ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
168
TA’LIM TIZIMINI YUKSALTIRISHDA RAQAMLAI
TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Primov Baxtiyor Olim o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti
dekan o‘rinbosari
https://doi.org/10.5281/zenodo.16938632
Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar
maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim
tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini
zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi
bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik
bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari
shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug‘iladi.
Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam,
o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini,
albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasida oliy ta’lim ni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’lim ni modernizatsiya qilish,
ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-
oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar
uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda
xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish
integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning
ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini
kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim
platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion
tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro
e'tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
169
Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun
xizmat qiladi.
Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda
Vatanimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarni har tomonlama yetuk kadrlar etib
shakllantirishda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish
ko‘zlangan maqsadga erishishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan,
bugungi yuksak texnologiyalar zamonida ilmiy bilim, tushuncha va tasavvurlar
hajmi keskin ortib bordi. “Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi sohalari
rivojlanishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayoni vujudga keladi. Bunday sharoitda
malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortib, o‘z sohasi bo‘yicha fundamental
bilimlarni mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan hamda
zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotda qo‘llay oladigan ijodkor
kadrlarni tayyorlash talab etiladi” [2]. Chunki, biz xohlaymizmi yoki yo‘qmi,
bugungi kundagi taraqqiyot ko‘p jihatdan raqamli texnologiyalarining
rivojlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib qoldi. Prezidentimiz ta’birlari bilan
aytganda: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart”. Bu bizga yuksalishning eng qisqa
yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga
raqamli texnologiyalar chuqur kirib bormoqda. Shuning uchun ham yoshlarning
raqamli texnologiyalar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
bugungi zamon talabi sanaladi. Xususan, O‘zbekiston “Ilg‘or xorijiy tajribalar
asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning
pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar” mavzusidagi respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi 2024-yil 20-fevral 251 Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlarning ma’naviyatini
yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha
“Besh tashabbus”ning uchinchi tashabbusi “aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter
texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish”ga [3]
qaratilganligi bejiz emas edi. So‘nggi yillarda axborot texnologiyalarining jadal
rivojlanishi tufayli ta’limni samarali tashkil etishda ularning imkoniyatlaridan
yanada kengroq foydalanila boshlandi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ta’limni
raqamli texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Zero, bugungi kunda ta’lim
muassasalarida foydalaniladigan multimediyalar, kodoskop, kompyuter,
noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska,
proyektorlarning o‘rni beqiyosdir. Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini
oshishiga xizmat qiluvchi vositalardan sanaladi. Xususan, bu kabi texnologiyalar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
170
ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni
faollashishiga, turli raqamli texnologiyalardan foydalana olish imkoniyatining
shakllanishiga imkon yaratadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan
foydalanish auditoriyaning to‘liq qamrab olish va fanga nisbatan ijobiy
munosabatni
uyg‘otishga
sabab
bo‘ladi.
Bugungi
kunda
raqamli
texnologiyalardan
ta’lim
tizimida
foydalanilishi
talabalarga
dars
mashg‘ulotlarini sifatli o‘tilishini ta’minlaydi. Birgina, pandemiya sharoitining
o‘zi ham ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi yaxshi samara
berishini isbotladi. Raqamli ta’limga o‘tishning boshqa ijobiy tomonlari xususida
fikr yuritadigan bo‘lsak, darsliklar elektron shaklda ekranlarga ko‘chadi,
talabalar o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi,
internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi, ta’lim
tizimini yangi bosqichga ko‘taradi, vaqt va mablag‘ sarfini kamaytiradi va
boshqalar. Ayni shuning uchun ham hozirgi kunda jamiyat hayotining barcha
sohalari qatori, ta’lim tizimining ham jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu
jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada
takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega. Buning tasdig‘i o‘laroq, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022- 2026-yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni 41-maqsadining
beshinchi qismida “kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100
mingdan ortiq bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish” [4] belgilanganligi
juda katta ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron
hukumatni rivojlantirish reytingida qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib,
raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonini yanada
takomillashtirish uchun axborot texnologiyalaridan ta’lim berish jarayonini
yanada optimallashtirish, buning uchun esa, o‘sib kelayotgan yosh avlod orasida
axborot texnologiyalarini yanada ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha
qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini
rivojlantirish, turli yoshdagi aholiga Internet tarmog‘ida ishlash, Yagona
interaktiv davlat “Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy
kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va
yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2024-yil 20-
fevral 252 xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan foydala nish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
171
bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga qamrab olgan kompyuter
savodxonligi o‘quv kurslarini tashkil etish, axborot texnologiyalari sohasida
masofaviy, onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etish va
rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish, raqamli
texnologiyalar sohasida yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni
shakllantirish maqsadida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga dasturlashni
o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib berish va boshqalardan iborat.
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va bu boradagi
ishlarning yanada kengaytirilishi ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun juda katta
afzalliklarga ega. Aytaylik, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarning onlayn
shaklda topshirilishi bu ularning ham vaqtini, ham “naqd”ini tejalishiga xizmat
qilmoqda. Yokida ta’lim jarayonida dars mashg‘ulotlarini raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishi ta’limdan ko‘zlangan
maqsadga erishilishiga olib keladi. Misol uchun, raqamli texnologiyalardan
foydalangan holda turli vatanparvarlik ruhidagi video-roliklarning namoyish
etilishi yoshlarning qalbida o‘z Vataniga nisbatan yuksak fuqarolik burchining
shakllanishiga xizmat qilishi mumkin. Shu sababli, ta’lim sohasida ham raqamli
ko‘nikmalarni oshirish muhim ahamiyatga ega va ushbu jarayonni
takomillashtirish uchun ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarga raqamli
texnologiyalarni taqdim etish orqali ularda raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish,
kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya sharoitida
yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish lozim. Bir so‘z bilan aytganda,
raqamlashtirish jarayoni faoliyatimiz samaradorligi, ta’lim sifati, shaffoflik va
hudud xavfsizligini ta’minlashda, o‘qituvchi va talabalarga qulaylik yaratish
barobarida keng imkoniyatlar yaratib berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni – bilim, ta’lim va tarbiya
bo‘ladi: Daryo yangiliklari
2. Ta’lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-
mulohazalar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
“2022-2026- yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevining 2020 yil 5
oktyabrdagi PF6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni.