ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
171
XO’JAOBOD GAZNI YER OSTIDA SAQLASH INSHOOTI QUDUQLARIDA
MURAKKAB QUM TIQINLARIGA QARSHI KURASHISH USULLARI
Mamatova Nigora Navruz qizi
1
“Neft va gaz konlarini ishga tushirish va
undan foydalanish “ ta’lim yo’nalishi II kurs
magistranti:
Xabibullayev Saidaziz Shoxsuvarovich
2
ilmiy rahbar:
dots., phd.
1-2
Toshkent Davlat Texnika universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7091329
Annotatsiya: Ushbu maqolada, gazni yer osti da saqlash inshooti quduqlarida qum
tiqinlari, yoki qattiq zarralarni tozalash
ni takomillashtirish maavzusida so’z
bordi. Tabiiyki maqolada keltirilgan ma’lumotlar barcha kon lar uchun ham
tegishlidir.
Kalit so’zlar: qum tiqinlar, quvurlar, magistral quvur, organic, noorganik
moddalar, tazyiqli Baronyan
–Vezirov yig‘ish tizimi
.
Respublikamiz bo’yicha to’rtda –
Gazli , Xo’jaobod, Shimoliy So’x gazni yer
ostida saqlash nshootlari mavjud bo’lib, ular asosan yer osti gaz omborlari sifatida
60-
yillar o’rtalaridan “O’ztransgaz” davlat birlashmasi tizimida qurila boshlagan.
O’zbekistonda “O’ztransgaz”AJ tabiiy gazni yetkazib berish, saqlash va
realizatsiya qilish bilan shug’ullanadi. 1999 yilga kelib ulkan salohiyatga ega gaz
omborlaridan biri Andijon viloyatida joylashgan “Xo’jaobod” gazni yer ostida
saqlash omborining birinchi navbati ishga tushurildi. Ushbu gazni yer ostida
saqlash inshooti Farg’ona vodiysi viloyatlari va halq xo’jaligi ob’ektlarini qish
mavsumida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Andijon viloyatidagi
“Xo’jaobod” neft
-
gaz konining ishlab tugab bo’lgan
qatlamlari bazasida 1996-
1998 yillarda qurilgan. 1996-yilda XIX-XXII gorizontlarda umumiy gazni saqlash
hajmi yiliga 1,8*10
9
m
3
ni tashkil qilsa, undan tashqari uning faol gaz saqlash hajmi
900mln m
3
va bufer gaz saqlash hajmi yiliga 900mln*10
9
m
3
ni tashkil qiluvchi yer
osti gaz saqlash omborini ishlatish loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu inshoot
joylashgan hududning iqlimi keskin kontinental hisoblanadi.
Kompressor stansiyasi yordamida ushbu inshootda sig’imi 900mln.m
3
bo’lgan
yer osti gaz ombori, g
az xaydash agregatlariga ega. “Xo’jaobod” gazni yer ostida
saqlash inshooti kompleksining umumiy quvvati 42300kVt bo’lgan kompressor
stansiyasi va ikkita gaz to’plash punktlarini mujassamlashtirgan bo’lib 62ta gaz
qudug’idan foydalanadi. “Xo’jaobod” GYOSId
a asosan bahor va yoz mavsumida
kompressor stansiyasiga 20-25 atmosferagacha bosimda tabiiy gaz qabul qilib
olinadi, miqdori o’lchanadi va suyuqlikdan, mexanik zarrachalardan tozalanadi.
U yerdagi gazninig bosimi 250 atmosferagacha ko’tariladi, sovutilgan
dan keyin
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
172
esa gaz quduqlariga xaydaladi. Shu tarzda gaz quduqlari orqali xaydalgan gaz yer
osti qatlamlarida jamlanadi. Kuz-qish mavsumida yer osti qatlamlarida
to’plangan gaz zaxirasi yana quduqlar orqli gaz to’plash punktlarida yig’iladi va
gazni tayyorlash sexiga uzatiladi. U yerda gaz past xaroratli separatorlarda
tozalanadi, quritiladi va magistral gaz quvurlariga uzatiladi.
Kon gazlari GSP va KRP larda yig‘iladi. GSP va KRP larda quyidagi jixozlar
o‘rnatiladi:
1.
Separatorlar
–
qattiq yoki suyuq qismlardan tozalash uchun separatorlar
soni hisob-
kitoblar orqali aniqlanadi, biroq ular kamida ikkita bo‘lishi lozim, biri
buzilganda ikkinchisi ishlashi kerak. Har qaysi separator suv, kondensat va turli
zarrachalarni chiqarib tashlovchi qurilmalar, shuningdek ishchi bosimdan 10-
15%
katta bo‘lgan ehtiyot klapanlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
2.
Nazorat o‘lchov asboblari.
Bu asboblarga termometrlar, manometrlar,
sarf o‘lchagichlar (rasxodomerlar) kiradi.
3.
«O‘zidan oldin» va «o‘zidan keyin»
prinsiplarida ishlaydigan bosim
boshqargichlari (regulyatorlari).
4.
Metanolli qurilmalar
-
gaz quvurlarida gidrat hosil bo‘lishini oldini olish
va hosil bo‘lgan gidrat tiqinlarini bartaraf qilish uchun o‘rnatiladi.
5.
Maxsus hid beruvchi moslamalar
- qurilma va quvurlarda sizilish yuz
berganda darhol bilish uchun qo‘llaniladi.
Gaz quduqlari mahsuloti gaz va minerallashgan qatlam suvlarining
aralashmasini namoyon qiladi. Ko‘pincha gaz va suv tabiiy aralashish natijasida
emulsiyani hosil qiladi. Bundan tashqari gaz quduqlari mahsuloti tarkibida
gazdan tashqari suyuk fazalar tomchi ko‘rinishida va suv bug‘lari bo‘lishi mumkin.
Shuningdek quduq mahsuloti tarkibida gaz va suyuqlikdan tashqari turli xil
mexanik aralashmalar: qum va gil zarralari hamda gaz tarkibidan ajraladigan
qattiq uglevodorodlar
–
parafinlar bo‘ladi. Shu sababli gazni yig‘ish va jo‘natishga
tayyorlash hamda quduqdan chiqayotgan mahsulotni o‘lchash uchun kon
hududida quvurlar, apparatlar va qurilmalar sistemasi quriladi. Konda gazni
yig‘ish tizimi quduqdan to gazni tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan quvurlar,
o‘lchov asboblari va yig‘ish punktlarini o‘z ichiga oladi. Quduqlardan kelayotgan
gazni yig‘ish va tayyorlashning bir necha tizimlari mavjud.
Tazyiqli Baronyan
–Vezirov yig‘ish tizimi
.
1946 yilda Bakulik muhandislar
tomonidan yaratilgan bu tizim birinchi yopiq holda ishlagan neft yig‘ish va
tayyorlash tizimi bo‘lib hisoblanadi (1
-rasm).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
173
Bu tizimda gazni yig‘ish uchun quduqlar (1,12,13) ustidagi bosim 0,5
-0,6
MPa atrofida saqlanib turilishi
kerak. Bunday bosim neftni boshlang‘ich yig‘ish va
o‘lchash punktlaridagi o‘lchov asbobiga va undan keyin esa gazni tayyorlash
uskunalarigacha yetib borishini ta’minlaydi. Agar quduqlar ustidagi bosim 0,6
MPa dan ortiq bo‘lgan hollarda quduq oldida maxsus
gaz separatorlar (2)
o‘rnatiladi va neftdagi erigan gaz ajratib olinib, yig‘ish tizimiga yo‘naltiriladi. Neft
quduqlardan chiqib yo‘naltiruvchi quvurlar orqali o‘lchash asbobiga (3) yetib
keladi. Bu yerda har bir quduq mahsulot miqdori navbati bilan o‘lcha
nadi. Bir
o‘lchov asbobiga yettitagacha quduq qo‘llanilishi mumkin. O‘lchov asbobidan
keyin ajratilgan gaz maxsus separatorga (5) yuborilib, u yerdan 0,1 MPa
bosimgacha gazdan neft tomchilari ajratib olinadi va gaz quritgishga
yo‘naltiriladi. Bu yerda gaz quritilib, tozalangandan so‘ng yuqori bosimli
kompressorlar (11) ga uzatiladi. Kompressorlarda gaz yuqori bosimgacha siqiladi
va gazdagi kondensatni ajratib olish uchun yana bir gaz-separator (10) ga
yo‘naltiriladi. Bu yerdan chiqqan to‘liq tozalangan gaz
gazni qayta ishlash zavodi
(GQIZ) ga yoki gazlift usulida ishlovchi quduqlar (13) ga yuboriladi. O‘lchov
asboblaridan chiqqan neft tindirgichlar (6) ga yo‘naltiriladi. Bu tindirgichlarda
neftdan suv va qattiq moddalar (qum zarrachalari) ajratib olinadi. Tozalangan
neft katta hajmdagi maxsus saqlagichlar (7) ga yuboriladi.Tayyor mahsulot
holidagi neft saqlagichlardan neftni qayta ishlash zavodiga yoki temir yo‘ldagi
neft quyish estakadalariga neft quvurlari orqali nasos stansiyasi yordamida
haydaladi.
Tindirgichlardan ajratib olingan suv va qum birgalikda qum separatorga
kelib tushadi. Bu yerda qum suvdan ajratib olinadi, suvni maxsus suv yig‘iladigan
hovuzlarga jo‘natiladi.U yerda suv yuzida yig‘ilgan neft nasoslar orqali tortib
olinib tindirgichlarga yuboriladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
174
1-rasm. Tazyiqli Baronyan-
Vezirov yig‘ish tizimi.
1,12,13-quduqlar,
2,4,5,10-gaz separatorlari,
3-
o‘lchash asbobi,
6- neft tindirgichi,
7-saqlagichlar,
8-qum separatori,
9,11-kompressorlar.
Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma
–
xilligi bilan
farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft,
kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar
aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim
sarf
ini oldindan separatsiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy–
texnik muammo
hisoblanadi. Hatto separatsion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham
yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar
vujudga keladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
175
Neft va gazni konlarda tayyorlash uchun har xil turdagi asbob
–
uskunalar
ishlatiladi. Bu asbob
–
uskunalar neftdan erigan gazni to‘liq ajratib olish, neftni
qatlam suvlaridan to‘liq tozalash, neft tarkibidagi tuzlarni yuvish va qum
zarrachalarini ajratib olish uchun xizmat qiladi.
Bu asbob
–
uskunalarga ajratgich, tindirgich, qizdirgich, sovutgich,
aralashtirgich, elektrodegidrator, saqlagich va boshqalar kiradi. Neftgaz qazib
oluvchi korxonalarda ko‘pincha gorizontal tindirgichlar qo‘llaniladi. Aralashmani
tindir
ish natijasida ikki qavat tindirilgan fazalar hosil bo‘ladi. Hali tindirilib
ulgurilmagan aralashma ularning orasida joylashadi. Tindirgichlarning asosiy
vazifasi neft emulsiyalarini qizdirgichdan chiqqan oqimini qabul qilib, undan
suvni ajralib chiqishini
ta’minlashdir. Neftdan suvning ajralib chiqishi har ikkala
suyuqliklar zichliklari orasidagi tafovut hisobiga bo‘ladi. Tindirgichning ostki
qismida suv yig‘iladi va suv yuzasiga neft ajralib chiqadi. Tindirgichning ostiga
qum zarrachalari ham o‘tirib qola
di. Tindirgichdan suv chiqarib yuborilayotganda
qum zarrachalari ham suv bilan birga chiqib ketadi va maxsus tozalagishda
suvdan ajratib olinadi.
Xulosa: Barcha konlarda quvurlar ifloslanishi, erroziyalanishi yoki korroziya
xolatiga duch kelishi mumkinligini bilib oldik. Konlardagi quvurlarni ifloslanish
sabablari ham ma’lum bo’ldi, ularni oldini usullarining bir nechtasi ifodalanib
o’tildi.
Gaz konlaridaga magistral quvurlar eng asosiysi hisoblanadi, uni barcha
qattiq zarralardan tozalash soxa vakillari zimmasiga yuklatiladi. Qum
tiqinlarining oqibat akslanuvi quvurlarni tez ishdan chiqishi, yoki, axoliga gaz
yetkazib berishda uning harakat sustlashuviga olib keladi. Qum zarralarini gaz
quvurlariga eltishdan oldin, gaz konlarida soxa vakillari tomonidan turli xil
kimyoviy tozalash ishlari olib boriladi. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida barcha
konlar, tabiiyki, neft konlari ham bundan mustasno emas, chunki, u ham quvurlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
176
orqali yetkaziladi, va quvurlar orqali yer qa’ridan tortib olinadi. Barcha
quvurlarni sifatini nazorat qilish esa soxa mutaxassislari oldidagi vazifalardan
hisoblanadi.
Kon inshootlarida barcha turdagi quvurlarni doimiy nazoratdan o’tkazib
turiladi, bu albatta, gaz konlari uchun ham, aholi qatlamlariga gaz yetkazishning
tezligi uchun ham foydalidir.
Eslatib o’tamiz, yonilg’i konlarida quvurlar nazoratsiz holga kelsa, konlarning eng
kata ziyon ko’rish oqibatiga olib keladi, ammo, barchasi isnon hayoti uchun havfli
ekanligini sedan chiqarmasligimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Лутошкин Г.С. Сбор и подготовка нефти, газа и воды на промыслах.
Учебник для вузов.
-
М.: Недра, 2005.
2. Хафизов
A
.Р., Пестрецова Н.Б. Сбор и подготовка нефти и газа.
Учебное пособие.
-
Уфа: ЮКОС, 2002.
3. Лутошкин Г.С. Сборник задач по сбору и подготовке нефти, газа и
воды на промыслах.
-
М.: Недра, 2001.
4. Akramov B.SH., Sidiqxujaev R.K. Neft va gaz quduqlarini ishlatish.
Darslik. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2002.
5. N.R.Yusupbekov, B.I.Muhamedov, Sh.M.G‘ulomov Texnologik
jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish 2012.
6. N.X.ERMATOV, D.G‘.AZIZOVA, N.M.AVLAYAROVA, B.Yu.NOMOZOV,
R.S.BEKJONOV, A.I.ABDIRAZАKOV, M.X.ASHUROV KONDA NEFT, GAZ,
SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH
7.
Lex.uz
sayti
bo’yicha
qarorlar.
https://lex.uz/docs/
-
1622707?ONDATE2=22.07.2022&action=compare