Авторы

  • Xurshida Azimova
    Buxoro davlat universiteti (PhD) erkin izlanuvchi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.129367

Ключевые слова:

ta’lim xizmati sog‘liqni saqlash aviatsiya sohasi Buxoro viloyati xizmatlar infratuzilmasi kadrlar salohiyati hududiy nomutanosiblik xizmat sifati bandlik davlat siyosati

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining muhim tarmoqlari bo‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash va aviatsiya xizmatlarining holati tahlil qilinadi. Har bir yo‘nalish alohida o‘rganilib, ularning hududiy rivojlanishi, mavjud infratuzilma, kadrlar salohiyati, xizmatlar sifati hamda aholiga ko‘rsatgan ta’siri chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot davomida davlat siyosatining ushbu tarmoqlarni modernizatsiya qilishdagi o‘rni, xizmatlar sektori ichidagi ulushi va bandlikka qo‘shgan hissasi aniqlanadi. Shuningdek, tarmoqlardagi hududiy nomutanosibliklar, resurslar yetishmovchiligi va strategik takomillashtirish yo‘llari asosli ravishda yoritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

155

BUXОRО VILОYАTIDА TА’LIM VА SОG‘LIKNI SАQLАSH, AVIATSIYA

XIZMАTLАRI HОLАTI TАHLILI.

Azimova Xurshida

Buxoro davlat universiteti (PhD)

erkin izlanuvchi doktoranti

Tel:+998XX-XXX-XX-XX

E-mail : aaaaaa@example.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16519368

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Buxoro viloyatida xizmat ko‘rsatish

sohasining muhim tarmoqlari bo‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash va aviatsiya
xizmatlarining holati tahlil qilinadi. Har bir yo‘nalish alohida o‘rganilib, ularning
hududiy rivojlanishi, mavjud infratuzilma, kadrlar salohiyati, xizmatlar sifati
hamda aholiga ko‘rsatgan ta’siri chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot davomida davlat
siyosatining ushbu tarmoqlarni modernizatsiya qilishdagi o‘rni, xizmatlar
sektori ichidagi ulushi va bandlikka qo‘shgan hissasi aniqlanadi. Shuningdek,
tarmoqlardagi hududiy nomutanosibliklar, resurslar yetishmovchiligi va
strategik takomillashtirish yo‘llari asosli ravishda yoritiladi.

Kalit so‘zlar :

ta’lim xizmati, sog‘liqni saqlash, aviatsiya sohasi, Buxoro

viloyati, xizmatlar infratuzilmasi, kadrlar salohiyati, hududiy nomutanosiblik,
xizmat sifati, bandlik, davlat siyosati

Аннотация.

В данной статье проводится анализ состояния ключевых

секторов сферы услуг в Бухарской области — образования,
здравоохранения и авиационных услуг. Рассматриваются особенности
регионального развития каждого направления, включая инфраструктуру,
кадровый потенциал, качество услуг и их влияние на население. В статье
раскрывается роль государственной политики в модернизации данных
секторов, определяется их доля в структуре сферы услуг и вклад в
обеспечение

занятости.

Также

анализируются

территориальные

диспропорции, нехватка ресурсов и возможные пути совершенствования
данных сфер.

Ключевые слова:

образовательные услуги, здравоохранение,

авиация, Бухарская область, инфраструктура услуг, кадровый потенциал,
территориальные различия, качество услуг, занятость, государственная
политика

Annotation.

This article analyzes the state of key service sectors in the

Bukhara region — education, healthcare, and aviation services. It examines the
regional development characteristics of each sector, including infrastructure,
human resource potential, service quality, and their impact on the population.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

156

The article highlights the role of government policy in modernizing these
sectors, defines their share within the service sector structure, and assesses
their contribution to employment. Additionally, it addresses territorial
disparities, resource shortages, and possible ways to improve these areas.

Keywords:

educational services, healthcare, aviation, Bukhara region,

service infrastructure, human resource potential, territorial disparities, service
quality, employment, government policy.

Xizmat ko‘rsatish sohasining ijtimoiy yo‘naltirilgan tarmoqlari — ta’lim,

sog‘liqni saqlash va transport — har qanday jamiyatda inson kapitalini
shakllantirish, aholi salomatligini ta’minlash va makroiqtisodiy harakatchanlikni
rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu tarmoqlarning holati
nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki ijtimoiy tenglik, mintaqaviy muvozanat va
fuqarolarning asosiy konstitutsiyaviy huquqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Xususan, ta’lim va tibbiy xizmatlar aholining yashash sifati, bandlik
imkoniyatlari va uzoq muddatli taraqqiyot salohiyatini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasida mazkur tarmoqlarni isloh qilish va ularni hududiy
rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev bu borada quyidagicha ta’kidlaydi:

“Aholiga yaqin va sifatli tibbiy,

ta’lim va transport xizmatlari ko‘rsatish — bizning yangi O‘zbekiston sari
yo‘limizdagi eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir”

[1, 65-bet]. Ushbu yondashuv

xizmat ko‘rsatish sohasini ijtimoiy barqarorlik, kambag‘allikni qisqartirish va
hududiy taraqqiyotning negiziy elementi sifatida e’tirof etish zarurligini
anglatadi.

Buxoro viloyatida ham ushbu tarmoqlarning ahamiyati va ular orqali

yaratilayotgan xizmatlar miqyosi ortib bormoqda. Ammo, mavjud infratuzilma
salohiyati, kadrlar ta’minoti, xizmat sifati va hududiy tengsizliklar nuqtai
nazaridan hali ham dolzarb muammolar mavjud. Mazkur maqolada viloyatda
ta’lim, sog‘liqni saqlash va aviatsiya xizmatlarining hozirgi holati tizimli tarzda
tahlil qilinadi, soha ichidagi mavjud nomutanosibliklar, ularga ta’sir qiluvchi
omillar va rivojlanish istiqbollari ilmiy asosda yoritiladi.

Asosiy qism.

Ta’lim sohasi xizmat ko‘rsatish tarmog‘i ichida inson

kapitalini shakllantirish, mehnat bozori uchun malakali kadrlar tayyorlash
hamda ijtimoiy harakatchanlikni ta’minlashdagi strategik o‘rni bilan ajralib
turadi. O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham
ta’lim tizimi ko‘p bosqichli struktura — maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasb-hunar, oliy va oliy o‘quvdan keyingi ta’lim shaklida tashkil etilgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

157

[3, 6-bet]. Ushbu strukturaning samarali ishlashi xizmat ko‘rsatish sifatining
asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi.

Viloyatdagi mavjud ta’lim muassasalari soni va ularda ta’lim olayotgan

o‘quvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Shunga qaramay, viloyatda maktablar
o‘rtasida moddiy-texnik baza, o‘quv dasturlar sifati va pedagog kadrlar
salohiyati bo‘yicha sezilarli tafovutlar mavjud. Qishloq joylardagi ta’lim
muassasalari, ayniqsa, kompyuter texnikasi, internetga ulanish va interaktiv
o‘qitish vositalari bilan yetarlicha ta’minlanmagan [3, 9-bet]. Bu holat ta’lim
xizmatlarining hududiy nomutanosibligini kuchaytiradi va o‘quvchilarning
raqobatbardoshlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Oliy ta’limga bo‘lgan
talabning ortib borayotgani fonida, Buxoroda yangi universitet filiallari, nodavlat
oliy ta’lim muassasalari va xalqaro hamkorlikdagi o‘quv markazlari faoliyati
kengaymoqda. Biroq ularning aksariyati viloyat markazida to‘plangan bo‘lib, bu
ta’lim xizmatlarining makroiqtisodiy faollikni chekka tumanlarga yetkazishdagi
chegarasini ko‘rsatadi. Ta’lim tizimini hududiy jihatdan muvozanatlashtirish
uchun kasbga yo‘naltirilgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini zamonaviy
texnologiyalar asosida isloh qilish muhim sanaladi [11, 20-bet].

Sog‘liqni saqlash sohasi aholining hayot sifati, ijtimoiy himoya va mehnatga

layoqatlilik darajasini belgilovchi asosiy tarmoqdir. Buxoro viloyatida sog‘liqni
saqlash tizimi viloyat markaziy shifoxonasi, tumanlararo ko‘p tarmoqli
klinikalar, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari va xususiy tibbiy
markazlardan iborat. Ushbu tizimning struktura jihatdan yetarli ko‘rinishi,
amalda xizmat sifati va resurslardan foydalanish samaradorligi masalasini to‘liq
hal etmaydi [2, 14-bet]. Qishloq joylarda faoliyat yuritayotgan ko‘plab tibbiy
muassasalarda

malakali

kadrlar

tanqisligi,

zamonaviy

diagnostika

uskunalarining yetishmasligi va transport-logistika infratuzilmasining sustligi
mavjud. Ayniqsa, tug‘ruq va onalik muassasalari, bolalar shifoxonalari va tez
yordam tizimining qamrovi va sifati turli hududlarda farq qiladi. Bu esa sog‘liqni
saqlash xizmatlarining aholi salomatligiga ko‘rsatayotgan real ta’sirini
kamaytiradi [8, 22-bet]. Davlat tomonidan 2020-yildan buyon olib borilayotgan
sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy
etish va “oilaviy shifokor” modelini kengaytirish siyosati natijasida ayrim ijobiy
siljishlar kuzatilmoqda [6, 3-bet]. Biroq bu tashabbuslarning hududiy darajadagi
samarasi to‘liq ro‘yobga chiqmagan. Xizmat sifati va bandlik darajasini
birgalikda oshirish uchun tibbiy kadrlarga hududiy ko‘rsatkichlar asosida
rag‘batlantirish tizimi, shuningdek, masofaviy tibbiy xizmat (telemeditsina)
infratuzilmasi joriy etilishi dolzarbdir


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

158

[7, 17-bet].
Aviatsiya sohasi Buxoro viloyatining strategik transport tarmog‘i sifatida

xizmat qiladi. Ayniqsa, ichki va xalqaro turizm oqimining ortib borishi bilan
viloyat aeroportining logistika va yo‘lovchi tashish hajmi o‘sib bormoqda.
Buxoro xalqaro aeroporti — nafaqat transport xizmati, balki xizmat
ko‘rsatishning ko‘p funksiyali markaziga aylanish yo‘lida rivojlanmoqda. Ammo
uning xizmat sifati, reyslar soni, multimodal integratsiyasi va xizmatlar
diversifikatsiyasi bo‘yicha imkoniyatlari hali to‘liq ishga solinmagan [15, 14-bet].
Viloyatda havo transporti xizmatlaridan foydalanish aholining tor doirasigagina
tegishli bo‘lib, bu sohaning ijtimoiy xizmat sifatida keng qamrovli bo‘lishiga
to‘sqinlik qilmoqda. Aviatsiya xizmatlarining aholiga yaqinlashtirilishi, ichki
reyslar sonining oshirilishi, zamonaviy rezervatsiya va logistik platformalarning
joriy etilishi orqali xizmat sektori ichidagi ushbu tarmoqning iqtisodiy salohiyati
ancha kengaytirilishi mumkin. Shu bilan birga, aeroport atrofida servis
klasterlari (mehmonxona, logistika, catering va xizmatlar) yaratish orqali yangi
ish o‘rinlari vujudga keladi [16, 10-bet].

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va aviatsiya xizmatlari Buxoro viloyatida ijtimoiy

yo‘naltirilgan xizmatlarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Quyidagi
jadvalda 2019-2024 yillar mobaynida ushbu tarmoqlardagi bandlik
ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi keltirilgan. Bu ma’lumotlar
tarmoqlarning mehnat bozorini shakllantirish va aholini ijtimoiy xizmatlar bilan
ta’minlashdagi o‘rnini baholash imkonini beradi.

1-jadval.
Buxoro viloyatida ta’lim, sog‘liqni saqlash va aviatsiya xizmatlarida

bandlik dinamikasi (2019-2024 yy.)
Ko‘rsatkichlar

TA’LIM SOHASI

Band xodimlar soni (ming
kishi)

Umumta’lim

maktablari

O‘qituvchilar soni

O‘quvchilar soni (ming)

Oliy ta’lim muassasalari

SOG‘LIQNI SAQLASH

Band xodimlar soni (ming
kishi)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

159

O‘rta tibbiy xodimlar


Yo‘lovchilar soni (ming)

Xizmat

ko‘rsatilgan

yo‘nalishlar

1-jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, Buxoro viloyatida barcha

uch tarmoqda ham bandlik ko‘rsatkichlari o‘sish tendentsiyasiga ega. Ta’lim
sohasida 2019-2024 yillar oralig‘ida band xodimlar soni 42.1 ming kishidan 49.3
ming kishiga (17.1% o‘sish), sog‘liqni saqlashda 23.4 ming kishidan 31.2 ming
kishiga (33.3% o‘sish) oshgan. Eng yuqori o‘sish sur'ati aviatsiya xizmatlarida
kuzatilmoqda - band xodimlar soni 2.1 barobarga oshgan. Pandemiya davrida
(2020-yil) aviatsiya sohasi eng ko‘p zarar ko‘rgan bo‘lsa-da, keyingi yillarda tez
tiklanish va o‘sish kuzatilmoqda. Ta’lim va sog‘liqni saqlash tarmoqlari
pandemiya davrida ham barqaror o‘sishni saqlab qolgan, bu ularning ijtimoiy
ahamiyati va davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishidan dalolat beradi.

Ijtimoiy xizmatlarning hududiy taqsimoti aholining konstitutsiyaviy

huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy tenglikni saqlash nuqtai nazaridan muhim
ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda Buxoro viloyatining turli tumanlari bo‘yicha
ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari hamda ulardagi xodimlar soni
keltirilgan. Bu ma’lumotlar xizmatlarning geografik qamrovi va mavjud
nomutanosibliklarni baholash imkonini beradi.

2-jadval.
Buxoro viloyatida ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarining hududiy

taqsimoti (2024-yil)

Ta’lim muassasalari

Sog‘liqni saqlash muassasalari

O‘qituvchi

O‘quvchil

G‘ijduvon


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

160

Buxoro viloyatida ta’lim sohasida jami 602 ta maktab faoliyat yuritib,

ularda 37,125 nafar o‘qituvchi 423,6 ming o‘quvchiga ta’lim bermoqda. Sog‘liqni
saqlash tizimida esa 82 ta shifoxona va 268 ta poliklinika mavjud bo‘lib, ularda
5,897 nafar shifokor va 17,145 nafar tibbiy xodim xizmat ko‘rsatmoqda. Eng
ko‘p maktablar G‘ijduvon tumanida (74 ta), eng kam esa Qorovulbozor tumanida
(9 ta) joylashgan.

2-jadval tahlili Buxoro viloyatida ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarining

keskin hududiy nomutanosibligini ko‘rsatmoqda. Buxoro shahri ta’lim
muassasalarining 14.4%, o‘qituvchilarning 16.8% va o‘quvchilarning 16.2% ni
o‘z ichiga oladi. Sog‘liqni saqlashda esa shahar shifoxonalarning 22%,
shifokorlarning 25.3% ni jamlagan. Kogon shahri bilan birgalikda bu ikki shahar
viloyat tibbiy xodimlarining 35% dan ortig‘ini tashkil etadi. Eng kam
ta’minlangan hududlar - Qorovulbozor, Shofirkon va Romitan tumanlarida 1000
aholiga to‘g‘ri keladigan shifokorlar soni viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2
barobar kam. Bu holat aholining ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish
imkoniyatlarida jiddiy tengsizlik mavjudligini ko‘rsatadi.

Xulosa.

Buxoro viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining strategik

yo‘nalishlari bo‘lgan ta’lim, sog‘liqni saqlash va aviatsiya xizmatlari ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotda yetakchi o‘rin tutmoqda. Mazkur tarmoqlar orqali nafaqat
aholining turmush darajasi va sog‘lom muhit yaratiladi, balki mehnat resurslari
salohiyati oshiriladi, barqaror bandlik shakllanadi va hududiy iqtisodiyotda ko‘p
funksiyali ijtimoiy xizmatlar tarmog‘i barpo etiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki,
ushbu tarmoqlar mavjud bo‘lishiga qaramay, ular rivojining hududiy darajadagi
sifati va qamrovi nisbatan cheklangan, resurslardan foydalanish darajasi va
xizmatlar ko‘lamida esa sezilarli tafovutlar mavjud. Ta’lim xizmatlarida
pedagogik resurslar va ta’lim sifati o‘rtasidagi nomuvofiqlik, ayniqsa qishloq
hududlarida o‘quv infratuzilmasining zamonaviy talablarga javob bermasligi —
maktablar o‘rtasida bilim sifati bo‘yicha keskin farqlarni yuzaga keltirgan.
Sog‘liqni saqlash tizimi esa tashkiliy jihatdan keng qamrovli bo‘lsa-da, uning
samarasini belgilovchi asosiy mezonlar — tibbiy xizmat sifati, kadrlar malakasi
va texnik baza — tumanlar va markazlar o‘rtasida nomutanosib taqsimlangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

161

Shu bilan birga, viloyatda telemeditsina, elektron registratsiya tizimlari, oilaviy
shifokorlar modeli kabi zamonaviy xizmat turlarining joriy etilishi sekin
kechmoqda. Aviatsiya xizmatlari esa iqtisodiy va turistik imkoniyatlarga ega
bo‘lsa-da, ijtimoiy xizmat sifatida to‘laqonli shakllanmagan.
Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun xizmat tarmoqlari
infratuzilmasini raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash tizimini regional
ehtiyojlarga moslashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosida xizmatlar
diversifikatsiyasini kuchaytirish va mavjud xizmat tarmoqlarini klaster tamoyili
asosida rivojlantirish zarur. Ayniqsa, chekka tumanlarda ko‘chma xizmat
modellarini (mobil klinikalar, masofaviy ta’lim markazlari, sayyor reyslar) yo‘lga
qo‘yish orqali ijtimoiy xizmatlarning qamrovini oshirish, zamonaviy xizmatlarni
aholiga yaqinlashtirish mumkin. Xizmatlar sektori ijtimoiy tenglikni ta’minlash,
kambag‘allikni qisqartirish va hududiy farovonlikni yuksaltirishda asosiy
vositaga aylanishi uchun, ularning hududiy rejalashtirishda markaziy o‘ringa
qo‘yilishi dolzarb zaruratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev, Sh.M. (2022). Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va islohotlar

yo‘li. Toshkent: Prezident matbuot xizmati.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (2023). 2022–2023

yillarda viloyatlar kesimida tibbiy xizmatlar holati. Toshkent.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2023). Buxoro viloyatida

ta’lim sifati va infratuzilmasi bo‘yicha tahliliy hisobot. Toshkent.
4.

Statistika agentligi (2024). Buxoro viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining

ijtimoiy ko‘rsatkichlari. Toshkent: Davlat statistika qo‘mitasi.
5.

Buxoro viloyati hokimligi (2023). Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish

dasturi (2022–2024). Buxoro.
6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6108-son farmoni (2020 yil

12 noyabr). “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”.
7.

Jahon banki (2022). Improving Public Service Delivery in Uzbekistan:

Health, Education and Infrastructure. Washington D.C.
8.

UNDP Uzbekistan (2021). Human Development Report: Regional Access to

Health and Education Services. Toshkent: BMT Taraqqiyot Dasturi.
9.

International Labour Organization (ILO) (2020). Public Sector

Employment and Social Protection in Transition Economies. Geneva.
10.

Xudoyqulova, M. (2022). “Viloyatlarda sog‘liqni saqlash xizmatlari: mavjud

holat va takliflar”. Ijtimoiy tadqiqotlar, №2, 33–39-bet.
11.

Normatov, B. (2023). “Ta’lim infratuzilmasining hududiy rivojlanishi:

Buxoro tajribasi”. Iqtisodiy va pedagogik yondashuvlar, №1, 20–26-bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

162

12.

www.stat.uz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining

rasmiy sayti
13.

www.minzdrav.uz — Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy portali

14.

www.edu.uz — Ta’lim sohasidagi rasmiy axborotlar portali

15.

Karimova, S. (2023). “Aviatsiya xizmatlari va mintaqaviy transport tizimi”.

Transport va logistika rivoji, №1, 12–17-bet.
16.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (2023). Ichki aviatsiya

yo‘nalishlari va xizmatlar sifati haqida ma’lumotnoma. Toshkent.
17.

Asian Development Bank (2020). Access to Health and Education in

Secondary Cities. Manila.
18.

World Health Organization (2022). Primary Health Care Systems in

Central Asia: Country Profile – Uzbekistan. Geneva.
19.

European Training Foundation (ETF) (2023). Skills for Better Public

Services in the Regions. Turin.
20.

OECD (2020). Improving Education Outcomes in Rural Areas. Paris: OECD

Publishing.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev, Sh.M. (2022). Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot va islohotlar yo‘li. Toshkent: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (2023). 2022–2023 yillarda viloyatlar kesimida tibbiy xizmatlar holati. Toshkent.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2023). Buxoro viloyatida ta’lim sifati va infratuzilmasi bo‘yicha tahliliy hisobot. Toshkent.

Statistika agentligi (2024). Buxoro viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasining ijtimoiy ko‘rsatkichlari. Toshkent: Davlat statistika qo‘mitasi.

Buxoro viloyati hokimligi (2023). Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi (2022–2024). Buxoro.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6108-son farmoni (2020 yil 12 noyabr). “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”.

Jahon banki (2022). Improving Public Service Delivery in Uzbekistan: Health, Education and Infrastructure. Washington D.C.

UNDP Uzbekistan (2021). Human Development Report: Regional Access to Health and Education Services. Toshkent: BMT Taraqqiyot Dasturi.

International Labour Organization (ILO) (2020). Public Sector Employment and Social Protection in Transition Economies. Geneva.

Xudoyqulova, M. (2022). “Viloyatlarda sog‘liqni saqlash xizmatlari: mavjud holat va takliflar”. Ijtimoiy tadqiqotlar, №2, 33–39-bet.

Normatov, B. (2023). “Ta’lim infratuzilmasining hududiy rivojlanishi: Buxoro tajribasi”. Iqtisodiy va pedagogik yondashuvlar, №1, 20–26-bet.

www.stat.uz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti

www.minzdrav.uz — Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy portali

www.edu.uz — Ta’lim sohasidagi rasmiy axborotlar portali

Karimova, S. (2023). “Aviatsiya xizmatlari va mintaqaviy transport tizimi”. Transport va logistika rivoji, №1, 12–17-bet.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (2023). Ichki aviatsiya yo‘nalishlari va xizmatlar sifati haqida ma’lumotnoma. Toshkent.

Asian Development Bank (2020). Access to Health and Education in Secondary Cities. Manila.

World Health Organization (2022). Primary Health Care Systems in Central Asia: Country Profile – Uzbekistan. Geneva.

European Training Foundation (ETF) (2023). Skills for Better Public Services in the Regions. Turin.

OECD (2020). Improving Education Outcomes in Rural Areas. Paris: OECD Publishing.