ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
194
O‘ZBEK VA QIRG‘IZ TILLARIDA SOMATIK
FRAZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK TAHLILI
Qurbonova Aziza
Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti
o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
Email: aqurbonova63@gmail.com
Samarqand, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.16728696
Annotatsiya:
ushbu maqola o‘zbek va qirg‘iz tillaridagi somatik
frazeologizmlarning tarixi, kelib chiqishi, tilshunoslikdagi ahamiyati atroflicha
o‘rganiladi hamda ikki qardosh til tarkibida mavjud bo‘lgan frazeologik birliklar
pragmatik jihatdan tahlil qilinadi.
Аннотация:
В данной статье всесторонне исследуются история,
происхождение
и
лингвистическое
значение
соматических
фразеологизмов в узбекском и кыргызском языках, а также
анализируются фразеологические единицы, присутствующие в двух
родственных языках, с прагматической точки зрения.
Abstract:
This article comprehensively studies the history, origin, and
linguistic significance of somatic phraseologisms in the Uzbek and Kyrgyz
languages, and analyzes the phraseological units present in the two sister
languages from a pragmatic perspective.
Kalit so‘zlar:
somatik frazeologizmlar, o‘zbek tili, qirg‘iz tili, tilshunoslik,
pragmatik tahlil.
Ключевые слова:
соматические фразеологизмы, узбекский язык,
кыргызский язык, лингвистика, прагматический анализ.
Keywords:
somatic phraseologisms, Uzbek language, Kyrgyz language,
linguistics, pragmatic analysis.
Til jamiyat hayotining ajralmas qismi, millatlar va elatlarning madaniy,
ma’naviy aloqa almashinuvi vositasi hamdir. Til unda so‘zlashuvchilarning
tarixiy ko‘zgusi, ajdodlardan avlodlarga ilmiy va adabiy boyliklarni yetkazib
beruvchi muhim axborot vositasidir. Til zamonlar osha o‘zgaradi, sayqallanadi,
yangi ma’lumot va o‘zga, qardosh tillardan so‘z o‘zlashishi natijasida boyib
boradi.
“Biz davlat tili taraqqiyotini jahondagi yetakchi xorijiy tillar
va mamlakatimizdagi
turli
millat
vakillarining
tili
va madaniyatini
rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘ramiz
. Bugungi kunda yurtimizda ta’lim 7
tilda olib borilmoqda. Respublikamizdagi mavjud 1453 ta ommaviy axborot
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
195
vositasi hamda yuzlab veb-saytlar orqali qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman,
koreys, turk, arab, ingliz, nemis va boshqa tillarda ham materiallar e’lon
qilinmoqda. Biz O‘zbekistonni tenglik, do‘stlik va bag‘rikenglik diyoriga
aylantirish maqsadida
turli millatga mansub fuqarolarimizning til
sohasidagi huquqlarini ta’minlashga qaratilgan
ishlarimizni bundan buyon
ham izchil davom ettiramiz”, — deya ta’kidlaydi muhtaram Prezidentimiz
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich o‘zining nutqida.
1
Har bir millat o‘z tilini mukammal darajada bilishi, uni tadqiq qilishi
ayniqsa, qardosh tillar bilan qiyoslab tahlil qilishi muhimdir.
Qardosh tillar hisoblangan, tarixiy ildizi bir oilaga mansub bo‘lgan o‘zbek va
qirg‘iz tillari grammatik, fonetik jihatdan farq qilsada, leksik jihatdan o‘zaro
yaqin hisoblanadi. Ikki tilda ham affiksatsiya usuli orqali so‘z yasash keng
tarqalgan. So‘z boyligining ildizi turkiy tillarga borib taqaladi.
Frazeologiya
– (yunoncha phrasis – ibora, logos – tushuncha, taʼlimot)
tilshunoslikning frazeologik birliklarni o‘rganuvchi bo‘limi. Frazeologizmlarning
tushunchasi berilganda bir xil olimlar barcha differentsial belgilarni berishga
harakat qiladilar, boshqalar esa ushbu meʼzonlardan bir xilini oldinga surib,
unga urg‘u bermoqdalar. Frazeologizm deganda frazeologik birlik tushuniladi.
2
Tillardagi
somatik
frazeologizmlar
til
birligi
sifatida
nutqni
ixchamlashtirish, rang-barangligini oshirish bilan bir qatorda o‘sha millatning
madaniyati, ma’naviyati, etnik kelib chiqishi, o‘y-kechinmalarini, ruhiyati,
mentaliteti va dunyoqarashini o‘zida aks ettiradi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga
olib ushbu maqolada ildizi bir oilaga borib taqaluvchi ikki qardosh tillar bo‘lmish
o‘zbek va qirg‘iz tillarida mavjud somatik frazeologizmlarning tahlilini ko‘rib
chiqamiz.
Ikki qardosh til ham somatik frazeologik birliklarga boy bo‘lib, somatik
iboralar til sathida keng tarqalgan. Somatik iboralar inson tana a’zolari bilan
bog‘liq bo‘lgan iboralar bo‘lib, somatik frazeologizmlarda bosh, ko‘z, yurak, qo‘l
va oyoq komponentli iboralar boshqalariga nisbatan ko‘proq uchraydi. O‘zbek va
qirg‘iz tillarida ham somatik iboralarning barchasi ko‘chma ma’noni ifodalashga
xizmat qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/uzbek-language/
2
Хожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси 1985. –
Б. 125.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
196
O‘zbek tilidagi boralar
Iboralarning ma’nosi
Ko‘zi ochildi
Biror narsani tushundi, anglab yetdi
Yuragi orqaga tortdi
Hurmat ko‘rsatdi yoki bo‘ysundi
Boshini egdi
Hurmat ko‘rsatdi yoki bo‘ysundi
Tili kalimaga kelmadi
O‘ta hayajonlandi, hayratdan so‘z
topolmadi
Qo‘li ochiq
Saxiy, mehribon
Qirg‘iz tilidagi iboralar
Iboralarning ma’nosi
Көзү ачылды
Бир нерсени түшүнүп калды
Жүрөгү түшүп калды
Коркуп кетти
Башын ийди
Таазим кылды, баш ийди
Тили байланды
Тилсиз калды, айтчу сөз таппай
калды
Колу ачык
Колу ачык, берешен киши
O‘zbek va qirg‘iz tillarida mavjud somatik iboralarni ma’nosi jihatidan o‘zaro
qiyoslaymiz.
O‘zbekcha ibora
Qirg‘izcha muqobili
Ma’nosi
Ko‘zi ochildi
Көзү ачылды
Tushundi, angladi
Yuragi tushib ketdi
Жүрөгү түшүп
калды
Qo‘rqdi
Boshini egdi
Башын ийди
Hurmat ko‘rsatdi,
bo‘ysundi
Tili kalimaga kelmadi
Тили байланды
Hayajon yoki
qo‘rquvdan so‘z
topolmadi
Qo‘li ochiq
Колу ачык
Saxiy, yordam berishga
tayyor
Somatik frazeologik birliklar xalqning ruhiyati, hissiy kechinmalarini o‘zida
ifodalashi hamda ikki tilning tarixiy ildizi bir oilaga borib taqalishi tufayli
semantik jihatdan o‘zaro o‘xshash. Leksik shakli va fonetik jihatdan esa farqli
jihatlarini kuzatish mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
197
Muloqot jarayonida frazeologik birliklar turli ma’nolarni ifodalaydi. Ushbu
ma’nolarni frazeologizmlarning pragmatik funksiyalari belgilaydi. Muloqot
jarayonida turli vaziyatlarda frazeologik birliklar bir xil ma’noni anglata
olmaydi. Shu tufayli ma’lum bir frazeologik birliklarning kommunikativ-
pragmatik vazifalari turli kontekstda farqlanadi. Nutq jarayonida
frazeologizmlarning kommunikativ-pragmatik jihatdan milliy ongini va shu
bilan birgalikda milliy madaniyatni voqealantiradi.
3
O‘zbek va qirg‘iz tillaridagi somatik frazeologizmlar mavzusidagi ushbu
maqolada ikki xalq lisonidagi somatik frazeologik birliklar qiyosiy-pragmatik
jihatdan tahlil qilindi, iboralarning nutqdagi ahamiyati, ma’nosi, qo‘llanilish
usullari o‘rganildi. Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘diki, ikkala tilda ham inson
tana a’zolari (bosh, ko‘z, yurak, qo‘l, oyoq va b.) bilan bog‘liq iboralar kishining
ruhiyati, ijtimoiy munosabatlarga aralashuvi, milliy qadriyatlarini ifodalashda
qo‘llaniladi.
Ikki tildagi frazeologik birliklarni tadqiq va tahlil qilish tillarning nafaqat
lingvistik xususiyatlarini, balki ularning dunyoqarashi, mentaliteti va milliy
tafakkurini o‘rganishga keng imkoniyat yaratadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Турдиалиева
Г.
Ўзбек
ва
қирғиз
тилларидаги
соматик
фразеологизмларнинг семантик ва прагматик таҳлили : Магистрлик дисс.
– Фарғона : ФарДУ, 2021. – 88 б.
2.
Тўхтаев Н. Туркий тилларда соматик фразеологизмлар: қиёсий
таҳлил // Ўзбекистон филологияси. – 2018. – №2. – Б. 45–50.
3.
Хожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Т.:
Ўзбекистон миллий энциклопедияси 1985. –
Б. 125.
4.
Somatik
frazeologizmlarning
tarjima
masalalarida
pragmatik
funksiyalarining tadqiqi. Batirxanova Madina Oybekovna. FarDU. ILMIY
XABARLAR.
5.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/21/uzbek-language/.
3
Богус З.A. Соматизмы в разносистемных языках: семантика-слово-образовательный и лингвокультурологический аспекты:
Дис….канд.фил.наук. Майкоп, 2006. 11 с.