ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
185
YANGI O‘ZBEKISTONDA TARAQQIYOT STRATEGIYASINI AMALGA
OSHIRISHDA AZ- ZAMAXSHARIY G‘OYALARINING O‘RNI
Adilov Zafar Yunusovich
Buxoro davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16728637
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
Mamlakatimizda yangi davr, yangi zamon
boshlanganligini bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar,
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoevning Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ilgari surilgan
tamoyillar va vazifalar, Ajdodlarimizning ma’naviy merosini qayta tiklash va
ulardan yoshlarni tarbiyalashda foydalanish, ularning ma’naviy-ma’rifiy olami
aks ettirilgan.
Kalit so‘zlar:
Yangi O‘zbekiston, Mirziyoyev, ajdod, millat, davlat, g‘oya,
strategiya.
Аннотация:
В данной статье отражено начало новой эпохи, нового
времени в нашей стране, реформы, реализуемые сегодня, принципы и
задачи, выдвинутые в Новой стратегии развития Узбекистана нашего
Президента Ш. Мирзиёева, восстановление духовного наследия наших
предков и использование его в воспитании молодежи, ее духовно-
просветительском мировоззрении.
Ключевые слова:
Новый Узбекистан, Мирзиёев, предок, нация,
государство,
Abstract:
This article reflects the beginning of a new era, a new time in our
country, the reforms being implemented today, the principles and tasks put
forward in the New Uzbekistan Development Strategy of our President Sh.
Mirziyoyev, the restoration of the spiritual heritage of our ancestors and their
use in educating young people, their spiritual and educational world.
Keywords:
New Uzbekistan, Mirziyoyev, ancestor, nation, state, idea,
strategy.
Mamlakatimizda yangi davr, yangi zamon boshlanganligini bugungi kunda
amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlardan ko‘rib olishimiz
mumkin.
Ulug‘vor
maqsadlarni
amalga
oshirishda
Prezidentimiz
Sh.Mirziyoevning Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ilgari surilgan
tamoyillar va vazifalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz ta’biri
bilan aytganda: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish bu shunchaki xohish-istak,
sub’ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi
mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi
taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
186
manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruratdir. Biz bu yo‘lda
islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz
a’zolarining bilim va salohiyati, kuchi va imkoniyatlarini, butun azm-u
shijoatimizni ishga solishimiz lozim. Shundagina mamlakatimiz xalqimiz orzu
qilgan, jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan,
har tomonlama obod va farovon davlatga aylanadi”
1
. Ajdodlarimizning ma’naviy
merosini qayta tiklash va ulardan yoshlarni tarbiyalashda foydalanish, ularning
ma’naviy-ma’rifiy olamini boyitishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida millit so‘ziga quyidagicha ta’rif va izoh
berilgan: millat – bu kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yahlit hududda
istiqomat qilishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan
tashkil topgan barqaror yashash birligi deya tarif berilgan. Millat va davlat
kelajagi bugungi kunda yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning mahsuli
sifatida namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda Sharqning buyuk allomasi, insoniyat tamadduniga
o‘zining beqiyos ilmiy merosi bilan ulkan xissa qo‘shgan Maxmud
Zamaxshariyning ilmiy merosidagi falsafiy g‘oyalaridan barkamol avlod
tarbiyasida foydalanish mamlakatimiz ma’naviy-ma’rifiy soxasining muxim
vazifalaridan xisoblanadi. Uning merosi butun dunyo miqyosida keng o‘rganib
kelinayotgani nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, yurtimiz olimlari ham
Zamaxshariyning asarlarini o‘qib o‘rganib, tadqiq etish borasida salmoqli
ishlarni amalga oshirmoqdalar. Mamlakat mustaqilligi, xalq farovonligi,
davlatning taraqqiy etishida barkamol avlodning o‘rni juda ahamiyatlidir. Bugun
dunyoda notinchlik, iqtisodiy, siyosiy, ekologik muammolar kuzatilayotgan
davrda, mamlakatda millatlararo totuvlik, diniy bog‘rikenglik, yaxshi
qo‘shnichilik, o‘zaro xurmat kabi insoniy fazilatlarni yoshlar ongida
shakillantirishda Maxmud Zamaxshariy asarlaridagi falsafiy qarashlarning
ahamiyati beqiyosdir. Binobarin, barkamol shaxsda quyidagi ikki xususiyat
mujassam bo‘lishi nazarda tutiladi. Birinchidan, jismonan sog‘lom bo‘lishlik,
ikkinchidan esa, aklan-yetuk, tafakkur sohibi, odab va ahloqi mukammal
bo‘lishligi. Shuningdek, barkamol insonning ko‘shimcha sifatidan biri u el- yurt
tinchligi hamda ravnaki uchun barcha ijobiy fazilatlaridan foydalana olishidir,
ya’ni bu serqirra jixatdan zamondoshlariga o‘rnak bo‘luvchilar uchun mos sifat
deb ta’riflash mumkin. Shuning uchun xam allomalarimizning ma’naviy
merosidan tarbiyaning eng ta’sirchan kuroli sifatida oqilona foydalanish lozim
bo‘ladi.
1
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toʻldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: “Oʻzbekiston”
nashriyoti, 2022. – B. 4.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
187
Jahon mamlakatlarida inson ma’naviyatini yuksaltirishga bo‘lgan say
xarakatlarning natijalarini ko‘rib muayyan jamiyatga baxo beriladi, uni taraqqiy
etishi yoki tanazzuli xakida tasavvur shakllanadi. Xalkimiz tarixidagi yozma
ma’lumotlarni guvoxlik berishicha, ota bobolarimiz farzandlarini
umumbashariy g‘oyalar, dunyo hamda shark falsafasi, milliy kadriyatlarimiz
ruxida
tarbiyalab
yetishtirganlar.
Bugungi
kunda
yoshlarimizga
ajdodlarimizning ilmiy merosini kunt bilan o‘rganib o‘zlashtirgan barkamol
shaxslargina Vatan istikboli yo‘lida fidokorona mexnat kilishga kodir bo‘lib,
Vatan, xalq oldidagi mas’uliyatini anglab yetadi. Ma’naviy barkamol shaxs o‘zini
savobli ishlar bo‘lgan millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikka safarbar kila
oladi va buning uchun ijtimoiy hayot takozo etadigan barcha ob’ektiv va
sub’ektiv omillardan foydalanadi. Bunday ulkan vazifalarga Mahmud az-
Zamaxshariy kabi allomalarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish, unda
ilgari surilgan axlokiy karashlarni tapg‘ib kilish orkali erishiladi.
Hozirgi kunga kelib, globallashgan dunyoda jahon xalklarini, ilmsizlik va
zo‘ravonlik, diniy toqatsizlik, ekstremizm, etnik qarama-qarshilik, mintaqaviy
kelishmovchiliklar qanchalik bir-biridan uzoqlashtirsa, ilm, ma’rifat, axlok va
odob, etika va insonparvarlik xalqlarni shunday yakinlashtiradi. Ana shu
jihatdan shaxsning ichki olami, axlokiy-estetik madaniyati, ongi, tafakkurini
rivojlantirish va yuksaltirish barkamol shaxsni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.
Mamlakatimizning jahon davlatlari qatorida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
madaniy-ma’rifiy sohalarda yuqori natijalarga erishishida, jamiyat a’zolarining
ma’naviy-ma’rifiy olamini yuksaltirib, ularda millatlar aro tatuvlik, diniy
bag‘rikenlik g‘oyalarini xalqimiz ongi va madaniyatiga singdirishda falsafiy
merosning ahamiyati beqiyosdir. Bugun dunyoda globallashuv jarayoni shiddat
bilan rivojlanayapti va bu jarayon millatlar orasidagi totuvlikni yuksaltirishni
eng dolzarb vazifalar qatorida qo‘yadi. Chunki bugun millatlarning o‘zligini
anglash jarayoni globallashuvning ta’siri natijasida har qachongidan ham tez
rivojlanmoqda. O‘zining nomi bilan ataluvchi davlatlardan yiroqda yashayotgan
millat va elatlar vakillari eng zamonaviy axborot vositalari yordamida o‘z
millatdoshlari, ularning turmush tarzi, taraqqiyot darajasi va muammolari
haqida bir zumda zarur ma’lumot olish imkoniyatiga ega. Ayni chog‘da ayrim
siyosatchilar, blogerlar yengil obro‘ orttirishga harakat qilayotgan "millatparvar"
shavinistlar hamda "poymol etilgan" millatdoshlari huquqlarini himoya qilish
borasidagi chaqiriqlari zamonaviy axborot vositalarida tarqatilishi, ko‘p millatli
davlatlarda millatlararo munosabatlarning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
188
ko‘rsatadi. Mahmud az-Zamaxshariy “Al-kashshof” asarida Hujurot surasi 13-
oyatiga: “Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni o‘zaro
tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Albatta, Allohning
huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta Alloh biluvchi va
xabardor zotdir”
2
ta’rif berar ekan, uni shunday tahlil qiladi: “Bir erkak va
ayoldan” degani bu Odam va Havvodan deganidir. Yana buning ma’nosini “Biz
sizlarni bitta ota va onadan yaratdik. Birontangiz boshqa birontangizdan ortiq
emassiz, balki barchangiz tengdirsiz. Nasabda afzallikka va faxrlanishga o‘rin
yo‘q”, deb ham aytishadi.
Jamiyat va mamlakatning nechog‘lik darajada taraqqiy etishi, shu jamiyatda
yashovchi a’zolarning ilmiy salohiyatining yuqoriligiga bog‘liq hisoblanadi.
Mamlakat taraqqiy etganmi demak jamiyat a’zolarining bilim darajasi yuksak
hisoblanadi.
Qadimgi arab manbalarida jamiyat va millatlarning shakllanishi haqida va
ularning turli darajalarda bo‘linishiga ko‘plab izohlar keltirib o‘tilgan. Xususan,
“Xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik”, degan iborada arablarda insonlar olti
tabaqaga bo‘linadi: 1. Sha’b (xalq). 2. Qabila. 3. Imora. 4. Batn. 5. Faxz. 6. Fasila.
Sha’b o‘z ichiga qabilalarni birlashtiradi. Qabila imoralarni birlashtiradi.
Imoralar esa batnlarni birlashtiradi. Batn o‘z ichiga faxzlarni oladi. Faxz o‘z
ichiga fasilalarni birlashtiradi. Masalan, Xuzayma bu sha’b, Kinona qabila,
Quraysh imora, Qusay batn, Hoshim faxz, Abbos fasila. Sha’b deb nomlanishiga
sabab qabilalar undan sho‘ba bo‘lib ajralib chiqadi. “O‘zaro tanishishingiz uchun”
deganda o‘zaro mansubliklaringizni bilishlaringiz va anglashlaringiz uchun
degan ma’noni beradi. Bu joyda har biringiz boshqa biringizga mansubligingizni
bilishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib tartib berdi. Ajdodlaringiz bir, ular
bilan faxrlanmanglar va maqtanmanglar, nasablaringizda tafovut va afzalliklar
o‘ylab topmanglar, degan hikmat mavjud. Shundan so‘ng Alloh ta’olo o‘z
huzurida insonni afzal qiladigan, sharaf va karamga loyiq qiladigan xislatni
bayon qildi: “Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng
taqvodoringizdir”. Bu joyda “albatta”ni “ki” shaklida ham o‘qilgan. Ya’ni “Eng
hurmatligingiz eng nasabdoringiz emas, balki eng taqvodoringizdir”, deydilar.
Payg‘ambar s.a.v.dan kelgan xabarda aytiladiki, u zot Makka fath bo‘lgan kuni
Ka’bani tavof qildi va Allohga hamdu sano aytganidan so‘ng shunday dedi:
“Alhamdulillahki, Alloh sizlardan johiliya davrining ayblarini va takabburligini
ketkazdi. Ey insonlar! Bilingkim, inson ikki xil bo‘ladi. birinchisi, Allohga iymon
keltirgan taqvodor karim kishi. Ikkinchisi, Allohga yengiltak fojir badbaxt kishi”.
2
Маҳмуд аз-Замахшарий. Кашшоф. - Б. 1041.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
189
So‘ngra shu oyatni o‘qidi. Yana payg‘ambar s.a.v. aytganki, “Insonlarning eng
hurmatlisi bo‘lishning siri bu Allohga taqvo qilishdir”
3
.
Bugungi kunda ham jamiyatga razm soladigan bo‘lsak, insonlarning ikki
toifasini ko‘rishimiz mumkin: birinchisi, butunlay yengil-yelpi hayotni tanlagan,
butun maqsadlariga mehnat qilmasdan boshqalar evaziga erishishga
urinadiganlar; ikkinchisi, barcha natijalarga mehnati va ilmi orqali
erishuvchilardir.
Ibn Abbos shunday degan: - “Dunyoning hurmati boylik bo‘lsa, oxiratning
hurmati taqvodir”
4
. Yazid ibn Shajara shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh s.a.v.
Madina bozoridan o‘tib borardilar. Bir qora qulga ko‘zlari tushdi u shunday deb
turgan edi: “Kim meni sotib olsa ham shartim shuki, meni besh mahal namozni
rasulullohning orqalarida o‘qishimga to‘sqinlik qilmasin”. Bir kishi u qulni sotib
oldi. Shu qul har kuni namozga kelar edi. Bir kuni to‘satdan ko‘rinmay qoldi.
Rasululloh s.a.v. qulning xo‘jayinidan u haqda so‘radilar. Xo‘jayini uni o‘pkasidan
og‘ir kasal bo‘lganini aytib qaytardi. Yana uch kundan keyin so‘radilar. Xo‘jayini:
“Hali kasal yotibdi”, dedi. Rasululloh s.a.v. uni ko‘rishga bordilar. U o‘lim bilan
olishib yotar edi. Keyin joni uzildi. Uni yuvib, ko‘mdilar. Muhojirlar va ansorlar
uchun ulug‘ ibratli ish bo‘ldi”
5
. (1041-bet.)
Payxanbarimiz s.a.v o‘z davri kishilari, boylari va davlatmandlari hamda
bugungi kun kishilari, davlatmandlari va rahbarlari uchun muhim bo‘lgan amal
va ishlarni qilganlar.
Hozirgi kunda ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil avval hozirgi
Respublikamiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926-yilda
esa Respublikamizda 90 millat va elat yashagan bo‘lsa, 1959-yilda ularning soni
113 taga, 1979-yilda 123, 1989-yilda esa 130 taga yetgan edi. Hozirgi vaqtga
kelib yurtimizda 135 tadan ziyod milliy etnik guruh vakillari istiqomat
qilmoqdalar. Mustaqillik yillarida millatlararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish borasida O‘zbekiston o‘ziga xos tajriba orttirdi. Ko‘p millatli xalqimizni
nafaqat milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini yuksaltirish
bilan bir qatorda, O‘zbekiston fuqorosi bo‘lgan boshqa millatlarning tili,
madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash bilan cheklanmasdan, balki
mamlakatdagi barcha millatlarning umumiy birdamligiga erishishda allomaning
falsafiy g‘oyalari juda muhimdir.
Xulosa qilib birinchidan shuni ayta olamizki, Az-Zamaxshariyning ijtimoiy-
siyosiy qarashlari Qur’on va Hadislardagi gumanistik mohiyatga asoslangan
3
Mahmud az-Zamaxshariy. Al-Aalami fondi Rabi’ al-Abror va yangiliklar matnlari. Birinchi qism 1992. – B. 92-93
4
Mahmud az-Zamaxshariy. Al-Aalami fondi Rabi’ al-Abror va yangiliklar matnlari. Birinchi qism 1992. – B. 93
5
Mahmud az-Zamaxshariy. Al-Aalami fondi Rabi’ al-Abror va yangiliklar matnlari. Birinchi qism 1992. – B. 94
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
190
bo‘lib, jamiyatni insonparvarlashtirishni nazarda tutgan hamda allomaning
ijtimoiy-siyosiy qarashlari jamiyatni mo‘tadillashtirishga va barqaror taraqqiy
qilishga qaratilgandir;
Ikkinchidan, Az-Zamaxshariyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari kishilar
dunyoqarashida bag‘rikenglikni va yuksak islomiy axloqni tarbiyalashga xizmat
qildirilgan hamda mutafakkirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari Shoh va fuqaro
o‘rtasidagi, hokimiyat va xalq o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etishga, uyg‘unlikni
ta’minlashga qaratilgandir. Shu bilan birgalikda allomaning ijtimoiy-siyosiy
qarashlari o‘zidan keyingi mutafakkirlar dunyoqarashiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi va
jamiyatning rivojiga xizmat qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. - Тошкент : Ўзбекистон,
2023.- 80 б.
2.
Ўзбекистон
Республикасини
янада
ривожлантириш
бўйича
Харакатлар
стратегияси
тўғрисида:
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг Фармони 2017 йил 7 февраль ПФ-4947 // Халқ сўзи.–
2017.– 8 февр.
3.
Ёшларга оид давлат сиёсати самарадорлигини ошириш ва
Ўзбекистон ёшлар иттифоқи фаолиятини қўллаб-қуватлаш тўғрисида:
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони 2017 йил 5 июль ПФ-
5106// Халқ сўзи.– 2017.– 6 июль.
4.
Маънавий маърифий ишлар самарадорлигини ошириш ва соҳани
ривожлантиришни янги босқичга кўтариш тўғрисида: Ўзбекистон
Республикаси Президентининг Қарори 2017 йил 27 июги ПҚ-3160.
5.
Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси
Қонуни 2017 йил 14 сентябрь.
6.
Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора тадбирлари
тўғрисида:Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори 2017 йил 20
апрель ПҚ- 2909.
7.
Илмий-инновatsiон ишланма ва технологияларни ишлаб чиқаришга
тадбиқ этишнинг самарали механизмларини яратиш чора-тадбирлари
тўғрисида: Вазирлар Маҳкамасининг Қарори 2018 йил 12 январь 24-сон //
Қонун ҳужжатлар маълумотлар миллий базаси
8.
Иқтидорли ёшларни аниқлаш ва юқори малакали қадрларни
тайёрлашнинг узлуксиз тизимини ташкил этиш чора-тадбирлари
тўғрисида : Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори 2019 йил 3
май ПҚ-4306.
9.
Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. –Алма-Ата, 1987.– 435 б.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
191
10.
Асмус В.Ф. История античной философии. – Москва, 1966 .– 255 с.
11.
Библер В. С. Дидро и Кант. –Москва, Русское феноменологическое
общество,1997.–125 с.