Авторы

  • Zulayxo Yusupova
    Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Registrator ofisi menejeri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.133551

Ключевые слова:

Public Relations PR kommunikatsiyasi axborot siyosati inqiroz kommunikatsiyasi ommaviy axborot vositalari axloqiy me’yorlar huquqiy asoslar imidj ijtimoiy ishonch axborot erkinligi.

Аннотация

Ushbu maqolada PR kommunikatsiyasining nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, huquqiy va axloqiy asoslari tahlil qilingan. PR nazariyasi doirasida axborot tarqatish modellariga, ijtimoiy fikrni shakllantirish jarayonlariga va inqiroz kommunikatsiyasi yondashuvlariga e’tibor qaratilgan. Amaliy ko‘rinishlar sifatida ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlar PR’i, tashqi va ichki kommunikatsiya, hamda inqirozli vaziyatlarni boshqarish jarayonlari yoritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

PR KOMMUNIKATSIYA: NAZARIY-AMALIY KO‘RINISHLARI

HAMDA HUQUQIY-AXLOQIY ASOSLARI

Yusupova Zulayxo Abduraimovna

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Registrator ofisi menejeri

https://doi.org/10.5281/zenodo.16810717

Annotatsiya:

Ushbu maqolada PR kommunikatsiyasining nazariy va amaliy

jihatlari, shuningdek, huquqiy va axloqiy asoslari tahlil qilingan. PR nazariyasi
doirasida axborot tarqatish modellariga, ijtimoiy fikrni shakllantirish
jarayonlariga va inqiroz kommunikatsiyasi yondashuvlariga e’tibor qaratilgan.
Amaliy ko‘rinishlar sifatida ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, ijtimoiy
tarmoqlar PR’i, tashqi va ichki kommunikatsiya, hamda inqirozli vaziyatlarni
boshqarish jarayonlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Public Relations, PR kommunikatsiyasi, axborot siyosati,

inqiroz kommunikatsiyasi, ommaviy axborot vositalari, axloqiy me’yorlar,
huquqiy asoslar, imidj, ijtimoiy ishonch, axborot erkinligi.

Аннотация:

В данной статье анализируются теоретические и

практические аспекты PR-коммуникации, а также ее правовые и этические
основы. В рамках теории PR внимание уделяется моделям
распространения информации, процессам формирования общественного
мнения и подходам к кризисным коммуникациям. В качестве
практических аспектов освещены процессы работы со средствами
массовой информации, PR в социальных сетях, внешняя и внутренняя
коммуникация, а также управление кризисными ситуациями.

Ключевые

слова:

Public

Relations,

PR-коммуникация,

информационная политика, кризисная коммуникация, средства массовой
информации, этические нормы, правовые основы, имидж, общественное
доверие, свобода информации.

XX asrning yakunlanishi yangi kommunikatsiya muhitining rivojlanishi va

sifat jihatidan mutlaqo boshqacha aloqa almashinuvi shakllarining shakllanishi
bilan tavsiflanadi. Mamlakatimizda ko‘plab boshqa mamlakatlardagi kabi, faol
ommaviy kommunikatsiyalar tizimi shakllanib bordi, uning ishtirokchilari davlat
va jamoat institutlari hamda fuqarolar edi. Madaniyatli ommaviy
kommunikatsiyalarga ega jamiyat o‘ziga xos ijtimoiy faoliyat turini jamoatchilik
bilan aloqalar (PR)ni yuzaga keltiradi. Boshqa ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani
kabi, ishtirokchilari davlat va jamoat institutlari, fuqarolar bo‘lgan faol ommaviy
kommunikatsiyalar tizimining shakllanishi sodir bo‘ldi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

Jamoatchilik bilan aloqalarning hozirgi holati PR amaliyoti yutuqlarining

sintezi va uni ilmiy, nazariy jihatdan tushunish, professional tarzda
shug‘ullanadigan ixtisoslashgan tuzilmalarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi.

PR-faoliyati, ilmiy maktablar, ushbu kasb bo‘yicha tayyorgarlik ko‘radigan

ta’lim muassasalarining butun bir tarmog‘i, bularning barchasi jamoatchilik
tomonidan maxsus ijtimoiy institut sifatida ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro kommunikatsiyalarda PR orqali mamlakatning iqtisodiy-siyosiy

jihatlari, uning imkoniyatlari va salohiyatini ko‘rsatish birlamchi taassurotlar
uyg‘otadi. Bu munosabatlarda asosan milliy mentalitetdan kelib chiqib, reklama
qilish maqsadga muvofiq. Deyarli barcha davlatlarning o‘z PR uslublari bo‘lib,
piarmenlar shu uslublar orqali tashqi siyosatdagi imijni mustahkamlab, nufuzini
oshirib boradi. Masalan, Xitoy haqida gap ketganda qadimiy binolar, Xitoy
yozuvlari, Buyuk Xitoy devori ko‘z oldimizga keladi. Umrida Xitoyda bo‘lmagan
inson ham bu axborot orqali birlamchi tasavvurga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida ushbu davlatning xorijliklar orasida imijini ko‘rsatib beradi.
Shuningdek, siyosiy imij iborasi ham mavjud bo‘lib, siyosiy imij yaratish davlat
rahbarlari, hukumatlar o‘rtasidagi mintaqaviy, geosiyosiy, iqtisodiy masalalar
yuzasidan

jamoatchilik

fikri

shakllantiriladi.

Jamoatchilik

fikrini

shakllantirishning mamlakat siyosiy imijini yaratish jarayonida ma’lum qonun-
qoidalari mavjud bo‘lib, davlat imijini PR qilish davomida xalqaro, davlatlar va
elatlararo qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaruvchi usullardan foydalanmaslik,
tashqi iqtisodiy aloqalarni chegaralashga, dunyo aholisida mamlakat haqida
noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilish, millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik
keltirib chiqarish, elatlar munosabatlarini keskinlashtirish kabi holatlarni oldini
olish maqsadga muvofiq.

Mamlakatning siyosiy nufuzini oshirishda PR, xususan OAVlar asosiy

o‘rinda turadi. Ularda e’lon qilingan reklama, ko‘rsatuv va maqolalar yurtimiz
imijini vujudga keltirish va rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mamlakat ichidagi muammolarning bartaraf etilishi ichki imijni
mustahkamlasa, tashqarida kuzatilayotgan muammolar yuzasidan olib
boriladigan ishlar tashqi imij masalasini hal etadi. Ularning har ikkalasi
birlashib, mamlakatning yaxlit muvaffaqiyatli imijini ta’minlaydi. Mazkur
yaxlitlik bir qaraganda bir-biriga ta’sir etmaydigandek ko‘rinadi, ammo ular bir-
biriga aloqador. “Jahon tajribasi shundan darak beradiki, muayyan bir
davlatning tashqi siyosati uchun milliy davlatchilik borasidagi ustuvor
manfaatlariga tayanadi”.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

PR (Jamoatchilik bilan aloqalar) — Tashkilot yoki shaxs va ularning

auditoriyasi yoki jamoatchilik fikrini yaxshiroq tushunish va ijobiy jamoatchilik
fikrini yaratish maqsadida kanallar va axborot oqimini boshqarish sanʼati va
fani.

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxassis ixtisoslashtirilgan aloqa

rejasini tuzadi va ijobiy brend imidjini va maqsadli auditoriya bilan mustahkam
aloqani yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun ommaviy axborot vositalari va
boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita vositalardan foydalanadi.

Oddiy qilib

aytganda, jamoatchilik bilan aloqalar — bu tashkilot va uning brendlari obroʻsini
saqlab qolish uchun tashkilotga tegishli maʼlumotlarni ommaga chiqarish va
tarqatishni boshqarishning strategik jarayoni. Ushbu jarayon quyidagilarga
qaratilgan boʻladi:

Qanday axborotlar eʼlon qilinishi kerakligi,
Axborotlarni qanday tuzish kerakligi,
Axborotlar qanday taqdim qilinishi kerakligi va
Axborotni chiqarish uchun qanday ommaviy axborot vositalaridan

foydalanish kerakligi

Zamonaviy axborot makonida Public Relations (PR) kommunikatsiyasi

tashkilotlar, davlat muassasalari va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni
samarali tashkil etishda muhim vosita hisoblanadi. PR kommunikatsiyasi brend
imidjini shakllantirish, ijtimoiy ishonchni mustahkamlash, shuningdek, inqirozli
vaziyatlarda axborot oqimini boshqarish orqali barqarorlikni ta’minlaydi. Uning
nazariy-amaliy ko‘rinishlarini tahlil qilish, shuningdek, huquqiy va axloqiy
asoslarini o‘rganish ushbu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun
zarurdir.

PR nazariyasi asosan kommunikatsiya, psixologiya, sotsiologiya va

marketing fanlariga tayangan holda shakllanadi. Asosiy yondashuvlar
quyidagilardan iborat:

Ikki yo‘nalishli simmetrik model (J. Grunig va T. Hunt) — tashkilot va

jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro foydali muloqot va kelishuvni ta’minlaydi.

Axborot-targ‘ibot modeli — tashkilot faoliyati haqida jamoatchilikka bir

yo‘nalishda ma’lumot yetkazish.

Inqiroz kommunikatsiyasi nazariyasi — salbiy axborot tarqalishining oldini

olish va reputatsiyani tiklash strategiyalari.

Nazariy jihatdan PR kommunikatsiyasi nafaqat axborot yetkazish, balki

ijtimoiy fikrni shakllantirish, muvofiqlashtirish va ta’sir o‘tkazish jarayoni
sifatida ham qaraladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

Amaliyotda PR quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
1.

Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash — press-relizlar, matbuot

anjumanlari, intervyular.

2.

Ijtimoiy tarmoqlar PR’i — kontent marketingi, blogerlar bilan

hamkorlik, onlayn obro‘ boshqaruvi.

3.

Tashqi kommunikatsiya — jamoatchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri

uchrashuvlar, aksiyalar, homiylik tadbirlari.

4.

Ichki kommunikatsiya — xodimlar bilan aloqalar, korporativ

madaniyatni rivojlantirish.

5.

Inqirozli vaziyatlarni boshqarish — salbiy voqealar yuzasidan tezkor

bayonot berish, ishonchni tiklash choralarini ko‘rish.

Amaliy faoliyatda strategik rejalashtirish va media monitoringi muhim

ahamiyat kasb etadi.

PR faoliyatining uchta asosiy funksiyasi mavjud:

Jamiyatning fikri va xulq-atvorini nazorat qilish funksiyasi nafaqat

kompaniya, balki auditoriya manfaatlariga erishish uchun zarurdir.
Jamoatchilikning tashkilotga boʻlgan munosabatini kuzatish unga oʻz ishiga
tuzatishlar kiritish imkonini beradi va shu orqali uning obroʻsini oshiradi.

Navbatdagi funksiya esa kompaniya faoliyatidagi tushunmovchilik va

ishonchsizlikni aniqlash va nizolarni hal qilish choralarini ishlab chiqish uchun
amalga oshiriladi.

Uchinchi funksiya PR faoliyatining asosiy maqsadi bilan rezonanslashadi.

Kompaniyaning harakatlari jamoatchilik bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni
taʼminlashi yoki bunga hissa qoʻshishi taminlanadi

Shuni aytib o`tish lozimki, PR sohasida turli kamchiliklar ko‘zga tashlanib

turibdi, soha yangi islohotlarga muhtoj. Jamoatchilik bilan aloqalar ayniqsa
davlat imijini yaratuvchi PR kompaniyalariga yosh kadrlar, oddiy qilib aytganda
“yangi qon”lar kerak. Mexanizmlarni qayta yurgizish, yangilash xalqaro
aloqalarda yaqin kelajakda ijobiy natijalarga olib kelishiga ishonamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Qosimova N., Bobojonova G. Axborot xizmatlari uchun amaliy qo‘llanma:

jamoatchilik bilan samarali muloqot. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
Milliy kutubxonasi, 2013.
2.

Емельянов С.M. Теория и практика связей с общественностью.

Учебное пособие для академического бакалавриата. – М.: Юрайт, 2017.
3.

Кривоносов А.Д. PR-текст в системе публичных коммуникаций. –

Спб.: Петербургское Востоковедение, 2002.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

9

4.

Масленников Р. 101 совет по PR. – М.: Альпина Паблишер, 2012.

5.

Чумиков А. Паблик Рилейшнз для профессионалов. – М., 2000.

Библиографические ссылки

Qosimova N., Bobojonova G. Axborot xizmatlari uchun amaliy qo‘llanma: jamoatchilik bilan samarali muloqot. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2013.

Емельянов С.M. Теория и практика связей с общественностью. Учебное пособие для академического бакалавриата. – М.: Юрайт, 2017.

Кривоносов А.Д. PR-текст в системе публичных коммуникаций. – Спб.: Петербургское Востоковедение, 2002.

Масленников Р. 101 совет по PR. – М.: Альпина Паблишер, 2012.

Чумиков А. Паблик Рилейшнз для профессионалов. – М., 2000.