ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
86
AUDITNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA AUDITOR
MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH MASALALARI
Sh.B.Xusanov
MChJ “ Erkin Audit XXI ” auditorlik tashkiliti direktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.16353272
Auditning xalqaro standartlariga binoan auditor moliyaviy hisobotlarni
tekshirish bilan bog‘liq ahloqiy va mustaqillik talablariga rioya qilishi lozim
(1.A14-A17).
Mustaqillik, xolislik va halollik tamoyillari kabi auditning meyori yoki
standarti bo‘libgina qolmay, kasbiy xatti-xarakatlar qoidasi , uning falsafiy
tarkibini tashkil qiluvchi ustun hisoblanadi.
Auditorning mustaqilligi:
a)
fikrlashning mustaqilligi
, ya’ni auditorni uning faoliyatiga salbiy tasir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar mavjudligidan qatiy nazar xolisona fikr
bildira olishida;
b)
xatti-xarakatning mustaqilligi,
yani
auditor faoliyati davomida o‘z
ishini shunday tashkil qilishi va shunday xatti-xarakatlarni amalga oshirishi
kerakki, ushbu sohaning eng yaxshi mutaxassisi bo‘lgan uchinchi shaxs ham
uning ishchi xujjatlarini o‘rganib chiqib xalollik, xolislik va kasbiy mahorat
bo‘yicha unga etiroz bildira olmasligini taminlay olishida namoyon bo‘ladi.
Auditorning mustaqilligi- bu auditorni tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligi to‘g‘risida o‘z fikrini shakllantirishda
ish natijalariga moliyaviy, mulkiy, tegishli yoki boshqa manfaatlarga ega
emasligini nazarda tutadigan audit tamoyilidir. Shu bilan birga auditorning
mustaqilligi uni davlat idorasining shtatdagi xodimi bo‘lmaganligi, huquq-
tartibot idoralari buyurtmalari asosida va ularning ko‘rsatmalari hamda
nazorati ostida ishlamasligida o‘z aksini topadi.
Bu tamoyilning ahamiyati shundaki, auditor qanchalik malakali, tajribali
bo‘lmasin, agar u o‘z mustaqqilligini isbotlay olmasa, uning moliyaviy hisobot
to‘g‘risidagi fikri mijoz va uchinchi shaxslar uchun hech qanday ahamiyatga ega
bo‘lmaydi. Auditorning mustaqilligiga salbiy tasir ko‘rsatuvchi omillar talaygina
bo‘lib, ularni barchasini sanab chiqishning o‘zi mushkul. Biroq, xalqaro audit
nazariyasi va amaliyoti yoritilgan darsliklar, amaliy qo‘llanmalar, qonunlar,
boshqa meyoriy xujjatlar, matbuot va zamonaviy elektron tarmoqlarda berilgan
malumotlarni o‘rganib chiqish orqali auditorning mustaqilligini buzilishiga
sabab bo‘luvchi quyidagi ahamiyatli xolatlarni o‘quvchiga yetkazishni maqsadga
muvofiq deb hisobladik. Xalqaro audit amaliyotiga ko‘ra, agar auditor
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
87
- tekshirilayotgan kompaniyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki katta xajmda
egri moliyaviy daromad olgan yoki uni olishga rozilik bildirgan bo‘lsa;
- kompaniyaning biror bir mulkining rahnamosi, buyruq beruvchi yoki
sarflovchisi bo‘lib, buning natijasida kompaniyadan istalgan tusdagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki katta hajmda egri moliyaviy daromad olishi mumkin bo‘lsa;
- kompaniya, uning rahbariyati va yirik korxonalari bilan birgalikda
sarmoyaga ega bo‘lsa, yoki kompaniyaga qo‘yilgan sarmoyalar tekshiruvi bilan
uzviy bog‘liq, hamda uning sof daromadi yoki daromadi unga qaram bo‘lsa;
- kompaniya bilan tasischi, topshiruvchi yoki ishonchli shaxs sifatida
bog‘langan bo‘lib, ovoz berish huquqini olgan va shu tarzda haqiqatda
kompaniyaning rahbarlaridan biri yoki uning xodimiga aylangan bo‘lsa.
- kompaniyaning nafaqa yoki xodimlarning foydada qatnashish
jamg‘armasini taqsimlovchisi bo‘lib hisoblansa.
- auditorlik tekshiruvi tayinlangan davrda rasmiy yoki norasmiy tarzda o‘zi
ishlayotgan auditorlik tashkilotidan tashqarida bo‘lgan holda mijoz
kompaniyaning buxgalteriya hisobini tiklagan, yuritgan va yoki moliyaviy
hisobotini tuzib bergan bo‘lsa.
- auditor mijoz korxona olgan qarzga o‘zining ko‘chmas mulkini garov
sifatida qo‘ygan bo‘lsa yoki mijoz korxona auditor tomonidan olingan qarzga
kafolat xati bergan bo‘lsa.
- mijoz korxona masul xodimlari yoki ular yollagan shaxslar tomonidan
ijobiy xulosa olish maqsadida auditorni qo‘rqitish yoki unga bosim o‘tkazish
holati yuzaga kelgan bo‘lsa.
- auditorlik tashkiloti rahbariyati tomonidan yirik mijozni yo‘qotib
qo‘ymaslik uchun auditorni tekshiruv natijalariga zid tarzda ijobiy xulosa
berishga majburlash vaziati paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning mustaqilligiga putur
yetgan deb hisoblanadi.
Auditorning mustaqilligi masalasi bu faoliyat yo‘nalishi yuzaga
kelgandan boshlab davlat idoralari, nazariyotchi olimlar va amaliyotda faoliyat
ko‘rsatayotgan mutaxassislar o‘rtasidagi tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Jumladan audit nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha yirik mutaxassi hisoblangan
Amerikalik olim, professor Dj.Robertsonning fikricha :
1) agar kompaniya rahbariyati auditorga nisbatan uning auditorlik yoki
professional xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklariga
ishora qilgan holda sud jarayonini boshlagan yoki boshlayman deb po‘pisa
qilayotgan bo‘lsa ham, yoki
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
2) auditor mijoz kompaniya raxbariyatini firibgarlik yoki aldovda ayblab
unga nisbatan sud jarayonini boshlagan yoki boshlayman deb po‘pisa qilayotgan
bo‘lsa xam auditorning mustaqilligini buzilgan deb hisoblash lozim (2.69-70
betlar).
Ingliz olimi professor R.Dodjning takidlashicha, Angliyada auditor
mijoz-firma rahbariyati yoki uning xodimlari bilan qalin do‘stlik, qarindoshlik
aloqalari va er-xotinlik munosabatlari bilan bog‘langan bo‘lganda; bitta
mijozdan olayotgan uning mehnat haqi umumiy daromadining 15 % dan
ortig‘ini tashkil qilganda ham auditorning mustakilligi buzilgan hisoblanadi (3.
53-54bet).
Germaniyada bu daraja 25% kilib belgilangan.(4.39bet)
Amerika diplomli buxgalterlar instituti
(
American Institute of Certified
Public Accountants
)
tomonidan ishlab chiqilgan va xozirda amalda bo‘lgan
“Kasbiy xulq-atvor kodeksi” ning “Mustaqillik” deb nomlangan 101-bo‘limi
moddalariga ko‘ra, agar auditor mijoz korxonaga moliyaviy qarz bergan bo‘lsa
yoki undan qarz olgan bo‘lsa uning mustaqilligi buzilgan hisoblanadi. Bundan
tashqari ushbu kasb qoidalari auditorga uning mustaqilligiga putur yetkazuvchi
omillar sifatida tasniflanadigan quyidagi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi:
- mijoz kompaniya kapitalining 10 foizidan ortig‘iga ega bo‘lgan holda yoki
unga egalik qilish majburiyatini olgan holda vasiylik kengashiga azo bo‘lib
kirish;
- auditorning oila azolari va uning yaqin qarindoshlariga mijoz kompaniya
kapitalining 5% dan ortig‘iga egalik qilish (5)
Yuqorida keltirgan malumotlardan ko‘rinib turibdiki auditorning
mustaqilligi uning faoliyatini huquqiy asoslashning sharti bo‘lib hisoblanadi
ekan. Auditor mustaqil bo‘lmas ekan, uning tomonidan bajarilgan barcha
ishlar xalqaro amaliyotda qabul qilingan standartlarga mos emas deb
hisoblanadi va mazkur auditor tekshiruv yakunlari bo‘yicha tuzilgan hisobotga
xulosa berishdan chetlashtirilishi lozim. Agar auditorlik tashkiloti auditorning
mustaqilligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlardan voqif bo‘lgan holda
uni auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga tayinlasa va unga audit natijalariga ko‘ra
tuzilgan hisobotga fikr bildirishga yo‘l qo‘ysa kelajakda jiddiy moliyaviy
yo‘qotishlarga sabab bo‘luvchi salbiy huquqiy xolatlarni kelib chiqishini kutishi
lozim. Jahon audit amaliyotida bunday noxush xolatlar onda-sonda uchrab
turadi.
Auditorlik tashkiloti shunday noxushliklarni oldini olish, moliyaviy va
imidj yo‘qotishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xalqaro audit standartlari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
hamda ahloqiy talablarga muvofiq o‘zining xodimlari, shuningdek, agar lozim
bo‘lsa, boshqa shaxslar (shu jumladan auditorlik tashkiloti xodimlari tomonidan
jalb qilingan ekspertlar) ni ham qamrab oladigan, ularda mustaqillik talablariga
muvofiqlikni ta’minlaydigan siyosat va tadbirlarni ishlab chiqishi lozim. Bu
vaziatda birinchi navbatda auditorlik tashkilotining sifat nazorati uchun masul
xodimi yangi mijoz bilan dastlabki munosabatlarga kirishishdan yoki doimiysi
bilan avval o‘rnatilgan munosabatlarni davom ettirishga rozi bo‘lishdan oldin,
xalqaro audit standartlarini mijozni qabul qilish bo‘yicha belgilagan asosiy
tamoyillariga rioya qilish maqsadida auditor va mijozni bir biriga mustaqilligini
aniqlash uchun test o‘tkazishi lozim bo‘ladi.
Quyida ushbu maqsadda xalqaro audit amaliyotidan andoza olgan holda
tayyorlangan test shakli va mazmuni keltirilgan.
MChJ « XYZ » AUDITORLIK TAShKILOTI
AUDITORLIK GURUXI AZOLARI MUSTAQILLIGINI
TASDIQLASh BO‘YIChA SAVOLNOMA
Mijoz:
“Sharq” aksiyadorlik jamiyati
Mijozning murojaat
xati
10.03.2025 y
№ 03/25
Bajaruvchi:
Mahsudov A.A
Tuzildi:
11.03.2025 y
Audit
o‘tkaziladigan davr
01.01.2024
y-
31.12.2024 y
Tekshiruvchi: Mansurov B.B
Tekshirildi:
11.03.2025 y
Auditorlik guruhi azosining FISh*
: Mahsudov A.A
tr
№
SAVOL
Javob
Izoh
Ha
Yo‘q
1
Audit tekshiruvi o‘tkazilishi kutilayotgan davrda Siz
murojaat qilgan korxona xodimi bo‘lganmisiz?
2
Oila azolaringizdan birortasi (ota-onangiz, turmush
o‘rtog‘ingiz, aka-uka, opa-singlingiz, yoki turmush
o‘rtog‘ingizni ota-onasi) shu davrda mazkur
korxonada ishlaganmi yoki xozirda ishlaydimi ?
3
Avval Siz yoki oila azolaringizdan birortasi (ota-
onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, aka-uka, opa-singlingiz,
yoki turmush o‘rtog‘ingizni ota-onasi) murojaat qilgan
korxona tasischilarining sherigi bo‘lganmi?
4
Xozir murojaat qilgan korxona bilan sherikchilikda
biror bir biznes loyiha ustida ishlayapsizmi, yoki yaqin
kelajakda shunday rejangiz bormi?
5
Audit tekshiruvi o‘tkazilishi kutilayotgan davrda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
murojaat qilgan korxona bilan Sizning o‘rtangizda
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va (yoki)
soliq hisobotlarini tuzish, boshqaruvda ishtirok etish
bo‘yicha auditorlik tashkilotidan tashqaridagi rasmiy
yoki norasmiy shartnoma munosabatlari mavjud
bo‘lganmi?
6
Murojaat qilgan korxonaning yirik aksiyadori (mulk
egasi), ishtirokchisi yoki uning ishonchli vakili
hisoblanasizmi ?
7
Murojaat qilgan korxonadan yoki uning rahbar
xodimlaridan xozirga qadar qoldig‘i mavjud bo‘lgan
yirik miqdorda qarz olganmisiz yoki ularga yirik
miqdorda qarz berganmisiz?
8
Murojaat qilgan korxona yoki uning rahbari olgan
qarz bo‘yicha xozirga qadar qoldig‘i mavjud bo‘lgan
kafil bo‘lib turibsizmi yoki Siz olgan qarz bo‘yicha
korxona yoki uning rahbari Sizga kafil bo‘lib
turibdimi ?
9
Murojaat qilgan korxonaning mansabdor shaxs-
laridan muhim qiymatga ega bo‘lgan sovg‘alar yoki
boshqacha turdagi taqdirlash belgilari olganmisiz?
10 Murojaat qilgan korxona auditorlik tashkiloti
rahbariyati bilmagan holda Sizga nisbatan avvalgi
auditorlik yoki professional xizmat ko‘rsatish
borasidagi ishlaringizdagi yo‘l qo‘yilgan kamchilik-
lariga ishora qilgan holda sud jarayonini boshlaganmi
yoki boshlayman deb po‘pisa qilyaptimi ?
11 Murojaat qilgan korxonaga nisbatan auditorlik
tashkiloti rahbariyati bilmagan holda Siz kompaniya
rahbariyatini firibgarlik yoki aldovda ayblab sud
jarayonini boshlanganmisiz yoki boshlayman deb
po‘pisa qilyapsizmi ?
12 Auditorlik tekshiruvi boshlangunga qadar murojaat
qilgan korxona mansabdor shaxslari yoki ular
yollagan shaxs (lar) yoki auditorlik tashkiloti
rahbariyati tomonidan Sizga yoki oilangiz azolariga
bosim o‘tkazishga xarakatni sezdingizmi?
13 Murojaat qilgan korxona bilan Sizning o‘rtangizda
testda inobatga olinmagan manfaatlar to‘qnashuviga
sabab bo‘ladigan boshqa holatlar mavjudmi?
14 Auditorga nisbatan qo‘yilgan xalollik, xolislik va
kasbiy
xulq
meyorlari
talablariga
rioya
qilinayotganligini tasdiqlaysizmi?
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
* har bir auditor tomonidan alohida to‘ldiriladi
Auditor______________Mahsudov A.A.
(imzo)
Sifat nazorati bo‘yicha mas’ul shaxs_____________ Mansurov B.B.
(imzo)
Sana:
11 mart 2025 y.
Audit amaliyoti bilan shug‘ullanishimizdagi ko‘p yillik tajriba auditorning
mustaqilligiga tahdid soluvchi omillar tekshiruv jarayoni yoki uning yakunida
ham yuzaga kelib qolishi mukinligini ko‘rsatadiki. Bunday holatlarda tekshiruvni
olib borayotgan auditor auditorlik tashkiloti rahbariga yozma ravishda murojaat
qilishi lozim. Auditorlik tashkiloti rahbari esa mazkur vaziatga o‘zi yoki jalb
qilingan mutaxassis yordamida baho berishi lozim bo‘ladi.
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinku, auditorlik mustaqilligining asosiy
maqsadi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish yoki professional hizmatlarni
ko‘rsatish jarayonida muhim axloqiy tamoyillardan biri bo‘lgan xolislikni
ta’minlashdan iborat. Chunki auditorning fikri mustaqillik, xolislik va xalollikka
asoslanib tuzilgandagina qadrga ega bo‘ladi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Hoek, E., & Bray, J.W. (1981). Rock Slope Engineering.
2.200-son AXS “Mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditorlik
tekshiruvini Auditning xalqaro standartlariga muvofiq o‘tkazish”.
3.Robertson Dj. Audit / Per. s angl. - M.: Auditorskaya firma "Kontakt", 1993. -
496 s.
4.Додж Р. Краткое руководство по стандартам аудита. Москва, Изд.Сирин,
2002 г Стуков С.А. Введение в аудит,Moсква, Изд.Tарвер,2012 г
Kodeks professionalnogo povedeniya AICPA. https://wiki5.ru/wiki/AICPA_
Code_of_Professional_Conduct
https://gaap.ru/news/156716/
Sifat nazoratining xalqaro standarti 1, 20-22 bandlar