ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
MARKAZIY BANK VALYUTA SIYOSATI VA TASHQI SAVDO
DINAMIKASI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Xoliqnazarov Muzaffarbek Bunyojon o‘g‘li
Toshkent Bank-moliya akademiyasi, Iqtisodiyotni monetar tartibga solish
yo‘nalishi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16876234
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
bankining valyuta siyosati va uning tashqi savdo dinamikasiga koʻrsatgan ta’siri
chuqur tahlil qilingan. Milliy valyutaning ayirboshlash kursi oʻzgarishlari eksport
va import hajmlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi, so‘mning qadrsizlanish jarayoni,
2020 - 2024 yillardagi statistik ko‘rsatkichlar asosida iqtisodiy dinamikalar
yoritilgan. Maqolada valyuta kursining boshqarilishi orqali tashqi savdo
muvozanatining shakllanishi, inflyatsiyaga ta’siri va iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashdagi o‘rni ilmiy asosda ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Markaziy bank, valyuta siyosati, ayirboshlash kursi, tashqi
savdo, eksport, import, inflyatsiya, iqtisodiy barqarorlik, savdo balansi, so’m,
dollar.
Аннотация.
В данной статье представлен глубокий анализ валютной
политики Центрального банка Республики Узбекистан и её влияния на
динамику внешней торговли. Рассматриваются изменения курса
национальной валюты и их воздействие на объёмы экспорта и импорта,
процесс девальвации узбекского сума, а также экономическая динамика на
основе статистических данных за 2020–2024 годы. Научно обоснована роль
управления валютным курсом в формировании внешнеторгового баланса,
его влияние на инфляцию и обеспечение экономической стабильности.
Ключевые слова:
Центральный банк, валютная политика, обменный
курс, внешняя торговля, экспорт, импорт, инфляция, экономическая
стабильность, торговый баланс, сум, доллар США.
Annotation.
This article provides an in-depth analysis of the foreign
exchange policy of the Central Bank of the Republic of Uzbekistan and its impact
on foreign trade dynamics. It explores how fluctuations in the national currency’s
exchange rate influence export and import volumes, the process of depreciation
of the Uzbek sum, and economic dynamics based on statistical data from 2020 to
2024. The study scientifically substantiates the role of exchange rate management
in shaping external trade balance, its effects on inflation, and its contribution to
ensuring economic stability.
Keywords:
Central Bank, foreign exchange policy, exchange rate, foreign
trade, export, import, inflation, economic stability, trade balance, sum, US dollar.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
Kirish.
O‘zbekiston iqtisodiyotida valyuta siyosati va tashqi savdo
o‘rtasidagi bog‘liqlik muhim o‘rin tutadi. Markaziy bankning valyuta siyosati
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda, tashqi savdoni rag‘batlantirishda hamda
inflyatsiya darajasini nazorat qilishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ushbu
tadqiqotda Markaziy bank tomonidan so‘mning ayirboshlash kursini boshqarish
siyosati va uning tashqi savdo dinamikasiga ta’siri bo‘yicha chuqur tahlil
o‘tkaziladi.
Asosiy qism.
Valyuta siyosati davlat tomonidan milliy valutaning qiymatini
boshqarishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasidir. Uning asosiy
turlari quyidagilar:
Erkin ayirboshlash kursi siyosati;
Qat’iy boshqariluvchi kurs siyosati;
Erkinlashtirilgan boshqaruv siyosati (managed floating).
O‘zbekistonda 2017 yilda milliy valyuta – so‘mning erkin konvertatsiya
qilinishi valyuta siyosatining erkinlashtirish bosqichiga o‘tishini belgiladi. Bu esa
tashqi iqtisodiy faoliyat uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi.
Valyuta siyosati va tashqi savdo o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, ayirboshlash kursining o‘zgarishi eksport va importga turlicha ta’sir
ko‘rsatadi.
So‘mning
qadrsizlanishi
eksportni
arzonlashtirib,
raqobatbardoshligini yanada oshiradi, ammo import mahsulotlarining narxini
qimmatlashtiradi. Buning natijasida, eksport hajmi o‘sishi mumkin va aksincha,
import tanlanishi qisqaradi. Shuningdek, savdo balansida ijobiy o‘zgarish
kuzatiladi. Quyida O‘zbekiston tashqi savdosi va so‘mning AQSh dollariga
nisbatan kursini 2020–2024 yillardagi o‘zgarishi keltirilgan (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekiston tashqi savdosining so‘nggi yillardagi dinamikasi
(2020–2024 yillar, mlrd. so‘m hisobida)
Yil
1 AQSh
dollari (o'rt.)
/So'm
Eksport
($ mlrd)
Import
($ mlrd)
Savdo saldosi
($ mlrd)
2020
10,200
15.1
21.3
-6.2
2021
10,600
16.6
25.5
-8.9
2022
11,300
19.3
30.7
-11.4
2023
12,100
23.8
34.5
-10.7
2024
12,600
26.0
37.0
-11.0
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
117
(Jadval statistik ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan)
1-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020–2024 yillarda so‘mning
qiymati o‘sib, 2020 yilda 1 AQSh dollari 10,200 so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2024
yilga kelib, bu ko‘rsatkich 12,600 so‘mga yetdi. Bu yillar davomida so‘mning
qadrsizlanishi kuzatilmoqda, bu esa eksportni arzonlashtiradi, lekin importni
qimmatlashtiradi. Eksport hajmini o’zgarishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2020
yildan 2024 yilgacha eksport hajmi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. 2020 yilda
eksport 15,1 milliard dollar bo‘lsa, 2024 yil ga kelib 26,0 milliard dollarni tashkil
qilgan. O‘tgan yillar davomida import hajmi ham ortib borganligini kuzatish
mumkin, jumladan, 2020 yilda import hajmi 21,3 milliard dollarga teng bo‘lgan
bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 37,0 milliard dollarga yetgan. Mamlakatning
tashqi savdo sаldosi esa, har yili salbiy, ya’ni import eksportdan yuqori bo‘lganligi
kuzatilgan. Bu shuni anglatadiki, mamlakatda tashqi savdo defitsiti mavjudligidan
dalolat berib turibdi.
Markaziy bank tomonidan olib borilgan kurs siyosati valyuta zaxiralarini
saqlash, inflyatsiyani cheklash, eksport faoliyatini rag‘batlantirish va importni
ivazlash siyosatini qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarni amalga oshiradi. Biroq,
ayirboshlash kursining keskin o‘zgarishi tashqi qarzning qimmatlashishiga,
import inflyatsiyasining kuchayishiga hamda ishlab chiqarish xarajatlarining
o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Xulosa.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda Markaziy bankning
valyuta siyosati tashqi savdoni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Valyuta
kursining boshqarilishi, tashqi savdo ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
mamlakatning eksport imkoniyatlarini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, kelgusida valyuta
siyosatini yanada takomillashtirish va tashqi savdo muhitini yaxshilash orqali
milliy iqtisodiyotni mustahkamlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Yillik hisobotlar (2020–2024). –
www.cbu.uz
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Tashqi savdo statistik
ko‘rsatkichlari (2020–2024). – www.stat.uz
3. Krugman, P., Obstfeld, M., & Melitz, M. (2022). International Economics: Theory
and Policy (11th ed.). – Pearson Education.
4. Mishkin, F. S. (2021). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets
(12th ed.). – Pearson.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
5. Dabla-Norris, E., et al. (2015). Currency Depreciation and Trade Balance: A
Meta-Analysis. – IMF Working Paper WP/15/240.
6. Williamson, J. (2009). Exchange Rate Policy and Development Strategy. – Asian
Development Bank Institute.
7. Utegenov, A. (2021). “Valyuta kursining iqtisodiy barqarorlikka ta’siri”. –
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, №6.
8. Soliyev, M. R. (2020). “O‘zbekistonda valyuta siyosatining tashqi savdoga
ta’siri”. – Moliyaviy tadqiqotlar jurnali, №3.
9. International Monetary Fund. Uzbekistan Country Report (2023). –
www.imf.org
10. World Bank. Uzbekistan Economic Update (2024). – www.worldbank.org