilan

tartibga solinadi. Ushbu signallar yurak kameralarining qisqarishini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

68

muvofiqlashtiradi, samarali qon oqimini ta’minlaydi. Ushbu elektr signallari
buzilganda aritmiya paydo bo’lib, anormal yurak urishiga olib keladi. Turi va
zo’ravonligiga qarab, aritmiya yurak faoliyatiga va umumiy salomatlikka ta’sir
qilishi mumkin.

Aritmiya belgilari
Semptomlar aritmiya turiga va og’irligiga qarab farq qilishi mumkin:
Yurak urishi: tez yoki tartibsiz yurak urishi hissi.
Bosh aylanishi yoki bosh aylanishi: zaiflik yoki beqarorlik hissi.
Nafas qisilishi: nafas olish qiyinlishuvi yoki nafas qisilishi hissi.
Ko’krak og’rig’i yoki noqulaylik: ko’krak qafasidagi og’riq yoki bosim.
Charchoq: g’ayrioddiy charchoq yoki energiya etishmasligi.
Hushidan ketish yoki hushidan ketish: to’satdan ongni yo’qotish.
Miokard infarkti - bu yurak toj arteriyalarining tromb bilan berkilib qolishi

yoki ularning siqilishi oqibatida, yurakni muskul qavatini qon bilan
taʼminlanishini buzilishi natijasida yurak muskul qavatini nekrozga (mahalliy
o‘lim) uchrashi. Bu kasallik bilan 45—60 yoshdagi kishilar kasallanadi. Erkaklar
ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko‘p chalinadilar, 40—50 yoshdagi
erkaklar besh barobar ko‘p kasal boʻlishadi[1]. Keyingi yillarda miokard infarkti
kasalligi tobora ko‘payib boryapti. Ayniqsa, 45-60 yoshdagi kishilar o‘rtasida
miokard infarkti ko‘p uchramoqda. Erkaklar ayollarga nisbatan miokard
infarktiga ko‘p chalinadilar. 40- 50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko‘p kasal
bo'ladilar. Ayollar erkaklarga nisbatan o‘rta hisobda 10-15 yil kech kasal
boiadilar. 40 yoshga toʻlmagan navqiron kishilar orasida ham miokard infarktiga
uchraganlar ko‘p

Kardiomiopatiya — bu yurak mushaklarining (miokardning) strukturaviy

yoki funksional buzilishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi bo‘lib, natijada
yurak qonni yetarli darajada hayday olmay qoladi. Bu kasallik mustaqil shaklda
ham, boshqa yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq holda ham yuzaga kelishi
mumkin.

Kardiyomiyopatiya turlari Kardiomiopatiyalarning uchta asosiy turi

mavjud:

1. kengaygan kardiyomiyopatiya,
2.gipertrofik kardiyomiyopatiya,
3. cheklovchi kardiyomiyopatiya.
Kengaygan kardiyomiyopatiya Ushbu turdagi kardiyomiyopatiyada chap va

o'ng qorinchalar cho'ziladi va shu sababli ularning bo'shliqlari hajmi ortadi. Agar
katta yoshli odamning sog'lom yuragi taxminan musht o'lchamiga ega bo'lsa va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

og'irligi 240-310 gramm bo'lsa, kengaygan kardiyomiyopatiya bilan u
kattalashadi.

Bularning barchasi miyokard qisqarishining pasayishiga olib keladi:

qisqarishning kuchi va tezligi pasayadi. Kattalashgan yurakning qonni chiqarib
yuborishi qiyinlashadi, bu esa progressiv yurak etishmovchiligining
rivojlanishiga olib keladi.

Xulosa:

Xulosa o‘rnida aytganda, yurak qon-tomirlar kasalliklari hozirgi

holatda epidemik va xavfli asalliklardan sanaladi. Ko‘pchilik yurak-tomirlar
sistemasi kasalliklari oqibatida yurak muskulining qisqarish funksiyasi hamda
tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada
organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun boʻlishiga
qarab yurak yoki tomir yetishmovchiligi vujudga keladi.Yurak qon-tomirlar
kasalliklari ateroskleroz, ishemiya, miokard infarkti,tromboz va kabi xavfli
kasalliklari kiradi. Bu kasalliklarni ba’zilari, masalan, miokard infarkti 25%
hollarda noma’lum sabablar bilan chiqadi.Yurak-tomirlar sistemasi kasalliklarini
keltirib chiqadigan asosiy sabablar gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning
ishemik kasalligini muntazam va oʻz vaqtida davolanmaslik oqibatida kelib
chiqadi. Bu kasalliklarga chalinmaslik uchun 1yilda 4marta kardiolog shifokor
ko‘rigiga yozilish lozim (ayniqsa o‘rta yoshli insonlarda ko‘plab kuzatiladi) va
aholi yurak qon-tomirlar kasalliklari haqida, kasallik alomatlari, ularni kelib
chiqish sabablari, oldini olishichora tadbirlari, birinchi tibbiy yordam berish
haqidagi qarashlarini va savodxonligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar
yaratish, aholini salomatlik darajalari, chekish, alkogol mahsulotlariga bo‘lgan
talablarni asta sekinlik bilan kamaytirish, endokrin bezlari kasalliklarini oldini
olish, sun’iy gormonlar yaratish, stress, charchoq va turli xildagi oliy nerv
faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olishga qaratilgan faol tadbirlar,
profilaktik choralarni ko‘rish lozim. Hozirgi kungi yurtimizda ushbu kasalliklarni
aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda
hamda dispanserlarda amalga oshirilmoqda. Hozirda yurak-qon tomir
xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik tomirlar
tuzilishidagi tugʻma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yoʻli
bilan davolanish yo‘lga qo‘yilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1: Y.L.Arslonov , T. A Nazarov A. A.
Bobomurodov. Ichki kasalliklar. ILM ZIYO - 2013.
2: Oʻ. Sharopov, F. Gʻafforova. Ichki kasalliklar. Yangi asr avlodi 2006.
3: Sharopov Oʻ.B., Gʻafforova F.K., Shodmonov U.I., Ichki kasalliklar, T., 2003.
Mahmud Pirnazarov.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

4: Gadayev . A, M.SH.Karimov. X.S.Axmedov, ,,Ichki Kasalliklar Propedevtikasi”
o’quv qo’llanmasi-,,Muharrir” nashriyoti. Toshkent, 2012

Библиографические ссылки

: Y.L.Arslonov , T. A Nazarov A. A.

Bobomurodov. Ichki kasalliklar. ILM ZIYO - 2013.

: Oʻ. Sharopov, F. Gʻafforova. Ichki kasalliklar. Yangi asr avlodi 2006.

: Sharopov Oʻ.B., Gʻafforova F.K., Shodmonov U.I., Ichki kasalliklar, T., 2003.

Mahmud Pirnazarov.

: Gadayev . A, M.SH.Karimov. X.S.Axmedov, ,,Ichki Kasalliklar Propedevtikasi” o’quv qo’llanmasi-,,Muharrir” nashriyoti. Toshkent, 2012