ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
OROLBO‘YI MINTAQASI QUM-CHANG BO‘RONLARINING
DAVOMIYLIGI VA INTENSIVLIGINI SHAKLLANTIRUVCHI
METEOROLOGIK OMILLARNI ANIQLASH VA BAHOLASH
Khalmuratov Batir Khalbay uli
1
Pishenbayev Sharapatdin Tlepbay uli
2
1
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
2
Qoraqalpogʻiston Respublikasi gidrometeorologiya markazi boshlig‘i
Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li
ko‘chasi, 2-uy, 111104
https://doi.org/10.5281/zenodo.16416776
Annatatsiya.
Ushbu maqolada Orolbo‘yi mintaqasida 2014–2023 yillarda
qum-chang bo‘ronlarining (QChB) davomiyligi, chastotasi va intensivligi
hududlar bo‘yicha taqqoslab o‘rganildi. Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irot hududlari
bo‘yicha QChB kunlari soni, oylik intensivlik, maksimal davomiylik va
meteorologik omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Moynoqda
QChB chastotasi yuqori, Qo‘ng‘irotda davomiyligi eng uzun, Nukusda esa
chastota past bo‘lsa ham ba’zida uzoq davom etishini ko‘rsatdi. Shamol tezligi va
havo harorati oshganida QChB chastotasi va davomiyligi ortishi, yog‘ingarchilik
kamayganida esa QChB ehtimoli oshishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari QChB
monitoringini takomillashtirish va prognozlash tizimlarini ishlab chiqish uchun
ilmiy asos yaratadi.
Kalit so‘zlar.
Orolbo‘yi, qum-chang bo‘ronlari, davomiylik, chastota,
intensivlik, meteorologik omillar.
1.
Orolbo‘yi mintaqasigi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari Markaziy
Osiyoda qum-chang bo‘ronlari (QChB) tez-tez yuzaga keladigan o‘choqlardan
biri hisoblanadi [1]. Orol dengizining keskin qisqarishi natijasida yuzaga kelgan
5,5 million gektardan ortiq quruq dengiz tubi (Orolqum) mintaqada shamol
eroziyasining keskin kuchayishi va atmosfera havosida chang zarralari
konsentratsiyasining oshishiga sabab bo‘lmoqda [3, 4]. Adabiyotlarga ko‘ra
Orolbo‘yi mintaqasida yiliga o‘rtacha 20–30 kun davomida QChBlari qayd etiladi
va ularning davomiyligi bir necha soatdan 2–3 kungacha davom etishi mumkin
deb baholangan [5]. Dunyo bo‘yicha yiliga taxminan 1–5 milliard tonna mineral
chang atmosfera havosiga ko‘tarilishi aniqlangan bo‘lib, bu jarayonda yirik cho‘l
va yarim cho‘l hududlari asosiy manba hisoblanadi [1]. Shu bilan birga QChBlari
tarkibida og‘ir metallar, pestitsid qoldiqlari va tuz aralashmalari mavjudligi aholi
salomatligi uchun xavfli bo‘lib, nafas olish yo‘llari, yurak-qon tomir va allergik
kasalliklarning ortishiga sabab bo‘layotgani ilmiy manbalarda qayd etilgan [6].
QChB paytida PM10 va PM2.5 konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
belgilagan me’yorlardan 2–5 baravar oshishi mumkinligi aniqlangan [7].
Hududda QChB shakllanishi asosan meteorologik omillar – shamol tezligi (6 m/s
va undan yuqori bo‘lgan hollarda), past nisbiy namlik (30% dan past) va
yog‘ingarchilikning kamligi bilan bog‘liq bo‘lib, shamol tezligi 15–20 m/s ga
yetgan vaqtlarda kuchli QChBlari yuz beradi [8]. Shu sababli QChB intensivligi va
davomiyligini aniqlashda meteorologik parametrlar bilan bog‘lanishlarini
o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Orolbo‘yi mintaqasida QChB
monitoringi, ularning davomiyligi, intensivligi va takrorlanish tendensiyalarini
statistik va modellashtirish usullari orqali baholash, kelajakda ularni
prognozlash imkoniyatlarini yaratadi. Xususan, ekstremal davomiyliklarni
Gumbel taqsimoti yordamida baholash hamda ARIMA modellar orqali qisqa
muddatli prognozlash mintaqada QChB monitoringi samaradorligini oshiradi [9,
10]. Shu bilan birga, hozirgacha olib borilgan tadqiqotlarda QChB intensivligi va
davomiyligi bo‘yicha yetarlicha tizimli ma’lumotlar tahlili amalga oshirilmagan,
Nukus, Moynoq va Qo‘ng‘irot hududlari bo‘yicha 2014–2023 yillardagi
tendensiyalar, ularning meteorologik omillar bilan bog‘liqligi va bashoratlash
imkoniyatlari chuqur o‘rganilmagan.
Shu bois, mazkur tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi mintaqasida
QChBlarining davomiyligi va chastotasiga ta’sir etuvchi asosiy meteorologik
omillarni aniqlash, ularning o‘zaro bog‘liqlik darajasini baholash, QChB
shakllanishida eng muhim determinantlarni ajratib ko‘rsatish hamda ushbu
omillar asosida QChB monitoringi va qisqa muddatli prognozlash tizimini ilmiy
asosda takomillashtirish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat.
2. Ma’lumotlar va metodologiya
2.1. Tadqiqot ob’ekti
Tadqiqot ob’ekti sifatida Orolbo‘yi mintaqasidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi markazi Nukus shahri va Orol dengiziga eng yaqin bo‘lgan Moynoq
va Qo‘ng‘irot tumanlari tanlandi. Ushbu hududlar Orol dengizining qisqarishi
natijasida hosil bo‘lgan sho‘rlangan, qumli va changli yuzalar bilan qoplangan,
kuchli shamol eroziyasi va atmosfera changlanishi yuqori bo‘lgan hududlar
qatoriga kiradi [1]. Hududning tabiiy-geografik sharoitlari yil davomida quruq
va shamolli ob-havo sharoitlari ustunligi bilan xarakterlanadi, bu esa
QChBlarining takrorlanishi va intensivligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi [2].
2.2.
Ma’lumot manbalari
Tadqiqotda 2014–2023 yillar davomidagi oylik va yillik QChBlari kunlari
soni, maksimal davomiyligi (soatlarda) hamda asosiy meteorologik parametrlar
(havo harorati, nisbiy namlik, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘ingarchilik)
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
bo‘yicha Nukus, Moynoq va Qo‘ng‘irot meteorologiya stansiyalaridan olingan
O‘zbekiston
Respublikasi
Gidrometeorologiya
xizmati
markazi
(UZGIDROMET)ning tasdiqlangan ma’lumotlar bazasi ishlatildi. Mazkur
ma’lumot manbalari QChBlar shakllanish jarayonini meteorologik, vaqtinchalik
va hududiy kesimda kompleks baholash hamda ularni monitoring qilish va
prognozlash tizimini ilmiy asosda takomillashtirish uchun zamin yaratdi.
2.3. Tadqiqot metodikasi
Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy-amaliy usullar qo‘llandi:
1. Trend tahlili -
QChBlari kunlari sonining yillik va mavsumiy o‘zgarish
dinamikasini aniqlash maqsadida
oddiy chiziqli regressiya, ko‘p yillik
o‘rtacha qiymatlar va harakatlanuvchi o‘rtacha (moving average)
metodlari qo‘llanildi
. Bu orqali
yil davomida QChB chastotasi va
davomiyligi bo‘yicha ijobiy yoki salbiy tendensiyalar aniqlanishiga
erishildi
.
2.
Ekstremal davomiyliklarni baholash (Gumbel taqsimoti) -
Mintaqada
yuzaga kelgan
maksimal davom etgan QChB holatlarini ekstremal hodisalar
sifatida statistik baholash maqsadida Gumbelning Ekstremal qiymatlar
taqsimoti (EVT) qo‘llandi.
Taqsimotning ehtimollik zichligi formulasi Emil Julius Gumbel (1891–1966)
ga tegishli bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi.
Bu yerda:
x – QChB davomiyligi (soatlarda),
μ – o‘rtacha qiymat,
β – o‘lchov (scale) parametri.
Gumbel taqsimoti yordamida 5 yillik va 10 yillik ekstremal davomiyliklar
prognozi aniqlanib, QChB xavf ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavakkalchilik bahosi
amalga oshirildi.
3. Korrelatsion tahlil
- QChB kunlari soni va davomiyligi bilan
meteorologik parametrlar (o‘rtacha havo harorati, shamol tezligi, nisbiy namlik
va yog‘ingarchilik miqdori) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
Pearson korrelatsiya
koeffitsienti yordamida baholandi.
Bu usul QChBga eng kuchli ta’sir
ko‘rsatadigan omillarni aniqlashga yordam berdi.
Dasturiy ta’minot va vizuallashtirishda b
archa statistik hisob-kitoblar va
tahlillar uchun
Python (pandas, numpy, statsmodels, matplotlib), R
statistical software va MS Excel dasturlari ishlatildi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
3. Natijalar
3.1. QChBlari: chastota, intensivlik, davomiylik
QChBlarining takrorlanishi, davomiyligi va intensivligi bo‘yicha yillik va
mavsumiy o‘zgarishlarni aniqlash mintaqada ekologik monitoringni samarali
tashkil etish va qisqa muddatli prognozlash tizimini shakllantirish uchun muhim
hisoblanadi. Grafik tahlillar yordamida QChBlarining yillik o‘zgarish
tendensiyalari, ekstremal davomiylik holatlari va ularning meteorologik
parametrlar bilan bog‘liqligini vizual tahlil qilish imkonini beradi. Shu sababli
tadqiqot jarayonida QChBlari bo‘yicha yillik o‘zgarishlari, davomiylik va
prognozlash natijalari grafik ko‘rinishda ifodalandi. Quyidagi 1-rasmda Orolbo‘yi
mintaqasida 2014–2023 yillar davomida QChBlari kunlari sonining yillik
o‘zgarishi aks ettirilgan. Meteostansiyada qayd etilgan QChBlarining kamida bir
kunda bir soatdan ortiq davom etgan hollari inobatga olingan holda 1-grafik
shakllantirildi. Ushbu yondashuv QChBlarining faqat qisqa muddatli epizodlarini
emas, balki hududda atmosfera sifatiga va aholi salomatligiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatgan epizodlarni aniqlash imkonini beradi. Natijada yillik kesimda
QChBlari kunlari sonining haqiqiy va ilmiy asoslangan trendini baholash
imkoniyati yaratildi.
1-rasm. Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irotda QChBlari kunlari sonining yillik
o‘zgarishi.
Grafikda Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irot hududlarida QChBlari kuzatilgan
kunlar sonining yillik o‘zgarish tendensiyasi aks ettirilgan. Grafikdagi
ma’lumotlar asosida QChBlari kunlari sonining chastotasiga qarab hududlarni
zonalarga ajratish ham mumkin. Moynoq stansiyasida QChBlari kunlari soni
yiliga 17 dan 49 kungacha o‘zgarishi o‘rganilayotgan davr mobaynida eng yuqori
chastotasi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. 2018 yilda maksimal
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
ko‘rsatkichni qayd etgan. 2020 yilda eng past ko‘rsatkich kuzatilgan bo‘lsa ham
2021 yilda qayta o‘sish kuzatilgan. Bu holat hududda iqlim va meteorologik
sharoitlarning o‘zgaruvchanligini yaqqol ko‘rsatdi. Nukus meteostansiyasida
QChBlari kunlari soni 1 dan 13 kungacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib borgan. 2014
yilda nisbatan yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lib, keyingi yillarda pasayish
kuzatilgan va 2016 yilda eng past ko‘rsatkichga tushgan. 2021 yildan boshlab
kunlar sonida o‘sish tendensiyasi qayd etilib, 2022–2023 yillarda maksimal
qiymatlarga yaqinlashgan. Bunga ushbu yillarda Nukusda yog‘ingarchilikning
kamayganligi, maksimal shamolli kunlar sonining kamligi, vegetatsiya
qoplamining qisqarishi yoki Orol dengizi tubining ochiq maydonlaridan
kelayotgan chang oqimlari nisbatan yetib kelmaganligi asosiy sabab bo‘lgan
bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi. Qo‘ng‘irot stansiyasida 7 dan 13 kungacha
bo‘lgan oraliqda QChBlari kunlari kuzatilgan bo‘lib, bu hududda nisbatan
barqaror tendensiya kuzatilganligini ko‘rsatdi. Ammo ayrim yillarda pasayish va
o‘sishlar qayd etilgan. Masalan 2016–2018 yillarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd
etilib, 2019–2020 yillarda pasayish yuz bergan, 2021–2023 yillarda esa
bo‘ronlar kunlari soni yana oshgan. Umuman olganda grafikdagi ko‘rsatkichlar
QChBlari chastotasining hududlar bo‘yicha farqlanishini iqlimiy quruqlik,
yog‘ingarchilik kamligi va shamol tezligining oshishi kabi meteorologik omillarni
chuqur o‘rganish zaruratini tug‘dirmoqda. Ushbu omillar QChBlarining
shakllanishi va takrorlanish chastotasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkinli
bizga iqlimshunoslik fanidan ma’lum hisoblanadi.
Tadqiqotning navbatdagi bosqichida QChBlari oylik intensivligining foizda
ifodalangan o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Ya’ni quyida 2-rasmdagi keltirilgan
grafikda aks ettirilgan ko‘rsatkichlar oyning umumiy davomiyligidan QChBlari
kuzatilgan kunlar ulushini foizlarda ifodalab, mintaqadagi QChBlarining
vaqtinchalik (oylik) dinamikasini ilmiy jihatdan baholash imkoniyatini yaratdi.
2-rasm. QChBlarining oylik intensivligi (%) da
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
137
Grafik 2014–2023 yillar davomida Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irot
hududlarida QChBlari oylik intensivligining foizdagi o‘zgarishini aks ettiradi.
Oylik intensivlik ko‘rsatkichi o‘sha oyning umumiy davomiyligi davomida QChB
bilan o‘tgan kunlarning ulushini ifodalaydi va hududiy kesimda QChBning
vaqtinchalik (mavsumiy) taqsimotini baholash imkonini berdi.
Moynoq hududi QChBlari intensivligi boshqa hududlarga nisbatan
yuqoriligi bilan ajralib turadi. 2014–2018 yillar davomida oylik intensivlikning
ko‘plab yuqori cho‘qqilari qayd etilgan bo‘lib, ayrim oylarda intensivlik 25–30%
gacha ko‘tarilgan. Bu holat ayniqsa bahor va yoz oylarida, yog‘ingarchilikning
kamligi, tuproq namligining pastligi va shamolli kunlar sonining ortishi bilan
izohlanadi. 2019–2020 yillarda Moynoqda intensivlikda nisbiy pasayish
kuzatilgan, ammo 2021–2023 yillarda yana o‘sish qayd etilgan, bu esa QChBi
intensivligining iqlim va meteorologik sharoitlarga sezgirligini ko‘rsatadi.
Nukus hududida QChBlari intensivligi past bo‘lib, asosan 0–10% oralig‘ida
bo‘lgan. 2014–2015 yillarda ayrim oylarda intensivlik 7–10% gacha yetgan
bo‘lsa, 2016–2020 yillarda past darajada qolgan. 2021–2023 yillarda esa,
ayniqsa bahor oylarida, intensivlikda biroz o‘sish qayd etilgan. Bu holat Nukusda
QChBi chastotasi past bo‘lsada, meteorologik omillar ta’sirida ayrim oylarda
intensivlik oshib ketishini ko‘rsatadi.
Qo‘ng‘irotda QChBlari intensivligi Moynoqqa qaraganda past, ammo
Nukusga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, odatda 5–15% oralig‘ida o‘zgarib turgan.
2014–2017 yillarda ayrim oylarda intensivlik 15–18% gacha oshgan holatlar
qayd etilgan. 2018–2020 yillarda intensivlikda pasayish, 2021–2023 yillarda esa
bahor oylarida intensivlikda asta-sekin o‘sish kuzatilgan.
Mintaqada QChBlari xavfini chuqur baholashda ularning nafaqat chastotasi,
balki bir kunda sodir bo‘lishi davomiyligi ham muhim ahamiyatga ega. Shu
maqsadda
quyida 3-rasmda grafik keltirilgan va bu hududlarida QChBning bir
kunda maksimal davom etgan soatlari o‘zgarishini aks ettiradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
138
3-rasm. QChBlarining maksimal davomiyligi (soatlarda), 2014–2023
yillar
Grafikda 2014–2023 yillar davomida Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irot
hududlarida QChBlarining maksimal davomiyligi (soatlarda) yillik kesimda aks
ettirilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘ronlarning bir kunda eng uzoq davom etgan
muddatini ifodalaydi va mintaqada QChBlari davomiyligining hududlar bo‘yicha
taqsimlanish va vaqtinchalik o‘zgaruvchanligini baholash imkonini beradi.
Qo‘ng‘irot hududida QChBlarining maksimal davomiyligi boshqa
hududlarga nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ayrim yillarda davomiylik 6–
15 soatgacha yetgan bo‘lib, 2018 yilda eng yuqori davomiylik (taxminan 15 soat)
qayd etilgan. Bu holat hududda qum va chang manbalarining yaqinligi, shamolli
kunlarning ko‘pligi va vegetatsiya qoplamining yetarli emasligi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. Grafikda Qo‘ng‘irotda davomiylik ko‘rsatkichlarining yuqori
tebranishda o‘zgarib borishi mintaqada bo‘ronlarning davomiyligi barqaror
emasligini ko‘rsatadi.
Nukusda maksimal davomiylik asosan 0–6 soat oralig‘ida o‘zgarib borgan.
2018 yilda maksimal davomiylik (6 soat) qayd etilgan bo‘lib, bu davrda
QChBlarining davomiyligi oshgan. Boshqa yillarda davomiylik past bo‘lib, 1–3
soat atrofida saqlangan. Bu holat QChBlari chastotasi kam bo‘lgan hollarda ham
ba’zida davomiyligi yuqori bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Moynoqda QChBlari kunlari ko‘p bo‘lsa-da, maksimal davomiylik past
darajada qolgan, asosan 1, 2 soat atrofida saqlangan. Bu holat bo‘ronlar
chastotasining yuqoriligi bilan birga davomiyligining qisqaligi hududda
bo‘ronlarning ko‘pincha tezkor ravishda boshlanishi va tugashi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
3.2. QChBlari va meteorologik omillar
o‘rtasidagi bog‘liqlik
QChBning davomiyligi, intensivligi va tendensiyalarini baholashda faqat
QChB kunlari soni va davomiyligi emas, balki ularni shakllantiruvchi
meteorologik omillar bilan bog‘liqligini aniqlash muhim hisoblanadi. Quyida
korrelyatsiya heatmap grafigi Orolbo‘yi mintaqasida QChBlarni shakllantiruvchi
asosiy meteorologik omillar (shamol tezligi, harorat, yog‘ingarchilik) bilan QChB
kunlari soni va davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlab berdi. 4-rasm.
Mazkur korrelyatsiya heatmap grafigi Orolbo‘yi mintaqasida QChBlari
davomiyligi va intensivligi shakllanishida meteorologik omillarning o‘rnini
aniqlashga xizmat qildi. Grafikda QChB kunlari soni va davomiyligi bilan shamol
tezligi, havo harorati, havo namligi hamda yog‘ingarchilik o‘rtasidagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
139
o‘zaro bog‘liqlik darajalari
tasvirlangan. Tahlil natijalariga
ko‘ra maksimal shamol tezligi bilan
QChB kunlari soni va davomiyligi
o‘rtasida o‘rtacha ijobiy bog‘liqlik (r
= 0.51) aniqlangan bo‘lib, shamol
tezligi oshishi QChB chastotasi va
davomiyligini
oshirishini
tasdiqlaydi. Bu esa mintaqada
shamolning tezlashishi qum va
changning ko‘tarilishi uchun qulay
sharoit yaratishini ko‘rsatadi. QChB
kunlari soni va davomiyligi
orasida yuqori ijobiy bog‘liqlik (r = 0.76) mavjud bo‘lib, bo‘ronli kunlar soni
ortganida ularning davomiyligi ham oshishini ko‘rsatadi. Yog‘ingarchilik bilan
QChB ko‘rsatkichlari o‘rtasida salbiy bog‘liqlik (r = -0.20) qayd etilgan, ya’ni
yog‘ingarchilikning kamayishi qum-chang bo‘ronlari ehtimolini oshirishini
bildiradi. O‘rtacha havo harorati bilan QChB ko‘rsatkichlari orasida past ijobiy
bog‘liqlik (r = 0.12) aniqlangan bo‘lib, issiq va quruq ob-havo sharoiti ham
shamol bilan birlashganda QChB shakllanishiga yordamchi omil sifatida ta’sir
ko‘rsatadi. O‘rtacha shamol tezligi bilan QChB orasida esa past manfiy bog‘liqlik
(r = -0.14) aniqlangan, bu esa o‘rtacha shamol tezligi kuchli emasligi sharoitida
bo‘ronlarni shakllantirish imkoniyati cheklanishini bildiradi. Umuman olganda
ushbu grafik QChB davomiyligi va intensivligini shakllantiruvchi asosiy
meteorologik omillarni aniqlashga yordam beradi hamda ularni hisobga olgan
holda QChB monitoringi va prognozlash tizimini ilmiy asosda takomillashtirish
imkonini yaratadi. Bu Orolbo‘yi mintaqasida iqlim barqarorligini baholash va
atmosfera havosini muhofaza qilish choralarini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Quyidagi 1-jadvalda Orolbo‘yi mintaqasidagi QChB
chastotasi, intensivligi va davomiyligining Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irot
hududlari bo‘yicha 2014–2023 yillardagi taqqoslanishi keltirilib, hududlar
o‘rtasidagi farqlarni zonalarga ajratishning ilmiy asoslari yoritilgan. Jadval
natijalari QChB monitoringi va prognozlashda hududiy o‘ziga xosliklarni hisobga
olish zarurligini ko‘rsatdi.
4-rasm.QChB va meteorologik omillar
o‘rtasidagi korrelyatsiya matritsasi”
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
140
1-jadval. QChB chastotasi, intensivligi va davomiyligining hududlar
bo‘yicha taqqoslanishi (2014–2023 yillar)”
Hududlar
O‘rtacha
QChB
kunlari/ yil
Oylik
intensivlik
(%)
Maksimal
davomiylik
(soat)
Eslatma
Moynoq
17–49 kun
(2014–
2023)
10–30%,
ba’zida
25–
30%
Asosan
1–2
soat
Eng ko‘p QChB, lekin
davomiyligi qisqa
Nukus
1–13 kun
0–10%,
ba’zida
7–
10%
0–6
soat,
2018 yilda 6
soat
QChB
kam,
lekin
ba’zida uzoq davom
etadi
Qo‘ng‘irot 7–13 kun
5–18%,
ba’zida
15–
18%
6–15
soat,
2018 yilda 15
soat
Davomiyligi eng uzun,
intensivligi o‘rtacha
4. Muhokamalar
Ushbu tadqiqot natijalari Orolbo‘yi mintaqasida qum-chang bo‘ronlari
(QChB) davomiyligi, chastotasi va intensivligi hududlar bo‘yicha sezilarli
darajada farqlanishini ko‘rsatdi. Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irot hududlarida
2014–2023 yillar davomida kuzatilgan QChB ko‘rsatkichlari hududning tabiiy-
geografik va meteorologik sharoitlari, Orol dengizi tubining ochilishi va chang
manbalariga yaqinligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tasdiqladi.
Moynoq hududida QChB kunlari soni eng yuqori bo‘lib, yiliga 17–49 kunni
tashkil etgani ushbu hududda bo‘ronlar chastotasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Oylik intensivligi ham yuqori bo‘lishiga qaramay (10–30%), bo‘ronlarning bir
kunlik davomiyligi asosan 1–2 soat bilan cheklanadi. Bu holat bo‘ronlarning
ko‘pincha qisqa muddatli va tez-tez yuz berishini, ya’ni tez boshlanib, tez
tugashini ko‘rsatadi. Bu esa Orol dengiziga yaqin ochiq qum va chang
manbalarining mavjudligi va shamolli kunlar sonining ko‘pligi bilan izohlanadi.
Nukus hududida esa QChB kunlari soni eng kam (1–13 kun/yil), oylik
intensivligi past (0–10%) bo‘lishiga qaramay, ba’zida davomiyligi 6 soatgacha
yetgan (masalan, 2018 yilda). Bu Nukusda bo‘ronlar kam uchrasa ham, muayyan
ob-havo va meteorologik sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda ular uzoq davom
etishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Qo‘ng‘irot hududida QChB kunlari soni o‘rtacha (7–13 kun/yil), intensivligi
5–18% oralig‘ida bo‘lgan bo‘lsa, davomiyligi jihatidan eng yuqori
ko‘rsatkichlarni qayd etgan (6–15 soat, ayrim yillarda 15 soatgacha). Bu holat
shamol eroziyasi, ochiq qumli yuzalar va vegetatsiya qoplamining kamligi
Qo‘ng‘irotda bo‘ronlarning davomiyligini oshirayotganini ko‘rsatadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
Korrelatsion tahlil natijalariga ko‘ra, QChB kunlari soni va davomiyligi
orasida yuqori ijobiy bog‘liqlik (r = 0.76), shamol tezligi bilan QChB kunlari soni
va davomiyligi orasida o‘rtacha ijobiy bog‘liqlik (r = 0.51) aniqlangan bo‘lib, bu
shamol tezligi oshganida QChB chastotasi va davomiyligi ortishini tasdiqlaydi.
Yog‘ingarchilik esa QChB bilan salbiy bog‘liq (r = -0.20) bo‘lib, yog‘ingarchilik
kamaygan davrlarda bo‘ronlarning yuzaga kelish ehtimoli ortadi.
Ushbu natijalar quyidagilarni ko‘rsatdi:
Orolbo‘yi mintaqasida QChBlar meteorologik va iqlimiy sharoitlarga yuqori
sezuvchan bo‘lib, bahor-yoz oylarida intensivligi va chastotasi oshadi, kuz-qish
oylarida esa pasayadi.
Hududiy farqlar ekologik monitoringni hududlar bo‘yicha individual
yondashuvda olib borishni talab qiladi.
Olingan natijalar kelajakda qisqa muddatli prognozlash tizimlarini ishlab
chiqish va ekologik xavfni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni
rejalashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa
Orolbo‘yi mintaqasida QChBlari davomiyligi va chastotasi 2014–2023
yillarda tizimli ravishda o‘rganilib, ularning shakllanishida shamol tezligi, havo
harorati va yog‘ingarchilik asosiy ta’sir etuvchi omillar ekani aniqlandi. Shamol
tezligi oshishi va yog‘ingarchilik kamayishi QChB chastotasi hamda
davomiyligini oshirishi, issiq va quruq sharoitlar esa yordamchi omil sifatida
ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan isbotlandi. Tadqiqot davomida QChB chastotasi
va davomiyligi bo‘yicha Moynoq, Nukus va Qo‘ng‘irot hududlari o‘rtasida farqlar
aniqlanib, hududlarni zonalarga ajratishning ahamiyati asoslandi. Orolbo‘yi
mintaqasida QChBlarining chastotasi, davomiyligi va intensivligi bo‘yicha
hududlar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Moynoqda bo‘ronlar
chastotasi yuqori, lekin davomiyligi qisqa; Qo‘ng‘irotda davomiyligi eng uzun;
Nukusda esa bo‘ronlar kam uchrasa-da, ba’zida uzoq davom etishi kuzatildi.
Bahor va yoz oylarida QChB intensivligi va chastotasi oshib, kuz-qishda
pasayishi grafiklar orqali tasdiqlandi. Shamol tezligi oshishi va
yog‘ingarchilikning kamayishi QChB chastotasi va davomiyligini oshirishi
korrelyatsiya tahlilida isbotlandi. Natijada QChB monitoringi va prognozlashda
shamol, yog‘ingarchilik va hududiy farqlarni hisobga olib ishlash zarurligi ilmiy
asoslandi. Shu bilan birga, ushbu yondashuv Orolbo‘yi mintaqasida ekologik
xavfni kamaytirish va aholini oldindan ogohlantirish imkoniyatini yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Middleton N. J. Desert dust hazards: A global review // Aeolian Research. –
2017. – Vol. 24. – P. 53–63.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
142
2. Gintzburger G., Toderich, K. N., Mardonov, B. K., Mahmudov, M. M. Rangelands
of the Arid and Semi-arid Zones in Uzbekistan. – Montpellier: CIRAD-ICARDA,
2003. – 432 p.
3. Micklin, P. The Future Aral Sea: Hope and Despair // Environmental Earth
Sciences. – 2016. – Vol. 75, No. 9. – Article 712.
4. Lioubimtseva E. Human vulnerability to climate change in the Aral Sea Basin
// Environmental Earth Sciences. – 2015. – Vol. 73. – P. 719–729.
5. Orlovsky N., Orlovsky, L. Dust storms in Central Asia // Environmental
Monitoring and Assessment. – 2002. – Vol. 82, No. 1. – P. 41–50.
6. Prospero J. M., Mayol-Bracero, O. L. African dust transport // Bulletin of the
American Meteorological Society. – 2013. – Vol. 94, No. 9. – P. 1329–1337.
7. World Health Organization (WHO). Ambient (Outdoor) Air Pollution. –
Geneva: WHO, 2021. – URL: https://www.who.int/news-room/fact-
sheets/detail/ambient-(outdoor)-air-quality-and-health (data olingan sanasi:
01.05.2025).
8. Darmenova K., Sokolik, I. N., Darmenov, A., et al. Surface winds and dust in the
Aral Sea Basin: A regional climate model perspective // Journal of Applied
Meteorology and Climatology. – 2009. – Vol. 48, No. 5. – P. 864–882.
9. Gumbel E J. Statistics of Extremes.–New York:Columbia University Press, 1958
– 375 p.
10. Box, G. E. P., Jenkins, G. M., Reinsel, G. C., Ljung, G. M. Time Series Analysis:
Forecasting and Control. – 5th ed. – Hoboken: Wiley, 2015. – 712 p.