Авторы

  • Shahlo Qurbonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.134520

Ключевые слова:

Modernizm ong oqimi ichki monolog psixologik realism sub’ektiv vaqt

Аннотация

Mazkur maqolada XX asr Amerika modernizm janridagi romanlarda qahramon ruhiyati tasviri masalasi keng yoritiladi. Modernizm adabiy oqimi o‘zining ichki monolog, ong oqimi, psixologik chuqurlik va vaqtning nisbiyligi kabi usullari orqali qahramon ruhiyatini ochishda o‘ziga xos yondashuvlar yaratdi. Maqolada F. Scott Fitzgerald, William Faulkner, Ernest Hemingway kabi yozuvchilarning asarlarida ruhiy kechinmalarni badiiy aks ettirishdagi mahorati tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot shuningdek, modernizm davridagi ijtimoiy va madaniy omillarning ruhiy tasvirga ta’sirini ham ko‘rsatadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

78

XX ASR AMERIKA MODERNIZM JANRIDAGI ROMANLARIDA

QAHRAMON RUHIYATI TASVIRI.

Qurbonova Shahlo O‘ktamovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.16899446

Annotatsiya

Mazkur maqolada XX asr Amerika modernizm janridagi romanlarda

qahramon ruhiyati tasviri masalasi keng yoritiladi. Modernizm adabiy oqimi
o‘zining ichki monolog, ong oqimi, psixologik chuqurlik va vaqtning nisbiyligi
kabi usullari orqali qahramon ruhiyatini ochishda o‘ziga xos yondashuvlar
yaratdi. Maqolada F. Scott Fitzgerald, William Faulkner, Ernest Hemingway kabi
yozuvchilarning asarlarida ruhiy kechinmalarni badiiy aks ettirishdagi mahorati
tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot shuningdek, modernizm davridagi ijtimoiy va
madaniy omillarning ruhiy tasvirga ta’sirini ham ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Modernizm, ong oqimi, ichki monolog, psixologik realism,

sub’ektiv vaqt

Аннотация

В данной статье подробно рассматривается проблема изображения

психики героя в романах американского модернизма XX века.
Литературное направление модернизма, используя такие приемы, как
внутренний монолог, поток сознания, психологическая глубина и
относительность времени, создало уникальные подходы к раскрытию
внутреннего мира персонажей. В статье анализируется мастерство таких
авторов, как Ф. Скотт Фицджеральд, Уильям Фолкнер, Эрнест Хемингуэй в
художественном

воплощении

психологических

переживаний.

Исследование также выявляет влияние социальных и культурных
факторов эпохи модернизма на изображение психики героев.

Ключевые слова:

модернизм, поток сознания, внутренний монолог,

психологический реализм, субъективное время

Annotation

This article provides an in-depth examination of the depiction of the hero’s

psyche in the novels of the 20th century American modernist genre. Modernism
as a literary movement, through techniques such as interior monologue, stream
of consciousness, psychological depth, and the relativity of time, developed
distinctive approaches to representing the inner world of characters. The
analysis focuses on the artistic mastery of F. Scott Fitzgerald, William Faulkner,
Ernest Hemingway in portraying psychological experiences. The research also
highlights the influence of the social and cultural context of the modernist era on
the representation of the character’s psyche.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

Key words:

modernism, stream of consciousness, interior monologue,

psychological realism, subjective time

XX asr boshlarida jahon adabiyotida yuz bergan modernizm harakati inson

ongining ichki jarayonlarini badiiy tasvirlashning tamoman yangi usullarini
shakllantirdi. Sanoat inqilobi, Birinchi jahon urushi, shahar madaniyatining
keskin rivojlanishi va ilm-fan sohasidagi inqilobiy kashfiyotlar inson
dunyoqarashi, vaqt va makonga munosabatini tubdan o‘zgartirdi. Shu
o‘zgarishlar fonida an’anaviy realizm o‘rnini ichki psixologizmga, sub’ektiv
idrokga va murakkab kompozitsion tajribalarga asoslangan yangi badiiy
qarashlar egalladi. Modernizm adabiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri
shundaki, u inson ruhiyati, hissiyotlari va fikrlash jarayonlarini aniq voqealar
ortida yashirin, ammo murakkab tuyg‘ular tizimi sifatida ko‘rsatishga intildi.

Modernist yozuvchilar uchun qahramonning ichki kechinmalari, ong

oqimining uzluksizligi, xotira va tasavvurlar o‘rtasidagi murakkab aloqalar
voqealar rivojidan ko‘ra muhimroq bo‘ldi. Bu davr adabiyoti tilning nafaqat
hikoya vositasi, balki inson ongining tabiiy ritmi va assotsiativ tuzilishini aks
ettiruvchi estetik hodisa sifatida qayta talqin qilinishini ta’minladi. James Joyce,
Virginia Woolf, William Faulkner kabi yozuvchilar roman janrini tubdan
yangilab, vaqt va makonni sub’ektiv idrok asosida qurish, ichki monologni badiiy
strukturaning markaziga qo‘yish va til imkoniyatlarini kengaytirish orqali
psixologik realizmning yangi bosqichini yaratdilar.

Ayniqsa, ong oqimi texnikasining keng qo‘llanilishi qahramon ruhiyati

tasvirini tabiiy va filtrlarsiz taqdim etish imkonini berdi. Ushbu texnika
yordamida inson tafakkurining izchil emasligi, tasodifiy assotsiatsiyalar, his-
tuyg‘ularning keskin o‘zgarishi va xotira qatlamlarining bir-biriga singib ketishi
badiiy shaklda ifodalanadi. Shunday qilib, modernistik romanlar o‘quvchini
tashqi voqealar emas, balki inson ongining ichki manzaralariga chuqur
sho‘ng‘ishga undaydi. Mazkur maqolada XX asr Amerika modernizmi doirasidagi
psixologik tasvir usullari, ularning badiiy va falsafiy mohiyati, shuningdek, Joyce,
Woolf va Faulkner ijodidagi o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilinadi.

Asosiy qism

XX asr boshida yuzaga kelgan modernizm oqimi adabiyot tarixidagi eng

yirik estetik inqiloblardan biri sifatida baholanadi. Ushbu adabiy oqimning
shakllanishiga XIX asrning so‘nggi o‘n yilliklaridan boshlab jamiyat hayotida yuz
bergan tub ijtimoiy, siyosiy va ilmiy o‘zgarishlar, shuningdek, g‘arb falsafasi va
psixologiyasidagi yangi yo‘nalishlar kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi jahon urushi
(1914–1918) keltirib chiqargan vayronagarchilik, insoniyatning ma’naviy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

qadriyatlariga bo‘lgan ishonchning izdan chiqishi, urbanizatsiya va
industrializatsiyaning tezkor sur’atlari yozuvchilarni insonning ichki olamini
chuqurroq o‘rganishga undadi. Shu tariqa modernizm an’anaviy realizm va
naturalizm oqimlaridan keskin farqlanib, tashqi voqelikni oddiy tasvirlash
o‘rniga inson ongining murakkab, ko‘p qavatli, ko‘pincha mantiqan izchil
bo‘lmagan ruhiy jarayonlarini badiiy tahlil qilishga e’tibor qaratdi. Modernizm
nazariy asosida Sigmund Freudning psixoanalitik qarashlari, inson ongini ongli,
ongsiz va ongsizlik qatlamlariga ajratish haqidagi g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.
Freud nazariyasiga ko‘ra, inson xatti-harakatlari va qarorlarining katta qismi
ong ostidagi his-tuyg‘ular va istaklar ta’siri ostida shakllanadi. Modernist
yozuvchilar ushbu psixologik kashfiyotlardan ilhomlanib, qahramonlarning
yashirin kechinmalarini, ichki konfliktlarini va ong oqimini badiiy vositalar
yordamida tasvirlashga intildilar. Bundan tashqari, Henri Bergsonning vaqtning
sub’ektiv idroki haqidagi falsafiy qarashlari ham modernizm estetikasiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bergsonning “haqiqiy vaqt” (la durée réelle)
konsepsiyasi asarlar kompozitsiyasida chiziqli vaqt o‘rniga xotira, assotsiatsiya
va sezgi orqali shakllanadigan sub’ektiv vaqtni qo‘llashga zamin yaratdi.
Modernizm adabiyati qahramon ruhiyatini tasvirlashda bir qator innovatsion
usullardan foydalandi. Ushbu usullar inson ongining murakkab tabiatini
to‘laqonli yoritishga xizmat qilgan.

Ong oqimi usuli qahramonning ongida bir lahzada paydo bo‘ladigan fikrlar,

hissiyotlar, xotiralar va sezgilarni mantiqiy izchilliksiz, tabiiy oqim shaklida
tasvirlaydi. Bu texnika o‘quvchiga qahramon ruhiyatidagi bevosita jarayonlarni
his qilish imkonini beradi. William Faulkner, James Joyce va Virginia Woolf bu
usulning eng mashhur namoyandalaridir. Masalan, Woolfning To the Lighthouse
asarida birgina lahzaning ichida bir nechta xotira va hissiyotning bir-biriga
qo‘shilib ketishi ong oqimi usulining kuchli namunasidir. Ichki monolog usuli
qahramonning ichki nutqini, o‘z-o‘zi bilan suhbati va shaxsiy mulohazalarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchiga yetkazadi. Bu usul yordamida yozuvchi
qahramonning yashirin kechinmalarini, ichki dilemmasini va qaror qabul qilish
jarayonini chuqur psixologik darajada ochib beradi. Hemingwayning ayrim
asarlarida ichki monolog minimalizm bilan uyg‘unlashib, ko‘proq “subtext”
orqali ifodalanadi. Modernizmda vaqt tushunchasi chiziqli ketma-ketlik sifatida
emas, balki sub’ektiv idrok asosida beriladi. Qahramon bir lahzada o‘tmishga
qaytishi, kelajak haqidagi tasavvurlarini hozirgi voqealar bilan aralashtirishi
mumkin. Bu yondashuv o‘quvchini qahramonning vaqt haqidagi shaxsiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

81

sezgisiga yaqinlashtiradi. Faulknerning The Sound and the Fury romanida
vaqtning uzilishi va xotira parchalari orqali ruhiy holat chuqur ochiladi.

Modernist yozuvchilar ruhiy holatlarni bevosita izohlash o‘rniga, ramzlar va

metaforalar orqali ifodalashni afzal ko‘rdilar. Bu usul o‘quvchidan faol tafakkur
va talqin talab qiladi. Masalan, Fitzgeraldning The Great Gatsby romanidagi
yashil chiroq Gatsby orzularining, yetib bo‘lmaydigan umidlarning timsoli
sifatida keltiriladi. Modernizmda asarlarning tuzilishi ko‘pincha bo‘laklarga
ajratilgan, izchil bo‘lmagan shaklda bo‘ladi. Bu usul inson ongining mantiqsiz va
ba’zan tartibsiz ishlash jarayonini badiiy aks ettirishga xizmat qiladi. Joyce’ning
Ulysses romani ushbu fragmentarlikning eng yorqin namunasidir.
Modernizmning nazariy asoslari va ruhiy tasvir usullari insonning ichki olamini
tasvirlash borasida adabiyot tarixida yangi sahifa ochdi. Freud va Bergson
nazariyalari, shuningdek, XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
yozuvchilarning inson ongiga qaratilgan badiiy izlanishlarini chuqurlashtirdi.
Ong oqimi, ichki monolog, vaqtning sub’ektivligi, simvolizm va fragmentarlik
kabi usullar qahramon ruhiyatining eng murakkab qatlamlarini ifodalash
imkonini berdi. Shu bois XX asr Amerika modernizmi nafaqat estetik jihatdan,
balki psixologik yondashuvi bilan ham o‘z davrining eng ilg‘or adabiy
hodisalaridan biri sifatida tarixda qoldi.

F. Scott Fitzgerald (1896–1940) XX asr Amerika modernizmining eng

yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ijodi “Yo‘qotilgan avlod” (Lost
Generation) adabiy oqimining estetik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir.
Fitzgeraldning ijodiy merosi, ayniqsa, 1920-yillar Amerika jamiyatidagi ma’naviy
o‘zgarishlar, iqtisodiy ko‘tarilish va shu bilan birga ruhiy tanazzul jarayonlarini
chuqur yoritib berishi bilan ajralib turadi. Uning eng mashhur asari – “The Great
Gatsby” (1925) – “Amerika orzusi”ning estetik va psixologik talqinini badiiy
adabiyotning eng nozik vositalari orqali ifodalagan asardir. “Amerika orzusi”
tushunchasi XX asr boshida AQSh ijtimoiy ongida boylik, muvaffaqiyat va shaxsiy
erkinlikka erishish imkoniyati sifatida shakllandi. Biroq Fitzgerald bu
tushunchani idealistik g‘oyadan ko‘ra, illuziyaga aylangan, inson ruhiyatini
ichdan yemiruvchi kuch sifatida talqin qildi

1

. Asar bosh qahramoni Jay Gatsby –

kambag‘al kelib chiqishiga qaramay, cheksiz boylik orttirgan, biroq uning butun
hayoti o‘tgan davrda yo‘qotilgan muhabbatni qaytarishga qaratilgan. Gatsby
orzulari faqat moddiy yutuqlar bilan chegaralanmaydi; u boylikni o‘z sevgisini
qaytarish uchun vosita sifatida ko‘radi. Shu tariqa, Fitzgerald Gatsby obrazida

1

Lehan, R. (2018). F. Scott Fitzgerald and the American Dream. Southern Illinois University Press.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

82

insonning idealga erishish yo‘lidagi intilishining romantik, lekin fojiali tabiatini
ochib beradi.

Gatsby obrazi modernizm estetikasiga xos psixologik murakkablik bilan

yaratilgan. Uning ichki olamida ikki asosiy kuch orzular va haqiqat doimiy
to‘qnashib turadi. Bir tomondan, u o‘z sevgisini qaytarish umidida butun
hayotini quradi, ikkinchi tomondan esa, bu orzuning amalga oshmasligini
chuqur his qiladi. Gatsbyning ruhiy holati ichki monologlar, nostaljik xotiralar va
ramziy detallar orqali ochiladi. Masalan, asardagi yashil chiroq (green light)
Gatsby uchun nafaqat sevgining, balki butun hayot maqsadining ramzidir. Yashil
chiroqqa bo‘lgan intilish kelajakdagi yetib bo‘lmas orzuga intilishning timsolidir.
Asar Nick Carrawayning birinchi shaxsdan hikoya qilinishi orqali berilgani
Gatsby obraziga qo‘shimcha psixologik chuqurlik baxsh etadi. Nickning Gatsby
haqidagi qarashlari o‘zgarib boradi: dastlab uni sirli va muvaffaqiyatli inson
sifatida tasvirlasa, keyinchalik uning ruhiy yolg‘izligi va ichki bo‘shligini
anglaydi. Bu narrativ usul modernizmga xos bo‘lgan sub’ektiv idrok prinsipini
amalga oshiradi, ya’ni voqealar o‘quvchiga bevosita emas, balki bir personajning
ruhiy prizmasi orqali yetkaziladi.

Fitzgerald asarida 1920-yillar Amerika jamiyatidagi ma’naviy inqirozni ham

ochib beradi. “Jazz davri” deb nom olgan bu davr tashqi jihatdan farovonlik va
erkinlik davri bo‘lsa-da, ichki ma’noda ma’naviy bo‘shliq va shaxsiy izolyatsiya
kuchaygan davr edi. Gatsbyning fojeasi ham shundaki, u jamiyatning moddiy
qadriyatlariga singib ketgan holda o‘z orzusini amalga oshirishga urinadi, biroq
bu urinish oxir-oqibat uni ruhiy va jismoniy halokatga olib keladi. “The Great
Gatsby” ramzlarga boy asar bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi qahramon ruhiyatini
ochishga xizmat qiladi:

Yashil chiroq

yetib bo‘lmas orzu va umid ramzi;

Kul vodiylari (Valley of Ashes)

jamiyatning ma’naviy tanazzuli va
orzularning parchalanishi;

Doktor T. J. Eckleburgning ko‘zlari

jamiyat ustidan kuzatuvchi, lekin
befarq “axloqiy” nazar ramzi.

JADVAL.1.1

Bu ramzlar modernizm estetikasiga xos bo‘lgan ko‘p qatlamli talqin

imkoniyatini yaratadi va qahramon ruhiy olamining murakkabligini yanada
oshiradi.

F. Scott Fitzgeraldning “The Great Gatsby” asari nafaqat “Amerika orzusi”

konsepsiyasining tanqidiy tahlili, balki inson ruhiyatidagi orzu va haqiqat
o‘rtasidagi murakkab dialektikaning badiiy ifodasidir. Gatsby obrazi orqali


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

83

yozuvchi insonning ichki izlanishlari, sevgi va ma’no izlash yo‘lidagi umid va
umidsizlik, orzu va illyuziya o‘rtasidagi ziddiyatlarni chuqur psixologik tahlil
bilan ochadi. Shu sababli bu asar XX asr Amerika modernizmining eng muhim
psixologik romanlaridan biri sifatida baholanadi

2

.

William Faulkner (1897–1962) XX asr Amerika modernizmining eng

murakkab va innovatsion yozuvchilaridan biri bo‘lib, uning asarlari psixologik
realizm, murakkab narrativ struktura va vaqt tushunchasining o‘ziga xos talqini
bilan ajralib turadi. Faulkner ijodida inson ruhiy olamini ochish uchun
voqealarni chiziqli ketma-ketlikda emas, balki turli vaqt nuqtalaridan, sub’ektiv
idrok orqali berish usuli asosiy o‘rin tutadi. Ayniqsa, uning “The Sound and the
Fury” (1929) romani bu jihatdan modernist prozaning eng yorqin
namunalaridan biridir. Faulknerning vaqtga bo‘lgan yondashuvi Henri
Bergsonning “la durée réelle” (haqiqiy davom) konsepsiyasiga juda yaqin.
Bergson nazariyasiga ko‘ra, vaqt inson tomonidan faqat chiziqli, o‘lchovli
birliklar sifatida emas, balki ong oqimida, xotira va sezgi bilan qorishgan
sub’ektiv tajriba sifatida idrok qilinadi

3

. Faulkner ham o‘z asarlarida vaqtni

shunday sub’ektiv shaklda tasvirlaydi unda o‘tmish, hozirgi va kelajak bir
lahzada uyg‘unlashadi, xotira tasvirlari real voqealar bilan aralashib ketadi.
Ushbu romanning eng innovatsion jihatlaridan biri uning to‘rt qismli narrativ
strukturasidir. Har bir qism turli personajlar – Benjy, Quentin, Jason va oxirida
uchinchi shaxs nuqtai nazaridan hikoya qilinadi. Bu yondashuv nafaqat
voqealarni turli rakurslardan ochadi, balki vaqtning nisbiyligini ham ifodalaydi

4

.

Benjy

aqliy rivojlanishida nuqsoni bor
qahramon bo‘lib, uning hikoyasida
vaqt chiziqliligi butunlay yo‘qoladi.
Xotiralar

va

hozirgi

voqealar

mantiqiy

izchilliksiz

bir-biriga

qorishadi. Bu ong oqimi usulining
eng

ekstremal

ko‘rinishlaridan

biridir.

Quentin

Harvard

talabasi

bo‘lgan

bu

qahramon

hikoyasida

vaqt

psixologik izolyatsiya va ichki
azoblar bilan uzviy bog‘liq. U doimiy

2

Fitzgerald, F. S. (2020). The Great Gatsby. New York: Charles Scribner’s Sons.

3

Bradbury, M. (1999). The Modern American Novel. Oxford University Press.

4

Faulkner, W. (1929). The Sound and the Fury. New York: Random House.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

84

ravishda o‘tmishga qaytadi, singlisi
Caddy bilan bog‘liq xotiralar uni
ruhiy iztirobga 84ateri. Quentinning
hikoyasida vaqt “psixologik qafas”ga
aylanadi.

Jason

amaliy va 84aterialistic xarakter
bo‘lib,

uning

hikoyasida

vaqt

kundalik ishlar tartibida, ko‘proq
tashqi voqealar asosida o‘tadi. Bu
qismda

vaqt

ancha

chiziqli

ko‘rinishda, lekin u ham sub’ektiv
talqinlardan xoli emas.

JADVAL 1.2

Faulknerning asosiy mahorati shundaki, u vaqtni buzish (non-linear time)

orqali qahramon ruhiyatini yanada chuqurroq ochadi. Masalan, Benjy hikoyasida
30 yil avvalgi voqealar bilan hozirgi lahzalar bir-biriga silliq o‘tadi, hech qanday
an’anaviy o‘tish nuqtalarisiz. Bu o‘quvchini qahramon ongining ichki tuzilmasiga
bevosita olib kiradi. “The Sound and the Fury”da vaqtning ramziy ifodasi ham
muhim o‘rin tutadi

5

. Quentin uchun soat vaqtning o‘tishini, o‘tmishdan qutulib

bo‘lmasligini ifodalovchi kuchli ramzdir. Quentin hatto o‘zining cho‘ntagidagi
soat mexanizmini sindiradi, lekin vaqtning o‘tishini to‘xtatolmaydi. Bu ramz
uning ruhiy iztirobining eng dramatik ifodasidir. Faulknerning vaqtga bo‘lgan
yondashuvi faqat psixologik tajriba bilan cheklanmaydi; u Amerikaning janubiy
shtatlaridagi ijtimoiy tanazzul, urushdan keyingi iqtisodiy beqarorlik va
an’anaviy qadriyatlarning yemirilishi bilan ham bog‘liq. Compson oilasi
tarixining asta-sekin yemirilishi vaqtning nafaqat psixologik, balki ijtimoiy kuch
sifatida ham halokat keltiruvchi ekanligini ko‘rsatadi. William Faulkner
asarlarida vaqtning psixologik nisbiyligi inson ruhiy olamining eng nozik
qatlamlarini ochishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. “The Sound and the
Fury”dagi murakkab narrativ struktura, ong oqimi usulining radikal shakllari va
vaqtni ramziy talqin qilish mahorati Faulkner ijodini modernizmning eng yuqori
cho‘qqilaridan biriga olib chiqdi.

Ernest Hemingway (1899–1961) XX asr Amerika adabiyotida modernizm

estetikasini o‘ziga xos minimalistik uslub orqali ifodalagan yozuvchi sifatida
tanilgan. U “Yo‘qotilgan avlod” (“Lost Generation”) deb ataluvchi adabiy
oqimning asosiy vakillaridan biri bo‘lib, uning asarlarida Birinchi jahon

5

Matthews, J. T. (2016). William Faulkner: Seeing Through the South. Wiley-Blackwell.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

urushidan keyingi jamiyatning ruhiy jarohatlari, ma’no izlashdagi umidsizlik,
shaxsiy izolyatsiya va axloqiy beqarorlik kabi mavzular markaziy o‘rin egallaydi.
Hemingway ijodining o‘ziga xos jihati shundaki, u inson ruhiyatidagi chuqur
iztiroblarni oshkora, ko‘p so‘zli tasvirlar orqali emas, balki “ayisberg nazariyasi”
(Iceberg Theory) deb ataluvchi estetik yondashuv yordamida berishga intiladi.
1926-yilda nashr etilgan “The Sun Also Rises” romani Hemingwayning eng
mashhur asarlaridan biri bo‘lib, unda urushdan keyingi avlod vakillarining
ma’naviy izolyatsiyasi, yo‘nalishsiz hayoti va ichki bo‘shlig‘i tasvirlanadi. Asar
markazida turuvchi qahramonlar Jake Barnes, Lady Brett Ashley, Robert Cohn va
boshqalar urushdan keyin Parij va Ispaniyada sarson-sargardon bo‘lib
yashaydilar

6

. Ularning hayotida ma’no izlash, muhabbat, do‘stlik va shaxsiy

erkinlikka intilish motivlari mavjud bo‘lsa-da, bularning barchasi ichki bo‘shliq
va umidsizlik fonida kechadi.

Asardagi bosh qahramon Jake Barnes — Birinchi jahon urushi frontida

yaralanib, jinsiy imkoniyatini yo‘qotgan erkak. Bu jarohat nafaqat jismoniy, balki
chuqur ruhiy izolyatsiyaga sabab bo‘ladi. Jake va Brett o‘rtasidagi sevgi ham shu
ruhiy to‘siq tufayli amalga oshmaydi. Hemingway bu izolyatsiyani oshkora
psixologik tahlil orqali emas, balki qisqa, aniqlangan dialoglar, sukutlar va
bevosita ifodalanmagan hislar yordamida ochadi. Shu jihatdan uning
minimalistik uslubi modernist estetikaning “ko‘rinmaydigan psixologiya”
yondashuvini namoyish etadi. Hemingwayning ayisberg nazariyasiga ko‘ra,
hikoyada aytilmagan narsalar, yashirin kontekst va subtext o‘quvchi ongida eng
kuchli ta’sir uyg‘otadi. “The Sun Also Rises”dagi ruhiy izolyatsiya ham aynan shu
yondashuv orqali berilgan: qahramonlarning tashqi harakatlari ko‘pincha oddiy
va befarq ko‘rinsa-da, ularning ichki dunyosida murakkab hissiy jarayonlar
kechadi. Masalan, Jake va Brettning qisqa uchrashuvlari, bir qarashda oddiy
suhbatlari aslida chuqur psixologik konfliktlarni yashiradi.

Roman “Yo‘qotilgan avlod” deb atalgan guruhning umumiy ruhiy ahvolini

aks ettiradi. Birinchi jahon urushi bu avlod vakillarida qadriyatlar tizimini izdan
chiqargan, ularni ma’nosiz hayot va bo‘sh orzular girdobida qoldirgan. Parisdagi
tungi hayot, doimiy ichkilikbozlik, Ispaniyadagi buqa janglari bularning barchasi
o‘zini unutish va ichki iztiroblarni bosishga qaratilgan vositalardir. Hemingway
bu muhitni tasvirlash orqali ruhiy izolyatsiyani shunchaki individual muammo
emas, balki butun avlodning umumiy holati sifatida ko‘rsatadi

7

.

6

Hemingway, E. (1998). The Sun Also Rises. New York: Charles Scribner’s Sons.

7

Meyers, J. (1999). Hemingway: A Biography. Da Capo Press.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

“The Sun Also Rises”dagi ba’zi ramzlar qahramonlarning ruhiy

izolyatsiyasini yanada chuqurroq ochib beradi:

Simvolizm va ruhiy holat

Buqa janglari

hayot va o‘lim, ehtiros va nazorat
o‘rtasidagi ziddiyat ramzi;

Sayohatlar

qahramonlarning o‘zidan qochish va
yangi ma’no izlash urinishlarini
anglatadi;

Parijdagi tungi hayot

tashqi shodlik ortidagi ichki bo‘shliq
timsoli.

JADVAL 2.1.

Hemingwayning “The Sun Also Rises” asari modernizm doirasida ruhiy

izolyatsiya va ma’no izlashning eng nozik badiiy talqinlaridan biridir. U
minimalizm, subtext va ramziy detallar orqali qahramonlarning ichki bo‘shligini
va umidsizligini chuqur tasvirlaydi. Hemingway psixologiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri
izohlashdan ko‘ra, uni o‘quvchi tasavvuriga qoldiradi, bu esa asarning hissiy
kuchini yanada oshiradi.

Xulosa

XX asr modernistik adabiyotida psixologik tasvir usullari turli

yozuvchilar ijodida o‘ziga xos shakl va ko‘lamda namoyon bo‘ldi. Bu usullar
umumiy maqsadga inson ongining murakkab, ko‘p qatlamli, sub’ektiv tabiatini
ifodalashga xizmat qilgan bo‘lsa-da, ularning qo‘llanish uslubi, til vositalari va
struktura yondashuvlari har bir yozuvchida o‘ziga xos tarzda shakllandi. William
Faulkner kabi modernist yozuvchilar ong oqimi texnikasidan keng foydalangan
bo‘lsalar-da, ularning yondashuvlari farqli edi. Faulknerning ong oqimini
murakkab vaqt o‘zgarishlari, retrospektiv tafakkur va mahalliy sheva unsurlari
bilan boyitdi, bu esa uning janubiy Amerika ijtimoiy va madaniy kontekstini
yoritdi.

Modernist yozuvchilar obyektiv vaqt va makon tushunchalarini buzib,

ularni qahramon ongida qayta qurishga intildilar. Faulknerda esa vaqt bo‘linib
ketgan, o‘tmish va hozirgi bir-biriga singib ketgan holda tasvirlanadi.
Modernizmda til nafaqat voqealarni tasvirlash vositasi, balki inson ongining
o‘ziga xos ritmini aks ettiruvchi estetik elementga aylandi. Faulkner esa uzun,
murakkab jumlalar, mahalliy dialektlar va murakkab kompozitsiya yordamida
o‘ziga xos ruhiy atmosferani yaratdi. Modernist adabiyot ichki monologni faqat
fikr oqimini aks ettirish vositasi sifatida emas, balki dramatik ziddiyat va ruhiy
konfliktlarni ochish quroli sifatida ham ishlatdi. Faulkner esa ichki monologni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

oilaviy tarix, jamiyat va individual ruhiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni
ochishda ishlatdi. Modernistik psixologik tasvir usullarining rivojlanishi XX asr
adabiyotida inson ongini o‘rganishning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu
yozuvchilar o‘z texnikalarida:

1.

Ong oqimini tabiiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettirishga;

2.

Vaqt va makonni sub’ektiv idrok doirasida qayta qurishga;

3.

Tilning imkoniyatlarini kengaytirib, uni ongning ritmiga

moslashtirishga;

4.

Ruhiy chuqurlik va dramatik kuchni birlashtirishga intildilar.

Natijada, modernizm adabiyoti inson tafakkurining badiiy ifodasi bo‘yicha

ilgari ko‘rilmagan darajada tajribaviy, falsafiy va estetik yondashuvlarni yaratdi.
Joyce, Woolf va Faulkner kabi yozuvchilarning ijodi bugungi kunda ham nafaqat
badiiy mahorat, balki psixologik tahlilning yuksak namunasi sifatida o‘rganishda
davom etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Faulkner, W. (1929). The Sound and the Fury. New York: Random House.
2. Fitzgerald, F. S. (2020). The Great Gatsby. New York: Charles Scribner’s Sons.
3. Hemingway, E. (1998). The Sun Also Rises. New York: Charles Scribner’s Sons.
4. Meyers, J. (1999). Hemingway: A Biography. Da Capo Press.
5. Bradbury, M. (1999). The Modern American Novel. Oxford University Press.
6. Lehan, R. (2018). F. Scott Fitzgerald and the American Dream. Southern
Illinois University Press.
7. Matthews, J. T. (2016). William Faulkner: Seeing Through the South. Wiley-
Blackwell.

Библиографические ссылки

Faulkner, W. (1929). The Sound and the Fury. New York: Random House.

Fitzgerald, F. S. (2020). The Great Gatsby. New York: Charles Scribner’s Sons.

Hemingway, E. (1998). The Sun Also Rises. New York: Charles Scribner’s Sons.

Meyers, J. (1999). Hemingway: A Biography. Da Capo Press.

Bradbury, M. (1999). The Modern American Novel. Oxford University Press.

Lehan, R. (2018). F. Scott Fitzgerald and the American Dream. Southern Illinois University Press.

Matthews, J. T. (2016). William Faulkner: Seeing Through the South. Wiley-Blackwell.