ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
160
TALABALARNING MA’NAVIY KAMOLOTINI TA’MINLASHDA
MOTIVATSIYA UYG’OTISH TEXNOLOGIYALARINI
TAKOMILLASHTIRISHDA ADABIY TA’LIM JARAYONING
AHAMIYATI
Zaynobiddinov Fayzullo Muhammadkarim o‘g’li
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
fayzullozaynobiddinov18@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16880105
Annotatsiya
: Ushbu maqolada adabiy ta`lim berish jarayonida
o‘quvchilarda motivatsiya uyg`otuvchi texnologilarni takomillashtiruvchi yana
bir yangicha yondashuv yoritilgan bo‘lib, aynan ta`lim jarayoniga tatbiq etishda
o‘ziga xosligi ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Maʼnaviyat, milliy, taʼlim, tarbiya, axloq, odob, xulq, qadriyat,
jamiyat, ijtimoiy,Motivatsiya, texnologiya
Аннотация:
В данной статье освещен еще один новый подход к
совершенствованию технологий, мотивирующих учащихся в процессе
литературного образования, и раскрыта его уникальность в применении к
образовательному процессу.
Ключевые
слова:
Духовность,
национальная,
образование,
воспитание, мораль, манеры, поведение, ценности, общество, социальное,
Мотивация, технология
Abstract:
In this article, another new approach to improving the
technologies that motivate students in the process of literary education is
highlighted, and its uniqueness is revealed in its application to the educational
process.
Key words:
Spirituality, national, education, training, morality, manners,
behavior, value, society, social, Motivation, technology
.
Kirish
Bugungi kunda dunyoda keskin ijtimoiy – siyosiy o‘zgarishlar yuz
berayotgan vaqtda taʼlim-tarbiyaning milliy-maʼnaviy negizlariga bo‘lgan eʼtibor
muhim ahamiyat kasb etayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu o‘rinda sharqda
azaldan taʼlim – tarbiya va milliy maʼnaviyatning doimo uzviy aloqada
bo‘lganligini eʼtiborga olishimiz va umumbashariy qadriyatlar bilan birgalikda
rivojlanish sari qadam tashlashimiz lozimligini unutmasligimiz darkor.
Maʼlumki, jannatmakon Vatanimiz insoniyat tamaddunining beshiklaridan biri
hisoblanadi. Aynan biz yashab turgan zaminda olimu fuzalolar yashab ijod qilib
kelganlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
161
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar shuni ko‘rsatadiki, respublika
ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy g’oyalaridan biri o‘quv
jarayoniga zamonaviy o‘qitish mexanizmni joriy etishda motivatsiya uyg`otish ,
bu shaxsning o‘z menini amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Har qanday
zamonaviy ta'lim texnologiyasi pedagogika fanlari va amaliyotining tez
yutuqlari, fan nazariyasining kombinatsiyasi-o'tkazilgan tajribaning amaliy
ahamiyati va ijtimoiy yutuqlar orqali jamiyatni rivojlantirish,
insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda muhim masalalardan biri
hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.
O‘zbek xalqining boy o‘tmishi va unda taʼlim – tarbiyaning o‘rni to‘g’risida
Prezidentimiz quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “O‘zlikni anglash tarixni
bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilishi zarur. ... Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar
halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch maʼrifatdir. Aql zakovatli, yuksak
maʼnaviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga
erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”.
1
Jamiyatda
kechayotgan ijtimoiy, hususan taʼlim sohasidagi islohotlarning samaradorligi
uning fuqarolari ega bo‘lgan maʼnaviyatga bog’liq. Shu bois mustaqillikning
dastlabki yillarida mamlakatimizda jamiyat rivojlanishining maʼnaviy-axloqiy
negizlari aniq belgilab olindi. Jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy
taraqqiyotinigina emas, balki maʼnaviy yuksalishini ham taqozo etadi. Taʼlim-
tarbiyaning maʼnaviy negizlari mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan
aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti
darajasiga bog’liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy
meʼyor, ideal hamda talablarni bajarishda masʼuliyatni his etishi, maʼnaviy-
axloqiy bilimlarning eʼtiqodga aylanishi va bu eʼtiqodlarning tizimliligi,
mustahkam maʼnaviy-axloqiy his-tuyg’u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchilar
tomonidan maʼnaviy-axloqiy xulqatvor jamiyat aʼzolariga bo‘lgan hurmat-
eʼtiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, maʼnaviy-
axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
2
[3]. Maʼnaviy-axloqiy
tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining
kun tartibiga qo‘yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub
1
Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. –b.65.
2
Ziyamuhamedov B. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma.T. “Tamaddun”.2014. b-196.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
162
o‘zgarishlar yuz berdi. Ma`naviy ahloqiy tarbiyani esa aynan adabiy ta`limni
chuqur o‘rganib va hayotimizga tatbiq etibgina yo‘lga qo‘yishimiz mumkin.
Tahlil va natijalar
. Pеdagоgiк оliy ta`lim muassasalarida “Tоhir Maliк
qissalarida tarbiya muammоsi talqini” mоdulini muammоli ta`lim asosda
o‘qitish qatоr afzalliklarga ega. Muammоli o‘qitish talabalarni o‘rab turgan
bоrliqni bilish mеtоdlari bilan qurоllantiradi, maqsadga muvоfiq kuzatish
ko‘nikma va malakalarni rivоjlantiradi, ularni asоslash оrqali asоsiy
qоnuniyatlarni umumlashtirish va хulоsa qilish qоbiliyatlarini tarbiyalaydi.
Mavzu yuzasidan quyidagi muammoli savollar talabalar e`tiboriga havola
etiladi:
1. Tohir Malik qissalarining hozirgi zamon adabiyotidagi boshqa
qissalardan farq qiluvchi jihatlari nimalarda ko‘rinadi?
2. Ijtimoiy muhit ma`naviy ruhiyat muammosida qanday rol o‘ynaydi?
3. Qamariddinning ayanchli qismatiga kim yoki nima sabab?
4. “Qozonga yaqin yurma qorasi yuqadi”maqoli asardagi qaysi qahramon
hayotiga tegishli?
5. Farzand noqobil bo‘lsa ozori jondir jumlasining mohiyatini ayting?
Ushbu savollarga javob toppish maqsadida amaliyotimizda sinovdan
o‘tkazilgan ayrim keys namunalarini keltirib o‘tamiz. Muammoli ta`limni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur.
3
Talaba bilishi kerak:
- ma`naviyat, ma’naviy barkamol inson, komil inson, dunyoqarash,
mustaqillik davrida yaratilgan bolalarbop asarlar namunalarini, sheriyat, badiy
asar , qahramon, ruhiyat, syujet, yechim.
Talaba amalga oshirishi kerak:
- mavzuni mustaqil o‘rganadi;
-muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g`oyalarni ilgari suradi;
ma`lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, mustaqil qaror qabul
qilishni o‘rganadi;
- o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi;
-o‘quv ma`lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
- ma`lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Talaba ega bo‘lmog`i kerak:
- kommunikativ ko‘nikmalarga;
3
Jahongirov Burxon Bo‘ronovich. O‘zbekistonda ilm-fan holati, taraqqiyot yo‘nalishlari (1980-2010 yillar).
Monografiya.“Qaqnus media” nashriyoti, Toshkent. 2020. -b.58
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
163
-taqdimot ko‘nikmalariga;
-hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga;
-muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.
4
Tavsiya etilgan muammoni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon
yaratadi:
-
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
-
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
-
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
-
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
5
Talabalarda adabiy tilni o‘rganishda motivatsiya uyg`otuvchi texnikalardan
biri ishni bosqichlarga ajratgan holda mummoli vaziyatni keltirish.
1.
Muammo va uning axborot ta`minoti bilan tanishish
Avvalo
muammo
bilan
tanishing.
Tohir
Malikning
“Alvido,
bolalik!”qissasida ma`naviyat muammosi haqida tushuncha hosil qilish uchun
bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida
vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
2.
Berilgan vaziyat bilan tanishish
Ma`lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun
muhim bo‘lgan satrlarni belgilang.Siz uchunmuhim fikrlarni qalam yordamida
ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga
diqqatingizni jalb qiling. Ushbuvaziyat “ Hozirgi globallashuv jarrayonida
millatimizning ko‘rki bo‘lgan ma’naviyatimizni yanada yaxshiroq bilishga va
aniqlashtirilishiga yordam beradi”.
3.
Muammoli vaziyatni tahlil qilish.
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling. Asosiy
muammo: Hayot yo‘lida adashgan yosh avlod fojeasining tub ildizi qayerga borib
taqaladi?
Quyidagi savollarga javob berish orqali kichik muammolarni yechishga
harakat qiling:
1. Birinchi yo‘l qarshisidagi oq shayton qiyofasida kimni ko‘rdingiz?
2. Ikkinchi yo‘l qarshisidagi qora shayton kim edi?
3. Uchinchi yo‘lning boshida Asror nima uchun hech kimni ko‘rmadi?
4.
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang.
6
4
Jahongirov Burxon Bo‘ronovich. O‘zbekistonda ilm-fan holati, taraqqiyot yo‘nalishlari (1980-2010 yillar).
Monografiya.“Qaqnus media” nashriyoti, Toshkent. 2020. -b.58
5
Jahongirov Burxon Bo‘ronovich. O‘zbekistonda ilm-fan holati, taraqqiyot yo‘nalishlari (1980-2010 yillar).
Monografiya.“Qaqnus media” nashriyoti, Toshkent. 2020. -b.58
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
164
Yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy faollikka, mustaqil
fikrlashga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarda motivatsiya uyg`otish uchun
bugungi kunda pedagog-o‘qituvchilarimiz zamonaviy innovatsion pedagogik
texnologiyalardan foydalanishlari ta`lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini
oshirishning asosiy omili ekanligini tushunib yetishlari lozim.
7
Muhokama
Amalga oshirilayotgan ta`limiy islohotlar yagona maqsad-
barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalash hamda tayyorlashga
yo‘naltirigan bo‘lib, mazkur maqsadning to‘laqonli amalga oshirilishi ta`lim
tizimini takomillashtirish, ta`lim jarayonida sifat o‘zgarishlari va yuqori
samaradorlikka erishish asosida ta`minlanadi.”Ta`lim-tarbiyadagi sifat
o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik mazkur sohada ijobiy yangilik kiritish bilan
belgilanadi.Bunday yangilikni kiritish innovatsion jarayon bo‘lib, ilg`or
pedagogik texnologiyalarni joriy qilib, ta`limda sifat va samaradorlikka
erishuvdan iborat bo‘ladi.” Motivatsion fаоliyat yangi ijtimоiy tаlаblаr bilаn
аn’аnаviy mе`yorlаrning mоs kеlmаsligi yoхud аmаliyotning yangi
shаkllаnаyotgаn mе’yorining yuzаgа kеlgаn mе’yor bilаn to‘qnаshuvi nаtijаsidа
vujudgа kеlgаn qаtоr muаmmоlаrni yеchishgа yo‘nаltirilgаn fаоliyat sаnаlаdi. U
shахsning, хususаn, pеdаgоgning motivatsion jаrаyonni tаshkil etishgа
tаshkiliy–tехnоlоgik, mеtоdik vа ijоdiy jihаtdаn tаyyorligi hisоbigа tаshkil
etilаdi. Pеdаgоgik innоvаtsion texnologiyalаrning izchil rаvishdа pеdаgоgik
fаоliyatgа yangiliklаrni оlib kirishgа imkоn bеrishi оrqаli tа`lim tizimi yoki
jаrаyoni muntаzаm rivоjlаnib bоrаdi.
8
O‘qituvchining motiv uyg`otuvchi
fаоliyati pеdаgоgik jаmоаni hаrаkаtgа kеltiruvchi, оlg`а undоvchi,
bunyodkоrlikkа rаg`bаtlаntiruvchi kuch sifаtidа nаmоyon bo‘lаdi hаmdа u tа`lim
jаrаyonining sifаtini kаfоlаtlаydi. Shu bоis hаr bir o‘qituvchi motivatsion faoliyat
mоhiyatini to‘lа tushungаn hоldа o‘z fаоliyatigа izchil tаtbiq etа оlsа tа`lim
jаrаyoni hаm sifаt, hаm sаmаrаdоrlik nuqtаi nаzаrdаn tаrаqqiy etаdi. Bu esа o‘z
nаvbаtidа tа`lim tizimining rivоjini tа`minlаydi. Bugungi kun o‘qituvchidan
innovatsiyalardan yaxshi xabardorlikni, ularni dars jarayoniga tatbiq etishdagi
kasbiy mahoratni taqazo etadi
Xulosa va takliflar.
6
Muslimov N.Usmonboyeva M, Sayfurov D. Innovatsion ta`lim texnologiyalari. O‘quv-metodik qo‘llanma.Toshkent-
2015.144-b.
7
Ergasheva M. “Talabalar o‘quv faoliyatini pedagogik improvizatsiya asosida rivojlantiruvchi omillar.” // Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining 2025
yil 7(59)-son. 46-b.
8
Ergasheva M. “Talabalar o‘quv faoliyatini pedagogik improvizatsiya asosida rivojlantiruvchi omillar.” // Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining 2025
yil 7(59)-son. 48-b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro
ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini
qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish,
qo'llash va aniqlanadi. Bizning fikrimizcha ta'lim jarayonida avval qiziqish
uyg’otib, motivatsiya berib, so'ngra raqobat muhiti yaratilsa o‘quvchilarda
innovatsiya yaratishdagi yashirin qobiliyatlari uyg’otiladi va albatta
rag’batlantirish amalga oshirilsa ko'zlangan maqsadga erishiladi. Talabalarga
ilm-fan va innovatsiya yaratishda yutuqlarga erishgan insonlardan misol
keltirib, iloji bo'lsa ulardan birini o'rnak bo'luvchi inson sifatida darsga taklif
qilib,yoki innovatsiyalar markaziga talabalarni ekskursiyalarga etishni yo'lga
qo'yilsa maqsadga tezroq erishilgan bo'lardi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent:
O‘zbekiston, 1992. –b.65.
2. Jahongirov Burxon Bo‘ronovich. O‘zbekistonda ilm-fan holati, taraqqiyot
yo‘nalishlari (1980-2010 yillar). Monografiya.“Qaqnus media” nashriyoti,
Toshkent. 2020. -b.58
3. Muslimov N.Usmonboyeva M, Sayfurov D. Innovatsion ta`lim texnologiyalari.
O‘quv-metodik qo‘llanma.Toshkent-2015.144-b.
4. Ziyamuhamedov B. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma.T. “Tamaddun”.2014 .200 b-
196.
5. Ergasheva M. “Talabalar o‘quv faoliyatini pedagogik improvizatsiya asosida
rivojlantiruvchi omillar.” // Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya:
Nazariy va amaliy izlanishlar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining 2025
yil 7(59)-son. 46-b.