Авторы

  • Sayfiddin Sotvoldiyev
    Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.129382

Аннотация

Temuriy shaxzoda Zahiriddin Muhammad Bobur otasi Umarshayx Mirzo vafotidan so`ng turli xiyonatlar oqibatida o`z yurtini tashlab, Kobulga ketishga majbur bo`ladi. Ammo Kobulda ham uzoq vaqt muqim o`rnasha olmaydi, natijada Hindiston sari yurish boshlaydi va 1526-yili egallaydi. Ushbu davlatni egallagach buyuk “Boburiylar” davlatiga asos soladi. Boburiylar sulolasidan yetuk va qudratli hukmdorlar yetishib chiqqan. Humoyunshoh ham shular jumlasidandir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

35

BOBURIYLAR SHAJARASI TALQINI

Sotvoldiyev Sayfiddin Abduvoxid oʻgʻli

Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16555289

Temuriy shaxzoda Zahiriddin Muhammad Bobur otasi Umarshayx Mirzo

vafotidan so`ng turli xiyonatlar oqibatida o`z yurtini tashlab, Kobulga ketishga
majbur bo`ladi. Ammo Kobulda ham uzoq vaqt muqim o`rnasha olmaydi,
natijada Hindiston sari yurish boshlaydi va 1526-yili egallaydi. Ushbu davlatni
egallagach buyuk “Boburiylar” davlatiga asos soladi. Boburiylar sulolasidan
yetuk va qudratli hukmdorlar yetishib chiqqan. Humoyunshoh ham shular
jumlasidandir.

Muhammad Humoyun Mirzo Boburshohninfg to`ng`ich o`g`lib o`lib,

“Akbarnoma”da aytilishicha, u 1508-yilning 5-aprelida Kobulda tug`ilgan. Uning
onasi Mohim Begim Hirot sultoni Husayn Mirzoning qarindoshlaridan edi.
Yoshligidanoq otasi Boburshoh yonida yurib, uning davlatni boshqarish uslubi
va qo`l ostidagi amir va beklarga, olim-u ulamolarga, Oddiy fuqaroga va,
shuningdek, gunohkorlarga qilgan muomalasini yaxshi o`rganib olgani uchun
otasi uni 20 yoshdayoq Badaxshoh hukmdori etib tayinladi. Xon sifatida ham u
qo`l ostidagi amir va beklarga nisbatan yaxshi muomalada bo`lar, ularning
barcha quvonch va tashvishlarini birgalikda baham ko`rar va o`ziga murojaat
qilgan kishilarga samimiyat va beg`arazlik bilan muomala qilar edi. Humoyun
jismonan qaddi-qomati kelishgan, baquvvat va og`ir mehnatga chidamli, yigit
edi. Jasur va qobiliyatli jangchi bo`lganidan jangdagi barcha kutilmagan
qiyinchiliklarga mardona bardosh berar edi. Ponipat jangidan biroz avval otasi
uni Hisor – Feruz viloyati xoni Hamidxonni bo`ysundirish uchun yuborgan edi. U
bu ishni muvaffaqiyat bilan uddalab qaytdi, o`shanda Hisor – Feruz viloyati unga
otasi Boburshoh tomonidan in’om etilgan edi.



background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

36

Humoyun Mirzo

Humoyun Mirzo o`z davrining adolatli hukmdorlaridan biri edi. U barcha

yurishlarida o`zining uddaburon sarboz va mohir sarkarda ekanini to`liq
namoyish eta olardi. Lekin afsuski unga taxtni uzoq vaqt boshqarish nasib
etmadi. Vafotidan avval o`g`li Akbarshohni taxt vorisi etib tayinladi.

Akbar Mirzo 1542-yil 15 oktyabrda Amarkot viloyati hokimi Poja

Virsalning honadonida tug`ildi. 1556-yilning 14-fevralida u Panjob yaqinidagi
Qal’ai nav shahrida Hindistondagi boburiylar saltanatining shohi deb e’lon
qilindi. Bu paytda Akbar hali 14 yoshga ham to`lmagan edi. Akbar buyuk saltanat
sohibi sifatida o`z saltanatini kengaytirish va mustahkamlash payida yurishini
ochiqdan-ochiq oshkor etar edi. “Saltanat egasi doim o`z mavqeini oshirib
bormog`i lozim, aks holsa, uning g`animlari unga qarshi qurol ko`taradi”, deb
aytuvchi edi u. Shuning uchun butun hayoti davomida turli mazmundagi
urushlar olib borib, o`ziga qarashli yerlarni muvaffaqiyat bilan kengaytirdi.
Uning saltanati Kobuldan Bengaliyagacha, Kashmirdan Vindyagacha kengayib
bordi. U o`z faoliyatini Janubiy Hindistonni egallashdan boshladi va bu orada
butun Shimoliy Hindistonni to`la egallab, janubiy Hindistonning ham katta
qismini qo`lga kiritdi va o`z ma’muriyati ixtiyoriga bo`ysundirdi.






background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

37

Akbar Mirzo

Akbar o`zining 50 yillik hukmronlik davrida Hindiston shimolidagi

otasidan qolgan uncha katta bo`lmagan mamlakatni birlashtirib, ulkan
saltanatga aylantirdi va uni mohirona boshqarish tizimini yaratdi va bu tizimni
amalda qo`lladi. Hindiston ayniqsa Shaxzoda Salim hukmronligi davrida yanada
yuksaldi. U Bobur Mirzoning nevarasi Akbarning o`g`li edi. Muhammad Salim
1605-yilda tavallud topgan. Jahongir uning tahallusi hisoblanadi.

Jahongir o`z hukmronligining dastlabki davridayoq saroy ahli orasida

mavqeini mustahkamlash niyyatida “Otasi xizmatida bo`lgan mulozimlarga
egallab turgan Jogir yerlari va mansablarini bir umrga qo`llarida qolishini
kafolatlovchi 12 moddadan iborat qonun ta’sis etdi”. Uning o`z tevarak atrofidagi
a’yonlariga qilgan marhamatidan shuningdek, katta yer-mulk egalaridan jabr
tortuvchi fuqarolar haq-huquqi ham benasib qolmadi – himoyalandi. Bundan
tashqari, muqaddam ta’sis etilgan “Qonunlar majmui”ga jogir yerlari va
fuqarolarga tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha quyidagi ko`rsatmalar joriy
qilindi: jogirdorlar mulkining oila a’zolariga me’ros qolishi va ularga dehqonlar
yerini tortib olishning man etilishi va shuningdek, katta shaharlarga davlat
hisobidan shifoxonalar qurilishi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

38

Jahongir Mirzo

Asli ismi Muhammad Salim bo`lmish boburiyzoda Jahongir ana shunday

oqil hukmdor edi. Ammo saroyda bu qonunlarga odilona amal qilinmasdi.
Qonunlar ijrosidan qat’iy nazar barcha ishlar pora bilan amalga oshirilardi. Ana
shunday og`ir bir vaziyatda taxtga yangi boburiy Shaxzoda Xurram shoh keladi.
U o`zini Shoh Jahon deb e’lon qilgan edi.

Boburiyar sulolasi ichida Shoh Jahonning saroyi o`zining serhashamligi va

dabdabadorligi bilan mag`rib-u, mashriqda nom chiqargan. Bunga misol
tariqasida podshohning yeti yil davomida qimmatbaho toshlar terib ishlangan
“Tovus taxti”ni ko`rsatishning o`zi kifoya.

Amalga oshirilgan talay tadbir-choralarga qaramay, yana shuni ta’kidlash

joizki, Shoh Jahon saltanat notinch, ya’ni feudal isyoni boshlanishi arafasida
taxtga chiqdi. Chunki, bir tarafdan Jahongir boshqaruv tizimidagi Nur Jahonning
roli, ikkinchi tarafdan taxt uchun kurash vaqtidagi isyonlar saltanatga idora
mahkamalari nazoratini kuchsizlantirib, beqarorlik va tarafkashlik kayfiyatiga
ixtiyor began edi. Bunday notinch ahvol, uch umumiy sababga ko`ra muayyan
ma’noda Shoh Jahon hukmronlik davrining dastlabki yillaridan to oxiriga qadar
davom etdi:

а) biri, shoh tomonidan sarkarda va amaldorlarga harbiy hamda davlat

ishlarida ko`rsatgan xizmatlari evaziga jogir yerlarini hadya asosida tarqatilishi
va ularning asta vorisiy yerlarga aylanishi;

b) ikkinchisi, ko`ngli dabdabaga moyil podshohning saroy hayoti, taxti

ravosi, mashhur me’moriy obidalarining qurilishi;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

39

c) uchinchisi esa, xazina hisobidan bo`lgan sarf-harajatlar o`rnini og`ir

soliqlar badaliga to`ldirilishi.

Shoh Jahon

Shoh Jahon davri haqiqatda davlatning juda qiyinchilik paytiga to`g`ri keldi.

Ammo u bu qiyinchililarni osongina yengib o`ta oldi. Shoh Jahon va yana boshqa
hukmdorlar davrida ham Hindiston gullab yashnadi. Bu sulola 332 yil hukm
surdi va so`nggi boburiyzoda Bahodirshoh II davrida Hindiston inglizlar
tomonidan bosib olindi. Bu sulola garchi uzoq vaqt hukmronlik qila olmagan
bo`lsa-da, o`zidan ko`p madaniy va ma`naviy me`ros qoldirdi. Xususan,
boburiylar davrida qurilgan inshootlar haligacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan.
Shuningdek, bu sulola Hindistonning gullab-yashnashiga va yuksak taraqqiyotga
erishishida muhim o`rin tutadi.




background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

40

“Boburiylar shajarasi”

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G`ofurjon Sotimov”Boburiyzodalar”-T.:”Ma’naviyat”n-2003y 14-15 betlar

2.

G`ofurjon Sotimov:”Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida Boburiylar

davri”-T.:”G`ofur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”-2008y 93-99-
164-164 betlar
3.

N.G`.Nizomidinov:”Buyuk Boburiylar tarixi”-T.:”Fan va texnologiya”n-

2012y 149-150 betlar

Библиографические ссылки

G`ofurjon Sotimov”Boburiyzodalar”-T.:”Ma’naviyat”n-2003y 14-15 betlar

G`ofurjon Sotimov:”Markaziy Osiyo va Hindiston tarixida Boburiylar davri”-T.:”G`ofur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”-2008y 93-99-164-164 betlar

N.G`.Nizomidinov:”Buyuk Boburiylar tarixi”-T.:”Fan va texnologiya”n-2012y 149-150 betlar