ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
22
RNKI TEXNOLOGIYASI USULIDAN FOYDALANIB, POMIDORNING
HASHAROTLARGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH
Ibragimova Sh.D.
Ayubov M.S.
Ergasheva.S.M.
Center of Genomics and Bioinformatics, Uzbekistan
https://doi.org/10.5281/zenodo.14287728
Pomidor (
Solanum lycopersicum)
bugungi kunda dunyo miqyosida keng
tarqalgan va iqtisodiy jihatdan muhim bo’lgan sabzavot ekinlaridan biridir. U
antioksidantning muhim manbai hisoblanadi. Pomidorni yetishtirish va qayta
ishlash yil sayin aholi sonining o‘sishi bilan ortib bormoqda. Shuningdek,
pomidor mevasi tarkibidagi likopen, β-karotin, α-tokoferol, polifenollar va C
vitamini kabi inson salomatligiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Ayniqsa likopen va β-
karotin antioksidanlari organizmdagi erkin radikallarni zararsizlantirishda
muhim ro’l o’ynaydi.
Pomidor tashqi muhit omillari xususan, zararkuranda hasharotlar ta’siriga
juda sezgir bo’lib, biotik omillar natijasida hosilni katta qismi yo’qotilishi
mumkin. Ma’lumki, zararkunandalarga qarshi kurash, asosan, insektitsid va
kimyoviy
akaritsidlar
purkash
orqali
amalga
oshiriladi.
Biroq,
zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashdan foydalanish atrof-muhitga jiddiy
zarar yetkazishi, biologik nomutanosiblikni keltirib chiqarishi, fermerlar va
iste'molchilar salomatligiga zararli ta'sir ko'rsatishi, shuningdek, ishlab
chiqarish harajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan, pomidor
yetishtirishda
agrokimyoviy
usullarni
qo'llashdan
kelib
chiqadigan
muammolarni minimallashtirishda zamonaviy biotexnologiya va molekulyar
biologiya yutuqlaridan foydalanish lozim.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, biz pomidor mevasini zararlovchi
ko`sak qurtiga (
Helicoverpa Armigera)
chidamli biotexnologik o’simlik olish
uchun RNK interferensiya texnologiyasini qo’lladik. Tajribalar O’zR FA
Genomika va bioinformatika markazida amalga oshirildi. Tadqiqotda nishon gen
sifatida CYP450 genlari oilasiga mansub CYP6AE14 geni tanlab olindi.
Ma’lumki, ushbu gen hasharotlarda toksik kimyoviy moddalarni
parchalash va zararsizlantirishni boshqaradi. Bu o`z navbatida hasharotlarga
qarshi qo`llaniladigan kimyoviy moddalarga chidamlilikni oshiradi. Shu tariqa,
CYP6AE14 geni hasharotlarni o`zgaruvchan ozuqa muhitida yashab qolish va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
23
adaptatsiya qilish jarayonida muhim rol o`ynaydi. Ushbu gen faoliyatini
pasayishi esa yuqoridagi jarayonlarni izdan chiqishiga olib keladi.
Tadqiqot davomida ko`sak qurti
(Helicoverpa Armigera)
to’qimasidan genom
DNK si ajratib olindi. So`ngra maxsus praymerlar yordamida CYP6AE14 geni
PCR reaksiyasi yordamida amplifikatsiya qilib oldin. Klonlab olingan fragment
asosida RNK inteferensiyasi genetik kassettasini kerakli vektorga yig’ildi va
Agrobacterium tumefaciens
ning LB4404 shtammi orqali pomidor o’simligiga
transformatsiya qilindi. Somatik embriogenez usulida bir nechta regenerant
o’simliklar olindi va tuproqqa moslashtirildi. Hozirda olingan biotexnoligik
o’simliklarni hasharotlarga chidamliligini baholash ishlari amalga oshirilmoqda.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.Zhang, Y., et al. (2016). "RNA interference: A new tool for the development of
pest-resistant plants." Plant Biotechnology Journal, 14(6), 1546-1559.
2.Khan, M. I. R., et al. (2018). "Advances in biotechnological approaches for
insect pest management in crops." Frontiers in Plant Science, 9, 379.
3.Bai, S., et al. (2020). "Genetic engineering of tomato for enhanced resistance to
insect pests." Transgenic Research, 29(1), 1-14.
4.Liu, Y., et al. (2021). "RNA interference technology in plant protection:
Mechanisms and applications." Plant Protection, 40(4), 1-12.