ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
193
MORTIMER ADLERNING KONSEPTUAL FIKRLASH NAZARIYASI VA
SUN’IY INTELLEKTNING FALSAFIY CHEGARALARI
Suyunova Noila
https://doi.org/10.5281/zenodo.17002522
Annotatsiya
Ushbu tezisda Mortimer Adlerning inson tafakkuriga oid konseptual
fikrlash nazariyasi va sun’iy intellektning (SI) falsafiy imkoniyatlari tahlil
qilinadi. Adlerga ko‘ra, konseptual fikrlash insonni boshqa mavjudotlardan va
texnik vositalardan ajratib turadigan asosiy gnoseologik xususiyatdir. Biroq
zamonaviy SI texnologiyalari abstrakt mulohazalarga yaqin jarayonlarni amalga
oshirayotgandek ko‘rinadi. Ma’ruzada Adler nazariyasi va SI rivojlanishi
o‘rtasidagi munosabat, ularning gnoseologik va ontologik farqlari, shuningdek
“fikrlash” tushunchasini qayta aniqlash zarurati falsafiy nuqtai nazardan
yoritiladi.
Abstract
This paper analyzes Mortimer Adler’s theory of conceptual thinking in
relation to the philosophical implications of artificial intelligence (AI). According
to Adler, conceptual thinking is the central epistemological feature that
distinguishes human beings from other creatures and technical instruments.
However, modern AI technologies appear to perform processes that resemble
abstract reasoning. The paper explores the relationship between Adler’s theory
and the development of AI, focusing on their epistemological and ontological
differences, as well as the philosophical necessity of redefining the concept of
“thinking” in the contemporary context
Inson tafakkurining mohiyatini aniqlash falsafaning eng qadimiy
muammolaridan biridir. Aristotelning “logos” haqidagi ta’limotidan boshlab,
Dekartning “cogito”si, Kantning “aql kategoriyalari”gacha bo‘lgan izlanishlarda
inson tafakkuri doimo o‘ziga xos va noyob fenomen sifatida talqin qilingan.
Mortimer Adler ushbu an’anani davom ettirib, insonni boshqa mavjudotlardan
ham, texnik vositalardan ham ajratib turuvchi xususiyatni konseptual fikrlash
qobiliyati deb ta’kidlaydi.Bugungi kunda esa sun’iy intellekt (SI)ning rivoji bu
nazariyani qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Chunki SI insoniy tafakkurni
taqlid qila boshladi va shu orqali “fikrlash” tushunchasining o‘zi falsafiy
muhokama markaziga aylangan.
1. Adlerning konseptual fikrlash nazariyasi
.Adler “The Difference of Man
and the Difference It Makes” asarida insonni hayvondan ajratib turadigan asosiy
belgi
sifatida
umumiy
tushunchalarni
shakllantirish
qobiliyatini
ko‘rsatadi.Hayvonlar sezgi darajasida narsalarni idrok qiladi, ammo
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
194
tushunchaga ko‘tarmaydi.Mashinalar hisoblashni amalga oshiradi, ammo bu
jarayon semantik anglashdan xoli.Faqat inson abstrakt tushunchalarni ishlab
chiqadi va ularni mantiqiy ta’riflarga joylashtiradi.Adler uchun konseptual
fikrlash nafaqat gnoseologik, balki ontologik jihatdan ham insonning o‘ziga
xosligini belgilaydi. Bu qarash Aristotelning “zoon logon echon” – “logosli
mavjudot” haqidagi ta’limotiga uyg‘un keladi.
2. Sun’iy intellekt va “fikrlash” muammosi.
Zamonaviy SI modellarining
imkoniyatlari (matn yaratish, tilni qayta ishlash, obrazlarni umumlashtirish)
insoniy konseptual faoliyatga yaqin ko‘rinadi. Ammo bu jarayonlarning
mohiyatini falsafiy tahlil qilganda quyidagi farqlar ochiladi:Searle’ning “Chinese
Room” argumenti SI “belgilar bilan manipulyatsiya qiladi”, lekin ularning
ma’nosini anglamaydi. Bu – sintaktik faoliyat, ammo inson tafakkuri esa
semantik anglashga asoslanadi.Heidegger nuqtayi nazaridan SI mavjudlikning
“Dasein” tajribasidan mahrum. Inson dunyo ichida mavjudlikni anglaydi, SI esa
“dunyoda yashamaydi”.Kant falsafasi asosida inson tajribasi kategoriyalar orqali
tashkil etiladi, SI esa kategoriyalarni yaratmaydi, balki berilgan ma’lumotni
qayta ishlaydi.Demak, SIning faoliyati insoniy tafakkurga tashqi tomondan
o‘xshash bo‘lsa-da, ichki mohiyati tamoman boshqa.
3. Adler va SI o‘rtasidagi falsafiy ziddiyat va uyg‘unlik.
Adlerning
nazariyasiga ko‘ra, SI insoniy konseptual fikrlashni egallay olmaydi. Chunk unda
ontologik ong yo‘q va
maqsadli va erkin iroda mavjud emas,shuningdek,ma’no
yaratish qobiliyatidan mahrum.Ammo SI taraqqiyoti Adler nazariyasini yangi
falsafiy bosqichga olib chiqadi. Chunki bugungi kunda “fikrlash” atamasini faqat
insoniy ong bilan cheklash tobora qiyinlashib bormoqda. Falsafa oldida savol
tug‘iladi:Agar SI konseptual faoliyatni faqat “taqlid” qilsa, unda “fikrlash”ni
qanday aniqlash kerak?
Insoniy ongning noyobligi texnik intellekt fonida qay
tarzda asoslanadi?
“Fikr” tushunchasini toraytirish kerakmi yoki uni texnik
jarayonlarga ham tatbiq etish mumkinmi?
Bu savollar Adlerning merosini inkor
etmaydi, balki uni kengaytirib, yangi gnoseologik ufqlar ochadi.Mortimer
Adlerning konseptual fikrlash nazariyasi inson tafakkurining noyobligini
ta’kidlaydi va uni boshqa intellekt shakllaridan ajratadi. Sun’iy intellektning
rivoji esa ushbu nazariyani yangicha talqin qilishga majbur qilmoqda. Falsafiy
jihatdan SIning “fikrlashi” inson tafakkuriga o‘xshash ko‘rinsa-da, u sintaktik
jarayon bo‘lib, insonning semantik va ontologik anglashidan farq qiladi.
Demak, Adlerning qarashlari bugun ham dolzarb: ular SI rivojiga qarshi
emas, balki uni tushunish uchun konseptual asos yaratadi. Shu bilan birga, SI
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
195
tufayli “fikrlash”, “ong” va “konseptual faoliyat” tushunchalarini qayta ochish
falsafaning yangi vazifasiga aylanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Adler, M. J. The Difference of Man and the Difference It Makes. New York: Holt,
Rinehart and Winston, 1967.
2. Adler, M. J. Ten Philosophical Mistakes. New York: Macmillan, 1985.
3. Searle, J. R. “Minds, Brains, and Programs.” Behavioral and Brain Sciences,
3(3), 1980, pp. 417–457.
4. Heidegger, M. Being and Time. Harper and Row, 1962.
5. Kant, I. Critique of Pure Reason. Cambridge University Press, 1998 (asl nashr:
1781).
6. Floridi, L. The Ethics of Artificial Intelligence. Oxford University Press, 2020.
7. Russell, S., & Norvig, P. Artificial Intelligence: A Modern Approach. 4th ed.,
Pearson, 2021.
8. Tegmark, M. Life 3.0: Being Human in the Age of Artificial Intelligence. New
York: Knopf, 2017.