Авторы

  • Olima Kadirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.134795

Ключевые слова:

boshlang'ich ta'lim sintaktik elementlar bosh bo'lakl darajali bo'laklar ega metod dars ta'limiy o'yinlar ta'limiy vositalar.

Аннотация

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida sintaktik elementlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot bajarishda pedagogikaning quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish: muammoga doir pedagogik va metodik adabiyotlarni qiyosiy tahlil etish; sotsiometrik metodlar (anketa, suhbat, so'rovnoma); tajriba-sinov ishlari natijalarni matematik-statistik tahlil etish. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida elementlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

BOSHLANG'ICH SINFLARDA SINTAKSIS

.

Kadirova Olima Muxammatqul qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16911497

Annotatsiya

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida sintaktik elementlarni shakllantirish

metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot bajarishda pedagogikaning quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan

foydalanish: muammoga doir pedagogik va metodik adabiyotlarni qiyosiy tahlil
etish; sotsiometrik metodlar (anketa, suhbat, so'rovnoma); tajriba-sinov ishlari
natijalarni matematik-statistik tahlil etish. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida
elementlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar.

Kalit so'zlar:

boshlang'ich ta'lim, sintaktik elementlar, bosh bo'lakl darajali

bo'laklar, ega, metod, dars, ta'limiy o'yinlar, ta'limiy vositalar.

Boshlang'ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy

o'rganiladiga va nazariy o'rganiladigan turlarga bo'linadi. Sintaksis bilimlarni
nazariy oʻrganish savod o'rgatish davridayoq boshlanadi. Hamda to'rtinchi
sinfda ham davom etadi. Bshlang'ich sinflarda " gap","Darak gap","His-hayajon
gap","Sodda gap", "Qo'shma gap","Gap bo'laklari","Gapning uyushiq
bo'laklari","Undalma" mavzulari nazariy o'tiladi. Bu mavzular yuzasidan turli xil
mashqlar o'rgatiladi.

Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni

ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi.

Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida

o'zlashtirilgani uchun tilni o'rganishda gap ustida ishlash markaziy o'rin
egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilari ot,
sifat, son, olmosh, fe'l, ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap
asosida bilib oladilar. O'quvchilar ona tili leksikasi ham gap negizida
egallaydilar. So'zning leksik ma'nosi va uning qo'llanish xususiyatlari so'z
birikmasi yoki gapda ma'lum bo'ladi. So'z gapda bir ma'noli bo'ladi.(gapdan
tashqari bir necha ma'no anglatishi mumkin)

Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang'ich sinflarda gap ustida ishlashni

yetarli ravishda beshta yo'nalishga bo'ladi.

Gap hagidagigrammatik tushunchalarni shakllantirish (til birligi bo'lgan

gapning muhim belgilarini o'rgatish).

2.Gap strukturasini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlarning bog'lanishi

ustida ishlash, gapning Grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali
bo'laklarining xususiyatlari, yopiq va yig'iq gaplar ustida ishlash).


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

3.O'quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra turlaridan

foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.

4.Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish.
5.Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish,(uni bosh harf bilan boshlash,

tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish.

"Gap" mavzusi barcha sinflarda o'rganiladi. Gapning belgilari haqidagi

bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O'quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi- gap
haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali
bo'laklari,gapda so'zlarning bog'lanishi, gapning uyushiq bo'laklarini
o'rganishga o'tadilar.

Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq

ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi.
Gapni o'rganish me'yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan so'z birikmasi
haqidagi tasavvur aniqlanadi.

Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham

butun o'quv yili davomida boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida
ishlab boriladi.

Dasturga ko'ra 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar

beriladi. Gap tugallangan fikrni bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, gapning
oxiriga ma'lum tinish belgilari qo'yilishi haqida amaliy ma'lumotlar beriladi.

2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular

gapdan kim yoki nima haqida aytilganini va u hagda nima deyilganini bildirgan
so'zni ajratishga o'rganadilar. Aslida gapning Grammatik asosi ustida ishlash
mana shundan boshlanadi va bu bosh bo'laklarni o'rganishga muqaddima
bo'ladi.

3-sinf gap ustida ishlash yangi bosqichdir. O*quvchilar gapni amaliy

o'rganishdan tushuncha sifatida o'rganishga o'tadi. Ular gapning muhim
belgilarini bilib oladilar.

Bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning ta'rifi, ega va kesim terminlari

kiritiladi.

Bu sinfda gapda soʼzlarning bogʼlanishiga katta e'tibor beriladi. O'quvchilar

gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar. Ikkinchi darajali bo'laklarni
farqlaydilar va gapdagi ikki so'z (hokim va tobe so'z) ni, so'zlarning Grammatik
jihatdan, ya'ni qoʻshimchalar orqali bog'lanishini bilib oladilar.

4-sinfda uyushiq bo'laklarni o'rganish bilan gap bolaklari hagidagi

tasavvurni kengaytiradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

129

O'quvchilarda gapda so'zlarning bog'lanishini aniglash ko'nikmasini

shakllantirish muhim sintaktik va nutgiy ko'nikmalar qatoriga kiradi. So'z
birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang ich sinflarni uning muhim
belgilari idrok qilinadi."So'z birikmasi" atamasi darsliklarga kiritilmagan.

O'quvchilarda gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasini

shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko'nikmalar qatoriga kiradi. So'z
birikmasi gapning bir bo'lagi sifatida ajratiladi. Boshlang ich sinflarda so'z
birikmasining muhim belgilari idrok qilinadi. Boshlang'ich sinflarda "So'z
birikmasi" atamasi darsliklarga kiritilmagan. Yuqori sinf 8-sinf darsligida bu
tushuncha termin sifatida ishlatiladi. Ammo kichik yoshdagi o'quvchilar so'z
birikmasining quyidagi muhim belgilarini bilib olishlari zarur hisoblanadi.

So'z birikmasi mazmun va Grammatik tomondan bog'langan ikki soʼz.
Masalan, Muhammadjon bugun maktabga ukasi bilan keldi. Gapda uchta

so'z birikmasi bor: 1) bugun keldi 2) maktabga keldi 3) ukasi bilan keldi

2.So'z birikmasida bir so'z hokim bo'ladi, ikkinchi so'z tobe bo'ladi.
Hokim so'zdan tobe so'zga so'roq beriladi. Tobe so'z shu so'roqqa javob

bo'lgan so'zdir. Masalan,(qanday) chiroyli qizlar (qayerga) to'garakka keldilar.
Ega va kesim so'z birikmasi bo'la olmaydi. Ega va kesim shaxs va sonda
moslashib gapni shakllantiradi. Hamda ega va kesim gapning asosini tashkil
qiladi.

Gap tarkibida so'z birikmasini aniqlash uzoq bajariladigain mashqlar

davomida shakllantirib boriladi. Buning uchun o'quvchilar so'z birikmasida bir
so'z boshqa so'zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar ustida ko'proq
ishlashlari lozim hisoblanadi.

Shunday qilib, o'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o*stirish

gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang'ich sinf
o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali
bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar
turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali
bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo'laklar gapning Grammatik asosini
tashkil qiladi, fikr, asosan gapning Grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi
darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarning aniqlovchilik va to'ldiruvchilik
vazifasini bajaradi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oripov K., Obidova M. Ifodali o'qish. T.,<O'qituvchiv, 1982- yil.

2.

Abdullaeva Q. Raxmonbekova S. 2-sinfda. O'qish darslari.(O'qituvchi

kitobi.)
3.

Toshkent. O'qituvchi, 2004-yil.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

130

4.

Abdullaeva Q. va boshqalar. O'qish kitobi. 2-sinf Toshkent. O'zbekiston,

2003
5.

G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdieva G.

Alifbe)-(uSavod

);

Ona

tiliv.
6.

T.

O'qituvchiv, 1999- yil.

7.

5. G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.)

8.

Toshkent.Sharq. 2003-yil.

9.

Shojalilov A. va boshqalar. O'qish kitobiy,

O'qituvchiy, 2004-yil.

10.

Q. Abdullayeva. Birinchi sinfda nutq o‘stirish.-T: 1980.

Библиографические ссылки

Oripov K., Obidova M. Ifodali o'qish. T.,

Abdullaeva Q. Raxmonbekova S. 2-sinfda. O'qish darslari.(O'qituvchi kitobi.)

Toshkent. O'qituvchi, 2004-yil.

Abdullaeva Q. va boshqalar. O'qish kitobi. 2-sinf Toshkent. O'zbekiston, 2003

G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdieva G.《Alifbe)-(uSavod》);《Ona tiliv.

T.《O'qituvchiv, 1999- yil.

G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi kitobi.)

Toshkent.Sharq. 2003-yil.

Shojalilov A. va boshqalar. O'qish kitobiy,《O'qituvchiy, 2004-yil.

Q. Abdullayeva. Birinchi sinfda nutq o‘stirish.-T: 1980.