Авторы

  • Zebo Tojiboyeva
    Rishton tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.134528

Ключевые слова:

maktabgacha ta’lim tashkilotlari ilgʻor pedagogik texnologiyalar xalq ogʻzaki ijodi joy nomlari geografik nomlar shaxs nomlari

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ma’naviyatimizning bir qismi bo‘lgan joy nomlari va ularning kelib chiqishi, nomlanishiga oid ma’lumotlarni oʻzlashtirib olish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir uslubiy tavsiyalar bayon etilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

52

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA

JOY NOMLARINI O‘RGATISHGA DOIR

Zebo Tojiboyeva

Rishton tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.16892075

Annotatsiya

Ushbu

maqolada

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlarida

bolalarga

ma’naviyatimizning bir qismi bo‘lgan joy nomlari va ularning kelib chiqishi,
nomlanishiga oid ma’lumotlarni oʻzlashtirib olish bo‘yicha ko‘nikmalarni
rivojlantirishga doir uslubiy tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so‘z va iboralar:

maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ilgʻor pedagogik

texnologiyalar, xalq ogʻzaki ijodi, joy nomlari, geografik nomlar, shaxs nomlari

Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs

sifatida tarbiyalash masalasi uzluksiz ta’limning mazmun-mohiyatini tashkil
etadi. Mazkur jarayonda bolaga bilim berish bilan bir qatorda uning ma’naviy
dunyosini ham yuksaltirib borish bevosita ta’lim-tarbiya uygʻunligini
ta’minlaydi. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga joy nomlari
mavzusini o‘rgatish bolada vatanparvarlik ruhini shakllantirish, uzoq asrlik
qadriyatlarimiz va tariximizga ayricha munosabatda boʻlish masalalari bilan
bogʻlanadi. Chunki yurtimiz istiqlolga erishgach, «Joy nomlari nafaqat lisoniy
material, balki xalq oʻtmishi, madaniyati va ma’naviyatining nodir merosi
sifatida ham e’zozlanadigan va oʻrganiladigan boʻldi».

Mavzuni o‘rgatish jarayonida tarbiyalanuvchining joy nomlarini boshqa

turdagi atoqli otlardan: shaxs nomlari, tashkilot, korxona, muassasa nomlari, suv
havzalari va inshootlari nomlaridan farqlay olishi, shuningdek, geografik nomlar
oʻz ichida qit’a, davlat, shahar, qishloq, viloyat, tuman, mahalla singari ma’no
guruhlariga boʻlinishi haqidagi bilim va koʻnikmalarni egallashi nazarda tutilgan.
Joy nomlarining o‘rgatilishi boʻyicha koʻzda tutilgan mazkur koʻnikmalarni
hisobga olgan holda quyida biz mavzuni yanada samarali va batafsil
oʻrganilishiga doir ayrim mulohazalarimizni bayon etishga harakat qildik. Ushbu
usullar berilgan topshiriqlarni bolalar tomonidan ma’lum bir tizimga solingan
holda qulay bajarishlariga, mavzu doirasidagi bilimlarini esa kengaytirishlariga
koʻmak beradi.

Joy nomlari haqidagi ilmiy tasavvur, avvalo, bolada Vatan ichida vatan

sanalgan oʻz qishlogʻi va shahri nomlanishi haqidagi xalqona va ilmiy
etimologiyalarni bilishdan boshlanadi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchidan oʻzi
yashayotgan hududdagi joy nomlarini sanab bera olishi, ularning nomlanishiga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

53

doir qanday rivoyat yoki tarixiy voqealarni bilishi haqidagi koʻnikmalarga e’tibor
qaratishi lozim. Bu, oʻz navbatida, tarbiyalanuvchida atrof-muhitga sergak
munosabatda boʻlishi, tugʻilib oʻsgan joyining tarixi, joylashish oʻrni,
geografiyasi, aholisining kasb-kori yoki etnik kelib chiqishiga oid ma’lumotlarni
yaxshiroq oʻzlashtirib olishiga sabab boʻladi.

Bu, albatta, tarbiyachi tomonidan mashgʻulotlarni ilgʻor pedagogik

texnologiyalardan foydalangan holda tashkillash hamda mavzuga doir
ma’lumotlar izchilligi va ketma-ketligiga alohida e’tibor qaratish orqali amalga
oshadi. Xususan, joy nomlarini topish va farqlashga doir ma’lumotlarni
tarbiyalanuvchilarni ikki guruhga boʻlib, «Kim chaqqon?» oʻyinini tashkil etgan
holda bayon etish mumkin. Bunga koʻra har ikkala guruh bolalari navbat bilan
bittadan joy nomlariga misollar aytadilar. Musobaqa yakunlangach, tarbiaychi
bolalarning nomlarni to‘g‘ri yoki yanglish aytganliklarini va talaffuzi bo‘yicha
tahlillarini, asosiy qoidalarni tushuntirib oʻtadi.

Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, joy nomlari tilimizda koʻplab uchraydi.

Ayniqsa, geografik obyekt nomlarining katta qismini tashkil etgan qishloq
nomlarining aksariyati biz uchun ma’nosiz yoki tushunarsiz soʻzlar majmuyidan
iboratday tuyuladi, lekin nomlar diqqat bilan koʻzdan kechirilsa, ular muayyan
til qonuniyatlari asosida paydo boʻlgan va oʻzida hududning nomlanishiga asos
boʻlgan eng muhim jihatlarni, ya’ni joylashish oʻrni (Chuqurkoʻcha, Jarqoʻrgʻon),
oʻsimlik dunyosi (Qatortol, Jiydakapa) yoki suv manbayi (Buloqboshi, Beshariq)
haqidagi ma’lumotlarni saqlagan boʻladi. Bolada bu haqidagi bilimlarni yanada
umumlashtirish, ma’lum bir tizimga solish maqsadida ular e’tiboriga joy
nomlarining qismlariga koʻra tasniflanishi aks ettirilgan jadvalni havola etish
mumkin:

№ Mazmuniy guruhlar boʻyicha

tasniflanishi

Misollar:

1. Tarkibida rang bildiruvchi soʻzlar

ishtirok etgan joy nomlari:

Qorasuv,

Qiziltepa,

Oqtepa,

Oqyozi,

Qiziljar,

Koʻkdoʻppi,

Oqoltin

2. Miqdor

bildiruvchi

soʻzlar

ishtirok etgan joy nomlari:

Beshariq,

Oltiariq,

Beshtol,

Beshyogʻoch, Oltiqush, Yettibuloq

3. Oʻsimlik nomi bilan hosil qilingan

obyekt nomlari:

Chinortagi, Qatortol, Tolquduq,

Nayzaqayragʻoch

4. Yerning rel’ef tuzilishiga koʻra

hosil qilingan obyekt nomlari:

Chuqurkoʻcha, Qiziljar, Gʻortepa,

Shoʻrtepa, Doʻngqishloq, Jarkoʻcha

5. Suv manbayiga ishora qiluvchi Marjonbuloq, Xotinariq, Qorasoy,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

54

soʻzlardan hosil qilingan nomlar: Yettibuloq, Tolquduq, Qorasuv

6. Oʻrin-joy

otini

bildiruvchi

soʻzlardan hosil qilingan nomlar:

Tuproqqoʻrgʻon,

Yettiovul,

Bozorboshi,

Uzunqishloq,

Qaymoqliguzar

7. Shaxs

nomini

bildiruvchi

soʻzlardan

hosil

qilingan

obyektlar:

Hasanqora,

Gʻanidasht,

Nazarmahram,

Toʻxlimergan,

Sobirtepa


Mashgʻulotning soʻnggida mavzuni bevosita xalq ogʻzaki ijodiga bogʻlash

yaxshi samara beradi. Chunki joy nomlari adabiyotning tarkibiy qismi
hisoblangan xalq ogʻzaki ijodi bilan chambarchas bogʻlanadi. Tilimizdagi shahar,
qishloq, mahalla, guzar nomlarining barchasi esa xalq ijodi sanaladi. Shundan
kelib chiqib tarbiyachi oʻquvchilar hozirjavobligi, nutqi va talaffuzini
rivojlantirish maqsadida «Kim zukko nomshunos?» oʻyinini tashkillashi mumkin.
Bunga koʻra guruhlarga muayyan vaqt ichida joy nomlari qatnashgan maqol,
matal, ibora, she’r va qoʻshiqlarga misollar aytishi topshiriq sifatida beriladi.

Namuna sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Gap desang, qop-qop, Ish desang,

Samarqanddan

top (maqol).

2.

Qoʻqonni

shamol buzar,

Toshkentni

yomgʻir buzar (maqol).

3. Ahmoqqa

Quva

bir tosh (maqol).

4. Onangni

Uchqoʻrgʻonda

koʻrasan (ibora).

5. Qanday alam otimizni qoʻysa yovlar,

Margʻilonlar

qaerda-yu

Garchakovlar?

Bizni azal bukolmagan bu sinovlar,

Mingtepani

aytaylik oʻz nomi bilan (she’r: Muhammad Yusuf).

6. Doningni yegan chumchuq qaytib kelar

Makkadan, Toshkent

(qoʻshiq).

Topshiriqni bajarish jarayonida tarbiyalanuvchining joy nomlari haqidagi

tasavvurlari kengayib borishi bilan bir qatorda nomlar tizimi bilan bogʻliq lugʻat
boyligi ham oshib boradi.

Xulosa qilib aytganda, joy nomlarini oʻrganish Vatanimiz tarixini

oʻrganishdir. Shu bois ortimizdan oʻsib kelayotgan yosh avlodga joy nomlari
qadriyatlarimizning bir boʻlagi sanalgani holda ularni koʻz qorachigʻidek asrab-
avaylashga barcha birdek mas’ul ekanligini uqtirish lozim. Joy nomlarini
e’zozlash esa, oʻz navbatida, ularning atalishi, nom ostiga yashiringan tarixdan
xabardor boʻlishida koʻrinadi. Mutaxassislar tili bilan aytganda, nom oddiy
termin emas: nom – ma’naviyat, nom – oʻtmish, nom – davr, nom – xalq, nom –
Vatandir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

55

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nuritdinova R. Oʻzbek onomastikasi terminlarining lisoniy tahlili: Filol. fanlari
nomzodi ...diss. - Toshkent, 2005.
2. Begmatov E., Uluqov N. Oʻzbek onomastikasi terminlarining izohli lugʻati. –
Namangan, 2006.
3. Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. – Toshkent: Muharrir, 2009.
4. Joʻraboyeva G. Fargʻona vodiysi toponimlarining shakllanish asoslari. –
Toshkent: Akademnashr, 2022

Библиографические ссылки

Nuritdinova R. Oʻzbek onomastikasi terminlarining lisoniy tahlili: Filol. fanlari nomzodi ...diss. - Toshkent, 2005.

Begmatov E., Uluqov N. Oʻzbek onomastikasi terminlarining izohli lugʻati. – Namangan, 2006.

Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. – Toshkent: Muharrir, 2009.

Joʻraboyeva G. Fargʻona vodiysi toponimlarining shakllanish asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2022