Авторы

  • Zuhraxon Muxtorova
    Alfraganus universiteti, 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.127549

Ключевые слова:

hazm qilish oziq moddalar sòrilish og‘iz mexanik hazm kimyoviy hazm immun tizimi.

Аннотация

Ushbu maqolada inson organizmiga tashqi muhit ta'siri ovqat hazm qilish sistemasi misolida ko‘rsatib berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

116

OVQAT HAZM QILISH SISTEMASIGA ISSIQ HARORATNING TA’SIRI

Muxtorova Zuhraxon Shuhratjon qizi

Alfraganus universiteti, 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16083333

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inson organizmiga tashqi muhit ta'siri ovqat

hazm qilish sistemasi misolida ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar:

hazm qilish, oziq moddalar, sòrilish,og‘iz, mexanik hazm,

kimyoviy hazm, immun tizimi.

Аннотация.

В данной статье показано влияние внешней среды на

организм человека на примере пищеварительной системы.

Ключевые слова:

пищеварение, питательные вещества, всасывание,

рот, механическое пищеварение, химическое пищеварение, иммунная
система

Abstract

. This article shows the impact of the external environment on the

human div using the example of the digestive system.

Keywords:

digestion, nutrients, absorption, mouth, mechanical digestion,

chemical digestion, immune system

Ovqat hazm qilish sistemasi – qabul qilingan oziq moddalarni organizmda

kimyoviy va mexanik parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan birikmalarni
organizm uchun energiya va qurilish materiali sifatida foydalanishidir.

Ovqat hazm qilish sistemasi, oshqozon-ichak yo‘li, qizilo‘ngach, me’da,

ingichka va yo‘g‘on ichaklardan iborat bo‘lib, naysimon tuzilishga ega, hazm
tizmining bir qismini tashkil qiladi. Bu a’zolarda oziqli moddalar mexanik va
kimyoviy ishlovdan o‘tadi va so‘riladi. Shuningdek, organizmning yashashi,
o‘sishi va energetik ehtiyojlarini qondirish uchun muhim bo‘lgan moddalarni
yetkazib berishdan iborat.

Kimyoviy hazm- oziq moddalarni kimyoviy moddalar, fermentlar

yordamida parchalanishi.

Mexanik hazm – oziq moddalarning fizik yo‘llar ya’ni, chaynash orqali

parchalanishi. Inson organizmida doimo tashqi muhit bilan bog‘liq holatda
ishlaydi.

Issiq iqlim yoki yuqori harorat inson organizmiga ko‘plab jihatdan ta’sir

ko‘rsatadi. Shulardan biri ovqat hazm qilish sistemasidir. Issiq harorat ta’sirida
inson organizmida bir qancha o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu
o‘zgarishlardan, inson tanasi suvsizlanishi, ovqatga nisbatan, ishtahaning
pasayishi, ichak mikroflorasinining o‘zgarishi kabi bir qancha belgilar kuzatiladi.
Bu belgilarga kengroq fikr bildirsak.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

117

Yuqori harorat, quruq havo tanadagi ko‘pgina fiziologik-biokimyoviy

jarayonlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday paytda ovqatlanishning
qanday bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalganda dastavval, shuni qayd qilish
lozimki, sanab o‘tilgan omillar ta’sida kishi ko‘p suv va u bilan birga mineral
moddalar yo‘qotadi. Yuqori haroratda mehnat qiladigan odamlarning iste’mol
taomlarini albatta mineral moddalar bilan boyitish kerak. Issiq iqlim sharoitida
ko‘p terlash sababli faqat toza suv iste’mol qilish qilaverish bilan chanqoq
bosilishi qiyin. Shuning uchun ko‘p suv ichishga to‘g‘ri keladi. Yana bu paytlarda
ko‘proq sabzavotlar va mevalardan tayyorlangan salatlar iste’mol qilib, ularni
sharbatlaridan ichib turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Issiq haroratda suvsizlanish xavfi oshadi ya’ni tana issiqlangandan so‘ng u

o‘z haroratini saqlash maqsadida suv bug‘lanish holatlari kuzatiladi. Suvning
yetishmasligi ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi. Me’da shirasi ishlab
chiqarilishini pasaytiradi, ovqatga bo‘lgan ehtiyoj keskin yo‘qoladi. Ichaklar
harakatchanligi sekinlashadi natijada oziq – ovqat to‘planishiga olib kelishi
mumkin. Bu holat o‘z navbatida ich qotishi va boshqa hazm qilish
muommolariga sabab bo‘ladi. Ichak mikroflorasini o‘zgarishi ya’ni yuqori
haroratda bakteriyalar faoliyati kuchayadi, bu nafaqat tashqi muhitda balki ichki
muhitda ham kuzatiladi. Ichakdagi foydali va zararli mikroorganizmlar nisbati
buzilishi mumkin. Bu esa ich ketishi, ovqatga nisbatan allergik reaksiyalar kabi
muammolarni keltirib chiqaradi.

Umuman olganda, issiq harorat sharoitida inson tanasi katta yuklama

ostida ishlaydi. Shuning uchun issiq davrlarda ovqatlanish tartibini
moslashtirish, gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish va organizm suv-elektrolit
balansini doimiy nazoratda tutish ya’ni inson o‘z tana vazniga mos ravishda har
kuni yetarli miqdorda suv ichib turishi kerak bo‘ladi. Ovqat hazm qilish
sistemasining sog‘lom ishlashini ta’minlash uchun sharoitga mos ravishda
ovqatlanish har bir odamning o‘z salomatligiga bo‘lgan mas’uliyatli
munosabatini bildiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Normal fiziologiya: Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/

O.T.Alyaviya. Sh.Q.Qodirov, A.N.Qodirov va boshq.; O‘zbekiston Respublikasi oliy
va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. –T.:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. –382 b.
2.

“Mikrobiologiya, Immunologiya, Virusologiya”, “Yangi asr avlodi” NMM,

2006. –592 bet.
3.

Ovqat ham qilish va ovqatlanish fiziologiyasi/ L.S.Kuchkarov, Sh.Q.

Qurbonov. Toshkent: “Sano-standart” nashri 2013. –384 bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

4.

“Gistologiya, Sitologiya, Embrionologiya” Prof. Q.R.To‘xtaev tahriri

ostida.Toshkent.2019. –760 bet.
5.

http://www.uz.khanacademy.org

Библиографические ссылки

Normal fiziologiya: Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/ O.T.Alyaviya. Sh.Q.Qodirov, A.N.Qodirov va boshq.; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. –T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. –382 b.

“Mikrobiologiya, Immunologiya, Virusologiya”, “Yangi asr avlodi” NMM, 2006. –592 bet.

Ovqat ham qilish va ovqatlanish fiziologiyasi/ L.S.Kuchkarov, Sh.Q. Qurbonov. Toshkent: “Sano-standart” nashri 2013. –384 bet.

“Gistologiya, Sitologiya, Embrionologiya” Prof. Q.R.To‘xtaev tahriri ostida.Toshkent.2019. –760 bet.