ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
O‘ZBEKISTON SSSR HUDUDIDA POYABZAL SANOATINING
TASHKIL ETILISH TARIXI.
Botirova Nargiza Zohidjonovna
https://doi.org/10.5281/zenodo.16735113
Annotatsiya
Mazkur maqolada SSSR davrida O‘zbekiston hududida poyabzal sanoatining
paydo bo‘lishi, uning qanday holatda rivojlangani, qaysi hududlarda kengaygani
va ularda uchragan muommo va kamchiliklar ilmiy tahlillar orqali yoritiladi
.
Kalit so‘zlar:
Ko‘n – poyabzal
,
su’niy charm, rezina, poyabzal fabrikalari,
tekstil, trikotaj, birlashma, Andijonmash, Elektroapparat, Sovet Ittifoqi.
Jamiyatimizda juda ko‘p islohatlar hozirgi kunda avj olib bormoqda. Qaysi
sohani olmaylik hammasida yangiliklar, izlanishlarni ko‘ramiz va barchasi
bizning ko‘zimizni quvontiradi. Tarixdan bizga ayonki, har bir sohani o‘ziga
yarasha paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari bo‘ladi. Sovet davrida
O‘zbekistonda yengil sanoat, tikuvchilik, poyabzal va ip - gazlama ishlab
chiqarish 1940 - 1980 - yillarda sezilarli tarzda rivojlandi.
Ko‘n - poyabzal sanoati bu mahalliy xom-ashyo masalan, hayvon terisi
asosida charm va sun’iy charmdan poyabzal ishlab chiqarish tushuniladi [3].
Sovet Ittifoq davrida Oʻzbekiston hududida ilk bor poyabzal fabrikasi
Toshkentda 1927-yilda ishga tushirilgan. 1935 – yilda Toshkentda ikkinchi
poyabzal fabrikasi, 1938 – 1939 - yillarda Buxoro, Samarqand, To‘rtko‘l, Termiz,
1940-1942-yillarda Namangan, 1942 -yilda Andijon, Qoʻqon, Chirchiq
shaharlarida kichik poyabzal zavodlari tashkil etilgan [1]. Bu sanoat
fabrikalarining tashkil etilish davrlari haqida biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Vodiy miqiyosida ilk bor Namangan viloyatining Pop tumanida 1940-1950-
yillarda rezina poyabzal fabrikasi ochildi. “Namangan poyabzal ishlab chiqarish
birlashmasi” da shuningdek, Uychi, Toshbuloq va Kosonsoy poyabzal fabrikalari
ham mavjud bo‘lgan. Paxta va tekstil asosiga asoslangan yengil sanoat ham birga
rivojlandi. Charm asosidagi poyabzal ishlab chiqarilishi past hajmda edi.
1960-
1970 - yillarda Namangan shahrida tekstil kombinati, trikotaj va gazlama ishlab
chiqarishga alohida ahamiyat berilganligi manbalarda qayd etiladi [5].
Navbatdagi viloyat Farg‘ona hududida 1940-1950-yillarda trikotaj, ip-
gazlama, matolar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan fabrika tarmoqlari mavjud
bo‘lgan. Kichik charm-ustaxonalar ochilib, charm poyabzal va aksessuarlar
ishlab chiqarilgan. Farg‘ona viloyatidagi ilk poyabzal fabrikasi aslida “Farg‘ona
poyabzal fabrikasi” hisoblanadi. Bu korxona 1960-yillarda tashkil etilgan bo‘lib,
respublika yengil sanoatidagi rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynagan [6].
Farg‘ona fabrikasi Sovet davrida tashkil etilgan bo‘lib, Qo‘qon poyabzal fabrikasi,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
So‘x poyabzal fabrikasi, Farg‘ona charm zavodi va Farg‘ona sun’iy charm zavodi
birlashmalar tarkibida faoliyat yuritgan. So‘ngra birin -ketin 1969-yilda Farg‘ona
poyabzal fabrikasi, 1972-yilda Qo‘qon ko‘n zavodi, 1974-yilda Farg‘ona sun’iy
charm fabrikasi ishga tushirildi [2].
Shu davrlar mobaynida Andijon viloyatining Xonobod hududida ham charm
teri qayta ishlash zavodlari tashkil etilgan bo‘lib, 1941-1945-yillarda qo‘y
terisini tayyorlash va teri bilan ishlash faoliyati rivojlantirilgan. Bu davrda
Andijonda poyabzal ishlab chiqarish rasmiy ravishda sanoat korxonasi sifatida
mavjud bo‘lmagan, lekin Xonobod tumanida charm mahsulotlar uchun zarur
poydevor sanaladigan teri zavodlari faoliyati Andijon xalqi uchun poyabzal
sanoatining ilk markazi bo‘lgan. Keyinchalik Andijon hududida sovet davrida
ommalashgan tikuvchilik va poyabzal fabrikalari shuningdek, “Andijonmash”,
“Elektrodvigatel”, “Elektroapparat” kabi sanoat korxonalari faoliyat olib brogan
[8]. Ularda poyabzal va charm mahsulotlari tayyorlanib, mahalliy bozor va
eksport uchun mo‘ljallangan. 1950-1960-yillarda esa ishchi korxonalar ochildi,
motorsozlik, tikuvchilik va poyabzal fabrikalari asosan og‘ir sanoat bilan yonma-
yon faoliyat yuritdi [7]. 1960-1980-yillarga kelib barcha hududa korxonalar
kengaytirildi va tekstildan poyabzal uchun tayanch maydon yaratildi. 1980-
yillarga kelib, bu sohada natijalar yuqoriga ko‘tarildi. 1980-yillarda millionlab
juft poyabzal ishlab chiqarildi [9]. Xom ashyo sanoati rivojlanishi, sun’iy charm
va boshqa materiallar ishlab chiqarish boshlandi, sanoat tarmoqlarining
integratsiyasi, poyabzal sanoati charm, rezina, plastik va boshqa sanoatlar bilan
bog‘landi. Bu mahsulot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Ishchi kuchining keng
jalb qilinishi, hududda ko‘plab ishchi va mutaxassislar tayyorlandi. Bu sohada
ishchi kuchining ko‘payishi ishlab chiqarish hajmini yanada oshirdi[4].
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bu sohada ham bir nechta
kamchiliklar ko‘zga tashlangan. Masalan, xom ashyo sifati pastligi va
yetishmasligi, tehnik jihozlarining eskirganligi, ishchilarning malakasi
yetishmasligi, boshqaruvda cheklovlar bo‘lganligini aytish o‘rinlidir.
O‘zbekistondagi poyabzal sanoati mahsulotlari asosan ichki bozorga va
Sovet Ittifoqi hamda uning ittifoqchilari hududlariga eksport qilingan. Mustaqil
shartnomalar tuzilmagan, chunki tashqi savdo Sovet markaziy boshqaruvi
tomonidan amalga oshirilgan va ularning nazoratida bo‘lgan. 1940-1980-
yillardagi poyabzal sanoatida o‘ziga xos yutuqlari ham bo‘lgan. Sovet davrida
O‘zbekistonda poyabzal sanoati tizimli ravishda tashkil etildi va kengaydi.
Masalan, sanoatning rivojlanishi va kengayishini keltirish mumkin, yana yirik
zavodlar, sexlar va ishlab chiqarish bazalari yaratildi. (Toshkent, Farg‘ona,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
Andijon va boshqa hududlarda), ishlab chiqarish hajmining oshishi, yillik
poyabzal ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘sishini qayd qilish
mumkin.
Farg‘ona vodiysi poyabzal ishlab chiqarish uchun ideal hudud bo‘ldi,
chunki bu yerda: xom ashyo - charm va teri yetarli, ishchi kuchi ko‘p va malakali,
transport va logistika qulay, Sovet sanoat siyosati tomonidan qo‘llab-
quvvatlangan, an’anaviy charm ishlash tajribasi bor edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev A., Islomov B . O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoati. -Toshkent:
Fan, 2005.
2.
Фарғона вилояти давлат архиви. 178-фонд, 30-рўйхат, 50-йиғма
жилд, 43-варақ.
3.
Islomov B. O‘zbekiston yengil sanoatining rivojlanishi va modernizatsiyasi
(1940–1980 yillar). -T.: Sharq, 2002.
4.
Mamatqulov B. O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosatining amalga
oshirilishi va uning oqibatlari. Monografiya. -T.: Lesson Press, 2023.
5.
Наманган вилояти давлат архиви. 147-фонд, 15-рўйхат, 3-йиғма
жилд, 182-варак.
6.
Rajabov M. Farg‘ona vodiysi iqtisodiyoti: rivojlanish bosqichlari va
istiqbollari. -Farg‘ona.: Ilm ziyo, 2010.
7.
Yusupov I. O‘zbekiston iqtisodiyoti va uning tarixiy bosqichlari.-T.:
Innovatsiya, 2018.
8.
Зиёдуллаев Н. Ўзбекистон енгил саноатининг ривожлантириш
истикболлари.- T.: Фан, 1972.
9.
ЎзМА 2312 фонд, 1-рўйхат, 6-йиғма жилд 10-варак