ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
58
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI VA ULARNING QONUNCHILIKDA
BELGILANGAN MAJBURIYATLARI
Maxmudov Sherali Xayitovich
Toshkent davlat yuridik universiteti
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat
bo‘limi bosh mutaxassisi
Tel.: +99898-809-78-30
https://doi.org/10.5281/zenodo.16832865
Annotatsiya:
Mazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari hamda ularning
turlari, tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan
majburiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: Yakka tartibdagi tadbirkorlik, yuridik shaxs, mas’uliyati
cheklangan jamiyat, to‘liq shirkat, kommandit shirkat, aksiyadorlik jamiyati,
xususiy korxona.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar zamirida inson
qadri uchun tamoyili asosida uning baxti, hayoti farovonligini ta’minlash maqsad
qilib olingan. Ushbu maqsad yo‘lida davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik
muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
fuqarolarga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qonunchilikda turli
imtiyoz va kafolatlar berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan joriy
yilning avgust oyida davlat rahbarining tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv
tashkil etilayotgani, tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqotni tashkil
etilishi, ular faoliyatida uchrayotgan muammolar bevosita davlat rahbari
tomonidan eshitilib, hal etilishiga xizmat qiladi. Mamalakat iqtisodiyoti rivoji o‘z
hissasini qo‘shadi.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 4-
moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari)
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti sifatida jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkorlik,
oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat, dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda faoliyat
olib borishi mumkin. Yuridik shaxs sifatida tadbirkorlik subyekti, qo‘shgan
hissasiga qarab mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati,
tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga qarab to‘liq shirkat, kommandit shirkat,
faoliyatda o‘z mehnati bilan ishtirok etishiga ko‘ra ishlab chiqarish kooperativi,
dehqon xo‘jaligi, boshqaruvdagi ishtirokiga ko‘ra xususiy korxona yoki fermer
xo‘jaligi kabi turlarga bo‘linadi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
59
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha
yillik soni koʼpi bilan yigirma kishi, xizmat koʼrsatish sohasidagi va ishlab
chiqarish bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa tarmoqlardagi, band boʼlgan
xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan oʼn kishi, ulgurji, chakana savdo
hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha
yillik soni koʼpi bilan besh kishi boʼlgan mikrofirmalar;
3) quyidagi tarmoqlardagi:
qonunchilikda nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish
materiallari sanoatidagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi
bilan ikki yuz kishi;
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʼochsozlik, mebelь sanoatidagi,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish
sohalaridagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan yuz
kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʼi-energetika va kimyo sanoati, qishloq
xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi,
band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat koʼrsatish, transport, aloqa, xizmat koʼrsatish sohalari
(sugʼurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda
ishlab chiqarish bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa sohalardagi, band boʼlgan
xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan yigirma besh kishi boʼlgan kichik
korxonalar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik - jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga
oshirishdir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat bu bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis
etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan
miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyatidir. Bunday jamiyat
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilga paytdan
boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyatni tasis etishda jamiyat
muassislari jamiyat tasis shartnomasini tuzishi va jamiyat ustavini tasdiqlashi
kerak.
Keyingi tadbirkorlik subyekti to‘liq shirkat bo‘lib, ishtirokchilari o‘z
o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
60
butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat hisoblanadi. To‘liq shirkat xo‘jalik
yurituvchi subyektdir. Bitta jismoniy yoki yuridik shaxs faqat bitta to‘liq
shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
Kommandit shirkat sheriklikdagi xo‘jalik faoliyati bo‘lib, unda to‘liq
sheriklar bilan birgalikda kommanditchi sheriklar ham ishtirok etadi. Bunda
to‘liq sheriklar shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini yuritib, jamiyatning
barcha majburiyatlari bo‘yicha o‘zining barcha mol-mulki bilan javobgar bo‘ladi.
Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘lishi mumkin. To‘liq
shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘la olmaydi.
Kommandit shirkatdagi to‘liq sherik o‘sha shirkatning o‘zida hissa qo‘shuvchi va
boshqa to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas.
Aksiyadorlik jamiyati yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy kelishuvi
asosida aksiyalarni chiqarish yo‘li bilan mablag‘larini birlashtirib, daromad olish
maqsadida tashkil etilgan tashkilotdir. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat
aksiyadorlari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha ustav fondiga qo‘shgan shaxsiy
hissasi doirasida javob beradi. Aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari bo‘yicha
javobgar emas. Jamiyat esa o‘z majburiyatlari bo‘yicha barcha mol-mulk (barcha
mulk) bilan javob beradi.
Xususiy korxona — bir jismoniy shaxs tomonidan tashkil etilib,
ishonchnomasiz boshqariladigan, shu shaxs tomonidan korxonaga tegishli mol-
mulk beriladigan tijoratchi yuridik shaxsdir. Xususiy korxona alohida mol-
mulkka ega bo‘lishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi, sudda
da'vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari
bo‘yicha barcha mol-mulki bilan javob beradi. Agar korxonaning mol-mulki
yetarli bo‘lmasa, korxona mulkdori mol-mulki bilan subsidiar javobgar bo‘ladi.
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda, mulkdor o‘z oila
a'zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni
korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan
notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Fermer xo‘jaligi — ijaraga berilgan yerdan foydalangan holda, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
faoliyat turlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti.
Xususan, fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish
bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish,
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. Fermer xo‘jaligi rahbari
uning ta'sischisi — fermerdir.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, tegishli malaka yoki qishloq xo‘jaligi tajribasiga
ega bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fermer bo‘lishi mumkin. Fermer
xo‘jaligining rahbari boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda
ushbu fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan vakillik qiladi. Fermer xo‘jaligi
rahbarining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtrokidagi
korxonalar — Аksiyalarining (ulushlarning, paylarning) yoki ustav fondining
(ustav kapitalining) kamida besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan
korxonalar.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning
9-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari keltirib
o‘tilgan.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
1)
o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni
bajarishi;
2)
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;
3)
mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslarning
mehnat
haqini
qonunchilikda
Mehnatga
haq
to‘lash yagona
setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan
miqdorda belgilashi, ular bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish
beruvchi sifatida o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi;
4)
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya,
sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga
rioya etishi;
5)
raqobat to‘g‘risidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
6)
realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlarga
ega bo‘lishi;
7)
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi
to‘g‘risida tegishli davlat organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi;
8)
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonunchilik talablariga
muvofiq yuritishi;
9)
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga
belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to‘g‘risida” O‘RQ-328-son qonuni 2012-yil 2-may
3.
B.K. G‘oyibnazarov, X.O. Rahmonov, Sh.I. Otajonov, D.S. Almatova. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik — mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni
yuksaltirish omili. Т., «Fan», 2011.
4.
Biznes huquqi. O‘quv qo‘llanma /M.R.Tadjibayeva. -T.: TDYU nashriyoti,
2025. -64 b.