Авторы

  • Elmira Matyaqubova
    Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti, Toshkent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.134522

Ключевые слова:

tomchilab sugʻorish gʻoʻza loviya aralash ekin agrotexnologiya azot fiksatsiyasi hosildorlik resurs tejamkorlik

Аннотация

Ushbu maqolada tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan maydonlarda bir vaqtning oʻzida ikki turdagi qimmatli ekin — gʻoʻza va loviyani aralash holda yetishtirish texnologiyasi yoritilgan. Bunday tizim hosildorlikni oshirish, yer resurslaridan unumli foydalanish va tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradi. Loviya ildizida azot toʻplash xususiyati tufayli gʻoʻzaning oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

TOMCHILATIB SUGʻORILADIGAN MAYDONLARDA BIR DALADAN

IKKI XIL (PAXTA VA LOVIYA) MAHSULOT YETISHTIRISH

TEXNOLOGIYASI

Matyaqubova Elmira Umrbekovna

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot

instituti doktoranti, Toshkent

https://doi.org/10.5281/zenodo.16894710

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan

maydonlarda bir vaqtning oʻzida ikki turdagi qimmatli ekin — gʻoʻza va loviyani
aralash holda yetishtirish texnologiyasi yoritilgan. Bunday tizim hosildorlikni
oshirish, yer resurslaridan unumli foydalanish va tuproq unumdorligini saqlash
imkonini beradi. Loviya ildizida azot toʻplash xususiyati tufayli gʻoʻzaning
oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Kalit soʻzlar:

tomchilab sugʻorish, gʻoʻza, loviya, aralash ekin,

agrotexnologiya, azot fiksatsiyasi, hosildorlik, resurs tejamkorlik

Аннотация:

В данной статье освещена технология совместного

выращивания двух ценных сельскохозяйственных культур — хлопчатника
и фасоли — на одном участке с применением системы капельного
орошения. Такая система позволяет повысить урожайность, эффективно
использовать земельные ресурсы и сохранить плодородие почвы.
Благодаря способности бобовых аккумулировать азот на корнях,
улучшаются условия роста хлопчатника.

Ключевые слова:

капельное орошение, хлопчатник, фасоль,

смешанные посевы, агротехнология, фиксация азота, урожайность,
ресурсосбережение.

Annotation:

This article explores the technology of intercropping cotton

and beans under drip irrigation systems. Intercropping under drip irrigation
enhances land and water use efficiency and helps maintain soil fertility. The
nitrogen-fixing ability of beans positively affects cotton growth and improves
sustainability.

Keywords:

drip irrigation, cotton, beans, intercropping, agro-technology,

nitrogen fixation, yield, resource efficiency

Aholi sonining ortib borishi, yer resurslarining cheklanganligi va suv

taʼminotidagi muammolar qishloq xoʻjaligida samarali, yuqori unumdor va suv
tejamkor texnologiyalarni joriy etishni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan,
tomchilatib sugʻorish tizimida bir vaqtning oʻzida ikki turdagi mahsulot
yetishtirish — xususan, gʻoʻza va loviyani aralash ekish agrotexnologiyasi
alohida ahamiyat kasb etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

Bir daladan ikki xil ekin yetishtirish (intercropping) turli hosildorlikka ega

ekinlarni bir maydonda yetishtirishni nazarda tutadi. Gʻoʻza+loviyani aralash
ekishning quyidagi avzalliklari mavjud. Jumladan:

Loviya ildizidagi azot tutadigan bakteriyalar (Rhizobium spp.) tufayli

tuproqda azot miqdori ortib, keyingi ekinlar uchun foydali muhit hosil boʻladi.
Bu gʻoʻza uchun tabiiy ozuqa manbasi hisoblanadi.

Aralash ekinlar bir xil zararkunandalarga yetarlicha muhit bermaydi,

shunday qilib ularning tarqalishi kamayadi. Ayrim hollarda loviya
zararkunandalarni chalgʻituvchi yoki qayta qaytaruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Loviyadan olingan hosil qoʻshimcha daromad manbaidir. Gʻoʻza oʻsib

ulgurguncha loviya tez pishib, qoʼshimcha daromad boʼladi.

Loviya ildizi mayda va yuzaga yaqin boʻlgani uchun suvni yaxshi ushlab

turadi, bu esa gʻoʻza uchun qulay namlik muhitini saqlaydi. Tomchilatib
sugʻorishda ham suv resurslari tejaladi va ikki xil ekinni bir vaqtda sugʻorish
mumkin.

Ilmiy tadqiqotlar tahlili

. Xitoylik olimlarning tadqiqotlariga koʻra gʻoʻza

va loviya aralash yetishtirilganda suvdan foydalanish samaradorligi 15–20% ga
oshgan va aralash sistema monokulturaga nisbatan umumiy energiya va suvdan
unumli foydalanish koʻrsatkichlarini yaxshilagan (Zhang et al., 2020).

Pokistonlik olimlarning tadqiqotlariga koʻra dukkakli ekinlar gʻoʻza bilan

aralashtirib ekilganda fotosintez samaradorligi, tuproq namligi va
mikroorganizmlar faoliyati yaxshilangan (Ali et al., 2019).

Hindistonda oʻtkazilgan tajribalarda gʻoʻza+loviya aralash yetishtirishda

tuproq strukturasi va ildizlar rivojlanishi yaxshilangan va umumiy hosildorlik
10–20% ga oshgan

(Kukal and Aggarwal., 2003).

FAO va ICARDA hisobotlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, dukkakli

ekinlar paxta bilan aralash ekilganda tuproq strukturasi yaxshilanishi, xlorofill
konsentratsiyasi ortishi va fotosintez faolligi kuchayishi taʼkidlangan (FAO &
ICARDA Reports., 2018–2022).

Hindistonda olib borilgan tadqiqotda gʻoʻza+loviya aralash yetishtirishda

uglerod birikmalarining kamayishi va tuproqda organik moddalar yigʻilishi qayd
etilgan (Yadav et al., 2022).

Gʻoʻza+loviyani qoʻshib ekish orqali bir daladan ikki xil (paxta+loviya)

mahsulot yetishtirish boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan
2025-yilda moliyalashtirilgan «Tomchilatib sugʻorish texnologiyasi qoʻllanilgan
maydonlarda suv va yer resurslaridan samarali foydalangan holda ikki xil
mahsulot yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish»

mavzusidagi amaliy loyiha


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

71

doirasida tadqiqotlar Namangan va Jizzax viloyatlarida boshlangan. Keyingi
maqolalarimizda ushbu tajriba natijalari boʻyicha maʼlumotlar berib boramiz.

Xulosa.

Bir maydonda gʻoʻza va loviyani tomchilatib sugʻorish tizimida

aralash ekish bu suv resurslarini tejash, hosildorlikni oshirish, agroekologik
barqarorlikni taʼminlash, fermer xoʻjaliklari uchun ikki karra daromad manbai
boʻlib, tuproq unumdorligini saqlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Zhang, H. et al. (2020). "Effects of intercropping mung bean on cotton yield

and water use efficiency." Agricultural Water Management.
2.

Ali, R. et al. (2019). "Enhancing productivity of cotton-legume

intercropping under water stress conditions." Field Crops Research.
3.

Kukal, S. S. & Aggarwal, G. C. (2003). "Soil health and sustainability

through crop diversification." Indian Journal of Agronomy.
4.

FAO & ICARDA Reports (2018–2022).

5.

Yadav, R. L. et al. (2022). "Carbon sequestration and productivity under

cotton-legume intercropping systems." Journal of Cleaner Production.

Библиографические ссылки

Zhang, H. et al. (2020). "Effects of intercropping mung bean on cotton yield and water use efficiency." Agricultural Water Management.

Ali, R. et al. (2019). "Enhancing productivity of cotton-legume intercropping under water stress conditions." Field Crops Research.

Kukal, S. S. & Aggarwal, G. C. (2003). "Soil health and sustainability through crop diversification." Indian Journal of Agronomy.

FAO & ICARDA Reports (2018–2022).

Yadav, R. L. et al. (2022). "Carbon sequestration and productivity under cotton-legume intercropping systems." Journal of Cleaner Production.