Авторы

  • Kamola Buzurkhanova
    Andijan State Institute of Foreign Languages Independent Researcher

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.135229

Ключевые слова:

konsept konseptosfera kognitiv tilshunoslik lingvokulturologiya ma’no va tafakkur milliy madaniyat

Аннотация

Mazkur maqolada konseptosfera tushunchasi va uning milliy hamda universal ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Har bir xalq dunyoni o‘ziga xos tarzda idrok etadi va bu til orqali ifodalanadi. Universal konseptlar barcha xalqlarga xos bo‘lsa, milliy konseptlar faqat muayyan madaniyat doirasida shakllanadi. Lakuna konseptlar esa bir xalq konseptosferasida mavjud, biroq boshqa tilda ekvivalenti bo‘lmaydi. Ingliz tilidagi “honour” va o‘zbek tilidagi “hurmat” konseptlari o‘z ifoda vositalari bilan farqlanadi. Olimlar konseptlarni birlamchi, ikkilamchi, metakonsept, ssenariy va segment kabi turlarga ajratadilar. Ushbu tadqiqot konseptlarning milliy tafakkur va madaniyatni anglashdagi o‘rnini ko‘rsatadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

96

INGLIZ, O‘ZBEK VA BOSHQA XALQLAR KONSEPTOSFERASINING

UNIVERSAL, MILLIY VA LAKUNA KONSEPTLARI

Buzurkhanova Kamola Sanjarovna

Andijan State Institute of Foreign Languages

Independent Researcher

e-mail:kamolabu@gmail.com

tel:+998914958312

https://doi.org/10.5281/zenodo.16950078

Annotation

This article examines the concept of the conceptosphere and its universal

and national forms. Each nation perceives the world in its own way, and this is
reflected through language. Universal concepts are common to all nations, while
national ones are shaped within specific cultures. Lacuna concepts exist in one
conceptual sphere but lack equivalents in another. The concept of “honour” in
English and “hurmat” in Uzbek differ in their expressions. Scholars classify
concepts as primary, secondary, metaconcepts, scenarios, and segments. The
study highlights the importance of concepts in understanding national thought
and culture

.

Key

words:

concept;

conceptosphere;

cognitive

linguistics;

Linguoculturology; meaning and thinking; national culture

Аннотация

В

статье

рассматривается

понятие

концептосферы

и

её

универсальные и национальные проявления. Каждый народ воспринимает
мир по-своему, и это отражается в языке. Универсальные концепты
свойственны всем народам, тогда как национальные формируются только
в определённой культуре. Лакуны представляют собой концепты,
существующие в одной концептосфере, но не имеющие эквивалента в
другой. Концепт «honour» в английском и «hurmat» в узбекском
выражается разными средствами. Учёные классифицируют концепты как
первичные,

вторичные,

метаконцепты,

сценарии

и

сегменты.

Исследование подчёркивает роль концептов в понимании национального
мышления и культуры.

Ключевые

слова:

концепт;

концептосфера;

когнитивная

лингвистика; лингвокультурология; смысл и мышление; национальная
культура

Annotatsiya

Mazkur maqolada konseptosfera tushunchasi va uning milliy hamda

universal ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Har bir xalq dunyoni o‘ziga xos tarzda idrok


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

97

etadi va bu til orqali ifodalanadi. Universal konseptlar barcha xalqlarga xos
bo‘lsa, milliy konseptlar faqat muayyan madaniyat doirasida shakllanadi. Lakuna
konseptlar esa bir xalq konseptosferasida mavjud, biroq boshqa tilda ekvivalenti
bo‘lmaydi. Ingliz tilidagi “honour” va o‘zbek tilidagi “hurmat” konseptlari o‘z
ifoda vositalari bilan farqlanadi. Olimlar konseptlarni birlamchi, ikkilamchi,
metakonsept, ssenariy va segment kabi turlarga ajratadilar. Ushbu tadqiqot
konseptlarning milliy tafakkur va madaniyatni anglashdagi o‘rnini ko‘rsatadi.

Kalit

so`zlar

:

konsept;

konseptosfera;

kognitiv

tilshunoslik;

lingvokulturologiya; ma’no va tafakkur; milliy madaniyat

Konseptosfera termini D.S.Lixachevning “Rus tili koseptosferasi”nomli

maqolasi orqali kognilingvistik ilmiy muloqatga o‘tgan asrning oxirida kirib
keldi. D.S.Lixachev konseptosfera deganda konseptlarning inson ongida
tartiblashtirilgan yig‘indisini tushunadi.

Bizni o‘rab turgan olam turfa qismlardan iborat ekanligi olam va uning

bo‘laklari haqidagi bilimlar va obrazlar ham turli tuman ekanligidan dalolat
beradi. Bunday bilimlar olam, inson va uning tafakkuri munosabatlari rakursida
yuzaga keladi. Borliq, xususan inson yashayotgan tabiiy, ijtimoiy muhit, haqidagi
daslabki bilimlar bevosita jonli kuzatuvlar, sezgi a’zolarining bevosita ishtiroki
(achchiq, shirin katta, kichik, dumaloq, yassi), turli sharoit, vaziyatga tushish
(qiyin, oson, havfli, havfsiz, yolg‘iz, hamjihatlikda), predmet, hodisalarni
qiyoslash, umumiy va differensial belgilarini aniqlash yoki (ilmiy - tahliliy
yondashuvlar) mavjud bilimlarni taftishlash, isloh qilish va korreksiyalash
kabilar orqali amalga oshadi. Obyektiv borliq in’ikosi, idroki inson tafakkuri,
ongli va maqsadli amallari orqali tafakkur birligi bo‘lmish konseptda o‘zining
mental ifodasini topadi. Millatlar, elatlar, turli ijtimoiy qatlamlar va individlar
ongidan o‘rin olgan konseptlar ularning tayanch va ikkinchi darajali belgi-
xususiyatlari u yoki bu predmet hodisa va ular o‘rtasidagi mavjud relyatsion
munosabatlarning atributlari sifatida inson xotirasida bilimlar zahirasi sifatida
muhrlanadilar. U yoki bu predmet hodisaga aloqadorligiga ko‘ra shakllangan,
tizimlashgan konseptual bilimlar inson miyasida maxsus ajratilgan, “uya” lardan
o‘rin oladilar. Ular birgalikda noverbal konseptosferani tashkillaydilar.

Inson konseptlar orqali fikrlaydi, turli mental amal (operatsiyalar)lar orqali

ensiklopedik bilimlarga erishadi. Ushbu jarayonda til va uning unsurlari
ishtiroki zarur emas. Inson fikrlash faoliyatining asosida universal predmet kodi
yotadi. Universal predmet kodi birligi sifatida predmetlarning hissiy obrazlari
xizmat qiladi va ular olingan bilimlarni kodlaydilar, konsept tarkibidan o‘rin
olgan hissiy obraz konsept haqidagi ma’lumotni kodlashtiradi va uni mental


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

98

birlik sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda,
individ fikrlash jarayonida ratsional bilimlar jo bo‘lgan obrazlar bilan ish ko‘radi.
UPK har bir fikrlovchi shaxs ongida uning individual hissiy hayotiy tajribasi va
salohiyatiga mos ravishda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.

Har bir millat, elat, yoki shaxs olamni o‘zicha ko‘radi, idrok etadi,

konseptuallashtiradi va u inson tilida o‘z aksini topadi. Shu nuqtai nazardan har
bir til olamning o‘zgacha lisoniy manzarasiga ega bo‘ladi. Inson o‘z bilimlarini
so‘zga muhrlaydi. Keyingi paytlarda tilda o‘z aksini topgan bilimlar majmui
lisoniy o‘rtada turuvchi olam, olamning lisoniy modeli, olamning lisoniy
reprezentatsiyasi, olamning lisoniy manzarasi deb atalmoqda.

Bizningcha, inson ongidagi obrazlar tizimining tildagi ma’nosi olamning

lisoniy manzarasi yoki tasviri deb atalgani maqbul. Olamning lisoniy manzarasi
milliylik xususiyatiga ega ekanligi bois u insonni olam va uning bo‘laklariga
bo‘lgan munosabatni shakllantiradi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, olamning
milliy lisoniy manzarasi insonlarning xulq-atvori, uning me’yorlari va olamga
bo‘lgan munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday inson orqali
obyektivlashgan munosabat, baho kabilar jamoa idroki, qarashlarining falsafiy
asoslarini tashkillaydilar va barcha jamoa a’zolari tilidan o‘rin oladilar.

Inglizlarning muloqot jarayonida honour konseptining verbal vositalari

qatorida boshqa noverbal (narsa), buyum, ashyo va boshqa vositalar ham uning
ifodasi vazifasida kelishi mumkin. Buni tasvirlash uchun quyidagi mikromatnga
murojaat qilamiz: And so on that Saturday morning The friends of Don Corleone
streamed out of New York city to do him honor. They bore cream -colored
envelopes stuffed with cash as bridal gifts, nor checks inside of each envelope a
card established the identity of the giver and the measure of his respect for the
God father. A respect truly earned.

Mazkur matning mazmunida shunday axborot yotadi: Don Karleonening

Nyu Yorkdagi do‘stlari uning to‘yiga unga hurmat bajo keltirish uchun keladilar.
To‘yga kelgan mehmonlarning qo‘lida naqd pulga to‘la konvert (sovg‘a). Har bir
konvert ichida sovg‘a beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bor. Haqiqatda
ham bu hurmat o‘zini allaqachon oqlab bo‘lgan hurmat edi.

Bizning fikrimizcha, ushbu matnda hurmat pul orqali, tashrif buyurganlar

boy – badavlat kishilar bo‘lib, ular to‘y bahona o‘z rahnamosini shu yo‘l bilan
sharaflamoqdalar. Bunday hurmat ko‘rsatish boylar ijtimoiy guruhiga mansub
kishilar orasida hurmat va e’tiborning normal va odatiy odab - axloq qoidalari
sifatida qabul qilganligini e’tirof etadigan bo‘lsak “honor” ma’lum ijtimoiy qatlam
yoki sotsial guruhga xos konsept sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

99

konseptlar muloqot jarayonida konseptni stereotiplangan tarzda funksional
qo‘llash mumkunligidan dalolat beradi.

Intranatsional konseptlar qatorida internatsional (universal) konseptlar

ham farqlanmoqda (G‘.M.Xoshimov 2010, M.A.Abduvaliyev 2023). Prof.
M.A.Abduvaliyevning yozishacha, internatsional konseptlar, “aksariyat ko‘p
millat va xalqlar lisoniy tafakkuriga xos konseptlar (sevgi-love, baxt-happiness,
zamon-time, suv-water, qayg‘u - sorrowdir. Bunday konseptlar dunyo xalqlari
konseptosferasi tarkibidan muhim o‘rin olgan olamning assotsiativ va ratsional
idrok etish orqali yuzaga kelgan faktual va mental konseptlardir. Konseptlarning
globallik jihati asosan ularning tayanch belgi-xususiyatlari, semantkasida ba’zan
ikkinchi darajali belgi-xususiyatlari va semantikasida namoyon bo‘ladi. Biz
ularni konseptning aktual va noaktual (passiv) belgi-xususiyatlari deb ataymiz.
Masalan, tolerantlik (bag‘rikenglik) dunyo xalqlari konseptosferasida mavjud
bo‘lgan konseptlar sirasiga kiradi. Uning tayanch konseptual belgisi: “Sizga
o‘xshamagan, o‘y-fikrlari va xulq-atvori siz xohlangandek bo‘lmagan kishilarga
nisbatan toqatli bo‘lishi yoki ularga ochiq ko‘ngillilik bilan yondashishlik”dir.

A.Kontrilovichning haqli fikriga ko‘ra, ingliz tilidagi punishment, o‘zbek

tilidagi “jazo”, rus tilidagi “наказание” konseptlarini ijtimoiy-baholovchi
konseptlar tipiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki bunday konseptlar
sifatida ingliz, o‘zbek, rus tilli jamiyatlardagi norma va qonunlar xizmat qiladi.

Lingvomadaniy konseptologiya vakillaridan biri G.G. Slishkin konseptni

birlamchi, ikkilamchi va metakonseptlarga ajratadi. Metakonseptlar deganda
semiotik tuzilmalar shakllangan dastlabki konseptuallashtirish natijalarini qayta
idrok etish asosida yuzaga kelgan konseptlarni tushunadi.

Shuningdek, u konsept nominatsiyasi zichligini namoyon bo‘lishi, konsept

evolyutsiyasidagi metaforik ifodalarning yuzaga kelish ko‘rsatkichlarini inobatga
olgan holda lingvomadaniy konseptlarning proporsional, shakllanib bo‘lgan,
shakllanayotgan, chegaralangan va rudimentar tiplarini taklif etadi.

G.G. Slishkin konseptsiyasida yolg‘iz predikat konseptlar va pretsedent

olamlar konseptlari farqlanganini ko‘rish mumkin. Yolg‘iz konseptlar individual,
voqeaviy, jug‘rofik obyektlar sifatida namoyon bo‘lsa, pretsedent olamlar
tasavvur qilinayotgan olam (badiiy olam) va rekonstruksiyalashgan tarixiy
olamlardir. Bunday tasnif lingvomadaniy konseptlarni til, tafakkur va madaniyat
munosabatlari nuqtai nazaridan tadqiq etishda qo‘l keladi.

Bunday konseptlar ham individ va jamoa ongida mavjudligini inobatga

olinadigan bo‘lsa, pretsedent konseptlarni ham individul va jamoaviy konseptlar
deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylaymiz.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

100

A.P.Babushkin tafakkur sur’atlari predmet realiyalar va mifologema (angel,

smert, petux) lardan iborat bo‘ladi deb hisoblaydi. Konsept sxemalar “makon”
ma’noli (река, деревью, дорога) kabi so‘zlarda namoyon bo‘lishi, konsept -
giperonimlar leksikada gipo-giperonimik aloqalarni aks ettirishi (masalan, obuv
– eto tufli batinka, sandali), konsept-freymlar assotsiatsiyalar yig‘indisini o‘zida
saqlovchi, ma’lum vaziyat bilan bog‘liq ravishda xotiradan olinadigan leksema
(больница – это врачи, медсестры, больные, отделения, палаты, запахы,
лаборатории, приёмный пакой и т.д) sifatida tavsiflangan.

F.P.Babushkin, konsept- insaytlar deganda tuzilishi sodda bo‘lgan

denotatlarni ifodalovchi leksemalarni nazarda tutadi va ular jamiyatning har bir
a’zosiga yoshlik paytlaridanoq ma’lum bo‘lgan konseptlar ekanligini
ta’kidlaydi.(зонтик – это присобение для защиты от дождя.)

Konsept ssenariylar, uning nazarida, voqealar rivoji va harakatlar

dinamikasini ko‘rsatuvchi leksemalardir (драка,lекция).

Koleydostopik konseptlar (yoki ijtimoiy yo‘nalishdagi mavhum otlar

konseptlari) deganda A.P.Babushkin ortida konsept – ssenariy, freym sxemalar,
tafakkur sur’atlari, qator boshdan kechirgan holatlar va sezgilar turgan
leksemalarni tushunadi.

Sohaning taniqli vakillari, lingvokognitologiyaning Voronej universiteti

maktabi vakillari Z.D.Popova va I.A.Sternin konseptlarning 3 ta tip modellarini
ajratadilar, bir sathli, ko‘p sathli va segment konseptlar.

Ularning yozishicha, bir sathli konseptlarning asos qatlamini faqatgina sezgi

yadro tashkil etadi. Bunday konseptlarga predmetlik obrazlari, ba’zi konsept –
tasavvurlar, maishiy konseptlar (жёлтый, «солнечный» солёный, ложка,
тарелка и т.д) misol bo‘la oladi. Ko‘p sathli konsept shunday konseptki, uning
mazmun mundarijasi asos qatlamga turli darajada aloqador bo‘lgan bir qancha
kognitiv belgilardan iborat bo‘ladi. Segment konsept asos sezgi qatlami va
boshqa qatlamlardan iborat bo‘lib, ular mavhumlashish darajasiga ko‘ra teng
hisoblanadilar.

Z.D. Popova va I.A.Sterninlarning to‘g‘ri ta’kidicha, “толерантность”

quyidagi 11 ta segmentlar tashkillaydi:

- siyosiy tolerantlik, ilmiy tolerantlik, maishiy tolerantlik, pedagogik

tolerantlik, adminstrativ tolerantlik, diniy tolerantlik, etnik tolerantlik, sport
tolerantligi, musiqiy tolerantlik, tibbiy tolerantlik va ekologik tolerantlik.

Endemik konseptlar chog‘ishtirilayotgan ingliz va o‘zbek xalqlaridan birida

uchrasa, lakuna konseptlar ma’lum xalqlar konseptosferasida mavjud bo‘lgan
lekin boshqa bir xalq konseptosferasida mavjud bo‘lmagan konseptlardir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

101

Masalan, salla, belbog‘, pushti kamar, namoz, rakat o‘zbek tilida the Holy Father
(the Pope) pie, broth, Halloween, rus tilida человек, который говорит правду,
третинка, новожили kabilarni shu toifa konseptlar sirasiga kiritish mumkin.
Boshqa xalqlarda muvofig‘i bo‘lmagan bunday konseptlar noekvivalent
konseptlardir. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, bunday konseptlar
ekvivalenti bo‘lmagan til birliklari orqali aniqlanadi. Shu nuqtai nazardan, shuni
alohida ta’kidlash lozimki, konseptning so‘z nominantiga ega emasligi
konseptning noekvivalentligidan darak bermaydi. Chunki u yoki bu konsept
boshqa tilda turg‘un so‘z birikmalari, ya’ni frazeologizmlar orqali voqelashuvi
mumkin. Shunisi qiziqki, noekvivalent birliklar xalq tafakkuridagi konseptning
unikalligi va o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi asosiy indikator rolini bajaradi.

Adabiyotlar ro`yhati:

1.

Бабушкин, А. П. (1996). Типы концептов в лексико-фразеологической

семантике языка. Воронеж: Изд-во Воронежского гос. ун-та.
2.

Жинкин, Н. И. (1998). О кодовых переходах во внутренней речи. В Н.

И. Жинкин, Язык. Речь. Творчество (сс. 146–162). Москва: Лаборант.
3.

Контрилович, Л. А., & Накасания, Л. В. (2005). Антология концептов.

Том I. Город (с. 188). Москва: Парадигма.
4.

Лихачёв, Д. С. (1997). Концептосфера русского языка. В Русская

словесность: Антология (сс. 28–37). Москва: Академия.
5.

Попова, З. Д., & Стернин, Ч. А. (2005). Основные черты семантико-

когнитивного подхода к языку. В Антология концептов (Т. 1, сс. 7–13).
Волгоград: Парадигма.
6.

Попова, З. Д., & Стренин, И. А. (2001). К методологии лингво-

когнитивного анализа. Филология и культура, Ч. 1, 187–193. Тамбов.
7.

Слышкин, Г. Г. (2000). От текста к символу: Лингвокультурные

концепты прецедентных текстов в сознании дискурса. Москва: Академия.
8.

Выготский, Л. С. (1982). Мышление и речь (Т. 2). Москва: Педагогика.

9.

Abduvaliyev, M. A. (2023). “To‘siqsizlik” konsepti nominativ maydonini

tashkil etuvchi birliklarning kognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik
xususiyatlari (ingliz, o‘zbek va boshqa tillar misolida) (Doktorlik dissertatsiyasi).
Andijon.
10.

https://ru.wikipedia.org

11.

https://uzbaza.uz/til-haqida-maqollar.

Библиографические ссылки

Бабушкин, А. П. (1996). Типы концептов в лексико-фразеологической семантике языка. Воронеж: Изд-во Воронежского гос. ун-та.

Жинкин, Н. И. (1998). О кодовых переходах во внутренней речи. В Н. И. Жинкин, Язык. Речь. Творчество (сс. 146–162). Москва: Лаборант.

Контрилович, Л. А., & Накасания, Л. В. (2005). Антология концептов. Том I. Город (с. 188). Москва: Парадигма.

Лихачёв, Д. С. (1997). Концептосфера русского языка. В Русская словесность: Антология (сс. 28–37). Москва: Академия.

Попова, З. Д., & Стернин, Ч. А. (2005). Основные черты семантико-когнитивного подхода к языку. В Антология концептов (Т. 1, сс. 7–13). Волгоград: Парадигма.

Попова, З. Д., & Стренин, И. А. (2001). К методологии лингво-когнитивного анализа. Филология и культура, Ч. 1, 187–193. Тамбов.

Слышкин, Г. Г. (2000). От текста к символу: Лингвокультурные концепты прецедентных текстов в сознании дискурса. Москва: Академия.

Выготский, Л. С. (1982). Мышление и речь (Т. 2). Москва: Педагогика.

Abduvaliyev, M. A. (2023). “To‘siqsizlik” konsepti nominativ maydonini tashkil etuvchi birliklarning kognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari (ingliz, o‘zbek va boshqa tillar misolida) (Doktorlik dissertatsiyasi). Andijon.