Авторы

  • Diyorbek Nigmatov
    Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-bosqich pediatriya ishi yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.132027

Ключевые слова:

jigar serrozi gepatositlar portal gipertenziya eritropoez Glisson kapsulasi jigar to’qimasining fibrozlashuvi gepatomegaliya sariqlik hazm-trakti buzulishi assit.

Аннотация

Ushbu maqolada inson organizmida bo’lgan biologik suyuqliklarni modifikatsiya qiluvchi, qon hujayralari hosil bo’lishida, shu jumladan:tug’ilish davridan oldin eritropoez markazi bo’lib xizmat qiladigan, qon ivishini ta’minlovchi moddalar sintezi, qon deposi vazifasini bajaruvchi shuningdek inson hayoti uchun muhim bo’lgan jigar organida uchrovchi patologiya jigar serrozi kasallikni atroflicha yoritilgan.Kasallik atamasini tarixga birinchi marta bo’lib fransuz olimi Rene Laennek tomonidan”kirrhos” yunoncha sarg’ayish degan ma’noda fanga kiritgan. Jigar serrozi-jigarning gistologik tuzilmalarining normal bo’lmagan  vazifa o’tilishi yoki gepatosit hujayralarining halok bo’lishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi.Ushbu kasallik orqali 


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

JIGARNING SURUNKALI RIVOJLANIB BORUVCHI JIGAR SERROZI

KASALLIGINING: ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI VA KLINIK

KECHISHINING TAHLILI

Nigmatov Diyorbek Furkat o’g’li

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-bosqich

pediatriya ishi yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16734655

Annotatsiya:

Ushbu maqolada inson organizmida bo’lgan biologik

suyuqliklarni modifikatsiya qiluvchi, qon hujayralari hosil bo’lishida, shu
jumladan:tug’ilish davridan oldin eritropoez markazi bo’lib xizmat qiladigan,
qon ivishini ta’minlovchi moddalar sintezi, qon deposi vazifasini bajaruvchi
shuningdek inson hayoti uchun muhim bo’lgan jigar organida uchrovchi
patologiya jigar serrozi kasallikni atroflicha yoritilgan.Kasallik atamasini tarixga
birinchi marta bo’lib fransuz olimi Rene Laennek tomonidan”kirrhos” yunoncha
sarg’ayish degan ma’noda fanga kiritgan. Jigar serrozi-jigarning gistologik
tuzilmalarining normal bo’lmagan vazifa o’tilishi yoki gepatosit hujayralarining
halok bo’lishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi.Ushbu kasallik
orqali Bunda jigar to’qimasi hujayralari,a’zoni qoplab turgan biriktiruvchi
to’qima(Glisson kapsula)sining almashinuvi bilan jigarda gistologik
tuzulmalarida patologiyalar so’ngra a’zo yallig’lanishi, quruqlashuvi va
qattiqlashuvi jarayonlari kuzatiladi.Kasallik o’z navbatida bir nechta turlarga
bo’linadi: portal gipertenziya,postnekrotik,billiar va boshqa turlari fanga
ma’lum.Serrozning boshlang’ich mexanizmi, klinik belgilari, gistologik
o’zgaruvini boshlangich fazada kasallikka tegishli bo’lgan natijalar kuzatilmasligi
bilan boshqa hastaliklardan butunlay farq qiladi va Shu bois ko’pgina holatlarda
kasallikning rivojlanish fazalarida bemor hayotida kuzatilishi mumkin ya’ni:
gepatomegaliya,qorin sohasida suv yig’ilishi-assit,tasodifiy vazn yo’qotishi,
ishtahadan qolish, kekirish, ko’ngil aynashi yoki qayt qilish,qorin sohasida vaqti
bilan dam bo’lishi,doimiy haroratdan yuqori harorat kuzatilishi,burin sohasidan
qon ketishi, kamqonlik alomatlari paydo bo’lishi, oyoq sohasida shish holatlari
kuzatilshi, badan sohasida qichish, hansirash,tana a’zolarining rangining
o’zgarishi ya’ni ko’z va tana sariqlashuvi ,taloq sohasini normal holatda
bo’lmasligi,hazm-trakti a’zolarining fiziologik vazifasini bajara olmasligi, ich
ketishi yoki qotishi ba’zi bir hollarda axlatning rangining o’zgaruvi, siydikning
rangi qizarishi, doimiy holsizlanish,qon bosimining oshishi, qorinning o’ng
kindik sohasidagi og’riq, boshqa kasalliklariga chalinish ehtimolli va boshqa
belgilar kuzatiladi.Mazkur maqola jigar serroz kasalligini erta aniqlashga va
tushunishga ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

Kalit so’zlar:

jigar serrozi, gepatositlar, portal gipertenziya, eritropoez,

Glisson kapsulasi, jigar to’qimasining fibrozlashuvi, gepatomegaliya, sariqlik,
hazm-trakti buzulishi, assit.

Аннотация:

В данной статье подробно освещено заболевание печени

— цирроз печени, поражающее орган, играющий жизненно важную роль в
организме человека: модифицирующий биологические жидкости,
участвующий в кроветворении (в том числе в период до рождения, будучи
центром эритропоэза), синтезирующий вещества, обеспечивающие
свертываемость крови, а также выполняющий функцию депо крови.
Термин «цирроз» был впервые введён во французской науке учёным Рене
Лаэннеком, происходящим от греческого слова «kirrhos», означающего
«желтизна». Цирроз печени — это заболевание, возникающее в результате
разрушения гепатоцитов (клеток печени) или нарушения нормальной
функции гистологических структур печени. При этом наблюдаются
патологические изменения в гистологическом строении печени,
замещение печёночной ткани соединительной тканью (капсула Глиссона),
воспаление органа, его высыхание и уплотнение. Заболевание делится на
несколько видов: портальная гипертензия, постнекротический цирроз,
билиарный цирроз и другие. Начальный механизм цирроза, его
клинические признаки и гистологические изменения на ранней стадии
отличаются от других заболеваний тем, что зачастую отсутствуют
выраженные проявления, в связи с чем цирроз диагностируется уже на
поздних стадиях. На более поздних стадиях заболевания могут
наблюдаться такие симптомы, как: гепатомегалия (увеличение печени),
асцит (скопление жидкости в брюшной полости), случайная потеря веса,
потеря аппетита, отрыжка, тошнота или рвота, периодическое вздутие
живота, длительно сохраняющаяся повышенная температура тела,
кровотечения из носа, признаки анемии, отеки нижних конечностей, зуд
кожных покровов, одышка, изменение цвета кожи и глаз (желтуха),
увеличение селезёнки, нарушение физиологической функции органов
желудочно-кишечного тракта, диарея или запор, изменение цвета кала,
потемнение мочи, постоянная слабость, повышение артериального
давления, боль в правой околопупочной области, повышенная
восприимчивость к другим заболеваниям и другие симптомы. Настоящая
статья служит научной основой для ранней диагностики и понимания
цирроза печени.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

Ключевые слова:

цирроз печени, гепатоциты, портальная

гипертензия,

эритропоэз,

капсула

Глиссона,

фиброз

печени,

гепатомегалия, желтуха, нарушение пищеварения, асцит

Abstract:

This article provides a detailed overview of liver cirrhosis, a

pathology affecting the liver—an organ vital to the human div. The liver
modifies biological fluids, participates in the formation of blood cells (including
acting as a center of erythropoiesis before birth), synthesizes substances
responsible for blood clotting, and serves as a blood reservoir. The term
'cirrhosis' was first introduced into science by the French scientist René
Laennec, derived from the Greek word 'kirrhos,' meaning 'yellowish.' Liver
cirrhosis is a disease that occurs as a result of the destruction of hepatocytes
(liver cells) or disruption of the normal function of hepatic histological
structures. This condition leads to pathological changes in liver histology,
replacement of hepatic tissue with connective tissue (Glisson’s capsule),
inflammation, drying, and hardening of the organ. The disease is classified into
several types: portal hypertension, post-necrotic cirrhosis, biliary cirrhosis, and
others. The initial mechanisms of cirrhosis, its clinical signs, and histological
changes differ from other diseases in that there may be no noticeable
manifestations in the early stages. Therefore, in many cases, it is detected in
advanced stages. At later stages, symptoms such as hepatomegaly (enlarged
liver), ascites (fluid accumulation in the abdominal cavity), unintentional weight
loss, loss of appetite, belching, nausea or vomiting, intermittent abdominal
bloating, prolonged elevated temperature, nosebleeds, signs of anemia, swelling
of the legs, skin itching, shortness of breath, discoloration of the skin and eyes
(jaundice), spleen enlargement, gastrointestinal dysfunction, diarrhea or
constipation, changes in stool color, dark urine, persistent fatigue, increased
blood pressure, pain in the right periumbilical region, increased susceptibility to
other diseases, and other symptoms may occur. This article serves as a scientific
basis for the early diagnosis and understanding of liver cirrhosis.

Keywords:

liver cirrhosis, hepatocytes, portal hypertension,

erythropoiesis, Glisson’s capsule, liver fibrosis, hepatomegaly, jaundice,
gastrointestinal dysfunction, ascites

Ushbu maqolada jigar serroziga oid dolzarb ma’lumotlar, uning sabablari,

tarqalish holatlari va profilaktik choralar haqida batafsil ma’lumot berilgan.Shu
bois maqola hozirgi davrga kelib jigar serrozi kasalligi aholining sog’ligiga jiddiy
xavf tug’dirayotgan muhim kasaliklardan biri hisoblanadi.Aholi o’rtasida
tarqalishlar soni Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan aniqlangan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

natijalar ko’ra har yili millionlab insonlar ushbu kasallik orqali sog’liqlarini
yo’qotishadi va ko’z yumishadi. Yildan-yilga sezilarli darajada oshib
boralayotgan natijalar orqali yuqoridagi fikrlar isbot bo’lib xizmat qiladi,ushbu
kasallikni muddatdan erta aniqlash va to’g’ri davolash muhim ahamiyat kasb
etadi.Kasallikga jiddiy nazar bilan qarash kerakligini aholi psixologiya
tushuntirish va ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish ushbu
kasallikga chalinishni bir necha foizga pasaytirgan bo’lardik.Shu bois JSST
bergan natijalar ko’ra hozirgi talqinga kasallikni bizning mintaqamiz(Markaziy
Osiyo)da judayam ko’p ushbu holat kuzatilayapti.Keng tarqaluvchi hududlar va
kelib chiqish sababini ko’rib chiqadigan bo’lsak:

Osiyo hududlarida:

Xitoy va Hindiston- ushbu hududlarda gepatitning A va B formalari yuqori
darajada tarqalganligi sabab bo’lib xizmat qiladi
O’zbekiston,Qozog’iston,Qirg’iston kabi mamlakatlarda gepatitning B va C
formasi orqali serroz kasalligi kelib chiqmoqda

Afrikada hududlarida :

G’arbiy va Markaziy Afrika mamlakatlarida gepatitning B turi ko’p tarqalganligi
va tibbiy xizmat sust rivojlangani sabab ushbu kasallikka chalinish va uning
o’tish fazalari bemor hayotida qiyin o’tmoqda
Lotin Amerikasi hududlarida:
Meksika, Braziliya, Argentina-alkogolizm va noto’g’ri ovqatlanish ratsioni
davomida ushbu kasallik uchrash ehtimoligi yuqori qiymatlarda
G’arbiy yevropa va AQSh hududlarida:
AQSh,Germaniya,Buyuk Britaniya-alkogolizm, semizlik va qandli diabet bilan
bog’liq bo’lgan kasallik jigarni yog’ qoplab olinishi (NAFLD), gepatit C ning
dolzarbligi bo’lib qolmoqda ya’ni aholining noto’g’ri turmush tarzi, ovqatlanish
ratsioni, ayrim kasalliklar oqibatida va ko’pgina sabablar orqali ushbu kasallik
aholi orasida kuzatilayapti.Ushbu kasallik o’z navbatida hozirgi kunga kelib,
judayam ko’p turlari mavjud ulardan misol qilib oladigan bo’lsak:portal
gipertenziya, postnekrotik serrozi, billiar serroz va boshqa turlarini hozirgi
kunga kelib judayam ko’p holatlar aholida kuzatilmoqda.
Jigar serrozi ko’pgina holatlarda jigar hastaligi bo’lgan kishilarda uchrash
ehtimoligi yuqori, masalan: o’tkir jigar virusi ya’ni fan tilida gepatitning A,B, C
turlari orqali kuzatiluvchi kasallikning surunkali gepatit fazasiga o’tish
davomida jigar serrozi ko’p holatlarda kuzatiladi. Ushbu jarayon ko’pincha
kasallik tashuvchisi bo’lgan parazitlar orqali yuqishi kuzatiladi va ayrim
kasalliklar orqali ya’ni bezgak, sil,zaxm, brutselloz kabi yuqumli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

9

kasalliklarida,doimiy ravishda spirtli mahsulotlarini me’yoridan ortiq
foydalanish orqali,noto’g’ri parhez, jiddiy stress,farmasevtik dori-darmon
vositalaridan noto’g’ri ta’siri natijasi oqibatida,noto’g’ri ovqatlanish va turmush
tarzi, o’t pufagi va o’t yo’lining zararlanishi natijasidagi yallig’lanishlar,
ekologiyaning buzulishi va boshqa sabablar ushbu kasallik paydo bo’lishiga va
uning rivojlanishiga katta zamin yaratadi.
Jigar serroz kasalligiga doir ma’lumotlarni ko’pgina olimlar tomonidan ilmiy
ishlar olib borilgan,ularni qilgan ilmiy izlanishlari insoniyat tarixida ushbu
kasallik to’g’ri aniqlashga, oldini olish va davolash yo’nalish bo’lib xizmat qilib
kelmoqda.Shular jumlasidan:
Gianbattista Morgagni-serrozga xos jigar transformatsiyasini birinchi bo’lib
tavsiflagan va patologiyasini aniqlagan olim
Higgins va Anderson-jigar regeneratsiyasining mexanizmini modellar
yordamida o’rgangan
Soto-Gutierez va Weissman jamoasi-m RNA terapiyasin orqali jigar funksiyasini
qayta tiklash usulini taklif etgan
Britaniya Emerald sinovi-sirrotik bemorlar uchun moslashgan makrofaglar bilan
hujayra terapiyasini sinovdan o’tkazish maqsadida ilmiy ish olib borgan
San Diego olimlari- jigarni fibrovlashuv jarayoniga sabab bo’luvchi CHP1 oqsilini
aniqlagan
Mishel Houghton, Charlis Rice va boshqalar-gepatit C kasalligi jigar serroziga
olib kelinishi haqida ilmiy izlanishlar qilgan va boshqa ko’pgina olimlar ushbu
kasallikni aniqlashga va davolashni samarali yo’llarini aniqlashgan va
hozirgacha ushbu yo’nalish orqali ko’pgina bemorlarni davolash amaliyotlari
o’tkaziladi.
Jigar serrozi -sekin rivojlanuvchi surunkali kechuvchi hastalik hisoblanadi. Jigar
serrozi o’z navbatida morfologik ko’rinishiga qarab, ular quyidagi
bo’linadi:portal,postnekrotik va billiar serroz turlariga bo’linadi.
Portal serrozi yoki portal gipertenziya eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi.Bunda
jigarning portal vena bosimining anormal darajada o’zgarishi natijasida vujudga
keladi.Ushbu kasallikni vujudga keladigan sabablar haqida to’xtalik o’taman:
Spirtli ichimliklarni me’yoridan ortiq qabul qilishi oqibatid
Xunbuzarlik natijasida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishmovchiligi hisobiga
Vitamin B ning gipovitaminoz kasalliklarida Moddalar-almashinuvining normal
holatda bo’lmasligi va boshqa siptomlar sabab bo’ladi
Jigarda bo’ladigan uzoq muddatdagi muammolar tufayli va boshqa sabablar
orqali ushbu kasallik vujudga kelinishi mumkin


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

10

Ushbu serroz turi boshqa turlardan farqi tomoniga keladigan bo’lsak:erkak
organizmlarda ginekomastiya ya’ni sut bezlarining kattalashuvi kuzatiladi.Tero
sohasida turli xil dermatologik hosilalar, ular jumlasidan:palma eritemiyasi va
spider angiomasi va jigar o’z holatidan kichik va zich bo’lishi bilan ajralib turadi.
Patogenez mexanizmini ko’rib chiqadigan bo’lsak quyidagicha:
Surunkali intoksikatsiya → jigar hujayralarining sekin degeneratsiyasi va
nekrozi → fibroz (chandiqlanish) → jigar tuzilmasining buzilishi → portal
gipertenziya (qorinda vena kengayishi, assit) → jigar yetishmovchiligi
Patologik-fiziologiyasiga keladigan bo’lsak turli xil sabablarga ko’ra qon tomiri
qarshiligining oshishi bilan ko’rsatiladi,qo’shimcha ravishda jigarda stellat
hujayralar va miofibroblastlar faollashadi va organizmning qon tomirlarida
bosim qiymati sezilarli ko’rishda o’zgaradi ketadi.
Dastlabki portal gipertenziyani yoki portal serrozi aniqlash uchun laboratoriya
natijasida bilirubin miqdorining oshganligi,albumin natijasi pasayganligi,AST va
ALT ko’rsatgichlari esa o’rtacha darajada oshganligini kuzatish mumkin va
undan tashqari bo’lgan diagnostik usul orqali ultratovush tekshiruvi orqali
dastlabki tashxislash va kuzatishda birinchi darajali tasvirlash usuli
hisoblanadi,ustun tomoniga kelsak ushbu amaliyotini arzon va invaziv
bo’lmagan tekshiruv jarayoni hisoblanadi.Jigarning portal venasining diametri
13 va 15 mm dan katta bo’lishi ushbu portal gipertenziyaning dastlabki belgi
bo’lib xizmat qiladi.Ultratovush tekshiruvida portal gipertenziyaning boshqa
belgilariga portal oqimining o’rtacha tezligi 12 sm/s dan kam bo’lishi misol qilib
keltiriladi.Jigar venoz bosimi gradienti (JVBG) o’lchovi portal gipertenziyaning
o’g’irligini baholashda standart o’lchov birligi deb qabul qilingan.
Postnekrotik serroz-jigar hujayralarining tarqalgan tez rivojlanuvchi ko’pgina
hollarda o’limga sabab bo’luvchi jigar chanchiqlarini keltirib chiqaruvchi jigar
hastaligi hisoblanadi.Og’ir jigarda katta,tartibsiz tugunlarining shakllanishi bilan
tavsiflanadi va ko’pincha gepatitning,xususan gepatit C formasi bilan
kasallangan organizm ushbu kasallik hosil bo’lishi yuqori, undan tashqari dori-
darmon vositalaridan reaksiya natijasida vujudga kelishi ham mumkin misol
uchun oddiygina parasetamol dori vositasini organizmga normadan ortiq
dozada iste’mol qilishiniga sabab bo’ladi, Wilson-Konavalov kasalligi orqali ham
ushbu kasallik rivojlanishi ham bemorlar hayoti davomida ham
kuzatilgan.Asosiy jihatlari jigarda sezirlari darajada jigarning gistologik
qavatidagi chandiqlar va tugunlar paydo bolishi ya’ni makronodulyar holat
bo’lishi bilan tavsiflanadi.Odatda tugunlar diametriyasi 3 mm va undan ham
yuqori hollarga to’g’ri keladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

11

Patogenetik mexanizmini ko’radigan bo’lsak quyidagicha ya’ni:
Keng tarqalgan jigar hujayralarining nekrozi → regeneratsiya tugunchalari hosil
bo‘ladi → fibroz to‘qima bilan almashtiriladi → portal gipertenziya, jigar
yetishmovchiligi rivojlanadi.
Billiar sirrozi asosan safro yo‘llarining shikastlanishi va yallig‘lanishi natijasida
paydo bo‘ladi. Bunday holat uzoq muddat davom etganda jigar hujayralari
nobud bo‘ladi va jigar to‘qimasi fibroz (chandiqli) to‘qimaga aylanib
boradi.Billiar sirroz patogenetik mexanizmiga quyidagicha:
Autoimmun jarayoni asosan ikkiga bo‘linadi: Birlamchi billiar sirroz (Primary)
va . Ikkinchi (ikkilamchi) billiar sirroz (Secondary)
Birlamchi billiar sirroz (Primary Biliary Cirrhosis — PBC) Asosan 30-60
yoshdagi ayollarda kuzatiladi.Ushbu sirroz turiga chalinishning sababi:
Autoimmun kasallik. Tana o‘zining safro yo‘llariga hujum qiladi. Asosiy
belgilariga keladigan bo’lsak: tananing qichishish (ayniqsa kechqurun), qattiq
charchoq alomatlarining bo’lishi, teri pigmentatsiya,og’iz qurishi, xolestaz(o’t
safroning

buzulishi),

osteoporoza.Laboratoriya

diagnostikasida

antimitoxondrial antitanalar ijobiy tarzda namoyob bo’lishi orqali bu kasalikni
aniqlandi.
Ikkinchi (ikkilamchi) billiar sirroz (Secondary Biliary Cirrhosis — SBC).Ushbu
kasallik sababiga keladigan bo’lsak:safro yo’llarining uzoq vaqt davomida to’silib
qolishi ya’ni o’t yo’llarida toshlar, har xil turdagi o’smalar natijasida vujudga
kelishi mumkin.Buning natijasida o’t safro jigarga qaytib bo’rishi natijasida esa
jigarni yallig’lanishi va fibrozga olib kelinishi mumkin.
Kasallikni qarshi kurashish uchun labarator-diagnostik usullar orqali aniqlash
mumkin.
Qonning fermenttativ tahlillari-jigarni faoliyatini samarali tekshirish amaliyotini
beradi
Biokimyoviy tahlil natijalari:

Ko’rsatgich

O’zgarishi

Izoh

ALT(alanin

aminotransferaza)

Ko’tariladi

Jigar hujayralari

yemirlayotganidan darak

AST(aspartate

aminotransferaza)

Ko’tariladi

ALT dan yuqori bo’lishi

mumkin

GGT(gamma-

glutamiltransferaza)

Ko’tariladi

Jigar yo’llari va alkogolli

serrozda

ALP(shchelochnaya
fosfataza)

Ko’tariladi

Safro yo’llarining
zararlanishi

Billirubin

Ko’tariladi

Sariqlik yuzaga kelishi

Albumin

Tushadi

Jigar sintez qilish qobiliyati

pasaygan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

12

Protrombin indeks/INR

Tashqi qon ivishi buziladi

Jigar ivishi omillarini sintez

qilolmaydi

Umumiy qon tahlili(OAK)

Ko’rsatkich

O’zgarishi

Sabab

Gemoglobin

Tushadi

Anemiya(qon ketishi

yoki B12

yetishmovchiligi)

Leykotsitlar

Tushadi

Immun tizimi

zaiflashgan bo’ladi

Trombositlar

Tushadi

Qon ivishi

yomonlashadi portal
gipertenziya

Ushbu natijalar va kasalikning kasallanish davriga kelib ham boshqa

amaliyotlar o’tkazilishi mumkin.Ushbu kasallikni oldini olish chora-tatbirlarini
ko’rinishi kasallikni yengil o’tishiga va davolanishiga zamin yaratadi.

Jigar serrozi asosan o’z ichiga 4 ta davr o’z ichiga oladi.
1.Kompensatsiyalangan bosqich
2.Subkompensatsiyalangan bosqich
3.Dekompensatsiyalangan bosqich
4.Terminal bosqich
Kompensatsiyalangan(boshlang’ich)

bosqich-jigar

shikastlana

boshlaydi,biroq hali yetarli darajada o’z vazifasini bajara oladi.Odatda aniq
simptomlar kuzatilmaydi yoki yengil tarzda yuzaga chiqadi.Quyidagi belgilar
bo’lishi mumkin:charchoq,umumiy holsizlik,ba’zan ishtahaning yo’qolishi.Ushbu
davrini faqatgina labarator va Uzi tekshiruvlari orqali namoyon bo’ladi.Davolash
imkoniyati mavjud:Agarda bemor gepatit va spirtli ichimliklarni bartaraf etilishi
oqibatida jarayon sekinlashishi yoki to’xtashi mumkin
Subkompensatsiyalangan

bosqich-Jigar

faoliyati

asta-sekin

zaiflasha

boshlaydi.Belgilari:oshqozon-ichak

sistemasidagi

muammo,terining

sarg’ayishi,qorinning shishishi,tez charchoq, ozib ketish.Ushbu bosqich qonda
fermentlar(ALT va AST), bilirubin darajasi oshgan bo’ladi.
Dekompensatsiyalangan(og’riq)bosqich-jigar deyarli ishlamay qoladi,funksional
yetishmovchiligi yuzaga keladi.Ushbu bosqichga tegishli belgilari:kuchli assit,
ichki qon ketishlar, miya faoliyatlari buzilishi ya’ni xotira pasayishi, uyqu
buzulishi, ong buzilishi,oyoqlarda shishlar,qon ivishining buzulishi.Ushbu
bosqich inson hayoti uchun xavfli bosqich hisoblanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13

Terminal(oxirgi)bosqich-jigar butunlay vazifasini bajarmaydi.Bemorni ahvoli
o’ta og’ir:bemor hushsiz bo’lishi,jigar bilan birgalikda esa buyrak va yurak ishi
yetishmovchiligi.Davolash faqatgina jigar transplatatsiyasi bilan amalga
oshiriladi.
Ushbu bosqichlardan so’ng bemor hayotiga salbiy ta’sir qilinmasa bemorni
o’limi bilan ushbu jarayon tugalanadi.Hozirgi kunga kelib ushbu o’limlar soni
oshib bormoqda.
Xulosa: Jigar serrozi – inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradigan, sekin
rivojlanib boruvchi surunkali kasalliklardan biridir. U turli sabablarga ko‘ra,
jumladan virusli gepatitlar, alkogolizm, autoimmun jarayonlar va moddalar
almashinuvi buzilishlari natijasida yuzaga keladi. Kasallikning klinik belgilarini
erta bosqichda aniqlash qiyin bo‘lib, odatda simptomlar faqat kechki bosqichda
yuzaga chiqadi. Shu bois, jigar serrozining erta diagnostikasi va to‘g‘ri davolash
strategiyalarini ishlab chiqish zamonaviy tibbiyotning dolzarb vazifalaridan
biridir. Profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib
qilish, virusli gepatitlarga qarshi emlash ishlarini jadallashtirish orqali bu
kasallikning tarqalishini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Mazkur ilmiy
maqola jigar serrozining etiologiyasi, patogenezi va klinik kechishini chuqur
tahlil qilish orqali uning diagnostikasi va davolanishiga oid ilmiy asoslarni
mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlar:

1.

Laennec R.T.H. (1819). De l’Auscultation Médiate. Paris: J.A. Brosson.

Jigar serrozi atamasining ilk kiritilishi.
2.

World Health Organization (WHO). Global Hepatitis Report. Geneva, 2017.

Gepatit B va C tarqalish statistikasi va serrozga olib keluvchi asosiy omillar.
3.

Friedman S.L., Grendell J.H., McQuaid K.R. (2003). Current Diagnosis &

Treatment in Gastroenterology. Lange Medical Books.
Serroz turlari, patogenezi, klinik simptomlar va davolash usullari.
4.

Sherlock S., Dooley J. (2002). Diseases of the Liver and Biliary System, 11th

ed. Blackwell Science.
Jigar serrozi va safro yo‘llarining kasalliklari haqida asosiy tibbiy manba.
5.

Ghany M.G., Hoofnagle J.H. (2002). Approach to the Patient with Liver

Disease. N Engl J Med, 346(6):424-429.
Serrozda klinik kechish, laborator diagnostika.
6.

European Association for the Study of the Liver (EASL). Clinical Practice

Guidelines: Management of Chronic Liver Disease. Journal of Hepatology, 2018.
Zamonaviy davolash protokollari va bosqichli yondashuv.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

7.

Soto-Gutierrez A., Wertheim J.A., Ott H.C., Gilbert T.W. (2020). Engineering

Liver Tissues. Elsevier Academic Press.
Regeneratsiya va hujayra terapiyasi bo‘yicha ilmiy izlanmalar.
8.

Houghton M., Rice C.M. et al. (2000). Hepatitis C and Liver Disease. Science,

288(5469): 137–144.
Gepatit C orqali serroz rivojlanishi bo‘yicha tadqiqotlar.
9.

Малахов И.С., Фадеев В.В. (2015). Гастроэнтерология: учебник для

студентов медицинских вузов. Москва: ГЭОТАР-Медиа.
Rossiya manbasi asosida serroz klinikasi va laborator diagnostikasi.
10.

Uzbekistan Ministry of Health. Jigar kasalliklari bo‘yicha klinik protokollar,

Toshkent, 2022.
Mamlakatimizda qo‘llaniladigan amaliy yo‘riqnomalar
11.

“Klinik terapiya” – I. V. Davydovskiy-Portal sirrozining asosiy klinik

belgilarini, rivojlanish bosqichlarini va differensial diagnostikasini chuqur
yoritadi.
12.

“Ichki kasalliklar propedevtikasi” – V. X. Vasilenko va boshqalar-Portal

sirrozning etiologiyasi, klassik ko‘rinishlari, jigar gipertenziyasi bilan bog‘liq
belgilar batafsil tushuntirilgan.
13.

“Gastroenterologiya” – M. M. Zargarova-Jigar kasalliklari bo‘yicha

mukammal darslik bo‘lib, portal sirrozni spirtli gepatit bilan bog‘liq shakli
asosida tahlil qiladi.
14.

“Patologik anatomiya” – A. I. Strukov, V. V. Serov-Portal sirrozning

morfologik o‘zgarishlari (tugunchali qayta tuzilish, fibrosis), gistologik tavsifi
keltirilgan.
15.

Yevropa Gepatologiya Assotsiatsiyasi (EASL) tavsiyalari-Zamonaviy

diagnostika, Child-Pugh va MELD tizimlari orqali baholash metodlari va davo
tamoyillari (ruxsat etilgan holatlarda transplantatsiya, dori terapiya,
diuretiklar). (https://easl.eu)
16.

"Klinik terapiya" – I. V. Davydovskiy-Jigar sirrozining etiologiyasi va

patogenezi, postnekrotik shaklining virusli gepatitlar bilan bog‘liqligi aniq
tushuntirilgan. Klinik belgilari ham yoritilgan.
17.

"Patologik anatomiya" – A. I. Strukov, V. V. Serov-Jigar to‘qimasida sodir

bo‘ladigan nekroz, regeneratsiya va chandiqlanish bosqichlari morfologik tahlil
asosida bayon qilingan.
18.

"Ichki kasalliklar propedevtikasi" – V. X. Vasilenko va boshqalar-Bu

darslikda jigar sirrozi turlari, jumladan postnekrotik sirroz klinikasi va
diagnostikasi bosqichma-bosqich tahlil qilingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

19.

Yevropa Gepatologiya Assotsiatsiyasi (EASL) klinik tavsiyalari-

Postnekrotik sirrozning zamonaviy diagnostik yondashuvlari, virusli gepatit
bilan bog‘liq rivojlanish mexanizmlari va davo strategiyalari yoritilgan. (manba:
https://easl.eu)
20.

“Zargarova M. M., Gastroenterologiya” — bu kitobda jigar kasalliklari,

xususan, autoimmun jarayonlar haqida keng yoritilgan. PBC va SBC farqlari
alohida ko‘rsatilgan.
21.

“Klinik terapiya” (Avtor: I. V. Davydovskiy) — bu asarda sirroz turlari,

patogenez va simptomlar haqida tibbiy asosda bayon qilingan.
22.

“Patologik anatomiya” (A. I. Strukov, V. V. Serov) — jigar sirrozi, shu

jumladan, biliar sirroz morfologiyasi (to‘qima darajasida o‘zgarishlar) aniq va
ilmiy asoslangan tarzda tushuntirilgan.
23.

Yevropa gepatologiya assotsiatsiyasining klinik qo‘llanmalari (EASL

Guidelines) — Biliar sirroz diagnostikasi va davosi bo‘yicha zamonaviy
mezonlarni belgilaydi (https://easl.eu/ manbasida topiladi).

Библиографические ссылки

Laennec R.T.H. (1819). De l’Auscultation Médiate. Paris: J.A. Brosson.

Jigar serrozi atamasining ilk kiritilishi.

World Health Organization (WHO). Global Hepatitis Report. Geneva, 2017.

Gepatit B va C tarqalish statistikasi va serrozga olib keluvchi asosiy omillar.

Friedman S.L., Grendell J.H., McQuaid K.R. (2003). Current Diagnosis & Treatment in Gastroenterology. Lange Medical Books.

Serroz turlari, patogenezi, klinik simptomlar va davolash usullari.

Sherlock S., Dooley J. (2002). Diseases of the Liver and Biliary System, 11th ed. Blackwell Science.

Jigar serrozi va safro yo‘llarining kasalliklari haqida asosiy tibbiy manba.

Ghany M.G., Hoofnagle J.H. (2002). Approach to the Patient with Liver Disease. N Engl J Med, 346(6):424-429.

Serrozda klinik kechish, laborator diagnostika.

European Association for the Study of the Liver (EASL). Clinical Practice Guidelines: Management of Chronic Liver Disease. Journal of Hepatology, 2018.

Zamonaviy davolash protokollari va bosqichli yondashuv.

Soto-Gutierrez A., Wertheim J.A., Ott H.C., Gilbert T.W. (2020). Engineering Liver Tissues. Elsevier Academic Press.

Regeneratsiya va hujayra terapiyasi bo‘yicha ilmiy izlanmalar.

Houghton M., Rice C.M. et al. (2000). Hepatitis C and Liver Disease. Science, 288(5469): 137–144.

Gepatit C orqali serroz rivojlanishi bo‘yicha tadqiqotlar.

Малахов И.С., Фадеев В.В. (2015). Гастроэнтерология: учебник для студентов медицинских вузов. Москва: ГЭОТАР-Медиа.

Rossiya manbasi asosida serroz klinikasi va laborator diagnostikasi.

Uzbekistan Ministry of Health. Jigar kasalliklari bo‘yicha klinik protokollar, Toshkent, 2022.

Mamlakatimizda qo‘llaniladigan amaliy yo‘riqnomalar

“Klinik terapiya” – I. V. Davydovskiy-Portal sirrozining asosiy klinik belgilarini, rivojlanish bosqichlarini va differensial diagnostikasini chuqur yoritadi.

“Ichki kasalliklar propedevtikasi” – V. X. Vasilenko va boshqalar-Portal sirrozning etiologiyasi, klassik ko‘rinishlari, jigar gipertenziyasi bilan bog‘liq belgilar batafsil tushuntirilgan.

“Gastroenterologiya” – M. M. Zargarova-Jigar kasalliklari bo‘yicha mukammal darslik bo‘lib, portal sirrozni spirtli gepatit bilan bog‘liq shakli asosida tahlil qiladi.

“Patologik anatomiya” – A. I. Strukov, V. V. Serov-Portal sirrozning morfologik o‘zgarishlari (tugunchali qayta tuzilish, fibrosis), gistologik tavsifi keltirilgan.

Yevropa Gepatologiya Assotsiatsiyasi (EASL) tavsiyalari-Zamonaviy diagnostika, Child-Pugh va MELD tizimlari orqali baholash metodlari va davo tamoyillari (ruxsat etilgan holatlarda transplantatsiya, dori terapiya, diuretiklar). (https://easl.eu)

"Klinik terapiya" – I. V. Davydovskiy-Jigar sirrozining etiologiyasi va patogenezi, postnekrotik shaklining virusli gepatitlar bilan bog‘liqligi aniq tushuntirilgan. Klinik belgilari ham yoritilgan.

"Patologik anatomiya" – A. I. Strukov, V. V. Serov-Jigar to‘qimasida sodir bo‘ladigan nekroz, regeneratsiya va chandiqlanish bosqichlari morfologik tahlil asosida bayon qilingan.

"Ichki kasalliklar propedevtikasi" – V. X. Vasilenko va boshqalar-Bu darslikda jigar sirrozi turlari, jumladan postnekrotik sirroz klinikasi va diagnostikasi bosqichma-bosqich tahlil qilingan.

Yevropa Gepatologiya Assotsiatsiyasi (EASL) klinik tavsiyalari-Postnekrotik sirrozning zamonaviy diagnostik yondashuvlari, virusli gepatit bilan bog‘liq rivojlanish mexanizmlari va davo strategiyalari yoritilgan. (manba: https://easl.eu)

“Zargarova M. M., Gastroenterologiya” — bu kitobda jigar kasalliklari, xususan, autoimmun jarayonlar haqida keng yoritilgan. PBC va SBC farqlari alohida ko‘rsatilgan.

“Klinik terapiya” (Avtor: I. V. Davydovskiy) — bu asarda sirroz turlari, patogenez va simptomlar haqida tibbiy asosda bayon qilingan.

“Patologik anatomiya” (A. I. Strukov, V. V. Serov) — jigar sirrozi, shu jumladan, biliar sirroz morfologiyasi (to‘qima darajasida o‘zgarishlar) aniq va ilmiy asoslangan tarzda tushuntirilgan.

Yevropa gepatologiya assotsiatsiyasining klinik qo‘llanmalari (EASL Guidelines) — Biliar sirroz diagnostikasi va davosi bo‘yicha zamonaviy mezonlarni belgilaydi (https://easl.eu/ manbasida topiladi).