ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
124
BIOLOGIYA DARSLARIDA INNOVATSION USULLARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Jollibekova Gulmira Perdebaevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi, “Aniq va tabiiy
fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16910812
Hozirgi vaqtda ilm-fan taraqqiyoti, axborot muhitining kengligi, har bir
sohaning jadal rivojlanishi ta’lim tizimiga ham davr talabi nuqtai nazaridan
yangicha qarashni, uni jamiyat talablari va shaxs ehtiyojini hisobga olgan holda
jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot
texnologiyalarini, innovatsion usullarni ko‘proq joriy qilishni taqozo etmoqda.
Ta’lim tizimi uchun dastlabki pog‘ona bo‘lgan o‘rta ta’lim tizimi, ayniqsa,
biologiya ta’limida pedagogik va axborot texnologiyalari yangi innovatsiyalardan
foydalanish muammosi dolzarbligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki biologiya tirik
organizmga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlar haqida bilim beradigan fandir.
Biologiya
fanini
o‘qitishda
turlicha
yangidan-yangi
innovatsion
texnologiyalardan foydalanishga majburmiz, sababi hozirgi o‘quvchilar ko‘plab
ma’lumotlarni internet tarmoqlari orqali o‘rganishmoqda, odatiy dars esa
o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi. Buyuk allomamiz Abu Ali ibn Sino ham o‘z
asarlarining birida bolalarda serharakatchanlik tabiatan zarur ehtiyoj ekanligini
anglab shunday degan: “Har qanday yoshning o‘z qonuniyatlari bor, bolalik
qonuni bu - o‘yin, demak, bolalikka munosib diqqat va e’tibor bo‘lishi lozim”.
Tinib tinchimas o‘quvchilar turli tipologiya xususiyatga ega bo‘la turib, harakat
qilishlikka ehtiyoj bo‘lgani sabab, uni qonuniyatga ko‘ra bajarish shart ekan.
Shuning uchun darslarda o‘quvchining e’tiborini turli interfaol yoki harakatli
o‘yinlar orqali jalb qila olsak maqsadli bo‘lardi. Bunda o‘quvchining darsda
faolligi oshib “uxlab” qolishiga sabab qolmaydi. Innovatsion ta’lim
texnologiyalariga asoslangan mul’timediyalar orqali o‘quvchilarni jalb qilish
mumkin, chunki o‘quvchi eshitadi, ko‘radi, tushuna boshlaydi. Qani edi, 3D
formatda darslar yaratsak, o‘qituvchi o‘quvchilari bilan virtual sayohatlar tashkil
etsa. Masalan, mezozoy erasidagi hayot bilan o‘sha davrdagi hayvonot va
o‘simliklar olami bilan tanishib, his qilib o‘rganish mumkin. Bunda o‘qituvchiga
ham o‘quvchilar ko‘rib turganligi bois tushuntirishi oson kechardi. Yoki odam va
uning salomatligi fanidan organizm tuzilishining aniq tasvirini ko‘rish sayohatini
uyushtirish orqali mavzuni o‘quvchilar tomonidan oson va tez o‘zlashtirilishiga
sabab bo‘lardi.
O‘quvchilarga darslarda yaxshi tushunib faol qatnashishlari uchun interfaol
usullardan foydalanish zarur “Blits savol“, ”Tushunchalar tahlili”, “Zanjir” o‘yini,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
“Atamalar so‘zlaydi”, ”Ha-yo‘q”, ”Ortiqchasini toping”, “Ven diagrammasi” va
boshqa usullardan darslarda ko‘p foydalansa bo‘ladi. Masalan, “Zanjir” o‘yinida
o‘quvchi bironta termin yoki biologik atama aytsa, keyingi o‘quvchi birinchi
o‘quvchining atamasini izohlab, shu atamaning ta’rifiga mos fikr bildiradi, 3-
o‘quvchi ham shu tartibda ikkala o‘quvchi fikrini va ozinikini qo‘shib aytadi,
shunday holda zanjir davom etaveradi. Bunda oquvchilar biologik atamalarni
izohi bilan yodlab olishga, hushyorlikka, topqirlikka, o‘zidan oldingi
o‘quvchilarni diqqat bilan eshitishga va hurmat qilishga o‘rganadi. ”Ha-yo‘q”
usulidan har bir darsning boshida yoki mustahkamlanishida foydalansa bo‘ladi,
bunda o‘qituvchining qiziqarli va tezkor savoliga o‘quvchi “Ha” yoki “Yo‘q” deya
javob beradi. ”Issiq kartoshka” usuli yangi mavzuni tushuntirayotganda
o‘quvchilar diqqatini o‘qituvchiga qaratish maqsadida koptokcha-issiq
kartoshkani otib o‘quvchilardan taqdim etilgan ma’lumotni qaytarishni so‘rash,
bunda o‘quvchining bor e’tibori (hozir mandanam so‘raladi) mazmunida
o‘qituvchida bo‘ladi. ”Ortiqchasini top” yoki
“
5-ortiqcha
”
usulidan ham deyarli
har bir darsning ortib qolgan daqiqalarida foydalanish mumkin, bu usulda
o‘quvchida mavzudagi qaysi fikrlar yoki so‘zlar bir birini to‘ldiradi-yu, qaysi biri
ortiqcha ekanligini aniqlashi kerak bo‘ladi.
“Navbatchi harf” usuli – O‘quvchi xohlagan harfni tanlaydi. O‘quvchiga
berilgan barcha savollarning javoblari shu harf bilan boshlanadi. Savollar 5 ta.
Har bir to‘g‘ri javob 1 balldan baholanib boriladi. Bu metod o‘quvchini tezroq
fikrlashga o‘rgatadi.
“
3 daqiqa
”
usuli – Bo‘sh o‘zlashtiruvchi 3 ta o‘quvchi 3 daqiqa vaqt ichida
o‘tilgan mavzuga oid ko‘proq ma’lumotni aytishlari kerak ko‘proq ma’lumot bera
olgan o‘quvchi “5” ball bilan baholanadi. Bu usul darsning mustahkamlash
qismida ko‘proq qo‘llanilsa maqsadga muvofiq.
Biologiya darslarini o‘qitishda juda ko‘plab usullardan foydalanish mumkin,
lekin usullardan qanday qilib samarali foydalanishda, usullarning darsga mos
tushishida va buni o‘quvchiga yetkiza olishda o‘qituvchining pedagogik
mahorati, izlanuvchanligi, bilimi, zamon bilan hamnafasligi, tushunchalarni
tabiiy bog‘lay olishligi yetakchi o‘rinda turadi. Yana fanga bog‘liq holda,
o‘qituvchi ba’zi mavzulardagi qoidalarni, terminlarni o‘rgatishda ularning bosh
harflarini qo‘shib yodlash osonroq esda saqlab qolishga sabab bo‘lishini
o‘rgatishi mumkin. Masalan, mitoz bo‘linish bosqichlaridagi: profaza, metafaza,
anafaza, telofazalarni osongina o‘quvchi bosh harflar jamlanmasi bilan ya’ni
“pmat” deb eslab qolishi mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
O‘qituvchi darslarda bo‘sh vaqt qolganda psixologik daqiqalar o‘tkazib
borsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki har bir o‘quvchi o‘zini shaxs sifatida
qanday ekanligini bilishga qiziqadi, albatta, mavzuga bog‘liq holda o‘tilsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, biologiya darslarida innovatsion usullardan
foydalanish o‘quvchi va o‘qituvchini ijodkorlik sari yetaklaydi. Shu bilan birga,
yangilik, yaratuvchanlik imkoniyatlarini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Harakatchanlik, yangiliklar sari intilish shaxsda “bilimga chanqoqlikni”
tug‘diradi. Bunday holatlarda shaxs tashqi dunyoni o‘rganishga faol kirishadi va
yangi bilimlar sari intiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion
pedagogik texnologiyalar. – T.: “Nihol” nashriyoti, 2016. – 279b.
2.
A.A.Abduqodirov, R.Ishmuxamedov, A.Pardaev. Ta'limda innovatsion
texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy
tavsiyalar).-T.: Iste'dod, 2008.