ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
103
TILDA EMOTSIYA VA HISSIYOT IFODASI: EMOTIV BIRLIKLARNING
TILDA QO’LLANILISHI
Kurbanova Komila Abdullo qizi
O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti, Toshkent
Uchtepa tumani, Kichik halqa yo’li, 21A
Email: abdkomka@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16082133
Annotatsiya
Ushbu tezis emotsional holatlarni ifodalash bilan bog’liq nazariyalar va
tadqiqotlarni tilshunos olimlarning fikrlari asosida tahlil qiladi, tilda
emotsiyalarni ifodalashning turli xil ko’rinishlarini tadqiq etadi. Shuningdek,
emotsiya va hissiyot tushunchalarining farqlari va maxsus yo’nalish –
emotiologiya haqida ham fikrlar yoritib beriladi. Tezisda emotsional holatlarni
ifodalashda qo’llaniladigan til birliklari va ularning tasnifi tegishli misollar
yordamida tushuntiriladi. Ushbu tezisning asosiy maqsadi – turli xil emotiv
birliklar va ularning o’ziga xosligini misollar yordamida o’rganishdan iborat.
Kalit so’zlar:
emotsiya, hissiyot, emotiologiya, ekpressivlik, emotivlik
kategoriyasi, til birliklari, emotive leksema, emotive leksika.
Annotation
This thesis analyzes theories and research related to the expression of
emotional states based on the opinions of linguists, studies various forms of
expression of emotions in language. It also sheds light on the differences
between the concepts of emotion and feeling and on a special direction -
emotiology. The thesis explains the linguistic units used in the expression of
emotional states and their classification using relevant examples. The aim of the
thesis involves learning various emotive units and their distinctive features with
the help of examples.
Keywords:
emotion, feeling, emotiology, expressiveness, emotive category,
linguistic units, emotive lexeme, emotive lexicon.
Insoniyat yaralibdiki, muloqot uning hayotidagi ajralmas ijtimoiy
xususiyatlaridan biri bo’lib kelgan. So’zlovchilar doimiy muloqotni amalga
oshirish jarayonida turli xil til birliklaridan foydalanadi. Bu muloqot jarayonlari
og’zaki yoki yozma bo’lishidan qat’iy nazar, o’zida konteksga va so’zlovchiga xos
bo’lgan emotsional xilma-xillikni ham namoyon etadi. Ya’ni nutqda nafaqat
fikrlar almashinuvi sodir bo’ladi, balki hissiy ifodalar ham muloqot jarayonidagi
qatnashuvchilarga tom ma’noda ta’sir ko’rsatadi. Tilshunoslik tarixiga nazar
tashlaydigan bo’lsak, emotsiyalarni til bilan bog’liq ravishda o’rganish maxsus
yo’nalishni vujudga keltirgan. Shaxovskiy o’zining izlanishlari natijasida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
104
emotsiyalarning tilshunoslikdagi tarixi va ahamiyati haqida shunday deydi:
“Tilshunoslik emotsiyalar uning predmeti ekanligini kechroq anglab yetdi va u
haqida yetarli bilimlar hajmi yo‘qligi sababli u uzoq vaqt davomida his-tuyg‘ular
sohasidagi tadqiqotlarining asosiy yondashuvlarini shakllantirmadi. Ammo
zamonaviy tilshunoslikda emotsiyalar bo'yicha tadqiqotning maxsus yo'nalishi –
emotiologiya hissiyotlarning lingvistik mavjudligini o'rganishga qaratilgan
nazariy yondashuvlar majmuasi sifatida paydo bo'ldi.”
1
Shu o’rinda, biz hissiy va emotsional holatimizni ifodalashimiz qay tarzda
namoyon bo’lishi, emotsiya va hissiyotning farqi hamda umumiy jihatlari
haqidagi fikrlarga nazar tashlaymiz. Hissiyot jamiyat va o'z shaxsining o'zaro
munosabati uchun ahamiyatli bo'lgan narsalarni aks ettirishdir. Emotsiya esa
shaxs hayoti, faoliyati uchun foydali yoki zararli ta'sir qiluvchi va o'zining kelib
chiqishi jihatidan shartsiz reflekslar (ovqatlanish, jinsiy va h.k.) bog'liq holda
namoyon bo'ladigan «sodda hissiyotlar»dir.
2
Bundan kelib chiqadiki, hissiyot sal
kengrong ko’lamdagi munosabatni anglatsa, emotsiya ma’lum shartsiz
reaksiyalar ta’sirida ko’zga tashlanadi. Demak, bu tushunchalar bir-biridan
tubdan farq qiladigan, qarama-qarshi ma’nolarga ega tushunchalar emas.
Psixologiya darsliklarida kishilarning emotsional tili va uni ifodalashi turli
tarzda namoyon bo’lishi haqida ham firklar yuritilgan. Moslashish xarakteriga
oid bo’lgan, ya'ni ovozning o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir
bo’ladigan jarayonning qayta o’zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar
psixologiyada emotsional harakatlaming ekspressiv tomoni deb ataladi.
3
Ya’ni
tana tili orqali ham muloqot davomida insondagi hissiy holatlar, kechinmalar,
javob tariqasida aks etuvchi munosabatni bemalol ko’rib tushuna olishimiz
mumkin. Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz
ifodasi, qo’l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni
ichki a'zolar faoliyatining va holatining o’zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya'ni
organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni,
shuning bilan birga modda almashinuvida bo'ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga
oladi.
4
Bu uchta holat ko’proq psixologik va biologik tasniflarga asoslanadi va
emotsiyalarimizni namoyon etish siklini izohlaydi.
Barchamizga ma’lumki, atrofimizdagi bo’layotgan voqea-hodisalarga
bo’lgan munosabatimiz, muloqot jarayonidagi mavzu va fikrlarga bo’lgan
reaksiyamiz tilshunoslik nuqtai nazaridan turli xil lingvistik birliklar orqali ham
1
Шаховский в.и. Лингвистическая теория эмоций. – М.: Гнозис, 2008. – 416 с.
2
Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent – 2010 -221.
3
Xaydarov F, Xalilova N. Umumiy psixologiya Toshkent 2010. 230
4
Xaydarov F, Xalilova N. Umumiy psixologiya T.: Fan va texnologiyalar - 2010, -232b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
105
izohlanadi. Mazkur birliklarni ma’lum bir kategoriyalarga bo’lib tahlil qilish
tadqiqot ishini yana-da osonlashtirishga imkon beradi, desak mubolag’a
bo’lmaydi. Emotsional holatlar og’zaki va yozma tarzda quyidagi til birliklari
asosida ifodalanishi mumkin:
Emotsiya so’zlari – bunga sifat, ot va fe’l so’z turkumiga oid misollar kirishi
mumkin: xafa(sad) – sifat; xafalik(sadness) – ot;
Metafra va figurativ til: I’m on cloud 9 – Og’zim qulog’imda (men juda
xursandman)
Sintaktik qurilmalar – undov, kleft va ergash gaplar:
Undov gap: That is just what I wanted! Do you think this sheep will need
plenty of grass? [5,9].
What an amazing night! It’s excitement that made her stay up late. I was
afraid because I was overwhelmed with terror when saw water.
Ma’noni kuchaytiruvchi va aniqlovchi so’zlar:
‘I am so unhappy. I cannot play with you,’ the fox said. [5,70]
5
She is so exhausted. He is extremely nervous right now.
Intonatsiya va punktuatsiya – og’zaki nutqda bu ohang va urg’uning
qo’llanilishida namoyon bo’ladi. Yozma nutqda esa bu ko’proq tinish belgilari,
ellipsis, kursiv harflar yordamida aks ettiriladi.
Diskurs qurilmalari – hikoya va dialogik qurilmalar. Dialog diskursida bu
asosan savol-javoblar, muloqotda navbat almashish kabilarda aks etishi mukin.
Pragmatika va kontekst – bunda madaniyat va vaziyat nuqtai nazaridan
tahlil amalga oshiriladi.
Noverbal belgilar – yozma raqamli muloqotlar foirmatida bu bosh
harflardan va emotsiyani ifodalovchi belgilardan foydalanishni va matn
formatidagi ma’lum o’zgarishlarni o’z ichiga olishi mukin.
Bundan tashqari, leksikada emotivlik kategoriyasini amalga oshirishni
o‘rganishning hozirgi davrida quyidagi ilmiy yo‘nalishlarni aniqlash mumkin:
1)
alohida emotiv leksemalarni tahlil qilish;
2)
emotiv leksikaning leksik-semantik guruhlarini o‘rganish;
3)
emotiv leksikaning sinonimlik va antonimlik munosabatlarini tadqiq
etish;
4)
emotiv leksikani qamrab oluvchi semantik/tematik maydonlarni
tahlil qilish;
5)
emotsiyalarning semantik ifodasida metaforaning tutgan o‘rnini
o‘rganish.
6
5
Antoine De Saint-Exupery, The Little Prince, Macmillan 2016 – 96b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
106
Yuqoridagi ketma-ketlik emotivlik kategoriyasini tadqiq qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi va tadqiqot ishini amaliy tahlil qilishga yordam beradi.
Xulosa
Ilmiy ish so’nggida shuni aytishimiz mumkinki, har qanday nutqni
emotsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Emotsional ifodalar bilan nutq yana-da
boyiydi, so’zlovchi fikrini va holatini tinglovchiga aniqroq qilib yetkazib
beroladi. Emotsional holatlar va hissiyotlar biroz farqlansa-da, ular bir-biriga
bog’liq tushunchalar hisoblanadi. Hissiyotlar va emotsional kategoriyani
o’rganadigan yo’nalish – emotiologiya yuzaga kelgandan so’ng tilshunos olimlar
sohaning bu jabhasiga ham e’tibor bera boshlashdi. Ayniqsa, bu borada
Shaxovskiyning qilgan ilmiy izlanishlari tahsinga loyiq. Jahon tilshunosligida bu
mavzu ma’lum darajada tadqiq etilgan bo’lsa-da, o’zbek manbalari hali hanuz bu
borada biroz cheklangan miqdordagi manbalarga ega bo’lib qolmoqda.
Kelajakda emotsional holatlar ifodasining tillararo qiyosiy tadqiqi va tahlili
ko’proq amalga oshirilishi, yosh izlanuvchilar tomonidan ingliz va o’zbek qiyosiy
bazasining yaratilishi, shubhasiz, muhim va dolzarb qadamlardan biri bo’lishi
mumkin. Shuningdek, bu kabi sa’y-harakatlar har ikkala til tajimashunosligida
ham salmoqli va ahamiyatli tashabbus sifatida e’tirof etilishi mumkin. Zero, har
xil til va madaniyat turfa xil emotsional holatlar ifodasiga va talqiniga ega. Ularni
konteksdan anglab, to’g’ri tarjima qilib sayqallab berish har bir mohir
tarjimonning professional vazifasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Antoine De Saint-Exupery, The Little Prince, Macmillan 2016 – 96b.
2.
Xaydarov F, Xalilova N. Umumiy psixologiya T.: Fan va texnologiyalar,
2010. – 230b.
3.
Xaydarov F, Xalilova N. Umumiy psixologiya T.: Fan va texnologiyalar,
2010. - 232b.
4.
Zufarova M.E. Umumiy psixologiya T.: O'zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti – Toshkent, 2010. – 221b.
5.
Шаховский в.и. Лингвистическая теория эмоций. – М.: Гнозис, 2008. –
416с.
6.
Шаховский В.И. Язык и эмоции в аспекте лингвокультурологии.
Учебное пособие, Волгоград Издательство ВГПУ «Перемена», 2009. – 39c.
6
Шаховский В.И.
Язык и эмоции в аспекте лингвокультурологии. Учебное пособие, Волгоград Издательство
ВГПУ «Перемена» - 2009 – 39c.