Авторы

  • Mexmonoy Saypidinova
    Buxoro shahar 35-IDUM ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.134794

Ключевые слова:

Almisoq Almisoqdan qolgan motiv dunyo arava suv karvonsaroy sahro safar girdob.

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy oʻzbek adabiyotining taniqli vakili Ulugʻbek Hamdamning ramziy xarakterga ega boʻlgan, bevosita safar motivi bilan boʻliq boʻlgan hikoyalari  tahlil etiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

131

ZAMONAVIY O’ZBEK HIKOYACHILIGIDA SAFAR MOTIVI

(ULUG’BEK HAMDAM HIKOYALARI MISOLIDA)

Saypidinova Mexmonoy

Buxoro shahar

35-IDUM ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16916953

Annotasiya:

Mazkur maqolada zamonaviy oʻzbek adabiyotining taniqli

vakili Ulugʻbek Hamdamning ramziy xarakterga ega boʻlgan, bevosita safar
motivi bilan boʻliq boʻlgan hikoyalari tahlil etiladi.

Kalit so’zlar:

Almisoq, Almisoqdan qolgan, motiv, dunyo, arava, suv,

karvonsaroy, sahro, safar, girdob.

Abstract:

This article analyzes the symbolic stories of Ulugbek Hamdam, a

prominent representative of modern Uzbek literature, which are directly related
to the motif of travel.

Keywords:

Almisak, Remains of Almisak, motif, world, cart, water,

caravanserai, desert, journey, whirlpool.

Аннотация:

В статье анализируются символические рассказы

Улугбека Хамдама, яркого представителя современной узбекской
литературы, которые напрямую связаны с мотивом путешествия.

Ключевые слова:

Альмисак, останки Альмисака, мотив, мир, повозка,

вода, караван-сарай, пустыня, путешествие, водоворот

Motiv atamasi adabiyotshunoslik lug’atlarida quyidagicha yoritilgan:

“Motiv – shakliy va mazmuniy jihatdan muayyan turg’unlik kasb etgan, bir yoki
bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy
intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir”

1

. Misol uchun , mumtoz

adabiyotimizning eng yorqin vakili Alisher Navoiy ijodida “gul” , “boda”, “soqiy”
kabi obrazlar takrorlanib, yozuvchining ijodiy go’yasini belgilab bergan.

Bugungi o’zbek nasrining munosib davomchilaridan biri Ulug’bek Hamdam

ijodida ham “safar” obrazi motiv hisoblangan bir necha hikoya uchraydi. Hozirgi
o’zbek hikoyalarning bir qismi realistik ruhda bo’lib, qahramonlarning o’y-
kechilmalari, mehr-oqibatlari, yoshlarning bir-biriga bo’lgan muhabbati
voqealari rivoji ishonarli va hayotiy tasvirlangan. Yana bir turkum hikoyalar
borki, ular chuqur ramziy xarakterga ega. Unda dunyoning kelib chiqishi, inson
hayotining ma’nosi falsafiy mushohada qilinadi. Ulug’bek Hamdamning “Bir
piyola suv’’, “Safar” va “To’lin oy qissasi” kabi hikoyalaridagi “safar” tushunchasi
ham ramziy xarakterga ega. Har bir hikoyada o’ziga xos ramziylik ifodalagan.

1

Dilmurod Quronov. Adabiyot nazaryasi asoslari. Navoiy universiteti – Toshkent: 2018. 111-bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

132

Jumladan, “Bir piyola suv” asari orqali insoniyatning bu dunyoga bandalik
vazifasini o’tash uchun qilgan safari ifodalangan bo’lsa, “Safar” hikoyasida Haqqa
olib borguvchi yo’llar turli-tuman bo’lishiga qaramay asl mohiyati bir ekanligi
ifodalangan. “To’lin oy qissasi”da inson o’ziga kerak narsani, avvalo, o’zidan
istamoqligi, o’z olamiga safar qilmoqligi g’oyasi ilgari suriladi.

Xususan, yozuvchining “Bir piyola suv” hikoyasida tasavvuf adabiyotida

ta’kidlanganidek, ruhning badan orqali SAFARga otlanganligi tasvirlanadi. Bu
safarning dastlabi, asl Vatani Yaratganning dargohi bo’ldi, bu dunyoni oddiy yo’l
kabi bosib o’tib , safarning so’ngida yana asl Vatanga qaytish lozim. Ulug’bek
Hamdam tabiatning oddiy hodisalariga, insonlarning kundalik harakatlariga
juda chuqur ramziy ma’no yuklaydi: yozuvchining “Safar” hikoyasida ham
buning yorqin dalilidir. Hikoyadagi chek-chegarasi yo’q ummon – bu asli butun
olam. Dunyo boshi ham, oxiri ham ma’lum bo’lmagan o’n sakkiz ming olamdan
iborat. Ummonlar orasidagi kichkina orolni, biz yashab turgan yerning timsoli
deyish mumkin. Bu hikoyada hammaning dastavval, bir qabila bo’lganligi, ya’ni
yer yuzidagi barcha insonlar bir otaning va bir onaning farzandiligini bilsalar-da,
buni inkor qilib bir-biriga dushman bo’lgan qabilarga aylandi. Ayni shu
o’rinlarda hozirgi kundagi o’zaro urushlar, diniy nizolar arzimas ekani ularning
asliyati bir ekanligi nazarda tutilgan. Hikoya qahramonlari bir-birlarini
kamsitish uchun yasayotgan haykallar, befoyda qilinayotgan AMALLARdir. Ana
o’sha keraksiz harakatlar, foydasiz amallar ular orasida kasallik, ochlik keltirib
chiqaradi. Eng buyuk yaratuvchi Allohdir. Bandalarning yaratuvchilikka da’vo
qilishi, o’gir oqibatlarga olib keladi. Hikoyada ham yaratuvchilikka da’vo qilgan
insonlarning qilgan amallari timsoli bo’lib kelgan haykallar dengizda yurgan
yigit va qizga nihoyatda, xunuk ko’rinadi. Chunki ular SAFARda edilar. Ya’ni bu
dunyodagi amallarning yaxshi yoki yomonligi, o’zga olamga safar qilinganda
yaqqolroq ko’rinadi.

“To’lin oy qissasi” hikoyasida, ham tabiat hodisasi ham oddiy kundalik

hayot o’zaro uyg’unlashib kelgan. Oy o’zini tushunadigan bir sirdosh topish
uchun SARAFga chiqadi. Oy yetti kunlik safari davomida ayol, cho’pon, kelin,
tilanchi, boy, mahbus va itga duch keladi. U har gal uchratgan kimsalari o’z
muammosi bilan band. Hattoki, ming yilga qamalgan mahbus ham... oy avvaliga
mahbusda o’zligining qiyofasini ko’rsada yaqinlashib borgach mahbusning oyni
ozodlik tuynugi kutayotgani ma’lum bo’ladi. Shu o’rinda Oy nega aynan
mahbusda o’z qiyofasini ko’radi degan savol tug’iladi. Mahbus ozodlikka intilib
yashaydigan odam bo’lsa-da , u tutqunlikka mahkumdir. Dunyo haqiqatini
anglagan insonlar ham bu dunyoni o’ziga qafas bilib, doim OZODLIKKA qarab


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

133

harakat qiladi. Dunyo noz-ne’matlariga aldanib unga ko’ngil berib, shod
bo’lmaydi. Uning shodligi faqat o’zligini anglaganda yuzaga chiqadi.

Oy safari davomida duch kelgan insonlar ham o’z ehtiyojlari bilan mashg’ul

kishilar edi. Oy o’z ko’ngil istagi nima ekanligini bilmasa ham, qo’nim topmay
izlanadi, umidlanadi, umidsizlikka tushadi, o’rtanadi, parchalanadi, lekin
SAFARda davom etadi… Ana shu izlanishlar natijasida safarning yettinchi kuni
O’zligini, o’zini topadi. Bu bilan yozuvchi ozgina qiyinchiliklar, mashaqqatlarni
deb yo’lda qolib ketish kerak emasligini aytadi. Mavlono Rumiyning : “Har kim
o’z ehtiyojini yonida yashaydi ” jumlalari ham bejiz asarning epigrafi qilib
olinmagan. Har bir inson nimani o’ziga ehtiyoj qilib olsa, har qanday qiyinchilik
unga to’siq bo’lmaydi. Oy o’ziga sirdosh, qardosh topishga ehtiyoj sezdi. Bildiki,
o’zi izlayotgan narsa o’zida ekan.

“Bir piyola suv” hikoyasida safardagi yo’lovchi ham aytilgan manzil tomon

bormoqda, lekin hikoya yakunida yo’lovchining ehtiyoji bo’lgan bir piyola suv,
o’z vazifasini bir muddat unitishga, ramziy ravishda dunyoni, borliqni anglatgan
karvonsaroyga kirishga undadi. Hikoya qahramoni ham bir piyola suv ya’ni
dunyo noz-ne’matiga aldanib SAFARdan chalg’iydi, yelkasiga yuklatilgan
vazifasini bajarishdan, manzilga o’z vaqtida yetishdan uzoqlashdi. Muallif
mazkur hikoyaning she’riy tahlili tarzida “Eski dunyo va yangi men” kitobida
quyidagi misralarni yozadi:

“Charchadim
Chanqadim
Jonim “Bir piyola suv” tusadi.
Lekin shu istak menga tuzoq bo’ldi,
Eshityapsizmi, tuzoq!

2

Dunyoning eng mashhur yozuvchisi Paulo Koelo o’zining “Alkimyogar”

asarida: “ odamzodning bu dunyodagi yakka-yu yagona, oliy vazifasi- O’z
Taqdirini ro’yobga chiqarishga erishuvidir”

2

deydi. TAQDIR esa Xudo tomonidan

umrguzaronlik uchun berilgan yo’lning yakunidagi mukofot yoki jazodir. Biz
yuqorida ko’rganimiz, “Bir piyola suv” hikoyasi qahramoni o’z taqdirini ro’yobga
chiqara olmadi. “To’lin oy qissasi” asarida oy hech bir chalg’imasadan yo’lda
davom etib o’zligini, o’zi izlayotgan narsasini topdi. “Safar” hikoyasi yakunida
o’z qabilasidan vakil bo’lib chiqqan yigit va qiz o’z taqdirlarining turli yo’llar
bilan boriladigan Bir Manzilda ekanligini tushundilar.

2

Ulug’bek Hamdam.Eski dunyo va yangi men. Yangi asr avlodi – Toshkent :2018. 357-bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

134

Xulosa qilib aytganda,Ulug’bek Hamdam hikoyalarida SAFAR motivi orqali

hech qachon eskirmaydigan mavzu : O’ZLIKNI ANGLASH masalasi ilgari surilgan.
Zero, o’zligini anglashga intilgan inson yo’lga chiqadi, SAFARga otlanadi.
Umuman olganda, barcha hikoyalar yagona vazifa sifatida o’quvchini “Men
kimman?”, “Nima uchun tug’ilganman?”, Rumiyona tilda “Qayon keldim, qayon
ketmoqdaman” degan savolga javob izlashga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Navoiy Alisher. Lison ut-tayr. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991

2.

Fish Rashid. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. – Toshkent: 1986

3.

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi,

2018
4.

O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, -

davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
5.

Dilmurod Quronov. Adabiyot nazaryasi asoslari. Navoiy universiteti –

Toshkent: 2018.
6.

Ulug’bek Hamdam. To’lin oy qissasi. “O’zbekiston” NMIU, 2017-yil.

Библиографические ссылки

Navoiy Alisher. Lison ut-tayr. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991

Fish Rashid. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. – Toshkent: 1986

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018

O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, - davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

Dilmurod Quronov. Adabiyot nazaryasi asoslari. Navoiy universiteti – Toshkent: 2018.

Ulug’bek Hamdam. To’lin oy qissasi. “O’zbekiston” NMIU, 2017-yil.