Авторы

  • F.B. Umarov
    “G'ijduvon erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” unitar korxonasi direktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.133583

Аннотация

Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) bugungi globallashuv sharoitida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib, ular nafaqat investitsiyalar oqimini jalb etadi, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatini tubdan oshiradi. Bu zonalar xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTI) uchun qulay sharoit yaratish maqsadida soliq imtiyozlari, bojxona yengilliklari, soddalashtirilgan litsenziyalash tartib-taomillari kabi keng ko‘lamli rag‘batlantirish mexanizmlarini taqdim etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

166

ERKIN IQTISODIY ZONALARGA INVESTITSIYALAR OQIMINI

KUCHAYTIRISH ORQALI MINTAQAVIY IQTISODIY RIVOJLANISHNI

JADALLASHTIRISH

F.B.Umarov

“G'ijduvon erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” unitar korxonasi direktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.16880203

Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) bugungi globallashuv sharoitida mintaqaviy

iqtisodiy rivojlanishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib, ular nafaqat
investitsiyalar oqimini jalb etadi, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatini
tubdan oshiradi. Bu zonalar xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTI) uchun
qulay sharoit yaratish maqsadida soliq imtiyozlari, bojxona yengilliklari,
soddalashtirilgan litsenziyalash tartib-taomillari kabi keng ko‘lamli
rag‘batlantirish mexanizmlarini taqdim etadi. Natijada kapital oqimi ortadi,
yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi, eksport salohiyati kengayadi va mahalliy ishlab
chiqarish texnologik modernizatsiyadan o‘tadi. Hududlar iqtisodiyotini
kompleks rivojlantirish strategiyasi iqtisodiy jihatdan ortda qolgan mintaqalar
o‘rtasidagi samarasiz ishlab chiqarish sohalari orasidagi raqobatni kamaytiradi,
mavjud resurslarni samarali taqsimlaydi va investitsiya oqimini aniq belgilangan
maqsadli yo‘nalishlarga yo‘naltiradi. Bu esa iqtisodiy o‘sishning hududlar
bo‘yicha teng taqsimlanishiga, ijtimoiy barqarorlikning mustahkamlanishiga
xizmat qiladi.

EIZlar xorijiy kapital bilan birga ilg‘or boshqaruv tajribalari, zamonaviy

texnologiyalar va xalqaro standartlarni olib kiradi. Ular iqtisodiyotning
“lokomotivi” sifatida hududlarda farovonlik darajasini oshiradi, mahalliy
korxonalarni innovatsion rivojlanishga undaydi va yangi eksport yo‘nalishlarini
ochadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, EIZlar orqali jalb etilgan xorijiy investitsiyalar
ko‘pincha mahalliy kapitaldan samaraliroq bo‘ladi, chunki ular bilan birga
menejment madaniyati, texnologiya transferi va xalqaro bozorlar bilan
integratsiya imkoniyatlari ham kelib chiqadi.

Biroq, EIZlar salohiyatidan to‘liq foydalana olish barcha mamlakatlarda

ham bir xil darajada amalga oshmaydi. Ba’zi mintaqalarda maxsus iqtisodiy
hududlarni tashkil etish o’ziga xos qiyinchiliklar mavjud, chunki ularning
iqtisodiy natijalarini qisqa muddatda olish imkoniyati mavjud emasligi sababli
mazkur hududlarning barpo etilishi murakkab bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
amaliyotda yagona tushunchalarning mavjud emasligi, nazariy asoslarning
yetarli darajada ishlab chiqilmagani, boshqaruv tizimlarining murakkabligi va
ayrim hollarda infratuzilmaning sust rivojlanganligi kabi to‘siqlar ham EIZlarini
rivojlanishida to’siq bo’lishi mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

167

Shu bois, EIZlarning samarali faoliyat yuritishi uchun ularni tashkil etish

bosqichidan boshlab puxta strategik rejalashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni
moslashtirish, kuchli institutsional baza yaratish va zamonaviy infratuzilmani
shakllantirish zarur. Faqat shundagina EIZlar mintaqaviy iqtisodiy
taraqqiyotning yetakchi kuchi sifatida o‘z maqsadini amalga oshira oladi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) to‘g‘ri

yondashuv va davlat qo‘llab-quvvatlovi bilan hududiy iqtisodiy taraqqiyotning
kuchli katalizatoriga aylanadi. Quyida turli mamlakatlar amaliyotida EIZlarning
o’rni bilan tanishamiz:

Xitoy – EIZlar bu mamlakatda sanoatni chuqur modernizatsiya qilish,

eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish va tashqi savdo hajmini
keskin oshirishda muhim omil bo‘ldi. Maxsus hududlar xorijiy texnologiyalarni
jalb qilish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni global zanjirlarga integratsiya
qilishda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Natijada hududiy soliq bazasi kengaydi va ichki
bozor yanada raqobatbardosh bo‘ldi.

Janubiy Koreya - Incheon Erkin Iqtisodiy Zonasi (IFEZ) 2003-yildan buyon

yuqori texnologiyalar, moliya va logistika sohalariga milliardlab dollarlik xorijiy
investitsiyalarni jalb qilib kelmoqda. Bu hudud Samsung, LG, GM Korea kabi
yirik kompaniyalarning ishlab chiqarish va tadqiqot markazlarini o’z ichiga
oladi. Mazkur zonaning ichki va tashqi savdo aylanmasi yil sayin o‘sib,
mintaqaning umumiy iqtisodiy hajmiga sezilarli hissa qo‘shmoqda.

Belarus – Mamlakat sanoatlashtirish va iqtisodiy transformatsiya siyosatida

EIZlardan faol foydalanmoqda. Hukumat tomonidan bu hududlarda
investorlarga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bojxona to‘lovlaridan ozod qilish,
soliq yengilliklari va soddalashtirilgan ruxsatnomalar kabi rag‘batlantiruvchi
chora-tadbirlar taqdim etiladi. Natijada sanoat klasterlari rivojlanib, ishlab
chiqarishning yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tarmoqlari shakllanmoqda.

Litva – Klaipeda EIZ mamlakatning g‘arbiy qismida iqtisodiy faollikni

oshirishda asosiy drayverga aylandi. Bu hududda transport-logistika, ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari jadal rivojlanib, mintaqa xalqaro savdo
yo‘laklariga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi.

Hindiston – Maxsus iqtisodiy zonalar bu yerda iqtisodiy o‘sishni

tezlashtirish, zamonaviy infratuzilma yaratish, eksportni kengaytirish va xorijiy
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishda samarali vosita sifatida xizmat
qilmoqda. Bu hududlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham yangi ish
o‘rinlari va mahalliy aholining daromadlarini oshirish orqali ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib aytish mumkinki, EIZlarning yuqori

samaradorligi uchun uchta asosiy omil zarur:

-

Mustahkam qonunchilik bazasi – investorlar uchun huquqiy kafolat va aniq
qoida-qonunlar majmuini ta’minlash.

- Qulay investitsiya muhiti – soddalashtirilgan tartiblar, soliq va bojxona

yengilliklari, byurokratiyani minimallashtirish.

- Zamonaviy infratuzilma – transport, energetika, aloqa va logistika

tizimlarini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish.

Bundan tashqari, mintaqaviy iqtisodiy integratsiya ortiqcha raqobatni

kamaytirib, ortda qolgan hududlarda investitsiya kiritish imkoniyatlarini
shakllantirishga yordam beradi. To‘g‘ri va strategik yondashuv asosida tashkil
etilgan EIZlar investitsiya oqimini kuchaytiradi, zamonaviy texnologiyalarni olib
kiradi, mahalliy kadrlarni tayyorlaydi va hududlarni jadal rivojlantirishga xizmat
qiladi. Dunyo tajribasi isbotlaganidek, bunday zonalar davlat tomonidan tizimli
qo‘llab-quvvatlanganda eng katta samarani beradi..

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xujamkulov D.Y. Erkin iqtisodiy hududlar. Darslik. –T.: IQTISODIYOT,

2019. – 408 b.
2.

Xudoyberganovich, S. M., & Fattohovich, A. B. (2025). TASHKILOTDA

KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH VA UNI AMALGA OSHIRISH
STRATEGIYASI. ИКРО журнал, 14(01), 3-6.
3.

Azimov, B. F., & Amonov, Z. M. (2025). Prospective directions for

enhancing regional competitiveness through increased innovation activity.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(6), 1263-1266.
4.

Azimov, B. F. (2025). METHODOLOGICAL APPROACHES TO EVALUATING

THE EFFICIENCY OF THE NATIONAL INNOVATION SYSTEM. Multidisciplinary
Journal of Science and Technology, 5(6), 1960-1963.
5.

Азимов, Б. Ф., & Гафарова, Д. Т. (2013). ПРИОРИТЕТНЫЕ

НАПРАВЛЕНИЯ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

МЕХАНИЗМА

РЕСУРСНЫХ

НАЛОГОВ. In ЕКОНОМІКА І УПРАВЛІННЯ: ПРОБЛЕМИ НАУКИ ТА
ПРАКТИКИ (pp. 278-279).
6.

Azimov, B. (2025). INNOVATION AND ITS IMPLEMENTATION AS A

FACTOR OF ECONOMIC GROWTH. International Journal of Artificial Intelligence,
1(3), 581-584.
7.

Azimov, B. (2025). INNOVATIVE INFRASTRUCTURE EFFICIENCY

ASSESSMENT INDICATORS AND THEIR DEVELOPMENT STAGES. International
Journal of Artificial Intelligence, 1(4), 827-832.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

169

8.

Qudratova, G. M., & Xolmurodov, J. (2025). O'ZBEKISTONNING YASHIL

IQTISODIYOTGA O ‘TISH CHORA-TADBIRLARI. Modern Science and Research,
4(6), 603-605.
9.

Qudratova, G. M., & Ergashboyev, S. (2025). QAYTA TIKLANADIGAN

ENERGIYA MANBALARI VA O ‘ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O
‘TISHIDAGI AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(6), 551-554.
10.

Sodiqova, N. T., & Qudratova, G. M. (2024). Tashkilotning innovatsion

faoliyati samaraligini baholash. Studying the progress of science and its
shortcomings, 1(2), 286-29

Библиографические ссылки

Xujamkulov D.Y. Erkin iqtisodiy hududlar. Darslik. –T.: IQTISODIYOT, 2019. – 408 b.

Xudoyberganovich, S. M., & Fattohovich, A. B. (2025). TASHKILOTDA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH VA UNI AMALGA OSHIRISH STRATEGIYASI. ИКРО журнал, 14(01), 3-6.

Azimov, B. F., & Amonov, Z. M. (2025). Prospective directions for enhancing regional competitiveness through increased innovation activity. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(6), 1263-1266.

Azimov, B. F. (2025). METHODOLOGICAL APPROACHES TO EVALUATING THE EFFICIENCY OF THE NATIONAL INNOVATION SYSTEM. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(6), 1960-1963.

Азимов, Б. Ф., & Гафарова, Д. Т. (2013). ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМА РЕСУРСНЫХ НАЛОГОВ. In ЕКОНОМІКА І УПРАВЛІННЯ: ПРОБЛЕМИ НАУКИ ТА ПРАКТИКИ (pp. 278-279).

Azimov, B. (2025). INNOVATION AND ITS IMPLEMENTATION AS A FACTOR OF ECONOMIC GROWTH. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 581-584.

Azimov, B. (2025). INNOVATIVE INFRASTRUCTURE EFFICIENCY ASSESSMENT INDICATORS AND THEIR DEVELOPMENT STAGES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(4), 827-832.

Qudratova, G. M., & Xolmurodov, J. (2025). O'ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O ‘TISH CHORA-TADBIRLARI. Modern Science and Research, 4(6), 603-605.

Qudratova, G. M., & Ergashboyev, S. (2025). QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARI VA O ‘ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O ‘TISHIDAGI AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(6), 551-554.

Sodiqova, N. T., & Qudratova, G. M. (2024). Tashkilotning innovatsion faoliyati samaraligini baholash. Studying the progress of science and its shortcomings, 1(2), 286-29