ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
35
PASTKI LABNING SURUNKALI YORIG‘INI MAHALLIY
DAVOLASHNING KLINIK HOLATI
Kamilov Xaydar Pazilovich
d.m.n.,professor Toshkent tibbiyot akademiyasi
Gospital terapevtik stomatologiya kafedrasi
Raximova Muhabbat Azzamat qizi
t.f.n.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16314744
Lablarning qizil hoshiyasida joylashgan patologik jarayonlar orasida
surunkali qaytalanuvchi lab yorilishi (SQYOR) va eksfoliativ xeylit (EX) alohida
o‘rin tutadi. Ular uzoq muddatli, doimiy kechishi, qaytalanishi bilan tavsiflanadi,
davolash qiyin. Surunkali lab yorilishlarining 6% dan ortig‘i xavfli o‘smalar
rivojlanishida xavf guruhini tashkil qiladi [55, 86] Ushbu kasalliklarning
rivojlanish sababi aniq emas. Ularning paydo bo‘lishida irsiy omilning roli A. J.I.
Mashkilleyson va S. A. Kutan (1976) tomonidan qayd etilgan. Bemorlarning
yarmida bu ikki kasallik birgalikda uchraydi. Patologiyaning asosida qon tomir-
to‘qima neyrogen mexanizmlari [41, 42, 99], shuningdek, psixoemotsional
sohaning buzilishi yotadi, deb hisoblanadi [42]. Bemorlarni klinik kuzatish
P.V.Nikolskiy (1914), G.D.Savkina (1984) va S.A.Kutan (1970) eksfoliativ xeylit
va surunkali lab yorilishining rivojlanishida qalqonsimon bezning roli haqida
Ichki a’zolar kasalliklari va lab patologiyasi o‘rtasida ma’lum
bog‘liqliklarning yo‘qligi, ya’ni polietiologiyasi SQLYO va EX bilan og‘rigan
barcha bemorlarda neyrodistrofiya va u bilan bog‘liq mikrotsirkulyator
o‘zandagi o‘zgarishlar kabi buzilishlar rivojlanadi degan fikrga olib keladi. Ushbu
omilning lab qizil hoshiyasi shikastlanishlari patogenezidagi rolini o‘rganish
stomatologiya va patofiziologiyaning dolzarb muammosi hisoblanadi. Shu bilan
birga, lab qizil hoshiyasi epiteliysi doimiy ravishda yuqori mikrobli ifloslanish,
so‘lakning qo‘zg‘atuvchi ta’siri, zararli odatlar (chekish, yalash, tishlash), tish
jarohati, noqulay meteorologik omillarni o‘z ichiga olgan noqulay sharoitlarda
bo‘lishini hisobga olish kerak.
Surunkali qaytalanuvchi lab yoriqlari va eksfoliativ xeylitni davolashda
qo‘llanilayotgan usullarni qoniqarli deb bo‘lmaydi, chunki ular uzoq muddatli,
ko‘pincha muvaffaqiyatsiz va qaytalanishdan kafolatlamaydi.
Turli fon patologiyasi bo‘lgan surunkali qaytalanuvchi lab yoriqlarining
rivojlanish patogenezida mikrotsirkulyatsiyadagi o‘zgarishlar muhim rol
o‘ynaydi, bu lab to‘qimalarida qon tomir tonusi ko‘rsatkichlarining
modulyatsiyasining oshishida namoyon bo‘ladi, bu esa tartibga solish
mexanizmlarining diskoordinatsiyasidan dalolat beradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
36
SQLYO paydo bo‘lishining yetakchi omillaridan biri lablar qizil
hoshiyasining surunkali shikastlanishidir (yot jismlar bilan jarohatlanish, zararli
odatlar - lablarni tishlash, qo‘ldagi po‘stloq va tangachalarni mustaqil ravishda
bartaraf etish va boshqalar). Zararli odatlar, odatda, psixopatologik buzilishlari
(uyquning buzilishi, depressiv holatlar, xavotirli buzilishlar va boshqalar)
bo‘lgan bemorlarga xosdir. Klinik kuzatuvlar ruhiy-hissiy zo‘riqish, ruhiy
jarohat, oilaviy va ishlab chiqarish nizolari, stress ta’sirlarining qo‘zg‘atuvchi
rolini tasdiqlaydi [12].
Bugungi kunda SQLYOni davolashning bir nechta usullari mavjud. Eng keng
tarqalgan usul turli xil dori vositalaridan foydalangan holda konservativ usul
hisoblanadi. Bir qator mualliflarning tadqiqotlarida mahalliy applikatsiyalar
uchun turli farmakologik guruhlarga mansub preparatlar qo‘llaniladi:
epitelizatsiya
stimulyatorlari
(solkoseril
tish
adgeziv
pastasi),
glyukokortikoidlar, yoriq sohasiga nosteroid yallig‘lanishga qarshi, antibakterial
va virusga qarshi dorilar [9, 10, 15]. Shuningdek
Bunday aralashuvlarning oqibatlari ko‘pincha estetikaning buzilishi,
ovqatlanish, suhbatlashish jarayonida noqulaylik paydo bo‘lishi va hokazolardan
iborat bo‘lganligi sababli, invaziv usullar: jarrohlik usuli, krioterapiya ancha kam
qo‘llaniladi [2, 9].
Bemor M., 20 yoshda, estetik yetishmovchilik, lablarning quruqligi,
og‘riqliligi, gapirish, tabassum qilish, ovqatlanish, og‘izni keng ochishni
qiyinlashtiruvchi shikoyatlar bilan murojaat qildi.
Obyektiv ko‘rikda pastki lab qizil hoshiyasining markaziy qismida
ko‘ndalang joylashgan uzunligi 1,2 sm, kengligi 6 mm bo‘lgan bitta chiziqli yoriq
aniqlandi. Palpatsiyada og‘riqli va qonaydigan (1-2 rasm). Tashxis: MKSB
O23990, labning surunkali yorilishi, K 13.08.
Birinchi tashrifda muolaja lablarning qizil hoshiyasiga xlorgeksidin
biglyukonatning 0,05% li suvli eritmasi bilan antiseptik ishlov berish va lidoksor
geli bilan applikatsion anesteziya qilishdan boshlandi, yoriqning blokadasi 0,3
ml Ultrakain D eritmasi bilan amalga oshirildi, so‘ngra yoriq yuzasiga Emalan
geli surtildi . Ikkinchi tashrifda blokada va gel applikatsiyasi protsedurasi
takrorlandi. Bemorga, ayniqsa sovuq va shamolli ob-havoda, gigiyenik
namlovchi vositalardan foydalanish tavsiya etildi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
37
Rasm 1. Rasm 2.
Surunkali lab yorilishini tashxislash usullari
Tavsif / Ko‘rsatmalar usuli
1. Klinik ko‘rik - Asosiy va birlamchi usul. Aniqlanadi: joylashuvi, yoriq
chuqurligi, chetlarining xususiyati (zichlashgan, shoxsimon), po‘stloqlar
mavjudligi, giperemiya, infiltratsiya. Bemorning shikoyatlari: og‘riq, achishish,
qon ketishi, surunkali kechishi inobatga olinadi.
2. Anamnez Jarayonning davomiyligi, qaytalanish chastotasi, odatlar
(yalash, chekish), jarohatlar mavjudligi, umumiy kasalliklar (OIT, anemiya,
qandli diabet, dermatozlar) haqida ma’lumot to‘plash.
3. Diaskopiya / Cho‘zilish sinovi To‘qimalarning chandiqli deformatsiyasi,
chuqurligi va harakatchanligini aniqlaydi. Yoriqni yuza eroziyasidan farqlaydi.
4. Laboratoriya tekshiruvlari Umumiy qon tahlili - kamqonlik,
yallig‘lanishni istisno qilish. Qondagi glyukoza - diabetga istisno. B2, B6, B12
vitaminlari, temir - gipovitaminozga shubha qilinganda.
5. Surtma / qirma mikroskopiyasi Ikkilamchi infeksiyaga shubha
qilinganda (bakteriyalar, zamburug‘lar - Candida albicans).
Xulosa qilib, ushbu patologiya bilan og‘rigan bemorlar soni doimiy ravishda
ortib bormoqda, shuning uchun uni davolashning yangi dori vositalari va
usullarini izlash muhim va asosli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xavfli o‘smalar,
ayniqsa og‘iz bo‘shlig‘i va lablarda o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bunga
meteorologik omillar, aholi orasida salomatlik madaniyatining yetishmasligi,
hududlardagi keskin ekologik vaziyat, prediktor kasalliklarni o‘z vaqtida
tashxislamaslik, umumiy amaliyot shifokorlarining onkologik hushyorlik
darajasi yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda (Anisimova I.V., 2008; Babanov S.A.,
2002; M.S.Bratoycheva, 2008; Gubanova E.I., 2010). Surunkali lab yorig‘ining
kechishiga turli omillarning o‘zaro ta’siri muammosi yetarlicha ishlab
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
38
chiqilmagan va uning malignizatsiya xavfini bashorat qilish bo‘yicha
ma’lumotlar mavjud emas, bu esa tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.
Adabiyotlar:
1.
Луцкая И.К. Элементы поражения как диагностиче- ский признак
заболеваний слизистой оболочки поло- сти рта / И.К. Луцкая. В.А. 2.
2.
Андреева // Современная стоматология. - 2005. - № 2. - С. 3-10.
3.
Брусенина Н.Д. Заболевания губ / Н.Д. Брусенина, Е.А. Рыбалкина. -
М.: МИА, 2005. - 186 с. Рыбалкина Е. А. Значение нейрососудистых наруше-
ний в развитии хронических рецидивирующих трещин губ: автореф. дис. …
канд. мед. наук. – Москва- 2003.
4.
Вагнер В.Д. Амбулаторно-поликлиническая онкостоматология / В.Д.
Вагнер, П.И. Ивасенко, Д.И. Демин. – М: Медицинская книга, Н. Новгород:
Издательство НГМА, 2002. – 124 с.
5.
Бобров А.П. Возрастные особенности слизистой оболочки полости
рта / А.П. Бобров, Т.Б. Ткаченко, Г.А. Рыжак // Успехи геронтологии. - 2007.
- Т. 20, № 1. - С. 118-120.
6.
Егоров М.А. Влияние показателей регенераторного потенциала на
эпителизацию дефектов слизистой оболочки рта и красной каймы губ /
М.А. Егоров [и др.] // Клиническая и профилактическая медицина. - 2016.
№1 - С. 23 - 28.
7.
Зорян Е.В. Применение комплексного гомеопатиче- ского препарата
«Траумель С» при лечении хрониче- ской рецидивирующей трещины губы
/ Е.В. Зорян, М.В. Матавкина // Российский стоматологический журнал. -
2012. - №3. - С. 26 - 30.