Авторы

  • Sh.M. Murtazayeva
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti Magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.134964

Ключевые слова:

Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiya Qozog‘iston strategik hamkorlik Markaziy Osiyo parlament madaniyat ta’lim.

Аннотация

Mazkur tezisda Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik aloqalar Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Turkiyaning Qozog‘iston bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek ikki mamlakatning transport-logistika loyihalari va ta’lim sohasidagi hamkorligi yoritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

176

TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA TURKIYA VA

QOZOG‘ISTONNING STRATEGIK HAMKORLIGI

Sh.M.Murtazayeva

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro munosabatlar fakulteti Magistranti

shodiya302@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16938851

Annotatsiya.

Mazkur tezisda Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston

o‘rtasidagi strategik aloqalar Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida ko‘rib
chiqilgan. Tadqiqotda Turkiyaning Qozog‘iston bilan siyosiy, iqtisodiy va
madaniy munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek
ikki mamlakatning transport-logistika loyihalari va ta’lim sohasidagi hamkorligi
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Turkiy davlatlar tashkiloti, Turkiya, Qozog‘iston, strategik

hamkorlik, Markaziy Osiyo, parlament, madaniyat, ta’lim.

Аннотация.

В данном тезисе рассматриваются стратегические

отношения между Республикой Турция и Республикой Казахстан в рамках
Организации

тюркских

государств

(ОТГ).

В

исследовании

проанализированы

приоритетные

направления

политических,

экономических и культурных связей Турции с Казахстаном. Также
освещено сотрудничество двух стран в области транспортно-
логистических проектов и образования.

Ключевые слова:

Организация тюркских государств, Турция,

Казахстан, стратегическое сотрудничество, Центральная Азия, парламент,
культура, образование.

Abstract.

This thesis examines the strategic relations between the Republic

of Turkey and the Republic of Kazakhstan within the framework of the
Organization of Turkic States (OTS). The study analyzes the priority areas of
Turkey’s political, economic, and cultural relations with Kazakhstan. It also
highlights the cooperation of the two countries in transport and logistics
projects as well as in the field of education.

Keywords:

Organization of Turkic States, Turkey, Kazakhstan, strategic

cooperation, Central Asia, parliament, culture, education.

Markaziy Osiyo xalqaro maydonda geosiyosiy nuqtai nazardan muhim

mintaqa hisoblandi. Turkiya esa o‘zining tashqi siyosatida mintaqadagi davlatlar
bilan hamkorlikni har tomonlama kengaytirib kelmoqda. Ayniqsa Markaziy
Osiyo va Turkiyani bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy birdamlik, siyosiy va
iqtisodiy munosabatlar turli jabhalarda takomillashmoqda. Mazkur aloqalarda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

177

Qozog‘istonning rolini alohida ta’kidlash lozim chunki uning mintaqadagi eng
yirik iqtisodiy va hududiy saloyihati tufayli Turkiy davlatlar tashkilotining
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Turkiya va Qozog‘iston
o‘rtasidagi strategik hamkorlikni TDT doirasida tadqiq etish dolzarb ilmiy
masalalaridan biri sanaladi.

Turkiya Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligini tab olgan birinchi

davlatlarda biri hisoblanadi. Xususan, 1991-yilda Turkiya Qozog‘iston
mustaqilligini tan olib natijada ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining
mustahkam poydevorini yaratdi. Shu davrdan boshlab ikki davlat o‘rtasida
iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda munosabatlar rivojlanishni boshladi.
Ayniqsa, strategil sheriklik 2009-yildan keyin yangicha pog‘onaga ko‘tarildi va
“Strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi”. Bundan tashqari, 1992-yilda
Turkiyaning tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiy hamkorlik va taraqqiyot
agentligi (TIKA) mamalaktlar o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy
hamkorlikni yanada kengaytirish hamda qo‘shma dasturlarni ishga tushirishda
alohida ahamiyatga ega. TIKAning ustuvor vazifalaridan biri bozor islohotlarini
amalga oshirishga yordam berish, turkiy davlatlarning jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvini ta’minashdir.

1

Siyosiy hamkorlik.

Turkiya va Qozog’iston o‘rtasidagi kuchli siyosiy

hamkorlik yildan-yilga rivojlanishni davom etib milliy, mintaqaviy hamda
xalqaro darajada ham bir birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ikki mamlakat ham
tarixiy, til va mafkuraviy munosabatlar orqali mintaqaviy birlikni targ‘ib qiluvchi
tashkilotlarga a’zo bular: 1993-yilda tashkil topgan Turkiy madaniyat xalqaro
tashkiloti (TURKSOY), 2008-yilda asos solingan Turkiy tilli davlatlar parlament
assambleyasi (TURKPA), Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Turkiy
biznes kengashi kabi institutlarni o‘z ichiga oladi.

2

Iqtisodiy hamkorlik.

Global geosiyosiy va geoiqtisodiy beqarorliklarga

qaramay, Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo hajmi yil sayin ortib
bormoqda. 2024-yilda ikki tomonlama savdo hajmi 5 milliard dollar tashkil
etgan bo’lsa, 2025-yil yanvar-may oy hisobiga ko’ra 1,9 milliard dollardan
oshgan. Turkiya Qozog’istonning eng yirik investorlaridani biri hisoblanib,
2005-2024-yillar davomida uning iqtisodiyotiga 5,2 millard dollar sarmoya
kiritgan. Bugungi kunda Qozog‘istonda 3 538 ta turk kompaniyalari mamlakatda

1

Aslan, D. H., & Bozyigit, D. (2014). Turkey-Kazakhstan relations: an overview of mutual relations since the collapse

of the soviet union. Kwartalnik Naukowy Uczelni Vistula, (4 (42), 133-145.

2

Bozkus, R. Y. (2018). Internal and external determinants of Turkey-Kazakhstan energy collaboration. Journal of

Economic Cooperation & Development, 39(3), 135-163.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

178

o‘z faoliyatini olib bormoqda.

3

Shuningdek, transport-logistika yo‘nalishidagi

munosabatlarni ham alohida qayd etish lozim misol uchun, O‘rta Koridor
(Transkaspiy transport yo‘lagi nomi bilan ham mashhur) 2024-yilda mazkur
yo‘lak orqali ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish hajmi yuqori darajaga
ko‘tarildi. Xususan, Qozog‘iston temir yo‘llarida ushbu yo‘nalish orqali yuk
tashish foizi 63 foizga o‘sib, 4,1 million tonnaga yetgan. Turkiyada ham temir
yo‘l korxonalari yuk tashish hajmining yuqori darajada ortganini qayd etgan.

4

Ta’lim va madaniyat.

Siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish

bilan bir qatorda, Turkiya madaniy, ilmiy va akademik aloqalarni
mustahkamlash uchun TDT doirasida Qozog‘iston bilan o‘zaro faoliyat olib
bormoqda. Xususan, Turkiy Akademiya va TURKSOY kabi insitutlarni alohida
ta’kidlash lozim. Turkiy Akademiya 2010-yilda bevosita Qozog‘istonning birinchi
Prezidenti Nursultan Nazarboyev tashabbusi tashkil etilgan. Nazarboyev turkiy
dunyo masalalarini tahlil qilish uchun tadqiqot markazi ochish g‘oyasini ilgari
surgan biroq asosiy moliyaviy homiy Turkiya Respublikasi sanaladi. Mazkur
Akademiyaning asosiy faoliyati ta’lim loyihalarini amalga oshirish hamda ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirishdan iborat bo‘lib, turkiy xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni
mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat.

5

Xulosa.

Turkiya Respublikasi Qozog‘istonni Markaziy Osiyoda yetakchi

mamlakat sifatida tan oladi va mintaqadagi o‘z ta’sir doirasini mustahkamlash
uchun strategik sherik sifatida ko‘radi. Qozog‘iston uchun esa Turkiya G‘arb va
Yaqin Sharqqa chiqish uchun muhim ittifoqdosh sanaladi. Ikki davlat o‘rtasidagi
hamkorlik TDT doirasida yanada samarali va keng ko‘lamli tarzda namoyon
bo‘lmoqda. Siyosiy, iqtisodiy, transport-logistika, ta’lim va madaniyat sohasidagi
tashabbuslar ikki mamlakatning geosiyosiy manfaatlariga xizmat qilish bilan bir
qatorda mintaqada o‘zaro birdamlikni takomillashtirmoqda. Umuman olganda,
Turkiya-Qozog‘iston strategik hamkorligi TDTning kelajagi va rivojlanishi uchun
muhim omillardan biri sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Aslan, D. H., & Bozyigit, D. (2014). Turkey-Kazakhstan relations: an overview
of mutual relations since the collapse of the soviet union. Kwartalnik Naukowy
Uczelni Vistula, (4 (42), 133-145.

3

Daily Sabah with Agencies. (2025, July 29).

Türkiye, Kazakhstan seek to set new cooperation goals

.

Daily Sabah

https://www.dailysabah.com/politics/turkiye-kazakhstan-seek-to-set-new-cooperation-goals/news

4

Avdaliani, E. (2025, April 30).

The Middle Corridor remains supplementary to major trade routes between the EU

and China

. Central Asia-Caucasus Analyst.

https://www.cacianalyst.org/publications/analytical-articles/item/13864-the-

middle-corridor-remains-supplementary-to-major-trade-routes-between-the-eu-and-china.html

5

Kukeeva, F., Chukubayev, E., Sultanmuratov, N., & Alypkyzy, R. (2019). Public diplomacy and soft power of Turkey

in Kazakhstan. Вестник КазНУ. Серия международные отношения и международное право, 86(2), 16-25.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

179

2. Bozkus, R. Y. (2018). Internal and external determinants of Turkey-
Kazakhstan energy collaboration. Journal of Economic Cooperation &
Development, 39(3), 135-163.
3. Daily Sabah with Agencies. (2025, July 29). Türkiye, Kazakhstan seek to set
new

cooperation

goals.

Daily

Sabah

https://www.dailysabah.com/politics/turkiye-kazakhstan-seek-to-set-new-
cooperation-goals/news
4. Avdaliani, E. (2025, April 30). The Middle Corridor remains supplementary to
major trade routes between the EU and China. Central Asia-Caucasus Analyst.
https://www.cacianalyst.org/publications/analytical-articles/item/13864-the-
middle-corridor-remains-supplementary-to-major-trade-routes-between-the-
eu-and-china.html
5. Kukeeva, F., Chukubayev, E., Sultanmuratov, N., & Alypkyzy, R. (2019). Public
diplomacy and soft power of Turkey in Kazakhstan. Вестник КазНУ. Серия
международные отношения и международное право, 86(2), 16-25.

Библиографические ссылки

Aslan, D. H., & Bozyigit, D. (2014). Turkey-Kazakhstan relations: an overview of mutual relations since the collapse of the soviet union. Kwartalnik Naukowy Uczelni Vistula, (4 (42), 133-145.

Bozkus, R. Y. (2018). Internal and external determinants of Turkey-Kazakhstan energy collaboration. Journal of Economic Cooperation & Development, 39(3), 135-163.

Daily Sabah with Agencies. (2025, July 29). Türkiye, Kazakhstan seek to set new cooperation goals. Daily Sabah https://www.dailysabah.com/politics/turkiye-kazakhstan-seek-to-set-new-cooperation-goals/news

Avdaliani, E. (2025, April 30). The Middle Corridor remains supplementary to major trade routes between the EU and China. Central Asia-Caucasus Analyst. https://www.cacianalyst.org/publications/analytical-articles/item/13864-the-middle-corridor-remains-supplementary-to-major-trade-routes-between-the-eu-and-china.html

Kukeeva, F., Chukubayev, E., Sultanmuratov, N., & Alypkyzy, R. (2019). Public diplomacy and soft power of Turkey in Kazakhstan. Вестник КазНУ. Серия международные отношения и международное право, 86(2), 16-25.